121
SAIDA ZUNNUNOVA SHE’RLARIDAGI SAMIMIYLIK
Toʻxtarova Sevinch Oʻrol qizi
Termiz davlat pedagogika instituti
Oʻzga tillar guruhi rus tili yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15244305
Annotsatsiya:
Mazkur maqolada o’zbek adabiyotida o’ziga xos o’rniga ega bo’lgan shoira
Saida Zunnunova she’rlaridagi betakrorlik, samimiylik, ayollarga xos bo’lgan matonat, sadoqat
haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar :
o’zbek ayoli, sadoqat, vafo, halol mehnat, lirik qahraman, ona timsoli, ayol erki.
Kirish.
O’zbek adabiyoti shunday bir chamanzorki, unda gul va chechaklar bisyor. Qancha
yillar o’tsa-da shoir va ijodkorlar avlodi qayta-qaytadan bo’y cho’zib bormoqda. Ayollarga xos
nazokat, matonat, sabr-toqat kabi xislatlarga ega b’lgan elimiz ardog’idagi shoiradir Saida
Zunnunova. Shoira haqiqiy o’zbek ayoli. Unda millatimiz ayollariga xos bo’lgan sadoqat, sofdillik,
ibo-hayo, mehr muhabbat tuyg’ulari mujassamdir. Iste’dotli shoira, jozibador, nasriy asarlar
muallifi Saida Zunnunova 1926-yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi.
Adabiyotga muhabbat yosh shoirani O’zbekiston Milliy Universitetining filologiya fakultetiga
yetaklaydi. O’qishni bitirgach qizg’in jurnalistik faoliyatga sho’ng’idi va badiiy ijodga butun
borlig’ini berdi.
Ijodkor nafaqat shoiralik bobida, balki o’zini iqtidorli yozuvchi sifatida ham namoyon qiladi.
Saida Zunnunova o’zbek xotin qizlarining hayotini o’rganish, ular turmushidagi mashaqqatli
jihatlar va murakkabliklarga jamoatchilik e’tiborini jalb etish niyatida oila va muhabbat
mavzusida ham sermahsul ijod qiladi. Shoira sevimli adibimiz Said Ahmadning turmush o’rtog’i
edi. Said Ahmadning boshiga og’ir kunlar tushib, tuhmat bilan “xalq dushmani” sifatida
qamalganda Saida opa umr yo’ldoshining hayotga, ijodga qaytishiga madad bo’ldi. O’zining
boshiga tushgan sinovlarga ham bardosh berdi.
Undan turmush o’rtog’i xalq dushmani bo’lgani uchun oiolasidan voz kechishni talab
qilishadi. Lekin sadoqatli shoira to’g’ri, halol va pok deb bilgan turmush o’rtog’ini kutdi.
Shoira ezgulik, adolat uchun kurashni, halol mehnatni o’zining maslagi deb bilgan. Bu
dunyoqarash, e’tiqod, ko’ngil aqidasi barcha she’rlarning va asarlarining mahzunini tashkil etadi.
Mehnat qilmasdan topilgan har bir narsani shoira o’g’irlik deb biladi. Bu esa uning quyidagi
mashhur satrlarida o’z aksini topadi.
Kurashsiz, mehnatsiz shodlik kulguni
O’g’irlik mol deyman, qilaman hazar
Qalbimning parchasi sinmasa agar
Rozimasman birov hadya etsa zar.
Bu satrlarni Said Ahmad Saida Zunnunovaning she’rda chizilgan suratiga o’xshatadi.
Shoiraning ona yurtga muhabbati cheksiz edi. Shuning uchun ham uning ijodida “Mening
Vatanim” alohida ahamiyatga ega.
Yuz yil tarifingni etsam mutassil
Baribir, sevgili yor rasmini
Chizmoqqa munosib rang topolmayin
Chamanda tentirab yurgan rassomday,
122
Seni tasviringa so’z axtaraman
So’zlar sarasidan shu bugungiday
Yuz yilgi she’rimni yig’salar hamki,
Bo’lmaydi dildagi sevgimday asl
Ey, mening Vatanim, mening Vatanim!
Shoira ona Vatanning betakror ekanligini, uni ta’riflash uchun so’zlar izlashini yuqoridagi
satrlarda jamlangan. Vatan – ona kabi muqaddasdir. Ijodkor ham yuz yil yozgan she’rlarini yig’ib
bersalar hamki, vatanga bo’lgan muhabbatini qalbidagi asl sevgidek tasvirlab berolmasligini
aytadi/
Shoira mehribon ona ham edi. Saida Zunnunova va Said Ahmadning yolg’iz qizlari va
nabiralari bo’lgan. Ijodkorning “Surat bilan suhbat” asari iymoni butun onalarga, ayollrga atalgan.
Sarpo kiymading qaynata bo’lib,
Hech yo’qsa, gullardan bo’lgin bahramand.
Odam keldi bugun hovlinga to’lib,
Farzanding yoniga qo’shildi farzand.
Ushbu dostonda turmush o’rtog’ini qaynata sifatida sarpo kiyishi lirik qahramonning orzusi
edi, biroq mash’um urush uni armonga aylantirdi. Urush yillarida belida quvvati, yuragida shijoati
bo’lgan yigitlar jangga jo’nadilar. Ular vatanni fashizm zulmidan ozod qilish yo’lida jon olib, jon
berdilar. Saida Zunnunova dostonida yuz ko’rsatgan timsol ana shunday mard yigitlar ruhi
hisoblanadi.
Bir nafas qo’ymadim men seni yolg’iz,
Bir dam tanholikka tashlaganim yo’q.
Sensiz yig’lamadim, kulmadim sensiz,
Sensiz ko’nglimni ham xushlaganim yo’q.
Shoiraning his-tuyg’ulari, kechinmalari urush yillaridagi ayollarimizning qalb nidosi bo’lib
yangraydi. Shu asosda surat tilga kiradi va doston voqealari dialog vositasida tasvirlanadi. Surat
va onaning hayoliy suhbati asosida kitobxon ko’z o’ngida urush fojialari, yetim qolgan go’daklar,
beva ayollar qismati, shaxs va insoniyat taqdiri tarzida badiiy tadqiq etiladi. Ona fron orqasida
turib kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan ishlagani, shodligi, qayg’usi bir bo’lgan ayollar
haqidagi qahramonlar so’zlasa, surat esa yetimlik qismati, urush maydonidagi qahramonlardan
so’zlaydi. Lirik qahramon va surat orasidagi suhbatlar urush yillari voqeligining dahshatli
manzaralarini tasavvur etishga yordam beradi.
“Surat bilan suhbat” dostoni taniqli adibimiz Mirtemirning “Surat” dostoniga mohiyatan
yaqin. Ikkala dostonning lirik qahramoni ham surat bilan suhbatlashadi. Biroq bu suratlar ayricha
mazmunga ega. Saida Zunnunova so’zlatgan surat urushda halol bo’lgan mardona halok bo’lgan
jangchi yigitga tegishli. Mirtemir tasvirlagan surat esa urush olovlarini ortda qoldirib yurtga sog’
omon qaytgan Toshlonga hiyonat qilgan ayolnikidur.
Saida Zunnunova she’riyatida ayol erki, ayol qalbi, ona armonlari, baxti, dili haqida yonib
kuylagan. Shu bilan birga uning ijodida vatanga muhabbat, insoniylik, halol mehnat singari
mavzular ham yetakchilik qiladi.
123
Taniqli yozuvchi va adib G’ofur G’ulom: “U xotin-qizlarga xos nazokat, iforday totimli liriasi
bilan dillarimizni erkalatib, hordiqlarimizni yozib, mehnatga rag’batimizni toblantirib,
idrokimizni go’zalliklar tomon yetaklaydigan fahmli shoiramiz bo’lib yetishadi”,- degan iliq
fikrlarni aytadi.
Bugungi kunda Toshkent shahrida joylashgan Adiblar xiyobonida buyuk yozuvchi Said
Ahmad va shoira Saida Zunnunovalarning haykallari qad rostlab turibdi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, o’zbek adabiyotiga kata hissa qo’shgan mard va
sadoqatli ona, umr yo’ldosh, shoira bo’lgan Saida Zunnunova xotirasi mangu barhayot. U o’z
she’rlari bilan adabiyotimizni boyitdti. Hozirgi kunda biz yoshlardan esa Saida Zunnunova
she’riyatini o’rganish va ularni kelgusi avlodga yetkazishdan iborat.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Saida Zunnunova: Tanlangan asarlar. Toshkent
2.
Saidan Zunnunova “Surat bilan suhbat” Nilufar sheriy to’plam
