TALABALARNING MA’NAVIY-AXLOQIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Аннотация

Mazkur maqolada talabalarning ma'naviy-axloqiy kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida uchraydigan muammolar va ularning samarali yechimlari tahlil qilinadi. Maqolada milliy g‘oya va tarbiyaning talabalarning axloqiy qadriyatlarini shakllantirishdagi o‘rni yoritilib, ma'naviy tarbiyaning ahamiyati va uning ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi muhokama qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim muassasalarida ma’naviy kompetensiyani shakllantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar va ularni bartaraf etish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi. Maqola talaba yoshlarning ijtimoiy hayotga moslashuvi, ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida ma’naviy-axloqiy kompetensiyaning o‘rnini ochib berishga qaratilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
  • Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 13.00.01 Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taˈlimotlar tarixi mutaxassisligi 1-kurs tayanch doktoranti
110-114
11

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Muxambaev , T. . (2025). TALABALARNING MA’NAVIY-AXLOQIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(7), 110–114. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/79803
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada talabalarning ma'naviy-axloqiy kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida uchraydigan muammolar va ularning samarali yechimlari tahlil qilinadi. Maqolada milliy g‘oya va tarbiyaning talabalarning axloqiy qadriyatlarini shakllantirishdagi o‘rni yoritilib, ma'naviy tarbiyaning ahamiyati va uning ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi muhokama qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim muassasalarida ma’naviy kompetensiyani shakllantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar va ularni bartaraf etish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi. Maqola talaba yoshlarning ijtimoiy hayotga moslashuvi, ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida ma’naviy-axloqiy kompetensiyaning o‘rnini ochib berishga qaratilgan.


background image

110

TALABALARNING MA’NAVIY-AXLOQIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH:

MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Muxambaev Temur Saparbaevich

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 13.00.01 Pedagogika nazariyasi.

Pedagogik taˈlimotlar tarixi mutaxassisligi 1-kurs tayanch doktoranti Telefon:

+998913739430 E-mail: m.t.s.2107@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15239725

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada talabalarning ma'naviy-axloqiy kompetensiyasini rivojlantirish

jarayonida uchraydigan muammolar va ularning samarali yechimlari tahlil qilinadi. Maqolada
milliy g‘oya va tarbiyaning talabalarning axloqiy qadriyatlarini shakllantirishdagi o‘rni yoritilib,
ma'naviy tarbiyaning ahamiyati va uning ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi muhokama
qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim muassasalarida ma’naviy kompetensiyani shakllantirishga
to‘sqinlik qiluvchi omillar va ularni bartaraf etish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi. Maqola
talaba yoshlarning ijtimoiy hayotga moslashuvi, ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida
ma’naviy-axloqiy kompetensiyaning o‘rnini ochib berishga qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

ma’naviy-axloqiy kompetensiya, milliy g‘oya, tarbiya, talaba, ta’lim, axloqiy

qadriyatlar, zamonaviy ta’lim, metodik tavsiyalar, ijtimoiy moslashuv, shaxsiy rivojlanish.

ABSTRACT

This article analyzes the challenges encountered in the process of developing students'

spiritual and moral competence and explores effective solutions. It examines the role of national
ideology and education in shaping students' moral values and discusses the significance of
spiritual education and its integration into the educational process. Additionally, methodological
recommendations are provided to address the factors that hinder the formation of spiritual
competence in modern educational institutions. The article aims to highlight the role of spiritual
and moral competence in students' social adaptation, as well as their personal and professional
development.

Keywords:

spiritual and moral competence, national ideology, education, student, learning,

moral values, modern education, methodological recommendations, social adaptation, personal
development.

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируются проблемы, возникающие в процессе развития

духовно-нравственной компетентности студентов, и их эффективные решения.
Рассматривается роль национальной идеи и воспитания в формировании нравственных
ценностей студентов, а также обсуждается значение духовного воспитания и его
интеграция в образовательный процесс. Кроме того, предлагаются методические
рекомендации по устранению факторов, препятствующих формированию духовной
компетентности в современных образовательных учреждениях. Статья направлена на
раскрытие значения духовно-нравственной компетентности в социальной адаптации
студентов, их личностном и профессиональном развитии.

Ключевые слова:

духовно-нравственная компетентность, национальная идея,

воспитание, студент, образование, нравственные ценности, современное образование,
методические рекомендации, социальная адаптация, личностное развитие.


background image

111

Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarda mustahkam ma’naviy-axloqiy asoslarni

shakllantirish jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Talabalar – kelajak
jamiyatining tayanchi bo‘lib, ularning ma’naviy-axloqiy kompetensiyasi nafaqat shaxsiy
rivojlanish, balki butun mamlakat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Ammo bu
yo‘nalishda turli muammolar mavjud bo‘lib, ularni bartaraf etish uchun samarali yondashuvlar
ishlab chiqish zarur. Ayniqsa bugungi kunda talabalarning ma’naviy-axloqiy salohiyatini
yuksaltirish bo`yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan
takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini mustahkamlash
masalalariga bag‘ishlangan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu videokonferentsiyada
Prezidentimiz shunday dedi: “…barchangiz yaxshi tushunasizki, agar jamiyat hayotining tanasi
iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Yangi O‘zbekiston qurishga qaror qilar
ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli
iqtisodiyot. Ikkinchisi, ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli
ma’naviyatdir…”[1.1] deb ta’kidlagan edilar. Shuningdek “oldimizga qo`ygan katta maqsadlarni
amalga oshirishda kuch-qudrat manbayi bo`ladigan milliy g`oyani rivojlantirishimiz kerak” [2.3]
deya takidladi. Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu
borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, yoshlarning
intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini
mustahkamlash, vatanparvarlik, xalq manfaatlari uchun xizmat qilish tuyg‘usi bilan yashaydigan
barkamol avlod sifatida tarbiyalashga qaratilgan talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy ongini
rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish [3.12] singari ishlar amalga
oshirilmoqda.

Ma’naviy-axloqiy kompetensiyaning mohiyati
Axloqning eng asosiy vazifasi fuqarolikni shakllantirishdan iboratdir. «Eng muhimi,-deb

yozgan edi V.A. Suxonilenskiy, fuqorolikni tarbiyalashdir, chunki bu butun tarbiyaviy ishlarning
mag‘zi, o‘zagi hisoblanadi»[4.168].Ma’naviy-axloqiy kompetensiya – bu shaxsning axloqiy
tamoyillarga rioya qilishi, jamiyatda o‘zini tutish qoidalarini bilishi va ma’naviy qadriyatlarga
asoslangan qarorlar qabul qila olish qobiliyatidir. Bu kompetensiya quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z
ichiga oladi:

Axloqiy ong – yaxshilik va yomonlik tushunchalarini anglash, to‘g‘ri xulosa chiqara olish.
Axloqiy xulq-atvor – ijtimoiy munosabatlarda odob me’yorlariga rioya qilish.
Ma’naviy qarashlar – milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tushunish va ularga amal qilish.
Talabalarda ushbu kompetensiyani rivojlantirish uchun ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy

tarbiya ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim.

Talabalar orasida ma’naviy-axloqiy kompetensiyaning yetarlicha shakllanmaganligi ko‘plab

omillarga bog‘liq. Quyida eng muhim muammolarni ko‘rib chiqamiz:

1. Raqamli muhitning ta’siri – Internet va ijtimoiy tarmoqlarda axloqiy-me’yoriy

qadriyatlarga zid kontentning ko‘pligi yoshlarning ma’naviy qarashlariga salbiy ta’sir qilishi
mumkin. Globallashuv va axborot makonining ta’siri, zamonaviy jamiyatda globallashuvning
jadallashishi natijasida yoshlar turli madaniyat va qadriyatlarning ta’siriga uchraydi. UNESCO
(2021) ma’lumotlariga ko‘ra, yoshlarning 75% dan ortig‘i internet va ijtimoiy tarmoqlardan asosiy
axborot manbai sifatida foydalanadi, bu esa ularning madaniy va axloqiy qarashlariga bevosita


background image

112

ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlarda haddan tashqari ko‘p vaqt
o‘tkazish yoshlar orasida individualizm va iste’molchi madaniyatini kuchaytiradi.

2. Oilaviy tarbiyaning zaifligi – Ayrim oilalarda yetarlicha ma’naviy tarbiya berilmasligi

sababli, talabalarda axloqiy normalarga nisbatan loqaydlik shakllanadi. Oilaviy tarbiyaning yetarli
darajada bo‘lmasligi, Bronfenbrenner (1979)[5.22] tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy-ekologik
nazariyaga ko‘ra, oila bolalarning axloqiy va ma’naviy shakllanishida eng muhim mikromuhit
hisoblanadi. Ammo zamonaviy jamiyatda ota-onalarning bandligi, oilaviy tarbiyaning yetarli
darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi yoshlarning axloqiy me’yorlarni anglashiga salbiy ta’sir qiladi.
O‘zbekiston yoshlari orasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot (Yoshlar instituti, 2023) shuni
ko‘rsatdiki, so‘ralgan respondentlarning 60% ga yaqini ota-onalari bilan yetarli darajada muloqot
qilmasligini bildirgan.

3. Ta’lim tizimidagi kamchiliklar – Ba’zi ta’lim muassasalarida faqat nazariy bilim berilib,

amaliy hayotiy tajriba va axloqiy tarbiya yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Ta’lim muassasalarida
ma’naviy-axloqiy tarbiyaning nazariy xarakterga egaligi, dunyo tajribasiga asoslanadigan bo‘lsak,
Finlandiya va Yaponiya kabi mamlakatlarda ma’naviy tarbiya amaliyotga asoslangan holda
o‘qitiladi va bu natijadorlikka olib keladi. Ammo ko‘plab rivojlanayotgan davlatlarda, jumladan,
O‘zbekistonda ham, ma’naviy tarbiya ko‘proq nazariy ma’ruzalarga asoslanib qolmoqda.

4. Zamonaviy muammolar va iste’molchilik madaniyati – Hozirgi jamiyatda iste’molchilik va

moddiy manfaatga haddan tashqari e’tibor berilishi ma’naviy qadriyatlarga putur yetkazadi.

Bu muammolarni bartaraf etish uchun kompleks yondashuv talab etiladi.
Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi samarali yondashuvlarni taklif

qilish mumkin:

1. Ta’lim jarayonida ma’naviy tarbiyani kuchaytirish
Dars jarayonlariga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirilgan mavzularni

kiritish. Milliy qadriyatlarni mustahkamlash, milliy g‘oya va tarbiya bo‘yicha olib borilgan
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlarning milliy o‘zligini shakllantirish, ularning ma’naviy
immunitetini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xitoy, Janubiy Koreya va Malayziya singari
mamlakatlar milliy qadriyatlarni ta’lim tizimiga singdirish orqali yoshlar orasida vatanparvarlik
hissini oshirishga erishgan.

Ma’naviyat va axloqiy qadriyatlar bo‘yicha maxsus seminarlar tashkil qilish.
2. Oilaviy tarbiyaning rolini oshirish
Ota-onalar uchun seminar va treninglar o‘tkazish. Oila va jamiyatning hamkorligini

mustahkamlash, oila va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik talabalar axloqiy
kompetensiyasining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Epstein (2001) tomonidan ishlab chiqilgan
"Ota-onalar ishtirok modeli" shuni ko‘rsatadiki, ota-onalar maktab va universitetlar bilan doimiy
hamkorlik qilgan taqdirda, talabalar ijtimoiy va ma’naviy kompetensiyalarni yaxshiroq
o‘zlashtiradilar.[6.38]

Oilada farzandlar bilan ma’naviy suhbatlar o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanmalar yaratish.
3. Zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish
Talabalarning ma’naviy saviyasini oshirish uchun ijtimoiy tarmoqlarda foydali kontent

yaratish.

Axloqiy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi interaktiv mobil ilovalar ishlab chiqish.
4. Jamoat tashkilotlari va talabalar klublari ishtirokini oshirish


background image

113

Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ko‘ngillilik harakatlari yoshlarning ma’naviy va axloqiy

kompetensiyalarini shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. Masalan, Kanadada talabalarning 80% dan
ortig‘i ko‘ngillilik dasturlarida ishtirok etadi va bu ularning shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.

Talabalarning ma’naviyatga oid loyihalarda faol ishtirokini ta’minlash.
Yoshlarni milliy qadriyatlar bilan tanishtirish uchun turli tadbirlar uyushtirish.
Ushbu chora-tadbirlar orqali talabalarning ma’naviy-axloqiy kompetensiyasini samarali

rivojlantirish mumkin.

Internet va ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish yoshlarning ma’naviyatini

shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Misol uchun, Turkiyada "Digital Ethics Education" dasturi
orqali yoshlar uchun axloqiy qoidalarni o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etilgan bo‘lib, bu
o‘quvchilarning 70% da axloqiy qaror qabul qilish qobiliyatining oshishiga olib kelgan.

Xulosa

Talabalarning ma’naviy-axloqiy kompetensiyasi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan

biri hisoblanadi. Biroq, bu borada turli muammolar mavjud bo‘lib, ularni hal etish uchun oilaviy
tarbiya, ta’lim muassasalari va jamiyat hamkorlikda harakat qilishi lozim. Talabalarning ma’naviy-
axloqiy kompetensiyasini rivojlantirishda xalqaro va milliy tajribalarni integratsiyalash muhim
ahamiyatga ega. Innovatsion ta’lim uslublari, ota-onalar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi
hamkorlik, shuningdek, axborot makonidan samarali foydalanish orqali yoshlarning
ma’naviyatini mustahkamlash mumkin.

Raqamli muhit, zamonaviy madaniyat va iste’molchilik mafkurasi yoshlarning ma’naviy-

axloqiy qarashlariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, ta’lim va tarbiyada innovatsion
yondashuvlardan foydalanish, ota-onalar va jamoatchilikni jalb etish, yoshlarni milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Kelajak avlodni yetuk ma’naviyat va yuksak axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalash –

mamlakatning barqaror taraqqiyoti garovidir. Shu bois, bu borada uzluksiz harakat va zamonaviy
yondashuvlar zarurdir, komil inson g`oyasi insonning o`zidagi faziylatlarni umnrinig oxirigacha
rivojlantirish, illatlarni esa to`g`ri yo`lga solib borishni talab qiladi. [7.237]

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil

19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va
jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi.

https://president.uz/oz/lists/view/4089

2.

Sh.M Mirziyoyev. Oliy majlisga “Murojaatnomasi” Xalq so`zi. 2018-yil 29-dekabr. 272-son 3-

bet
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son. O‘zbekiston

Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish KONSEPSIYASI manba:

https://lex.uz/docs/-4545884#undefined

4.

M. Asqarova, M. Xayitboyev M.S. Nishonov Pedagogika TOSHKENT - «TALQIN» - 2008 168-

bet


background image

114

5.

Bronfenbrenner, U. (1979). The Ecology of Human Development: Experiments by Nature and

Design. Cambridge, MA: Harvard University Press 22-34-pages
6.

Epstein, J. L. (2001). School, Family, and Community Partnerships: Preparing Educators and

Improving Schools. Boulder, CO: Westview Press 38-page
7.

A. Alliyarov T. Muxambaev. Berdoq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti

“Axborotnomasi” 2022-yil 4-son 237-bet

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi. https://president.uz/oz/lists/view/4089

Sh.M Mirziyoyev. Oliy majlisga “Murojaatnomasi” Xalq so`zi. 2018-yil 29-dekabr. 272-son 3-bet

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish KONSEPSIYASI manba: https://lex.uz/docs/-4545884#undefined

M. Asqarova, M. Xayitboyev M.S. Nishonov Pedagogika TOSHKENT - «TALQIN» - 2008 168-bet

Bronfenbrenner, U. (1979). The Ecology of Human Development: Experiments by Nature and Design. Cambridge, MA: Harvard University Press 22-34-pages

Epstein, J. L. (2001). School, Family, and Community Partnerships: Preparing Educators and Improving Schools. Boulder, CO: Westview Press 38-page

A. Alliyarov T. Muxambaev. Berdoq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti “Axborotnomasi” 2022-yil 4-son 237-bet