82
SHE’RIY TARJIMADA MUVIZANAT VA MUVOFIQLIK
Iskandar Sattibaev
Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab
https://doi.org/10.5281/zenodo.14533336
Abstract:
The research aims at investigating the phenomenon of adequacy and equivalency
in poetic translation from English into Uzbek. The work addresses such aspects of adequacy as
semantic adequacy, structural adequacy, pragmatic adequacy, and so on.
Kalit so`zlar:
she’riy tarjima, muvozanat, muvofiqlik, ma’noviy muvozanat, sturukturaviy
muvozanat, pragmatik muvozanat.
Key words:
poetic translation, adequacy, equivalency, semantic equivalency, structural
equivalency, pragmatic equivalency.
Kirish:
She’riy asarlarni tarjima qilish murakkab vazifa bo`lib, asliyatdagi shoir lirikasini boshqa
tilga tarjima qilishda quyidagicha savol yuzaga keladi: she’r, boshqa tilga tarjima qilinganda, asl
tildagi matnga aynan mos kelishi kerakmi yoki mualliflik maqsadini yanada aniqroq ifoda etish
uchun zarur bo‘lgan chekinishlar qilishga ruxsat etiladimi? Shuningdek, she’riy matnni tarjima
qilishda yana bir savol tug‘iladi: tarjima qilingan matn tarjima tilining o‘ziga xos xususiyatlariga
mos kelishi kerakmi yoki aksincha, u o‘quvchiga asl til madaniy rang-barangligini va o‘ziga
xosligini yetkazishi kerakmi?
1
Albatta, muallif asliyatda biror asar yaratar ekan, xoh nazmiy bo`lsin, xoh nasriy bo`lsin,
uning istiqbolda qaysi tillarga qay tarzda tarjima qilinish masalasiga alohida ahamiyat
qaratmasligi tabiiy. Biroq, xorijiy tildagi asarni tarjima qilish orqali uni boshqa tildagi
o`quvchilarga yetkazishni maqsad qilgan tarjima albatta yuqoridagi savollarni o`ziga berishi
shart. She’riy tarjima jarayoni ushbu savollarga yechim topishni taqozo etar ekan, tarjimadagi
muhim unsur bo`lmish
muvozanat (adekvatlik)
ni alohida tahlil qilish zarurati vujudga keladi.
Sirojiddinov Sh. va Odilova G. larning “
Словарь иностранных слов
”, Barxudarov L. va
Nayda Y. kabi manbalarga asoslangan holda ta’kidlashlaricha,
adekvat
so`zi lotincha
“adaequatues” so`zidan olingan bo`lib, “
o`xshash
”, “
bir xil
”, “
teng
”, “
to`la mos
”, “
bir-biriga aynan
o`xshash
” kabi ma’nolarni anglatadi. O`zbek tarjimashunosligida bu atama “
muvozanat
” deb
yuritiladi. Ayrim tarjimashunoslar fikricha, tarjima qilinayotgan til me’yoriga qat’iy amal qilgan
holda asosiy mazmunni berish ekvivalent tarjima bo`lib, bu maqbul holatdir. Yana olimlar
muvozanatni formal va dinamik muvozanat o`laroq ikki turga ajratishadi. Formal muvozanatda
taqdim etilayotgan axborot nasriy janrda bo`lsa, nasr, she’riy janrda bo`lsa, o`sha janr qoidalariga
to`la muvofirlashtirilgan bo`lmog`i muhim. Dinamik ekvivalentlikda esa ma’no jihatdan umumiy
yaqinlikka e’tibor qaratiladi.
2
Bundan tashqari
muvozanat
tushunchasi
muvofiqlik
tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib, bu tushuncha tarjimashunoslikda turli xil talqinlarga ega. Tarjima
muvozanati
odatda
"tarjimaning o‘zaro til kommunikatsiyasining aniq aktiga qo‘yiladigan talab va sharoitlarga
mosligini" anglatadi.
3
1
Минченко Е. Г., Никитинская Л. В. Способы достижения поэтической эквивалентности при переводе на примере
трех переводов стихотворения “A man’s a man for a’ that” Роберта Бернса на русский. – Чебоксары. – C. 337
2
Sirojiddinov Sh. Odilova G. Badiiy tarjima asoslari. – Toshkent, 2011. – B. 49
3
Жутовская Н.М., Поэтический перевод и проблема адекватности. – С. 342
83
Bu shuni anglatadiki, tarjimaga oid muvozanat yoki adekvatlik deganda tarjima uchun
qo`yilgan mezonlar, tamoyillar hamda qonun-qoidalarga amal qilgan holda she’riy asarni
o`girishni tushunish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bespalova N. o`zining “
Особенности перевода поэтического текста с русского на
английский язык
” nomli maqolasida ushbu masalaga to`xtalar ekan, Mashhur adib V. Vulf va
tadqiqotchi A. Lipgartdan iqtibos keltirgan holda, tarjimani yo`qotishsiz amalga oshirish
imkonsiz ekanligi, biroq bu omil tarjima jarayoni uchun to`siq bo`lmasligi kerakligini ta’kidlaydi.
4
Modomiki tarjima jarayonida yo`qotishlarning ro`y berishi muqarrar ekan, bunda
muvozanatni saqlagan holda tarjimani maksimal darajada asliyatga yaqinlashtirish lozim bo`ladi.
Tabiiyki muvozanat masalasida ko`plab olim, ijodkor va mutaxassislar fikr bildirgan bo`lib,
ularning ba’zilari bilan tanishish o`rinlidir.
Aniqroq aytadigan bo`lsak, obrazga to‘la mos keluvchi, ya’ni pragmatik jihatdan
muvozanatli
tarjima, A matnning yo‘naltirilgan pragmatikasini B matnda tarjima tili vositalari
orqali qayta tiklaydi. U tarjima tilidagi yangi matnni shunchaki grammatik-semantik o‘zgarishlar
bilan emas, balki pragmatik qayta tiklash orqali yaratadi. Bunday qayta tiklash tarjimaning
zarurati bilan chambarchas bog‘liq
bo`lib, tarjima maqsadiga eng yaxshi xizmat qiladigan
pragmatikaga intilish zarurdir.
5
Ko`rinib turibdiki, tarjimadagi muvozanatni ta’minlash uchun asliyat tilidagi leksik,
grammatik va boshqa omillarni tarjima tilida ifodalashdan tashqari muallifning asl maqsadi,
uning matndan tashqaridagi o`y va kechinmalarini ham e’tiborga olish talab qilinar ekan.
Qolaversa, muvozanatli (adekvat) tarjima — bu tarjima jarayonida pragmatik maqsadlarni
maksimal darajada bajarishga imkon beruvchi, tarjima tilidagi me’yor va tildan foydalanishga oid
urflarni buzmay, shu turdagi matnlar uchun janr va uslubiy talablarni inobatga oluvchi, hamda
ijtimoiy jihatdan tan olingan tarjima me’yoriga mos keladigan tarjima hisoblanadi. Norasmiy
ma’noda "muvozanatli tarjima" deganda "yaxshi" tarjima tushuniladi, ya’ni bu tarjima
kommunikatorlarning yoki tarjima sifatini baholovchilarning kutgan umidlarini oqlaydi.
6
References:
1.
Беспалова Н. В. Особенности перевода поэтического текста с русского на английский
язык //Перевод в меняющемся мире: материалы Международной научно-практической
конференции (Саранск, 19-20 марта 2015 г.). М.: Издательский центр «Азбуковник». –
2015. – С. 20
2.
Жутовская Н. М. Поэтический перевод и проблема адекватности. – С. 342
3.
Комиссаров В. Н. Теория перевода (лингвистические аспекты) – М., 1990. – С. 233
4.
Минченко Е. Г., Никитинская Л. В. Способы достижения поэтической
эквивалентности при переводе на примере трех переводов стихотворения “A man’s a man
for a’ that” Роберта Бернса на русский. – Чебоксары. – С. 337
5.
Нойберт А. Прагматика и стилистика перевода. – Москва, 1978. – С. 196
6.
Sirojiddinov Sh., Odilova G. Badiiy tarjima asoslari. – Toshkent, 2011. – B. 49
4
Беспалова Н. В. Особенности перевода поэтического текста с русского на английский язык //Перевод в
меняющемся мире: материалы Международной научно-практической конференции (Саранск, 19-20 марта 2015 г.).
М.: Издательский центр «Азбуковник». – 2015. – С. 20
5
Нойберт А. Прагматика и стилистика перевода. _- Москва. 1978. – С. 196
6
Комиссаров В. Н. Теория перевода (лингвистические аспекты) – М., 1990. – С. 233
