THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
75
MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA NOTA SAVODXONLIGINI
ÒRNI VA AHAMIYATI
Jovliyeva Marjona Panji qizi
Termiz davlat pedagogika instituti Musiqa ta’lim
yo’nalishi 1-bosqich magistranti marjonajovliyeva55@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15478368
Annotatsiya
Mazkur ishda musiqa madaniyati darslarida nota
savodxonligini shakllantirish va uning o‘quvchilarning musiqiy dunyoqarashini
rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, notani o‘qish va yozish
ko‘nikmalari orqali musiqani to‘g‘ri anglash, ijro etish va baholash imkoniyatlari
tahlil qilinadi. Amaliy yondashuv va didaktik usullar orqali nota savodxonligini
o‘rgatishning samarali yo‘llari ko‘rsatib beriladi.
Kalit so‘zlar:
nota savodxonligi, musiqa madaniyati, musiqiy tafakkur,
didaktik yondashuv, ijro, musiqiy savod, estetik tarbiya.
Bugungi globallashuv davrida ta'lim jarayonlarida san’at va madaniyatning
tutgan o‘rni tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, musiqa madaniyati fanida
o‘quvchilarning musiqiy tafakkurini, eshitish qobiliyatini va estetik didini
rivojlantirishda nota savodxonligi muhim omillardan biridir. Nota – bu musiqiy
savodning asosidir. U orqali o‘quvchi nafaqat asarni ijro etadi, balki musiqiy
matnni o‘qib, o‘z ijodiy dunyoqarashini kengaytiradi. Shu jihatdan, ushbu
mavzuning o‘rganilishi ta'lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
XXI asrning dastlabki o‘n yilligi keskin nazariy izlanishlar davri sifati
mamlakatimiz tarixiga kirdi. Bu davrda o‘quv jarayonining tamoyillari, mazmuni,
tashkiliy shakllari va usullarini ishlab chiqish davri yuz berdi. O‘zbekiston
Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimi sezilarli darajada isloh qilindi. Natijada,
umumta’lim maktabining yangi o’quvchilari, tamoyillari, meyoriy-huquqiy
ta’minoti to‘la-to‘kis va uzil-kesil ishlab chiqildi. O‘n bir yillik bepul ta’lim
maktabi, shu jumladan, boshlang‘ich ta’lim (1-4-sinf) bosqichdan iborat etib
belgilandi. Umumta’lim zarur va majburiy deb tan olindi. Mazkur jarayonda
musiqa ta’limi ham chetda qolgan emas. Aksincha “ommaviy musiqiy ta’lim”
davlat siyosatiga aylandi va qo‘shiq darsi rasmiy ravishda boshqa majburiy
maktab fanlari bilan bir qatorga qo‘ladi. Bu vaqtda umumta’limda ta’lim va
tarbiya ishlarini tashkil etishda musiqa ta’limidan foydalanish asosiy vosita
sifatida qaralishi muhim ahamiyat kasb etdi. Bugungi kunda musiqa
pedagogikasi sohasida katta nazariy va uslubiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi.
Birinchi marta musiqa ta’limining ko‘plab masalalari o‘rtaga qo‘yildi va ma’lum
darajada hal qilindi. Umumta’lim maktabi uchun musiqa fani dasturlari
takomillashtirildi, musiqa o‘qituvchilari uchun musiqa fani bo‘yicha uslubiy
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
76
to‘plamlar nashr etildi, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa ta’limini
tashkil etishga yangi yondashuvlar, shuningdek, kadrlarni o‘qitish va qayta
tayyorlash o‘quv kurslari tashkil etildi. Umumta’lim maktabi musiqa ta’limini
sahnalashtirishning asosiy masalalari qayta ko‘rib chiqildi. Maqsad shaxsning
hissiy sohasini rivojlantirish. Tajribali musiqa o‘qituvchisi musiqa ta’limi
jarayonida musiqa haqidagi bilimlar birinchi o‘ringa qo‘yish orqali uni idrok
etish, paydo bo‘lgan his-tuyg‘ularni boshdan kechirish, ularni tanish va zarur
ehtiyojga aylantirish qobiliyatini rivojlantirish lozim. Ushbu pozitsiyani
mustahkamlash borasida musiqa ta’limi jarayonini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashdan iborat. Musiqa tarbiyasi shunday ta’limiy jarayonki unda badiiy
tarbiyani o‘zining asosiy maqsadi qilib qo‘yishi kerakligini ko‘rsatadi.
Mamlakatimizdagi uzluksiz ta’lim tizimidagi tub o‘zgarishlar aynan musiqa
ta’limining asosiy yo‘nalishi, maqsadlari va vazifalarida, musiqa darsida ham aks
etdi. O’zining avvalgi shaklini saqlab qolgan holda, u o‘quvchilar faoliyatining
yangi turlari – musiqa tinglash, ritm, improvizatsiya bilan boyitilib, boshqa
tarkibga ega bo‘ldi. Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta’lim musiqa darsi
o‘quv mashg‘ulotlarida musiqa savodxonligini ta’minlash o‘quv jarayoni
samaradorligini kafolatlash bilan bir Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-
теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical
journal qatorda musiqa ta’limining yuksalishi davrini ta’minlashga xizmat qiladi.
Musiqa fani o‘qituvchilari musiqa darsining asosiy muammolarini hal qilishga
murojaat qilish davrida uni yuzaga kelish sharti va oqibatlarini o‘rganishga
harakat qiladilar. Ushbu jarayonda maktabda musiqa ta’limining mazmunini
aniqlash asosida vazifa bo‘lib, avvalambor ilmiy tadqiqotchilardan musiqa
terminalogiyalarini aniqlashtirishni talab qiladi. Bunda “boshlang‘ich ta’lim”,
“boshlang‘ich ta’limda musiqa”, “boshlang‘ich ta’limda musiqa savodi”,
“maktabda musiqa”, “musiqa”, “nota savodxonligi”, “nota o‘qish”, “nota
yrodamida kuylash” kabi bir qator tushunchalar yuzaga keldiki, ularni to‘g‘ri
tushunish, tahlil qilish va shu yordamida musiqiy-nazariy tushunchalarning
tubdan farqlanishga e’tibor berish lozimligini ko‘rsatadi. Bu musiqa
pedagogikasida keng tarqalgan quyidagi ta’riflarni izohlashga olib keldi.
Shunday qilib, musiqa savodxonlik tushunchasi musiqa bo‘yicha bilim, ko‘nikma,
malakalar va kompetensiya yig‘indisi sifatida aniqlandi, shu jumladan, ko‘nikma,
malakalar va kompetensiya yig‘indisi sifatida aniqlandi, adabiyotlar tahlil qilish,
musiqiy ekspessivlik vositalarini o‘rganish, musiqiy nutqning tuzulishini
tushunish qobiliyatini rivojlantirish, musiqiy asarlarning turlarini tushunish
qobiliyatini rivojlantirish, musiqiy asarlarning turli shakllari bilan elementar
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
77
tanishish, shuningdek musiqa cholg‘ulari va ulardan foydalanish masalasi shular
jumlasidandir. Musiqa notasi tovushlarning davomiyligini va tegishli pauzalarni
o‘rganishni, tovush balandligini o‘rganishni va uni notada yozishni, notalarda
uchraydigan odatiy belgilarni (kalitlar, metrik ko‘rsatkichlar, o‘zgartirish
belgilari va boshqalar) o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Ushbu tushunchalarni
didaktika nuqtai nazaridan ajratib, musiqa o‘qituvchilari o‘quv jarayonida
musiqa va musiqiy notalarni bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Musiqa savodxonligining umumiy vazifasi – musiqa nutqni tushunish qobilyati
bo‘lib, u bir qator nazariy ma’lumotlarni bilish va musiqiy notani tushunish
qobiliyatini hal qilishga yordam beradigan asosiy ta’lim vositasi xisoblanadi.
Boshlang‘ich sinf musiqa fanini o‘zlashtirish doirasida notani ajratish avvalgi
o‘qitish metodikasini qayta ko‘rib chiqishga olib keldi. Musiqa pedagogikasi fani
tajribasida amaliy ehtiyojga ega bo‘lgan nota savodxonligi dasturidan
ma’lumotlarni olib tashlash, o‘qitishning yangi usullarini topish va hatto maktab
o‘quvchilarini zarur o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Keyinchalik umumta’lim musiqa fani dasturlarida maktab musiqa ta’limida nota
yozuvining roli va o‘rni nihoyatda muhim ekanligi aniqlandi. Dasturda
o‘qituvchilarni musiqa darslarida nota yozuvlaridan foydalanish, bu ta’limning
yakuniy maqsadi emas, balki faqat “eshitish” qobiliyatlari bilan ishlash va
notalar o‘qishni pog‘onama-pog‘ona o‘zlashtirish vositasi, bu esa o‘z navbatida
maktabda musiqiy ta’limning yakuniy vazifalariga yaxshiroq erishish vositasidir.
Bugungi globallashuv jarayonida umumta’lim maktablari bsohlang‘ich sinf
o‘quvchilariga nota savodxonlogini o‘qitish metodikasinind ilg‘or qoidalari
o‘tgan o‘n yillikda yanada takomillashtirilgan bo‘lib, bir qator kompetensiyaviy
yondashuv
tufayli
musiqa
o‘qituvchilarining
kasbiy
tayyorgarligini
takomillashtirishda aynan musiqiy-nazariy bilimlar muhimligini ko‘rsatadi.
Mahalliy olimlardan Q.Panjiyev o‘zining tadqiqot ishlarida bo‘lajak musiqa
o‘qituvchilarining kasbiy faoliyat turlarini tahlil etib, bo‘lajak musiqa
o‘qituvchilari umumta’lim maktablarida kasbiy faoliyatni olib boorish uchun
“cholg‘u ijrochiligini mukammal egallashlari”, “xonandalik maxoratini
yuksaltirishi” va nohoyat “musiqiy-nazariy bilimlarni egallashlari” shartligini
ta’kidlab o‘tgan. Nazarimizda, bu kabi kasbiy faoliyat turlari umumta’lim tizimi
musiqa pedagogikasining konsepsiyasini belgilab, musiqa metodologiyasi
rivojlanishining bardavomi bo‘lib, bu bir qator dasturiy hujjatlarda aks etgan.
Musiqa asarini nota yozuvi asosida o‘zlashtirishda boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining nota yo‘li – “musiqiy ongni murakkab qayta qurish yo‘li” deb
tushunish va shu bilan birga uning davomiyligi sifatida shaxs ongida subyektiv
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
78
sezgilarning musiqiy hodisalar haqidagi tarixiy go‘yalar bilan birlashishi,
shuningdek musiqiy tafakkurni rivojlantirish va vokal – eshitish apparatlarini
tayyorlashi musiqani sezilarli darajada keygaytiradi. Bu butun jarayon, o‘z
navbatida, musiqiy ongni “nota yozuvining asosiy tamoyillarini tushunishga”
olib keladi. Shunday qilib, musiqa asari nota yozuvini bilish – boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga musiqiy savodsiz odamlar uchun mavjud bo‘lmagan musiqiy
hodisalarni sifat jihatidan yangi bilish imkoniyatini beradi.
Xulosa nota bu – musiqaning tili, har bir belgisi esa yurak ohangining
ifodasi. Musiqa madaniyati darslarida nota savodxonligi o‘quvchilarga musiqani
faqat eshitish emas, balki uni tushunish, his qilish va to‘g‘ri talqin etish
imkoniyatini beradi. Har bir nota, har bir pauza – bu musiqiy tafakkurning
poydevoridir. Shunday ekan, musiqiy tarbiyaning chinakam mevasini olish
uchun nota savodxonligini chuqur o‘rgatish – bu nafaqat o‘quvchining, balki
jamiyatning musiqiy madaniyatiga qo‘yilgan sarmoyadir.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning 2022 – yil 2-fevralda №PQ-112 sonli
“Madaniyat va san’at xohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida”gi qarori.
2. D.N.Raxmonova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining musiqa savodxonligi”
nomli o’quv qo’llanma. Toshkent 2020-yil “Innovatsiya-Ziyo”
3. D.N.Raxmonova “Elektron magnitli musiqiy doska yordamida o’quvchilarning
musiqa fanidan bilim darajasini oshirish”. Toshkent 2020-yil “Innovatsiya-Ziyo”
4. G.M Sharipova, G.T.Tojiyeva “Musiqa metodikasi” Toshkent 2021-yil
5. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limining “Milliy o‘quv dasturi”. “Musiqa”
fanining milliy o‘quv dasturi.
6. R.Ishmuhamedov “Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar”
Toshkent-2021
7. Aliyev Y.B. Didaktika – praktike (didaktika xudojestvennogo obrazovaniya). M.
1996.
8. Archajnikova L.G. Professiya – uchitel muziki. 1990.
9. Rakhmonova, D. N. (2019). Development of music culture for elementary
school pupils with using interactive software. Theoretical & Applied Science,
(12), 101-106
10. Rakhmonova, D. N. (2022). Music literacy for primary school pupils. Global
Book Publishing Services, Raxmonova Dilshoda Nusratovna, katta o’qituvchi
[Рахмонова Дилшода Нусратовна, старший преподаватель], [Dilshoda N.
Rakhmonova, senior lecturer]; manzil: Termiz shahri, “Barkamol avlod” ko'chasi
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
79
43-uy, [адреc: Город Термез, улица Баркамол авлод, дом 43], [address: 43
Barkamol avlod Street, Termez city].
