BUZOQLARDA RAXIT KASALLIGINING ETIOLOGIYASI VA KLINIK BELGILARI

Abstract

Ushbu maqolada yosh hayvonlarda keng tarqalgan modda almashinuvi patologiyalardan biri raxit kasalligini etiologiyasi va klinik belgilari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
49-52
21

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Qosimov, S., & Usmonova , K. . (2025). BUZOQLARDA RAXIT KASALLIGINING ETIOLOGIYASI VA KLINIK BELGILARI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(12), 49–52. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/91833
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada yosh hayvonlarda keng tarqalgan modda almashinuvi patologiyalardan biri raxit kasalligini etiologiyasi va klinik belgilari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

49

BUZOQLARDA RAXIT KASALLIGINING ETIOLOGIYASI VA KLINIK

BELGILARI

Qosimov S.J.

Ilmiy rahbar: (PhD),

Usmonova K.Sh.

Magistr:

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi

va chorvachilik biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali

https://doi.org/10.5281/zenodo.15473309

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yosh hayvonlarda keng tarqalgan modda

almashinuvi patologiyalardan biri raxit kasalligini etiologiyasi va klinik belgilari
bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

postnotal ontogenez, ergokalsiferol, kalsiy-fosfor nisbati,

soxta

bo‘g‘imlar,

rentgenografiya,

ultrabinafsha

nurlar,

avitaminoz,

gipokalsemiya.

Mavzuning dolzarbligi.

Yosh buzoqning o‘sishi va rivojlanishida asosan

tayanch harakat oragnlari, xususan suyaklarning mustahkam va to‘g‘ri
shakllanishi barcha qoramol zotlari uchun kerakli bo‘lgan bosqichdir. Ayniqsa
bu tana vazi og‘ir va gavdasi katta bo‘lgan qoramol zotlari uchun katta
muammodir. Bugungi kunda buzoq skeletning rivojlanishi bilan bog‘liq
patologiyalarning uchrash darajasi ortib bormoda. Bu asosan organizmda
mineral va vitamin almashinuvi buzilishlari kechishi bilan bog‘liqdir. Shuning
uchun yosh buzoqlarda uchraydigan raxit kasalligining etiopatogenezi va
profilaktikasini o‘rganish veterinariya mutaxassislari oldidagi dolzarb
muammolardan biridir.

Tadqiqot materiallari va metodlari

. Toshkent viloyati Zangiota tumani

“Jamol ota” fermasiga qarashli yosh buzoqlarda raxit kasalligi bilan kasallangan
har xil zot va yoshdagi buzoqlarda o‘tkazildi.

Olingan natijalar tahlili.

Raxit - buzoqlarning surunkali kechadigan

kasalligi bo‘lib, asosan D vitaminning yetishmasligi, organizmda kalsiy va fosfor
almashinuvining, suyak to‘qimasi hosil bo‘lishi jarayonining buzilishi hamda
gavda suyaklarining deformatsiyasi bilan xarakterlanadi.

Kasallikning asosiy sababi organizmga oziqalar bilan D

2

va D

1

provitaminlarining kam miqdorda tushishi va uning endogen sintezining
pasayishi va tabiiy va sun’iy holatda ultrabinafsha nurlar ta’sirida ergosterol va
7 – degidroxolesterollarning hosil bo‘lishi yetishmasligi hisoblanadi. Ayniqsa
ratsionida D2 vitamininining kamligi ularda raxit alomatlarini yuzaga kelishiga
sabab bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan buzoqlar organizmida ushbu vitaminlar zahirasi


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

50

juda past bo‘lib, asosan ular og‘uz suti va ona suti orqali qabul qiladi. Shu sababli
yosh buzoqlar ayniqsa og‘ir tana vazniga ega bo‘ladigan qoramol zotlarini olti oy
davomida ona suti bilan boqish maqsadga muvofiqdir. Yosh buzoqlarning
saqlanadigan joyni sharoitining yomonligi, ya’ni qorong‘u bo‘lishi, namligi
yetarlicha sharoit bo‘lmasligi, quyosh nurining tushmasligi oqibatida ham
kasallik rivojlanadi.

Yangi tug‘ilgan buzoqlarni oziqlantirishda ular organizmiga vitamin D,

kalsiy hamda fosfor mineral moddalarining nisbati munosib bo‘lishini ta’minlash
zarur. Ya’ni organizmga ushbu moddalar nisbati 1,2-2:1 miqdoridan kam bo‘lishi
oqibatida ham raxit rivojlanadi. Shuningdek, buzoqlarni oziqlantirishning to‘liq
qiymatli bo‘lmasligi, ratsionda oqsil, yog‘, uglevodlar, karotin va A, E, C, B guruh
vitaminlari va mikroelementlar (temir, mis, yod, marganes, kobalt) larning

yetarli darajada tushmasligi ham
sabab

bo‘ladi.

Oziqa

tarkibida

stronsiy, bariy, mishyak, nitratlar va
boshqa zaxarli moddalarning bo‘lishi,
antisanitar sharoitlar ham kasallikni
rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek,
yuqumli

kasalliklar

ta’sirida,

gastroenterit, gepatitr, bronxit,
toksakaroz kabi kasalliklar davrida
ikkilamchi kasalik sifatida raxit
rivojlanadi.

Kasallikning asosiy klinik belgilari

patologik jarayonning bosqichlariga

bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. kasallikning dastlabki davrlarida kasallikka xos
klinik belgilar juda kam ko‘rinadi. Bunday buzoqlarni klinik ko‘rikdan
o‘tkazganda buzoqlarning umumiy holatining qoniqarsizligi, o‘sish va
rivojlanishdan qolishi, jun qoplamalarining rangining xiralashishi, junlarning
elastikligining pasayishi, ishtahaning buzilishi, buzoqlarining bir-birini, pol va
turli predmetlarni yalashi kabi belgilar kuzatiladi. Bunday buzoqlarida ko‘proq
gastrit va enterit qayd qilinadi. Buzoqlarning yurishida qiynalishi, bo‘g‘imlarda
og‘riq va yengil mexanik shikastlanishlari natijasida ham suyaklarning sinishi
ham uchrashi mumkin.

1-rasm. Raxit bo‘lgan buzoq (oldingi oyoq suyaklarini qiyshayishi)

Kasallikning og‘ir shakllari suyak devorlarining yupqalashishi, bo‘g‘imlarda

og‘riqning kuchayishi, suyaklarning qiyshayishi oqsash, bilan xarakterlanadi.
Yosh buzoqlar sust, nimjon, apatik, ko‘p yotadi, o‘sish va rivojlanishdan qoladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

51

Junlari quruq, xira va kam elastik holatda, buzoqning

ishtaxasi pasayadi yoki

o‘zgarishi kuzatiladi.Buzoq barcha narsalarni yeyishi natijasida unda gastrit,
gastroenterit, ich ketishi va ich qotishi qayd etiladi. Buzoqning umurtqa
pog‘onasi va naysimon suyaklari qiyshaygan, palpatsiya qilinganda og‘riq
ta’sirida buzoqlarning bezovtalanishi qayd qilinadi. Asosiy o‘zgarish oldingi
oyoqlarning bilakuzuk bo‘g‘imida yoki bilak suyagining pastki qismida suyak
upifizar qismining kattalashuvi, yolg‘on bo‘g‘imlarning hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Kasal hayvonlarda tishlarning chiqishining kechikishi, bel umurtqalari
qovurg‘asimon o‘simtalari va oxirgi dum umurtqalarining yupqalashishi ham
kuzatiladi.

Yosh hayvonlar o‘sish va rivojlanishdan qoladi, harakatlanish og‘riqli,

oyoqlar va umurtqa pog‘onasi qiyshaygan, ko‘krak qafasi deformatsiyaga
uchragan va qorin pastga osilgan bo‘ladi. Ishtahaning pasayishi va o‘zgarishi
kuzatiladi.

Keyinchalik holsizlanish, zo‘riqib harakat qilish, ko‘p yotish, yotgan joyidan

qiynalib ko‘zg‘alish, oqsash, bo‘g‘inlar va suyaklarning og‘riqli bo‘lishi kabi
belgilar kuzatiladi.

Suyaklarning jadal o‘sadigan va gavdaning og‘irligi eng ko‘p tushadigan

joylari deformatsiyaga uchraydi. Oldingi oyoqlarni chalishtirib turish,
bo‘g‘inlarning qiyshayishi yoki to‘liq bukilmasligi kuzatiladi. Suyak to‘qimasi
tarkibidagi fosfor va kal’siy tuzlari miqdori keskin kamayadi. Oldingi
oyoqlardagi naysimon suyaklar va umirtqa pog‘onasi qiyshayadi. Karpal
bo‘g‘inlar shishadi, qovirg‘alar ichkari tomonga bukiladi, ko‘krak qafasi yon
tomondan torayadi, qorin pastga osiladi va hajmiga kattalashadi. Tullash
kechikadi, hazm jarayonlarining buzilishi, ich ketishi kuzatilishi mumkin. Tana
harorati me’yorlar chegarasida saqlanadi.

Raxit paytida ko‘pincha asab tizimida buzilishlar, uyqusirash holati yoki

bezovtalanish, laringospazm, to‘satdan yerga yiqilib tushish, qisqa vaqtli
qaltiroqlar yoki tana muskullarining uzoq davom etadigan klonik va tonik
qisqarishlari kuzatiladi.

Kasallikka diagnoz qo‘yishda kompleks usulda anamnez ma’lumotlari,

kasallika xos belgilarning qayd qilinishi hamda laborotoriya tekshiruvlari
natijasida amalga oshiriladi. Anamnez ma’lumotlari so‘ralganda hayvon
egasidan oziqlantirish tartib, ratsion tarkibi, Vitamin D, kilsiy va fosforning
yetarliligi, quyosh nurida itni sayr qildirish va boshqa ma’lumotlarga e’tibor
beriladi. Diagnozni aniq bo‘lishi uchun itlardan qon analizi olinib, uning
tarkibidagi kalsiy, fosfor, ishqoriy zaxira, rezervnuyu ishqorli fosfataza, kabilar


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

52

hamda itning suyaklari rentgenografiya tekshiruvidan o‘tkaziladi. Kasallikni
differesial diagnostikasida suyaklarning sinishi, kobalt yetishmovchiligi,
gipokuproz, artrit va artroz kasalliklaridan farqlash lozim.

Xulosalar:

Raxit kasalligi yosh buzoqlarda tug‘ma bo‘lishi yoki ortirilgan

holatda bo‘lishi bilan, qolgan hayvonlar orasida ham keng tarqalgan modda
almashinuvi buzilishi patologiyalaridan biri bo‘lib xisoblanadi.

Kasallikning asosiy etiologik omili sifatida tug‘ilgan hayvon bolalari

ratsionida vitamin D va kalsiy hamda fosfor mineral moddalarining
yetishmasligi hamda endokrin bezlar faoliyatidagi buzilishlar xisoblanadi.

Kasallikka xos belgilar sifatida yosh hayvonlarning o‘sishdan qolishi,

harakatlanish og‘riqli, oyoqlar va umurtqa pog‘onasi qiyshayishi, qorinning
pastga osilishi va ishtahaning o‘zgarishini keltirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Qosimov S. J., Sh U. K. Hypovitaminos A And D In Young Animals

//American Journal of Advanced Scientific Research. – 2025. – Т. 2. – №. 10. – С.
79-84.
2.

Qasimov S. J. et al. SPREAD OF DISEASES OF METABOLISM DISORDERS IN

FISH //AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI.
– 2022. – С. 439-444.
3.

Косимов С. Ж., Бахтиёров Ш. Б. СУБКЛИНИЧЕСКИЙ КЕТОЗ У

ВЫСОКОПРОДУКТИВНЫХ КОРОВ //INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND
RESEARCH IN EDUCATION. – 2025. – Т. 4. – №. 38. – С. 4-8.
4.

Bakhtiyorovich E. S., SaifiddinJakhongirUgli K. DIAGNOSIS OF PROTEIN

METABOLISM DISORDERS IN FISH //American Journal of Agriculture and
Horticulture Innovations. – 2023. – Т. 3. – №. 05. – С. 04-12.
5.

Kasimov S. et al. The Pathomorphology Of Disorders Of Vitamins And

Protein Metabolism In Fish //The American Journal of Veterinary Sciences and
Wildlife Discovery. – 2021. – Т. 3. – №. 06. – С. 9-12.
6.

Эшбуриев С. Б., Нарбаев К., Костомахин Н. М. Групповая

профилактика

нарушения

витаминно-минерального

обмена

у

высокопродуктивных коров //Главный зоотехник. – 2017. – №. 11. – С. 3-8.
7.

Eshburiev S. B. Etiopathogenesis and prevention of secondary

osteodystrophy of cows : дис. – Samarkand, Uzbekistan : Samarkand State
University of Veterinary Medicine, Livestock and Biotechnology, 2011.

References

Qosimov S. J., Sh U. K. Hypovitaminos A And D In Young Animals //American Journal of Advanced Scientific Research. – 2025. – Т. 2. – №. 10. – С. 79-84.

Qasimov S. J. et al. SPREAD OF DISEASES OF METABOLISM DISORDERS IN FISH //AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 439-444.

Косимов С. Ж., Бахтиёров Ш. Б. СУБКЛИНИЧЕСКИЙ КЕТОЗ У ВЫСОКОПРОДУКТИВНЫХ КОРОВ //INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION. – 2025. – Т. 4. – №. 38. – С. 4-8.

Bakhtiyorovich E. S., SaifiddinJakhongirUgli K. DIAGNOSIS OF PROTEIN METABOLISM DISORDERS IN FISH //American Journal of Agriculture and Horticulture Innovations. – 2023. – Т. 3. – №. 05. – С. 04-12.

Kasimov S. et al. The Pathomorphology Of Disorders Of Vitamins And Protein Metabolism In Fish //The American Journal of Veterinary Sciences and Wildlife Discovery. – 2021. – Т. 3. – №. 06. – С. 9-12.

Эшбуриев С. Б., Нарбаев К., Костомахин Н. М. Групповая профилактика нарушения витаминно-минерального обмена у высокопродуктивных коров //Главный зоотехник. – 2017. – №. 11. – С. 3-8.

Eshburiev S. B. Etiopathogenesis and prevention of secondary osteodystrophy of cows : дис. – Samarkand, Uzbekistan : Samarkand State University of Veterinary Medicine, Livestock and Biotechnology, 2011.