XORAZM VOHASI O‘ZBEKLARINING ZAMONAVIY EKOLOGIK MADANIYATI

Abstract

Xorazm vohasi azaldan o‘zining boy tarixi, madaniyati va noyob tabiiy sharoitlari bilan mashhur. Bu yerda yashagan xalqlar asrlar davomida o‘zlarining etnoekologik madaniyatini shakllantirdilar, ya'ni tabiat bilan uyg’unlikda yashab, uning xususiyatlariga moslashishga o’rganishdi. 

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
79-81
15

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Egamberganova, M. . (2024). XORAZM VOHASI O‘ZBEKLARINING ZAMONAVIY EKOLOGIK MADANIYATI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 3(13), 79–81. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/62402
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Xorazm vohasi azaldan o‘zining boy tarixi, madaniyati va noyob tabiiy sharoitlari bilan mashhur. Bu yerda yashagan xalqlar asrlar davomida o‘zlarining etnoekologik madaniyatini shakllantirdilar, ya'ni tabiat bilan uyg’unlikda yashab, uning xususiyatlariga moslashishga o’rganishdi. 


background image

79

XORAZM VOHASI O‘ZBEKLARINING ZAMONAVIY EKOLOGIK MADANIYATI

Egamberganova Matluba Jobborgonovna

PhD.,dots.

Urganch innovatsion universiteti

matluba93@urgiu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14533322

Xorazm vohasi azaldan o‘zining boy tarixi, madaniyati va noyob tabiiy sharoitlari bilan

mashhur. Bu yerda yashagan xalqlar asrlar davomida o‘zlarining etnoekologik madaniyatini
shakllantirdilar, ya'ni tabiat bilan uyg’unlikda yashab, uning xususiyatlariga moslashishga
o’rganishdi.

Ekologik madaniyat-bu tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat

va uni amalda qo‘llay bilish faoliyati, atrof-muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko‘rsatkichi,
ongli va ma’suliyatli yondashuvdir[1]. Umumiy ma’noda olib qarasak, ekologik madaniyat atrof-
muhitdan tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini anglab yetgan holda, inson faoliyati ta’sirining
yaqin va uzoq kelajakdagi oqibatlarini inobatga olgan holda foydalanishdir.

Ekologik madaniyat insoniyatning yangi madaniyati bo‘lib, u insonning ekologik jihatdan

sog’lom xulq-atvori, faoliyati, inson va ijtimoiy-tabiiy muhit o‘rtasidagi munosabatlarning yangi
sifat darajasini rag‘batlantiradigan qadriyat yo‘nalishlarini belgilaydi. Keng ma’noda ekologik
madaniyat insoniyat madaniyatining yangi mazmunidir. Tadqiqot muammosini har tomonlama
tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, insonda tabiat oldidagi burchlarini yangicha tushunish, yangi
dunyoqarashni shakllantirish juda qiyin.

Xorazm vohasining etnoekologik madaniyatini quyidagi xususiyatlar orqali tahlil

qilishimiz mumkin:

Suv manbalari bilan bog’liq madaniyat:

Xorazmning eng muhim boyligi - bu suv. Vohada suv resurslarini taqsimlash va ulardan

foydalanishda o‘ziga xos an’analar shakllangan. Sug’orish tizimlari, ariqlar, suv omborlari
qurilishi aholining o‘ziga xos bilim va texnikasini aks ettiradi. Suv bilan bog’liq urf-odatlar va
marosimlar ham etnoekologik madaniyatning bir qismi hisoblanadi. Vohada suv bilan bog’liq
madaniyat zardushtiylik davridan shakllangan bo’lib, suv to’rt muqaddas unsurning biri
hisoblangan. Shu sababdan daryolar, ko‘llar yoki quduqlar har qanday nopokliklardan qat’iy
himoya qilingan. Biror nopok narsani yuvish kerak bo‘lsa, avvalo, suv maxsus joyga to‘plangan.
Bunda nopok narsa avval sigir siydigi bilan yuvilib, quyoshda yoki qumda quritilgan va oxirgi
poklash bosqichida suv bilan yuvilgan. Shuningdek, yomg‘ir yoqqan paytda tashqariga chiqish
taqiqlangan. Chunki bu bilan suvni va yerni “makruh” qilib qo‘yish mumkin, deb o‘ylaganlar.
Suvni isrof qilish va bulg‘ash og‘ir gunoh hisoblangan. “Avesto”da bu borada “Pokiza suv va yonib
turgan olov oldida gustohlik qilgan zotning do‘zaxda topguvchi jazosi bu dunyoning jamiyki
dardu ozorlaridan mudhishdir”,[2] – deyilgan. Zardushtiylik bilan bog’liq an’analar hozirgi kunda
ham voha hayotidan muhim o‘rin olgan bo‘lib, buni kundalik turmushda ham kuzatish mumkin.
Jumladan, Xorazm viloyati Xiva tumani sayot qishlog’ida o‘tgan asrning oxirlarigacha maxsus
darvishonalar o’tkazilgan bo‘lib, bunda qishloqdan oqib o’tgan kanalga qora ho‘kizni qurbonlik
qilishgan. Bu orqali suv xudosi tinchlanadi va odamlarni halok qilmaydi degan qarash bo‘lgan[3].

Qishloq xo‘jaligi va tabiat bilan uyg’unlik:

Xorazm vohasi aholisi asosan qishloq xo‘jaligi bilan mashhur. Hududda paxta, bug’doy,

guruch, qovun singari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Xorazmning gurvak, o‘rik,


background image

80

uzum singari mahsulotlari tabiiy sharoitga moslashgan va etnoekologik madaniyatning bir qismi
hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va usullari tabiatga zarar yetkazmaslikka qaratilgan.

Hayvonot olami va o‘simliklar dunyosi:

Xorazm vohasida turli xil hayvonot olami va o‘simliklar dunyosi mavjud. Qush turlari,

suvda yashovchi hayvonlar, o'simliklar va o‘tlar xilma-xildir. Mahalliy aholi tabiat bilan
uyg'unlikda yashaganligi sababli, o‘simlik va hayvonot dunyosini himoya qilishga e’tibor
qaratgan. O‘simliklardan dori-darmon sifatida foydalanish, hayvonlarni ovlashning o‘ziga xos
qoidalari etnoekologik madaniyatning bir qismi hisoblanadi. Tabiatda mavjud bo‘lgan
mavjudotlarni ulug‘lash bilan bog‘liq an’analarni ham inson fe’l-atvoriga ta’sir etuvchi an’ana va
marosimlarni ham barqaror urf-odat va qadriyatlar deb ham atash mumkin. Biroq an’ana, odat
va marosimlar garchi tabiat bilan bog‘liq dunyoqarashlar asosida shakllangan bo‘lsada, davr va
tashqi ta’sir natijasida o‘zgarib borgan

Turar-joylar bilan bog’liq madaniyat:

Xorazm vohasida loy va g‘ishtdan qurilgan uylar, masjidlar, madrasalar va boshqa binolar

o‘ziga xos uslubda qurilgan. Bino qurilishida tabiatga xos materiallardan foydalanish
etnoekologik madaniyatning bir qismi hisoblanadi. Binolarning joylashuvi, xona havosini
tozalatish, yorug’lik tushishi kabi jihatlar iqlim sharoitiga moslashtirilgan.

Urf-odat va an’analar:

Xorazm vohasining boy madaniyati tabiat bilan bog’liq urf-odatlar va marosimlarda aks

etadi. Ba’zi urf-odatlar tabiatning o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirilgan. Odamlarning
tabiatga, o’simlik olamiga bo’lgan munosabati va mehrini belgilovchi tabiat bayramlaridan
“Navro‘z”, “Hirmon bayrami”, “Qovun sayli”ni ko’rsatib o’tish mumkin. Xalq qo‘shiqlari, ertaklari,
afsonalari tabiat bilan bog’liq hodisalarni va o‘ziga xos o‘simlik va hayvonot dunyosini aks
ettiradi. Tabiat yaratgan moddiy ne’matlardan isrofgarchilik bilan foydalanish, tabiat resurslari -
yer osti boyliklari, suv, yer, o’simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazish uvol sanalib, ushbu
tushunchani tor ma’noda non, suv, tuz, olovdan tejab-tergab foydalanishni nazarda tutsa, keng
ma’noda butun tabiat boyliklaridan, noz-ne’matlaridan oqilona foydalanishni aks ettiradi[4].

Zamonaviy davrda ekologik muammolar:

Hozirgi kunda Xorazm vohasi suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, cho‘l bosib kirishi kabi

ekologik muammolarga duch kelmoqda. Etnoekologik madaniyatni saqlash va tiklash, bu
muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunning asosiy muammolaridan biri
Orol fojeasidir. Orol dengizining qurib ketishining sababi-dengiziga suv yetkazib berishning
kamligi, uning iqtisodiy ehtiyojlari, masalan, Amudaryo va Sirdaryodan paxta va g‘alla uchun
foydalanish bilan bog‘liq sug'orish tizimining noto‘g’riligidir. Natijada Orol dengizi asta-sekin
qurib bordi[5].

Xorazm vohasining etnoekologik madaniyati tabiat bilan uyg'unlikda yashagan xalqlarning

o'ziga xos bilim va tajribasini aks ettiradi. Bu madaniyatni saqlash va tiklash-bu kelajak
avlodlarga o‘zining boyliklaridan foydalanish imkonini berish demakdir.

References:

1.

Алихонов Б., Самойлов С. Ўзбекча-русча-инглизча экологик изоҳли луғат. – Тошкент,

2004. – Б. 225
2.

Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. Асқар Маҳкам таржимаси. — «Шарқ», 2001. – Б.


background image

81

122.
3.

Dala axboroti. Nurullayeva Gulbahor. Xiva tumani sayot qishlog’i. 2024-yil.

4.

Dala axboroti. Bayramova Ra’no. Xonqa tumani G’alaba qishlog’i. 2024-yil.

5.

M. Mamanazarov, Water resources: social, economical, ecological problems (2008). P. 78.

References

Алихонов Б., Самойлов С. Ўзбекча-русча-инглизча экологик изоҳли луғат. – Тошкент, 2004. – Б. 225

Авесто. Тарихий-адабий ёдгорлик. Асқар Маҳкам таржимаси. — «Шарқ», 2001. – Б. 122.

Dala axboroti. Nurullayeva Gulbahor. Xiva tumani sayot qishlog’i. 2024-yil.

Dala axboroti. Bayramova Ra’no. Xonqa tumani G’alaba qishlog’i. 2024-yil.

M. Mamanazarov, Water resources: social, economical, ecological problems (2008). P. 78.