101
TOʻRA SULAYMONNING SOʻZ QOʻLLASH MAHORATI
Ixtiyor Ermatov
GulDU dotsenti, F.F.D (DSc)
Eshboyeva Fazilat
GulDU stajyor o‘qituvchisi
Mamatqulov Azizbek
GulDU o‘qituvichisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15227320
Buyuk shoirlarning oʻziga xos takrorlanmas uslubi, oʻz ijod yoʻli, soʻz qoʻllash mahorati
boʻladi. Kitobxon sheʼrni oʻqir yoki eshitar ekan uning muallifini tezda topib oladi. Bu, albatta,
ijodkorning betakror oʻziga xosligi tufaylidir. Toʻra Sulaymon sheʼrlarida soʻz qoʻllash, ayniqsa,
sheva soʻzlaridan mahorat bilan foydalanishi oʻziga xos uslubni yaratishda qoʻl kelgan.
Ogʻzaki va yozma nutqda qoʻllanish hududiga koʻra chegaralangan til hodisalari
dialektizmlar
hisoblanadi. Dialektal til birliklari umumtilga xos boʻlmay, milliy tilning mahalliy koʻrinishlari
boʻlgan lahja va shevalarga xos boʻlgan hodisa sanaladi. Bu birliklar odatda biror dialektning
vakillari nutqida ishlatilib, koʻpincha boshqa dialektlarning vakillariga, qolaversa, adabiy til
normalariga taalluqli hisoblanmaydi.
Tilning biror mahalliy koʻrinishida ishlatiladigan barcha leksemalar shu dialektniki deb
qaraladi, lekin dialektizm deb shulardan bir qismigina ajratiladi. Bunda adabiy til bilan dialekt
uchun mushtarak leksemalar hisobdan chiqariladi [Sh.Rahmatullayev, 82].
Professor N.Mahmudov doston va uning tili xususida quyidagi fikrlarni bildiradi: “Alpomish”
dostonida oʻzbek xalqining koʻhna va hamisha navqiron tili oʻzining butun salohiyati bilan
jilvalanadi. “Alpomish” dostoni oʻzbek xalqi tilining xira tortmas koʻzgusi, jonli xalq tilining, xalq
donoligining tarixi inʼikosidir [N.Mahmudov, 33]. Muallif taʼkidlagan “koʻhna va hamisha navqiron
til”imizning lisoniy imkoniyatlaridan birini shevaga xos soʻzlar tashkil qiladi.
Qozoqboy Yoʻldosh shoir ijodida folklor taʼsirini quyidagicha izohlaydi: Oʻzi-ku bizda
folklordan taʼsirlanmagan ijodkor kamdan-kam. Lekin ogʻzaki ijodning taʼsiri butun yozganlarida
boʻy koʻrsatib turadigan Toʻra Sulaymonday adib adabiyotimizda boshqa yoʻq. Bu holning
muayyan asoslari bor. Avvalo, Toʻra Sulaymon folklor asarlari yaratilishi hali davom etayotgan
davrda va shunday muhitda dunyoga kelib ulgʻaydi. Bundan tashqari, uning tabiatida baxshilik
unsurlari bor edi: u davralarni yoqtirmasdi, lekin ularsiz turolmasdi. Chunki davra koʻpniki,
koʻpdan esa deyarli hamisha qandaydir hikmat topish mumkin. Universitetda oʻqib yurganida ham
kursdoshlari jahon adabiyoti namunalariga ruju qoʻyib, shovshuvli asarlar izlaganlarida, u hech
kimning topshirigʻisiz oʻz holicha qishloqma-qishloq yurib, odamlar ogʻzidan daftar-daftar folklor
namunalarini yozib olar va turli gazeta-jurnallarda chiqarishga urinib yotar edi. Shuningdek,
ogʻzaki ijod namunalarini qayta-qayta oʻqib, zavqlanardi [A.Turdiyev, 160]. Yuqoridagi fikrlarning
taʼsiri boʻlsa kerak shoir ijodida dilektizmlar samoqli oʻrinni egallaydi.
Toʻra Sulaymonning shevaga oid soʻzlardan mahorat bilan foydalanganligini quyidagilarda
kuzatamiz.
Xesh
larimning
bemavrid
koʻzlarida yosh koʻrsam,
Bir mard bilan nopokning taqdirin tutash koʻrsam,
Qaysi bir begunohni keng yoʻlda
adash
koʻrsam,
102
Bir
betayin
kimsaning oyogʻida bosh koʻrsam...
Koʻnglimda armon yotar
Terskay
dagi qor misol [Toʻra Sulaymon, 18].
Xesh
sheva soʻzi boʻlib
qarindosh
oʻrnida qoʻllangan.
Bemavrid
– oʻrinsiz, nooʻrin, bemahal,
bevaqt maʼnolarida qoʻllangan.
Adash
sheva soʻzi boʻlib, adashib (chalkashib) ketish maʼnosida
kelgan. Adabiy tilimizda esa
ismdosh, almashish, yanglish, nooʻrin
maʼnolarida qoʻllanishi
koʻrsatilgan [OʻTIL, I. 43].
Betayin
– mujmal, maqsadsiz, tuturigʻi, burdi yoʻq, beqaror, tayinsiz
maʼnolarini ifodalaydi.
Terskay
– quyoshga teskari, quyosh tushmaydigan, shimolga qaragan togʻ,
balandlikk yonbagʻri, chuqurlik va b [OʻTIL, V. 228].
Aro yoʻlda qolguday boʻlsa biror yoʻldoshim,
Manzilga yetmay turib qoqilsa
qaygʻudoshim
,
Muhtoj boʻlsa kimgadir jon ayamas
qurdoshim
,
Badkor
degan nom olsa biron-bir vatandoshim,
Koʻnglimda armon yotar
Ulab boʻlmas tor misol [Toʻra Sulaymon, 18].
Qurdosh –
yoshi teng boʻlgan; tengdosh, tengqur [OʻTIL, IV. 285]. Shoir
qurdoshim
sheva
soʻzini hatto shevalarda nofol qoʻllansada sheʼriyatga olib kiradi, bu soʻz qoʻllanishini
faollashtiradi. Sheʼrda
badkor
sheva soʻzi
yaramas ishlar qiluvchi, yomon niyatli; berahm,
shafqatsiz kishi maʼnosida qoʻllangan. Bu misralarda kelgan
qaygʻudoshim, qurdoshim
so‘zlari
shoir nutqiga xos okkonalizmlar hisoblanadi.
Ushbu sheʼrda ham leksik dialektizmlar qoʻllanganligi kuzatish mumkin:
Hali koʻp
yozigʻim
borga oʻxshaydi,
Shakar deb tutganim qorga oʻxshaydi.
Bosgan yerim qora shoʻrga oʻxshaydi,
Qor qora deganim
qur
ga oʻxshaydi [Toʻra Sulaymon, 43].
Yoziq
soʻzi
aynan
gunoh
so‘zi oʻrnida qoʻllangan. Shevada
yoziq
soʻzi mavjud boʻlib faol
qoʻllanadi.
Yoziq
asosiga
-im
egalik qoʻshimchasi qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Shoir
yozigʻ
(gunoh)larini
qur
(ququm)ga mengzaydi. Shoir
qur
soʻzini
“Oʻzbek tilining izohli lugʻti”da berilgan
maʼnolardan boshqa maʼnoda qoʻllagan.
Qur
soʻzi sheʼrda dialektik birlik sifatida qoʻllangan va
ququm maʼnosini beradi.
To‘ra Sulaymon asarlarining tili xalq og‘zaki ijodi namunalari tili bilan uyg‘unlashib
ketganligini kuzatamiz. Masalan:
“
Oʻr
kelsa
oʻmganlatdi
,
Shuytib Hakim yoʻl tortdi”
[Fozil Yoʻldosh, 83].
“Borib chechib mindi
bedov
otdi, ikkovi uyiga yetdi
”
[Fozil Yoʻldosh, 12].
103
Boyboʻri va Boysarining chupron toʻyda hurmat-izzat koʻrmaganligidan jahli chiqib, otiga
minib, uyiga ketib qolishi tasviridagi
bedov
birligi dialektizm boʻlib, izohli lugʻatda: “[f-t] bedav –
uchqur, oʻynoqi (ot haqida).
Kun hisobin oy olar, bedav oʻrning toy olar
” [OʻTIL, I. 94].
“Ana endi Barchinoyning
ena
si Barchinoydan bu so‘zni eshitib, Barchinoyga tasalli berib,
Barchinoyga qarab, nasihat berib, bir so‘z dedi
” [Fozil Yoʻldosh, 24]. Mazkur misolda
ena
dilaektizmi Barchinoyning onasiga nisbatan qoʻllanilgan boʻlib, lekin tugʻgan onasining onasi yoki
otasining onasini ifodalagan emas. “ENA dial. Ona” [OʻTIL, I. 446]. Ushbu birlikka nisbatan dialektal
soʻz deb qarash oʻrinli.
Bedov, oʻr, ena
kabi dilektal birliklarning To‘ra Sulaymon asarlarida ham
aynan shu ma’noda qo‘llanganini kuzatish mumkin.
Bir bor koʻrolmasdan oʻz togʻlarimni,
Sersada chamanni – qishloqlarimni,
Toʻpori,
tobutkash
oʻrtoqlarimni,
Ochiq ketar boʻldi koʻzlarim mening... [Toʻra Sulaymon, 16].
Bu she’rdagi
tobutkash
so‘zi
To‘ra Sulaymon nutqiga xos okkonalizm hisoblanadi. Bu kabi
so‘zlar shoir ijodida juda ko‘plab uchraydi.
Mangulik maskanim, mangu maʼvomsen,
Kindik qonim tomgan sohib karamsen,
Kimga
qaznoq,
kimga Bogʻi Eramsen,
Jon bera bilmasmen Sendin boʻlakka...
[Toʻra Sulaymon, 6].
Ushbu bandda –
Kindik qoni toʻkilgan
iborasi gʻoya taʼsirini oshirgan, uning xalqchilligini
taʼminlagan. Shoir vatanning birovlar uchun
qaznoq
boʻlsa, boshqa birovlar uchun Bogʻi Eram
ekanligini taʼkidlaydi.
Qaznoq
ombor vazifasini oʻtovchi kichikroq xona, hujra [OʻTIL, V. 67]
shevaga oid soʻz.
Har elning oʻz muftiysi, qozi kaloni boʻlsin,
Oqinlarining ham oʻz aytar oʻlani boʻlsin,
Maydon talab erlari,
alp,
pahlavoni boʻlsin,
Qargʻa, quzgʻun qoʻnolmas qoʻshin, qoʻrgʻoni boʻlsin...
[Toʻra Sulaymon, 67].
Oʻzbek tilida “alp” soʻzi qadimgi turkiy xalqlarda ikki qoʻshin oʻrtasidagi jang boshlanishidan
oldin yakkama-yakka olishuvda ishtirok etuvchi jangchi hamda folklorda oʻzbek xalq dostonlarida
gʻayritabiiy kuchquvvati, mardligi, jasorati va shu kabilar bilan ajralib turadigan qahramon [OʻTIL,
I. 75] sifatidagi shaxslarga nisbatan ishlatilgan.
Alp
obrazining tarixiy kelib chiqishi, alplik tizimi
shartlari maxsus tadqiq qilingan [Sh.Turdimov, 240],
alp
- xalq qahramoni, ham jismonan, ham
maʼnan namuna boʻla oladigan obraz. Hozir ham
alp
soʻzi qipchoq shevalarida faol qoʻllanadi. Toʻra
Sulaymon bu soʻzni sheʼrlarida faol qoʻllagan, badiiy tasvir yaratishda qoʻl kelgan hamda
tasirchanlikni oshirishda qoʻl kelgan.
Tushgan aravamning
jiri
boʻlakcha,
Aytilgan
jir
larning siri boʻlakcha.
Bu el, bu ulusning turi boʻlakcha,
104
Koʻngil berib, koʻngil Ola bilmadim... ...
[Toʻra Sulaymon, 127].
Sheʼrda qoʻllangan “jir” soʻzi shevalarda – qoʻshiq maʼnosida qoʻllanadi. Koʻrinadiki, shoir
sheva soʻzlarni ham oʻz oʻrnida qoʻllab, ta’sirchanlikni oshirgan, badiiylik yarata bilgan.
Jirlamoq
shevaga oid soʻz boʻlib, qoʻshiq aytmoq, kuylamoq kabi maʼnolarni bildiradi [OʻTIL, II. 661].
Koʻmma
da,
qoʻra
da neki bor – bari,
Bogʻu chorbogʻlari,
loʻkchayu nori
,
Bobolardan qolmish qoʻldagi tori
Otadan bolaga qolsin, dedilar
Otamning oʻzini qayga koʻmdilar?
[Toʻra Sulaymon, 25].
Koʻmma
,
qoʻra
,
loʻkchayu nori –
sheva so‘zlari. To‘ra Sulaymon she’riyati badiiyatini
ta’minlashda dialektal birliklarning o‘rni salmoqlidir.
Bahor oʻtib yoz ham keldi, hamon sendin xabar yoʻqdir.
Besohib
bogʻ-rogʻlarimda qumri, saʼva, samar yoʻqdir.
Gar xayolot daryosiga gʻarq boʻlsam bir
kanor
yoʻqdir,
Na-da sahro, na-da sayhon, Koʻhistondin topolmasman.
Besohib
– egasi yo‘q, qarovsiz; tashlandiq, xarob [OʻTIL, I. 416] ma’nosida qo‘llanib, she’r
ta’sirchanligini oshirishga sabab bo‘lgan.
Kanor –
forscha so‘z bo‘lib, qirg‘oq, chet ma’nosini
anglatadi. Shevalarda ham o‘zlashma so‘zlar faol qo‘llanadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, To‘ra Sulaymon xalq og‘zaki ijodini puxta egallagan.
She’rlarida sheva so‘zlarini mahorat bilan qo‘llagan. Shevalardagi nofaol so‘zlarni adabiy tilga olib
kirgan va adabiy tilimizni o‘z qatlam so‘zlari hisobiga boyitgan.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Doniyorovich, O. R. A. (2022). TOG‘AY MUROD ASARLARIDA EVFEMIZMLAR.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE AND EDUCATION
,
1
(4), 38-42.
2.
O'razov, A. (2023). TILSHUNOSLIK VA UNING SATHLARI XUSUSIDA.
3.
Doniyorovich, O. R. A., & Shavkatovna, A. S. (2024). O ‘ZBEK TILIDA LEKSEMA
TALQINI.
Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies
,
1
(18), 144-
146.
4.
Абдуҳакимович, М. Қ., Мамарахимов, С. М., & Ўразов, А. Д. (2024). ЎТМИШДАЁҚ
УНУТИЛГАН АРХАИК СЎЗЛАР “ЎЛИК СЎЗЛАР” ДИР.
Central Asian Journal of Multidisciplinary
Research and Management Studies
,
1
(3), 74-78.
5.
Pardayeva, I., & Mahmudboyeva, F. (2022). ZARGARLIK TERMINLARINING SINTAKTIK USUL
BILAN YASALISHI.
Gospodarka i Innowacje.
,
24
, 562-564.
6.
Pardaeva, I. X. (2021). Semantic Method Of Jewelery Terms Production With.
European
Scholar Journal
,
2
(7), 10-12.
7.
Рузикулов, Ш. (2022). ЖИНСНИНГ МОРФОЛОГИК УСУЛДА ИФОДАЛАНИШИ.
Новости
образования: исследование в XXI веке
,
1
(4), 148-151.
105
8.
Akbarovich, A. A., Ixtiyor, E., & O‘G, R. Z. S. I. (2024). TIL VA FAOLIYAT VA ULARNING O ‘ZARO
BOG ‘LIQLIGI.
Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies
,
1
(3), 4-
7.
9.
O‘G, R. Z. S. I., Tursunkulovich, M. A., & Qizi, E. F. B. (2024). TA’LIMDA RASMIY ISH
QOG‘OZLARINING AHAMIYATI.
Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and
Management Studies
,
1
(3), 22-25.
10.
Shohruh ilhom o‘g, R. Z. (2024, May). O ‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SO ‘Z TURKUMLARINING
O‘RGANILISHI. In
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY
AND LINGUISTICS
(Vol. 1, No. 5, pp. 36-46).
11.
Akbarovich, A. A. REFLECTION OF NATIONAL VALUES IN ARTICLES.
Pedagogika
,
171
.
12.
Akhrorov, A. (2019). ISSUE OF STUDYING THE" CULTURE OF SPEECH" AS A SEPARATE
SCIENCE.
NEWS OF THE NATIONAL UNIVERSITY OF UZBEKISTAN
,
1
(4).
13.
Akbarovich, A. A. (2023). MAQOLLARDA UMUMYASHIRIN MA'NONING NAMOYON BO'LISH
OMIL, VOSITA VA USULLARI.
TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
3
(4), 163-
166.
14.
Jurayev, J. (2022). Ахроров Алишер Акбарович.
МАКОЛЛАРДА УМУМЯШИРИН
МАЪНОНИНГ ИФОДАЛАНИШИ. FILOLOGIYA UFQLARI JURNALI
,
11
(11).
15.
Ahrorov, A. (2022). O ‘zbek xalq maqollarida “nutq odobi” ma’nosining ifodalanish
darajasi.
Uzbekistan: Language and Culture
,
4
(4).
16.
Axrorov, A. A. (2022). The problem of the role of proverbs in the event of a speech
act.
Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching
,
15
, 49-53.
17.
Axrorov, A. A. UDK: 811.512. 133 ROST VA YOLG ‘ON SO ‘ZLAMOQ HAQIDA XALQ
MAQOLLARI SHARHI.
ILMIY AXBOROTNOMA
,
57
.
18.
Ixtiyor, E., Axrorov, A., & Mamaraximov, S. (2024). TERMINOLOGIYADA GIPERO-GIPONIMIK
HODISALAR.
Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies
,
1
(3), 12-
15.
19.
Latipov, M. (2024). O ‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA IS’HOQXON IBRAT ILMIY-IJODIY
MEROSINING O ‘RGANILISHI HAQIDA.
TAMADDUN NURI JURNALI
,
9
(60).
20.
Djurayev, M. E., & Qozoqboyeva, D. H. (2025). BEKOBOD SHAMOLINI GEOGRAFIK
BAHOLASH.
YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI
,
2
(3), 402-405.
