BIOGEN ELEMENTLARNING INSON SALOMATLIGIDAGI O’RNI
Biogen elementlar kimyosi tabiiy jarayonlarning asosiy qismi boʻlib, tirik organizmlar tarkibidagi kimyoviy elementlar va ularning biologik ahamiyati haqida chuqur bilim beradi. Ushbu maqolada biogen elementlar – uglerod (C), vodorod (H), kislorod (O), azot (N), fosfor (P) va oltingugurt (S) – ning kimyoviy xossalari, biologik funktsiyalari va ularga oid tadqiqotlar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, bu elementlarning tirik organizmlarda tarqalishi, biokimyoviy jarayonlarda oʻrin bosgan rollari va ekologik muhitdagi ahamiyati koʻrib chiqiladi.