MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EKOLOGIK ETIKA(AXLOQ) TUYG’USINI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI

Abstract

Ilmiy maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga nisbatan axloqiy sifatlarni shakllantirish bilan bog'liq jihatlarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada maktabgacha yosh davrida tabiatga nisbatan ongli xulq-atvorni rivojlantirishning asosiy jihatlar ko'rib chiqiladi. Tadqiqot zamonaviy adabiyotlar va empirik ma'lumotlarni ko'rib chiqish, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida   pedagogik amaliyotni joriy etish tajribasiga asoslangan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
146-150
14

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Suyunova , M. . (2025). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EKOLOGIK ETIKA(AXLOQ) TUYG’USINI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(7), 146–150. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/80825
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ilmiy maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga nisbatan axloqiy sifatlarni shakllantirish bilan bog'liq jihatlarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada maktabgacha yosh davrida tabiatga nisbatan ongli xulq-atvorni rivojlantirishning asosiy jihatlar ko'rib chiqiladi. Tadqiqot zamonaviy adabiyotlar va empirik ma'lumotlarni ko'rib chiqish, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida   pedagogik amaliyotni joriy etish tajribasiga asoslangan.


background image

146

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EKOLOGIK ETIKA(AXLOQ)

TUYG’USINI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI

Suyunova Matluba Abdusaidovna

Termiz davlat pedagogika instituti o’qituvchisi,

E-mail:suyunovam@ru

Тел.: +998919113474

https://doi.org/10.5281/zenodo.15253845

Annotatsiya:

Ilmiy maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga nisbatan axloqiy

sifatlarni shakllantirish bilan bog'liq jihatlarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada
maktabgacha yosh davrida tabiatga nisbatan ongli xulq-atvorni rivojlantirishning asosiy jihatlar
ko'rib chiqiladi. Tadqiqot zamonaviy adabiyotlar va empirik ma'lumotlarni ko'rib chiqish,
shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik amaliyotni joriy etish tajribasiga
asoslangan.

Muallif maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologiya fanini o‘qitishning samarali

metodlari yo‘qligi, o‘qituvchilarning ekologik dunyoqarashni shakllantirishga yetarlicha e’tibor
bermayotgani, shuningdek, yosh bolalarning ekologiya bo‘yicha o‘quv resurslaridan foydalanish
imkoniyati cheklanganligi kabi asosiy muammolarni ko‘rsatadi.

Maqolada vaziyatni yaxshilash, jumladan, interfaol o'qitish usullaridan foydalanish,

maktabgacha ta'lim muassasalarida ekologik yo'naltirilgan dasturlarni joriy etish, ekologik ta'lim
sohasidagi o'qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Tadqiqot
bolalarni atrof-muhitga mas'uliyatli boshqaruvchi bo'lishga tayyorlash uchun juda erta yoshda
ekologik tafakkurni shakllantirishga yanada tizimli va o'ylangan yondashuvni talab qiladi.

Kalit so‘zlar:

ekologik etika ,tabiat, resurs, maktabgacha yoshdagi bolalar , ekologik ta'lim ,

pedagogik amaliyot , atrof-muhit , erta bolalik , ekologik ta'lim , pedagogik kompetentsiya ,
interfaol o'qitish usullari .

Резюме.

Научная статья посвящена анализу аспектов, связанных с формированием у

дошкольников нравственных качеств по отношению к природе. В статье
рассматриваются основные аспекты развития осознанного поведения по отношению к
природе в дошкольном возрасте. Исследование основано на анализе современной
литературы и эмпирических данных, а также на опыте внедрения педагогической
практики в дошкольные образовательные организации. Автор указывает на такие
основные проблемы, как отсутствие эффективных методов преподавания экологических
дисциплин в дошкольных учреждениях, недостаточное внимание педагогов к
формированию экологического мировоззрения, а также ограниченный доступ маленьких
детей к образовательным ресурсам по экологии.

В статье даны рекомендации по улучшению ситуации, в том числе по

использованию

интерактивных

методов

обучения,

внедрению

экологически

ориентированных программ в ДОУ, повышению профессиональной квалификации
педагогов в области экологического образования. Исследование требует более
систематического и вдумчивого подхода к формированию экологического мышления в
очень раннем возрасте, чтобы подготовить детей к тому, чтобы они стали
ответственными экологическими менеджерами.

Ключевые слова и понятия:

экологическая этика, природа, ресурс, дошкольники,

экологическое образование, педагогическая практика, окружающая среда, раннее


background image

147

детство, экологическое образование, педагогическая компетентность, интерактивные
методы обучения.


Kelajak avlodni zamonamizning yetuk kishilari qilib tarbiyalash hayotimiz, davrimizning

shu kungi eng dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada bolalarni ekologik bilimlar bilan
tanishtirish muhim rol o'ynaydi. Bizni o’rab turgan tabiat - bitmas tuganmas xazina. Uning jonli
va jonsiz tabiati, turli-tuman o‘simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri о‘sib,
shakllanishida, tabiatda bo‘ladigan voqea- hodisalaming sir-asrorini o‘rganib voyaga yetishida
katta manba bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshda bola qiziquvchan bo‘ladi. U atrofidagi,
MTT hovlisidagi rang - barang gullarni, sharqirab oqayotgan suvlarni, guldan-gulga qo‘nib
uchayotgan kapalaklarni, betinim sayrayotgan qushlarni ko‘rib quvnaydi, yayraydi. Bola
tafakkurining o‘sishida, ona tabiatga bo'lgan qiziqishini ortishida tevarak - atrofdagi tabiatning
roli beqiyos kattadir. Bolalarni, tabiat bizga in’om etgan ana shu go‘zal manzaralari bilan
tanishtirib borishimiz, tabiatning har bir giyohi, har bir hayvonotining insonlar uchun, tabiat
uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini aytib, o‘rgatib borishimiz, ma’naviy
oziqlantirishimiz kerak.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishdan maqsad yosh avlodni ona vatanimizni sevishga, uning

o‘simliklari, hayvonot olamini asrash, saqlash, ko‘paytirish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Buning uchun bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishlarini maktabgacha ta’lim yoshidanoq
boshlamoq kerak. Shunga ko‘ra ota-otalar va pedagog tarbiyachilar oldidagi eng muhim
vazifalardan biri bolalarni tabiatning go‘zalliklarini ko‘ra bilish, uni sevish, tabiatda yuz
beradigan voqea - hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lish, tabiat yaratgan boyliklardan
oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.

Tabiat - bu organik (tirik) va noorganik (notirik) dunyoni o‘zida qamrab olgan bir butun

olam, tabiat - g‘oyat xilma-xil shakllari, tarkibiy qismlari bilan insoniyatni qurshab turgan
organik va anorganik olamlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi. Insoniyat esa undan paydo bo‘lib,
ajralib chiqqan mavjudotdir. Shu bois uning bir mohiyati tabiiy (biologik), ikkinchi mohiyati
ijtimoiydir.

Tabiat, tug‘ilish, yashash, o‘sish, faoliyat maydoni hisoblanadi. Inson tabiat bilan birga

yashaydi, o‘sadi, rivojlanadi. Insoniyat tabiatga ta’sir etibgina qolmasdan, unga bevosita bog‘liq
hamdir. Tabiatga bog‘liq omillar texnika, iqtisodiy ekologik munosabatlami ham belgilaydi. Ana
shu holat kishilarning tabiat, atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlarini muvofiqlashtirish
zarurligini taqozo etadi. Bolalami ilk yoshidan hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ularda
mehr uyg‘otish, jonsiz va jonli tabiatni muhofaza qilish ekologik tarbiyaning dastlabki
elementlaridan biri sifatida tadqiq etilishi lozim bo‘lgan muammodir. Ayniqsa, bu yo‘nalish
maxsus o‘rganilmaganligi, hozirgi kunda esa davlat va jamiyatning barkamol shaxsga bo‘lgan
ehtiyojining kuchayganligi dolzarb ekanligidan dalolat beradi.

Maktabgacha yoshdagi bolarni tabiat bilan tanishtirish orqali estetik, aqliy, axloqiy jihatdan

tarbiyalash, jismoniy rivojlantirish barcha zamonlarda ham o‘ta dolzarb muammolardan
hisoblangan. Tabiat bilan tanishish insonni ma’naviy kamolotga yetkazuvchi jarayon bo‘lib, uni
barcha salbiy xatolardan saqlaydi. Natijada, uning xulqiy go‘zalligi ortadi. Shu sababdan ham
tabiat bilan tanishtirish orqali ta’lim-tarbiya jarayoni uzoq tarixga ega. Shu nuqtai nazardan O‘rta
Osiyo xalqlari tabiatni muhofaza qilish sohasida boy an’anaga ega. Bu bolaning o‘sib tug‘ilgan joyi


background image

148

haqidagi boshlang‘ich bilimlarni bilishi, yer haqidagi asosiy bilimlarni kengaytirish va yerga
bo‘lgan munosabatning aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy tomondan rivojlantirishdan iborat.

Tabiat - bitmas-tuganmas xazinadir. O'simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning

to‘g‘ri o‘sib shakllanishida, tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarning sir asrorini o‘rganib voyaga
yetishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi. tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli
tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga yer, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli
tabiatga esa o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, insonlar kiradi. Jonsiz tabiat deyilishiga
sabab ular oziqlanmaydi, o‘smaydi, ko'paymaydi, rivojlanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv
ham, havo ham kerak emas. Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o'sadilar
va ko‘payadilar. Jonli tabiat vakillari o‘simlik, havo, suv, yorug'lik. issiqlik va ozuqa bo‘lmasa
yashay olmaydi. Jonli tabiatdagi barcha mavjudotlardan eng qudratlisi insondir. Inson fikrlaydi,
mehnat qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma’naviy boyitishning bitmas
tuganmas manbaidir. Tabiat bilan inson o'rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda ekologik ta’lim-
tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan
uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o‘ziga nisbatan yangi
munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o‘z navbatida barkamol insonning
shakllanishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘otish
ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an’analariga hurmat
ruhida tarbiyalashga, yuksak ma’naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi. Tabiatni asrab
avaylash ardoqlash insonning burchi ekanligi haqidagi ta’limotlar Turoni Turkistondan yetishib
chiqqan buyuk olimlaming ta’limotlarida o‘z ifodasini topgan. Allomalar o‘z davrida tabiatdan
foydalanish, ular bilan bog‘liq bo‘lgan voqea, hodisalar haqida boy ma’lumotlarni yozib
qoldirganlar. Tabiatga mehr, yuksak axloq-odobini tarbiyalash lozimligini o‘z asarida bayon
etganlar.

Tabiatga muhabbat - juda keng qamrovli va murakkab his-tuyg‘udir. U yuksak ruhiy va

aqliy qatlamlarni o‘z ichiga oladigan murakkab bir butunlikni tashkil etadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarda atrof muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga doir tadqiqot
ishlarini olib borgan M.Umarovaning fikricha, bu hissiyotni tarbiyalashni bolalikning erta
yoshidan boshlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Har bir bolada o‘zi yashab turgan
mahalliy o‘lka va O‘zbekiston tabiatiga muhabbat bilan qarash, unga ko‘ngil qo'yish ishtiyoqi
o‘sib boradi. Bolalikda tug‘ilgan bu tuyg‘u maktab yillarida rivojlanib, boyib boradi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni

tabiat bilan tanishtirish - bu ularda tabiatga to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash va hissiy tajribaga
asoslangan, atrof - muhit haqidagi real bilimlami anglashning ta’limiy vositasidir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning

davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020 yil 22 dekabrdagi 802-sonli qaroriga 1-ilova
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat Standarti.
2.

“O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga

qo‘yiladiga davlat talablarini tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta’lim


background image

149

Vazirining buyrug‘i. Ro‘yxat raqami № 3032. 03.07.2018-y.
3.

“Илк қадам” Мактабгача таълим муассасасининг Давлат ўқув дастуриТошкент – 2018

й.
4.

Sh.M. Mirziyoyev-“Yangi O‘zbekiston Strategiyasi”-Toshkent-2021. 4. Kayumova.N.M.-“

Maktabgacha pedagogika.” T.: TDPU -2013 y. O‘quv qo‘llanma.
5.

Kamilova, G. A, Ro`zieva Z E, Botirova. Nю A. Maktabgacha talim tashkilotlarida bolalarni

ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-Maktab- Oliy talim konsepsiyasi
muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy anjuman materiallarl. Buxoro. 2022 yil.
46-48 betlar.
6.

Suyunova Matluba Abdusaidovna. Maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik

dunyoqarashni shakllantirishning psixologik-pеdаgоgik jihatlari//Muallim hem uzluksiz
bilimlendirio‘. Ilmiy-metodikaliq jurnal.- Nekis. 5/1-сан 2023.326-331 b
7.

Suyunova Matluba Abdusaidovna. Maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik

dunyoqarashni shakllantirish//Научный фокусю2023 y.1 sentyabr.18-23 b
8.

Smailova M. M. Kichik maktab o'quvchilarida ekologik dunyoqarashni shakllantirishning

psixologik-pedagogik xususiyatlari // BBC 88 P 86. – 2023. – B. 240.
9.

Ashyrova M. G. Bolalarni ekologik ta'lim va tarbiyalash muammolari va zarurati; Ekologik

ta'lim maqsadlari //Ilmiy rivojlanish muammolarini hal qilishning innovatsion mexanizmlari. –
2016. – B. 35-38.
10.

Abdulshekhidova X. E. Didaktik o'yinlar orqali erta maktabgacha yoshdagi bolalarning

ekologik dunyoqarashini shakllantirish // Pedagogika fanlari xabarnomasi. – 2021. – Yoʻq. 3. –
59-63-betlar.
11.

Nazarenko T.V. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ta'limni shakllantirish

muammosining nazariy asoslari // "Lipetsk tajribasi" va XXI asr pedagogikasi. – 2017. – B. 96-
100.
12.

Podaneva T.V. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyat asoslarini

shakllantirish // Fan, madaniyat, ta'lim olami. – 2018. – Yoʻq. 4 (71). – 86-91-betlar.
13.

Kobeleva O. V., Tretyakov A. L. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta'limi: nazariy

va tashkiliy asoslar // Saratov viloyat ta'limni rivojlantirish institutining axborotnomasi. – 2019.
– Yoʻq. 4. – 29-36-betlar.
14.

Didieva A. R. Maktab o'quvchilarining ekologik dunyoqarashini shakllantirish // Loyiha

muallifi va ilmiy muharrir. – 2021. – B. 191.
15.

Kozlovskaya T. A., Peremyshleva Yu. Yu. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik

dunyoqarashni rivojlantirish vositasi sifatida kvest o'yinlari texnologiyasi // Ilmiy
konferentsiyalar byulleteni. – MChJ konsalting kompaniyasi Ucom , 2021. – No. 5-1. – 56-57-
betlar.
16.

Goncharova E. V. G 65 Maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyalash nazariyasi va

usullari: oliy pedagogik o’quv yurtlari talabalari uchun ma’ruzalar kursi. – Nijnevartovsk:
Nijnevart. ijtim. universitet. nashriyoti, 2008. - 326 b
17.

Turobjonov S. , Tursunov T. , Pulatov X. Oqova suvlarni tozalash texnologiyasi T. : Musiqa,

2010, 256 b. 25. Turobjonov S.M


background image

150

18.

Ergashev A. , Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T. : Yangi asr

avlodi, 2005, 436 b
19.

Qobilov Sh. Ekologiya qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni

takomillashtirish muammolari. NDA, T, 2002, 22 bet.

References

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020 yil 22 dekabrdagi 802-sonli qaroriga 1-ilova Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat Standarti.

“O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladiga davlat talablarini tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta’lim Vazirining buyrug‘i. Ro‘yxat raqami № 3032. 03.07.2018-y.

“Илк қадам” Мактабгача таълим муассасасининг Давлат ўқув дастуриТошкент – 2018 й.

Sh.M. Mirziyoyev-“Yangi O‘zbekiston Strategiyasi”-Toshkent-2021. 4. Kayumova.N.M.-“ Maktabgacha pedagogika.” T.: TDPU -2013 y. O‘quv qo‘llanma.

Kamilova, G. A, Ro`zieva Z E, Botirova. Nю A. Maktabgacha talim tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-Maktab- Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy anjuman materiallarl. Buxoro. 2022 yil. 46-48 betlar.

Suyunova Matluba Abdusaidovna. Maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashni shakllantirishning psixologik-pеdаgоgik jihatlari//Muallim hem uzluksiz bilimlendirio‘. Ilmiy-metodikaliq jurnal.- Nekis. 5/1-сан 2023.326-331 b

Suyunova Matluba Abdusaidovna. Maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashni shakllantirish//Научный фокусю2023 y.1 sentyabr.18-23 b

Smailova M. M. Kichik maktab o'quvchilarida ekologik dunyoqarashni shakllantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari // BBC 88 P 86. – 2023. – B. 240.

Ashyrova M. G. Bolalarni ekologik ta'lim va tarbiyalash muammolari va zarurati; Ekologik ta'lim maqsadlari //Ilmiy rivojlanish muammolarini hal qilishning innovatsion mexanizmlari. – 2016. – B. 35-38.

Abdulshekhidova X. E. Didaktik o'yinlar orqali erta maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik dunyoqarashini shakllantirish // Pedagogika fanlari xabarnomasi. – 2021. – Yoʻq. 3. – 59-63-betlar.

Nazarenko T.V. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ta'limni shakllantirish muammosining nazariy asoslari // "Lipetsk tajribasi" va XXI asr pedagogikasi. – 2017. – B. 96-100.

Podaneva T.V. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyat asoslarini shakllantirish // Fan, madaniyat, ta'lim olami. – 2018. – Yoʻq. 4 (71). – 86-91-betlar.

Kobeleva O. V., Tretyakov A. L. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta'limi: nazariy va tashkiliy asoslar // Saratov viloyat ta'limni rivojlantirish institutining axborotnomasi. – 2019. – Yoʻq. 4. – 29-36-betlar.

Didieva A. R. Maktab o'quvchilarining ekologik dunyoqarashini shakllantirish // Loyiha muallifi va ilmiy muharrir. – 2021. – B. 191.

Kozlovskaya T. A., Peremyshleva Yu. Yu. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik dunyoqarashni rivojlantirish vositasi sifatida kvest o'yinlari texnologiyasi // Ilmiy konferentsiyalar byulleteni. – MChJ konsalting kompaniyasi Ucom , 2021. – No. 5-1. – 56-57-betlar.

Goncharova E. V. G 65 Maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyalash nazariyasi va usullari: oliy pedagogik o’quv yurtlari talabalari uchun ma’ruzalar kursi. – Nijnevartovsk: Nijnevart. ijtim. universitet. nashriyoti, 2008. - 326 b

Turobjonov S. , Tursunov T. , Pulatov X. Oqova suvlarni tozalash texnologiyasi T. : Musiqa, 2010, 256 b. 25. Turobjonov S.M

Ergashev A. , Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T. : Yangi asr avlodi, 2005, 436 b

Qobilov Sh. Ekologiya qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlikni takomillashtirish muammolari. NDA, T, 2002, 22 bet.