NAZAR ESHONQULNING „MAYMUN YETAKLAGAN ODAM“ HIKOYASIDA OBRAZLAR TALQINI

Аннотация

Mazkur maqola Shukur Xolmirzayevning hikoyalari, ulardagi oʻziga xoslik,obrazlarning rang-barangligi masalalariga bagʻishlangan boʻlib, unda yozuvchi mahorati muammosiga ham eʼtibor qaratilgan.Shuningdek, Shukur Xolmirzayevning ijodida hikoya janri yaqqol ajralib turishi, ularning boshqa ijodkorlarning hikoyalaridan tubdan farq qilishi xususida ham fikr yuritilgan. Qolaversa, hikoyadagi ramziy obrazlar alohida ahamiyatga ega ekanligi ochib berilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
85-88
18

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Rahmatova, G., & Fayzullayeva, O. (2025). NAZAR ESHONQULNING „MAYMUN YETAKLAGAN ODAM“ HIKOYASIDA OBRAZLAR TALQINI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(12), 85–88. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/91827
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqola Shukur Xolmirzayevning hikoyalari, ulardagi oʻziga xoslik,obrazlarning rang-barangligi masalalariga bagʻishlangan boʻlib, unda yozuvchi mahorati muammosiga ham eʼtibor qaratilgan.Shuningdek, Shukur Xolmirzayevning ijodida hikoya janri yaqqol ajralib turishi, ularning boshqa ijodkorlarning hikoyalaridan tubdan farq qilishi xususida ham fikr yuritilgan. Qolaversa, hikoyadagi ramziy obrazlar alohida ahamiyatga ega ekanligi ochib berilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

85

NAZAR ESHONQULNING „MAYMUN YETAKLAGAN ODAM“

HIKOYASIDA OBRAZLAR TALQINI

Gulnora Rahmatova

GulDU, O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi

2-bosqich talabasi

O.Fayzullayeva

Ilmiy rahbar: f.f.d.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15480196

Annotasiya.

Mazkur maqola Shukur Xolmirzayevning hikoyalari, ulardagi

oʻziga xoslik,obrazlarning rang-barangligi masalalariga bagʻishlangan boʻlib,
unda yozuvchi mahorati muammosiga ham eʼtibor qaratilgan.Shuningdek,
Shukur Xolmirzayevning ijodida hikoya janri yaqqol ajralib turishi, ularning
boshqa ijodkorlarning hikoyalaridan tubdan farq qilishi xususida ham fikr
yuritilgan. Qolaversa, hikoyadagi ramziy obrazlar alohida ahamiyatga ega
ekanligi ochib berilgan.

Kalit soʻz:

hikoya, sarlavha, obrazlar, ramzlar, badiiy tajriba, badiiy

mahorati,badiiy uslubi, kompozitsiya, pafos, mafkura va h.k.

Nazar Eshonqul – 15-iyun 1962-yil Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida

tug‘ilgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, senarist,
telejurnalist. Nasrimizning oʻtgan asr 80–90-yillardagi yanglanishi odatiy
an’anaviy yoʻldan birmuncha oʻzgacharoq kechdi, XIX asr oxiri – XXasr
boshlarida Gʻarbda paydo boʻlgan adabiy oqimga oʻxshash sifatlar paydo boʻldi.
Shu oʻrinda yozuvchi Nazar Eshonqul oʻzbek nasriga, ayniqsa, hikoyachiligiga
oʻzgacha ovoz va ruh olib kirdi. U mana shu janrni Sharq va Gʻarb adabiyoti
anʼanalari bilan uygʻunlashtirayotgan adiblar qatoridan joy olgan. Uning
dastlabki asari – „Urush odamlari“ qissasi (1989). Shundan soʻng „Momoqoʻshiq“
(1991), „Yalpiz hidi“ (1996) „Ufq ortidagi quyosh“, „Maymun yetaklagan odam“
(2004), „Shamolni tutib boʻlmaydi“ (2005), „Shaftoli guli“ (2011) nomli bir qator
kitoblari nashr etildi.

Nazar Eshonqulning

“Maymun yetaklagan odam”

hikoyasi 1989-yil 6-

yanvar kuni “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosilib chiqdi. Ushbu
kichik hikoya syujeti va voqealar rivojining o‘zgachaligi kitobxonni e’tiborini jalb
qilgan. Asar matni bilan tanishmasdan oldin, birinchi navbatda, kitobxon
lisonida munozarali fikrlar paydo bo‘ladi. Yozuvchi nega aynan bunday sarlavha
tanladi? Aslida, odam maymunni yetaklayaptimi yoki maymun odamni ? Bu
o‘rinda o‘zbek tiliga xos so‘zlarning ma’no qirralari o‘z aksini topgan. Asarning
sarlavhasi uning kompozitsiyasida muhim rol o‘ynab hikoyaning mazmunini
o‘zida namoyon qilgan. Kitobxon hikoyani o‘qib borar ekan, voqealar rivojidan


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

86

savollariga javob topa oladi. Asar syujeti sayyor syujet bo‘lib, yozuvchi hikoyani
an’anaviy qolip asosida emas, balki yangi uslub, yangi qolip asosida yozadi.
Voqealar ekspozitsiyadan boshlangan. “Bu voqеa uch yillar oldin bo‘lgan edi. Shu
ko‘chadan bir uyni ijaraga olib ko‘chib kеlganimda cholning sharti kеtib, parti
qolgandi, u ko‘chaning muyulishida mеn egallagan uyga qo‘shni hovlida
yashardi. Uni birinchi marta uyining oldidagi eski o‘rindiqda chuqur o‘yga tolgan
holda ko‘rgan edim... ” Hikoya boshlanishidayoq, cholning qiyofasi, ayniqsa,
hikoyaning noan’anaviy pafosini o‘zida mujassamlashtirgan. “U qoboqlari soliq,
soqoli qirilmagan, bir paytlar sеmiz bo‘lgan, ajinlar taram-taram qilib tashlagan,
ko‘rimsiz yuzi badjahl ma’budlarning haykaliga o‘xshab kеtar, unga qaragan
odamning yuragi noxush bir hisdan orqaga tortar edi. Ko‘zlari hissiz va ifodasiz,
egnida elliginchi yillarning andozasida tikilgan ancha salobatli kitеl, baqbaqasi
osilib turgan holda o‘ychan o‘tirardi…” Yozuvchi ushbu chizgilar orqali kitobxon
xayolida ko‘rimsiz, hayotning butun chalkashliklariyu tashvishlariga qo‘l
siltagan, “yuzi badjahl ma’budlarning haykaliga o‘xshab” kеtadigan, “go‘yo
atrofidagi olamdan endi hеch qanday iltifot kutmay qo‘ygan, hеch narsaning
qizig‘i qolmagan” o‘zgacha qahramon portretini chizib beradi.

Shu o‘rinda yana bir narsani ta’kidlab o‘tish zarurki, hikoyaning “yorqin”,

“iliq”, “jozibador” tasvirlar bilan emas, balki “xira”,“qorong‘u” tasvirlar bilan
boshlanayotganligi ham kitobxonni o‘ziga jalb etadi. Hikoyaning butun boshli
mazmuni chol chizgan ikki suratdan namoyon bo‘ladi. Cholning birinchi suratida
yosh navqiron ko‘zlarida qat’iyat va ishonch aks etgan. Yigitning o‘rmondan
bo‘yniga tarang qilib tortilgan zanjir osilgan maymunni yetaklab chiqishi
tasvirlangan bo‘lsa, ikkinchi suratida maymun umidsiz ko‘zlariga g‘am cho‘kkan
munkaygan bir cholni o‘rmon sari yetaklab ketardi. ko‘rinib turganidek, bu safar
cholning bo‘ynida zanjiri yo‘q edi. Davr, inson o‘zgardi, ammo, makon va
maymun o‘zgarmadi. Hikoyadagi barcha obrazlar va voqealar ramziylik kasb
etgan. Birinchi suratdagi yosh odam cholning yosh, navqironlik davriga ishora
bo‘lsa, maymun ijtimoiy mafkura, yomonlik ramzi. Ikkinchi suratdagi maymun
yetaklab ketayotgan chol esa cholning qarib, hayotning o‘nqir-cho‘nqirliklariga,
qiyinchiliklariyu jamiyki yomon illatlarga bo‘yin eggan davri, o‘mon esa inson va
jamiyat, ong va omgsizlik, erkinlik va qaramlik, insoniylik va yovvoyilik
o‘rtasidagi murakkab ziddiyatlarni ifodalab kelgan ramzlar hisoblanadi.
Shundan kelib chiqqan holda suratdagi yosh, qora mafkuraga bo‘yin
egmaydigan, o‘z haqiqatlari bilan jamiyatga qarshi chiqa oladigan, qat’iyatli yigit
oxir-oqibat o‘ziga nisbatan ishonchsiz umri turli aldovlar va yupanchlar bilan
behuda o‘tgan, o‘y-xayollari mavhumlikka cho‘mgan, shavqatsiz mafkuraga


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

87

bo‘yin eggan, hayot “o‘yinlari”ga tan berib, o‘ziga kerakli xulosalarni ola olgan
kimsaga aylanishi tasvirlangan. Hikoyada cholning oqibatsiz o‘glining tasviri
ham bor. Butun hayotini qora bo‘yoqlarga ko‘mgan insonning farzandi qanday
ham bo‘lsin, albatta shunga o‘xshash qimorboz, kissavur va qotil bo‘ladi-da.

Jamiyat shunday, unda yaxshilar ko‘p bo‘lsa, yaxshilarning davomchilari

ham ko‘p bo‘ladi, agar jamiyatda cholga o‘xshash hayotning zug‘umlariga taslim
bo‘lgan shaxslar ko‘p bo‘lsa, ularning avlodlari ham shu tarzda davom etaveradi.
Hikoyadagi talaba obrazi va chol o‘zaro ziddiyatda bo‘lib, talabaning yorqin
fikrlarini o‘qish jarayonida fikrimiz cholning fikrlaridagi “qoralik”dan oq
bo‘yoqlarga almashadi va hayotda yomonlar bilan birga yaxshilar, “qoralar”
bilan birga “oqlar” ham borligini yana bir bor eslatadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, inson doimo o‘ziga bo‘lgan qat’iyat va

ishonch bilan yashamog‘i va o‘z maqsadi sari hech qayoqqa chalg‘imasdan
intilmog‘i darkordir. Hayotdagi qiyinchiliklar, baland-pastliklar, to‘siqlar inson
fikrini o‘zgartirishga, ishonchining yo‘qolishiga sabab bo‘lmasligi kerak. Zero,
hayot ham yorqin va jilvakor fikrlar, insonlar bilan go‘zaldir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Eshonqul N. Maymun yetaklagan odam. – Toshkent: Yangi asr avlodi. 2004.

2.

Eshonqul N. Ijod falsafasi. Mendan – mengacha. – T.: 2018.

3.

3.Norbekova A. Nazar Eshonqul hikoyalari uslubi. “Maymun yetaklagan

odam” hikoyasi misolida” ilmiy maqola.
4.

Kholbekovna, F. O. (2021). The issue of artistic idea in poetry. European

Scholar Journal, 2(4), 233-236.
5.

Fayzullayeva, O. (2022). General Typological Characteristics Of Lyric

Cycles. Science and innovation, 1(B5), 231-236.
6.

Fayzullayeva, O. (2024). THE ISSUE OF FORM AND CONTENT IN LYRIC

CYCLES. Евразийский журнал технологий и инноваций, 2(1), 55-60.
7.

Xolbekovna, F. O. (2021). POETICS OF UZBEK CYCLE SONNETS. Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal, 9(6), 394-402.
8.

Fayzullayeva, O. X. (2020). Diversity in writing Uzbek sonnets. Theoretical

& Applied Science,(4), 627-633.
9.

Kholbekovna, F. O. (2022). The artistic-aesthetic nature of rauf parfi's

poetry. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(5), 332-
340.
10.

Kholbekovna, F. O., & Oglu, E. B. J. (2021). Development and Improvement

of Cyclicity. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 12049-12054.
11.

Fayzullayeva, O. (2023). LYRIC IMAGE OF" I" IN CYCLES. Евразийский

журнал технологий и инноваций, 1(6 Part 3), 118-125.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

88

12.

Faizullayeva, O. H. (2022). Artistic Conditionality and Poetic Function of

Signs in Lyrical Series. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 14,
20-29.
13.

Kholbekovna, F. O., & Dehqonovna, D. G. (2020). The Hero Issue In The

Lyrıcs. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(8), 3409-
3413.
14.

Mamatkulov, M., & Fayzullayeva, O. (2024). Expression Of Symbols And

Allegorical Images In Lyric Cycles. Modern Science and Research, 3(1), 1-7.
15.

Rakhmonkulovich, M. M. (2022). Folklore Traditions In The Epos Of

Sayyadi “Tоhir And Zuhrо”. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences,
14, 4-10.
16.

Epic, M. M. S. S. (2020). Bakhrom and Gulandom” and the Folk Tales.

Scientific Reports of Bukhara State University, 5(81), 34-38.

Библиографические ссылки

Eshonqul N. Maymun yetaklagan odam. – Toshkent: Yangi asr avlodi. 2004.

Eshonqul N. Ijod falsafasi. Mendan – mengacha. – T.: 2018.

Norbekova A. Nazar Eshonqul hikoyalari uslubi. “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi misolida” ilmiy maqola.

Kholbekovna, F. O. (2021). The issue of artistic idea in poetry. European Scholar Journal, 2(4), 233-236.

Fayzullayeva, O. (2022). General Typological Characteristics Of Lyric Cycles. Science and innovation, 1(B5), 231-236.

Fayzullayeva, O. (2024). THE ISSUE OF FORM AND CONTENT IN LYRIC CYCLES. Евразийский журнал технологий и инноваций, 2(1), 55-60.

Xolbekovna, F. O. (2021). POETICS OF UZBEK CYCLE SONNETS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6), 394-402.

Fayzullayeva, O. X. (2020). Diversity in writing Uzbek sonnets. Theoretical & Applied Science,(4), 627-633.

Kholbekovna, F. O. (2022). The artistic-aesthetic nature of rauf parfi's poetry. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(5), 332-340.

Kholbekovna, F. O., & Oglu, E. B. J. (2021). Development and Improvement of Cyclicity. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 12049-12054.

Fayzullayeva, O. (2023). LYRIC IMAGE OF" I" IN CYCLES. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(6 Part 3), 118-125.

Faizullayeva, O. H. (2022). Artistic Conditionality and Poetic Function of Signs in Lyrical Series. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 14, 20-29.

Kholbekovna, F. O., & Dehqonovna, D. G. (2020). The Hero Issue In The Lyrıcs. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(8), 3409-3413.

Mamatkulov, M., & Fayzullayeva, O. (2024). Expression Of Symbols And Allegorical Images In Lyric Cycles. Modern Science and Research, 3(1), 1-7.

Rakhmonkulovich, M. M. (2022). Folklore Traditions In The Epos Of Sayyadi “Tоhir And Zuhrо”. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 14, 4-10.

Epic, M. M. S. S. (2020). Bakhrom and Gulandom” and the Folk Tales. Scientific Reports of Bukhara State University, 5(81), 34-38.