KOLLABORATIV YONDASHUV O’QUVCHILARNING ADABIY-NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA SAMARALI VOSITA SIFATIDA
Ushbu maqolada ta'lim jarayonida kollaborativ yondashuvning ahamiyati va uning o'quvchilarning adabiy va nutqiy kompetentsiyalarini rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Maqolada kollaborativ yondashuvning nazariy asoslari, uning ijtimoiy-madaniy, kognitiv rivojlanish va tajriba asosidagi o'rganish nazariyalariga tayanib tushuntirilgan. Lev Vygotsky, Jean Piaget va John Deweyning ta'limdagi yondashuvlari orqali bu metodning samarali ekanligi isbotlangan. Shuningdek, kollaborativ yondashuvning o'quvchilarning ijodiy, tanqidiy fikrlash, hamkorlikda ishlash va nutq kompetentsiyalarini rivojlantirishdagi o'rni ko'rsatilgan. Maqola shuningdek, kollaborativ yondashuvning pedagogik va psixologik imkoniyatlarini, ta'lim jarayonida muvaffaqiyatli qo'llanilishi uchun amaliy tavsiyalarni ham o'z ichiga oladi.