ANGLIYANING AFG'ONISTONDAGI HARAKATLARI.
Mazkur maqolada XIX asr birinchi yarmida inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan Afg'oniston hududiga yuborilgan josuslari, elchilari va missiyalarining maqsadlari, ularning mintaqada amalga oshirgan geosiyosiy maqsadlardagi faoliyatlari, Afg'onistonning davlat tuzimi, boshqaruv shakli, qo'shni davlatlar bilan munosabatlari, Afg'onistonning topografiyasi, afg'on xalqining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy ahvoli, ularning, urf-odatlari, an'analari, turmush tarzi, millatlar rang-barangligi, bu davrning o'ziga xos xususiyatlari, bayon qilinadi. Shuningdek XIX asrning o'ttizinchi yillari oxirida Britaniya mustamlakasi Afg'onistonga bostirib kirish uchun bo'lgan harbiy-siyosiy va diplomatik tayyorgarliklarni qay tariqa olib borgani, Ular mamlakatdagi har-bir yo'llarning batafsil chizmalarini, suv yo'llarini, xukumat amaldorlarini, har qanday manbalarni, hududlarning siyosiy-iqtisodiy sharoitlarini sinchkovlik bilan o'rganishgani yoritiladi.