SOLIQ YUKI VA UNING NAZARIY ASOSLARI

Annotasiya

Bugungi  dunyo iqtisodiyotni jadal rivojlanayotgan bir vaqtda mamlakatimizning soliq tizimini soddalashtirish shuningdek soliq to‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish orqali soliq tizimining samaradorligini oshirish alohida ahamiyatga ega. Ushbu yondashuv nafaqat iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi, balki davlat moliyaviy tizimining barqarorligini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Soliq yuki bu hukumatni yuritish uchun zarur mablag’ning soliq siyosatining eng asosiy maqsadi bo’lgan adolatli va xolisona ravishda yig’ilishini ifodalaydigan ko’rsatkichdir. Darhaqiqat soliq yukining adolatli ravishda taqsimlanishi soliq to’lovchilarning soliq tizimiga bo’lgan ishonchini oshirib ularning soliq to’lashga rag’batlantiradi.  Ayniqsa korxonalar faoliyati uchun soliq yukining optimal belgilanishi uning  xo’jalik faoliyatining o’sishiga va davlat daromadlarining o’sishiga olib keladi. Aksincha soliq yukining adolatsiz ravishda taqsimlanishi nafaqat soliq to’lovchilarning o’z majburiyatlarini bajara olmasligi balki ularning yashirin iqtisodiyot tomon harakatiga asosiy sabab bo’lishi mumkin.

67-69
19

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jovliyeva , Z. . (2024). SOLIQ YUKI VA UNING NAZARIY ASOSLARI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(13), 67–69. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/62416
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bugungi  dunyo iqtisodiyotni jadal rivojlanayotgan bir vaqtda mamlakatimizning soliq tizimini soddalashtirish shuningdek soliq to‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish orqali soliq tizimining samaradorligini oshirish alohida ahamiyatga ega. Ushbu yondashuv nafaqat iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi, balki davlat moliyaviy tizimining barqarorligini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Soliq yuki bu hukumatni yuritish uchun zarur mablag’ning soliq siyosatining eng asosiy maqsadi bo’lgan adolatli va xolisona ravishda yig’ilishini ifodalaydigan ko’rsatkichdir. Darhaqiqat soliq yukining adolatli ravishda taqsimlanishi soliq to’lovchilarning soliq tizimiga bo’lgan ishonchini oshirib ularning soliq to’lashga rag’batlantiradi.  Ayniqsa korxonalar faoliyati uchun soliq yukining optimal belgilanishi uning  xo’jalik faoliyatining o’sishiga va davlat daromadlarining o’sishiga olib keladi. Aksincha soliq yukining adolatsiz ravishda taqsimlanishi nafaqat soliq to’lovchilarning o’z majburiyatlarini bajara olmasligi balki ularning yashirin iqtisodiyot tomon harakatiga asosiy sabab bo’lishi mumkin.


background image

67

SOLIQ YUKI VA UNING NAZARIY ASOSLARI

Jovliyeva Zuhra Chori qizi

Termiz davlat universiteti

Moliya mutaxassisligi 1-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14514249

Bugungi dunyo iqtisodiyotni jadal rivojlanayotgan bir vaqtda mamlakatimizning soliq

tizimini soddalashtirish shuningdek soliq to‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini bosqichma-
bosqich kamaytirish orqali soliq tizimining samaradorligini oshirish alohida ahamiyatga ega.
Ushbu yondashuv nafaqat iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi, balki davlat moliyaviy tizimining
barqarorligini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Soliq yuki bu hukumatni yuritish uchun zarur
mablag’ning soliq siyosatining eng asosiy maqsadi bo’lgan adolatli va xolisona ravishda
yig’ilishini ifodalaydigan ko’rsatkichdir. Darhaqiqat soliq yukining adolatli ravishda
taqsimlanishi soliq to’lovchilarning soliq tizimiga bo’lgan ishonchini oshirib ularning soliq
to’lashga rag’batlantiradi. Ayniqsa korxonalar faoliyati uchun soliq yukining optimal belgilanishi
uning xo’jalik faoliyatining o’sishiga va davlat daromadlarining o’sishiga olib keladi. Aksincha
soliq yukining adolatsiz ravishda taqsimlanishi nafaqat soliq to’lovchilarning o’z majburiyatlarini
bajara olmasligi balki ularning yashirin iqtisodiyot tomon harakatiga asosiy sabab bo’lishi
mumkin.

Avvalo soliq yuki nima ekanligini sodda qilib anglab olsak. Soliq yukini makro yoki

mikrodarajada olish mumkin. Individual shaxslarda soliq yuki – bu ularning daromadlarining
qancha qismini mamlakat joriy etgan soliqlarga to’lashi bilan tavsiflanadi. Soddaroq qilib
aytganda, jismoniy shaxslar topadigan yil davomidagi daromadining yig’indisini ular yil
davomidagi to’lagan soliqlariga bo’lish orqali ularda soliq yuki qanchaligini topish mumkin.
Xuddi shunday korxona yoki tashkilotlarning ham soliq yuki ular to’laydigan soliqlar
daromadlarining qancha qismini tashkil etishini anglatadi. Endi buni mamlakat miqyosida
oladigan bo’lsak soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog’ini ifodalaydi.

Har qanday davlatda soliq yukining optimal miqdorlarini belgilanishi asosiy

makroiqtisodiy masalalar toifasiga kiritiladi. “Soliq yuki” atamasi nisbiy ko’rsatkich hisoblanadi,
chunki u soliq summalarini ma’lum moliyaviy ko’rsatkichlar orqali ifodalaydi. Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash, shuningdek texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish korxonalarni
mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarini doimiy ravishda kamaytirib borishni
taqozo etadi. Adabiyotlarda soliq yuki darajasi qanchalik miqdorda kam bo’lsa, iqtisodiyot
shunchalik barqaror rivojlanishi to’g’risida ko’plab ta’riflar keltirilgan. Davlatning moliyaviy
resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiruvchi adolatli soliq tizimi soliq to‘lovchilarining ishlab
chiqarish va biznes faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, aksincha, qishloq xo‘jaligini samarali
boshqarishning yo‘llarini topishga ijobiy ta’sir qiladi. Shuning uchun, soliq to‘lovchi soliq yuki
ko‘rsatkichi mamlakatning soliq tizimining sifatini baholash uchun yetarli bo‘ladi. Soliq yuki
mamlakatning soliq tizimi ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lib, individual biznes sub'ektlari yoki
boshqa soliq to‘lovchilarning daromadlaridan ma'lum bir foiz davlatga soliqlar yoki to‘lovlar
shaklida to‘lanadi.

Soliq tizimini takomillashtirish muammolari va masalalariga A.Smit, F. Yusti, K. Gok,

M.Fridman, A.Pigu kabi xorijiy olimlarning ishlarida katta eʼtibor qaratilgan. 18-asrda yashab
ijod qilgan A. Smit soliq yuki darajasi va davlat byudjetiga tushadigan mablag‘lar miqdori
o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta'kidlagan:


background image

68

"Davlat soliq yuki kamaytirilganda, to‘lashning mushkul soliqni joriy qilishga qaraganda

ko‘proq mablag‘ yig‘adi. Qolgan mablag‘lar esa kelajakda soliq solinadigan qo‘shimcha daromad
sifatida qolishi mumkin. Shu bilan birga, davlatning jazolar va majburiy to‘lovlar bilan bog‘liq
qo‘shimcha xarajatlari kamayadi, va soliq to‘lovchilar ushbu to‘lovlarni osonlikcha amalga
oshirishi mumkin”[1]

18- va 19-asrlarda xorijiy olimlar davlat byudjetlari va milliy daromad o‘rtasidagi nisbatni,

shuningdek, korporativ sub'ektlar va fuqarolardan olinadigan soliqlarning hajmini tahlil qildilar.
Soliq yuki ko‘rsatkichi va uning iqtisodiyotga ta’siri birinchi marta 17-asrda qayd etilgan. Shu
munosabat bilan, F. Yusti “makroiqtisodiyotda soliq yukini byudjet va davlatning milliy
daromadi o‘rtasidagi bog‘liqlik nuqtai nazaridan o‘rgangan. U mamlakat byudjeti milliy
daromadning 1/6 qismini tashkil qilishi kerak,” [2] deb hisoblagan.

K. Gok esa davlat xarajatlari va daromadlari hamda milliy daromad o‘rtasidagi nisbatlarni

o‘z tadqiqotlariga asos qilib olgan. U muayyan mamlakat uchun haqiqiy bo‘lgan, iqtisodiy
rivojlanishning turli bosqichlarida amal qiladigan soliq yuki universal va bir vaqtning o‘zida
optimal ko‘rsatkich bo‘la olmaydi, deb hisoblagan[3].

Soliq yuki va uni tahlil qilish masalasi o’zbek olimlarining ilmiy tadqiqotlarida ham keng

oʻrin olib kelmoqda. Shu jumladan U. To’lakov “Soliq yuki darajasini oʻrganish uni Oʻzbekiston
soliq tizimining muhim elementi sifatida aniqlashga imkon beradi, bu uning samarali siyosatini
amalga oshirish sharti bilan davlat budjetiga barqaror va yetarli tushumlarni taʼminlaydi. Soliq
yuki darajasini optimallashtirish soliq tizimi samaradorligini oshirish bilan bogʻliq qator
vazifalarni hal etishning samarali usulidir” [4] deb hisoblaydi.

U.Rajapov “soliq yuki bu undirilgan soliq summasini soliq ob’ekti qiymatiga nisbati

bo‘lib, bu soliq to‘lovchi o‘z mulki qiymatini qancha qismini berishini bildiradi” deb
hisoblaydi.[5]

Q.Yaxyoev soliq yukini “to‘lovchining hamma soliqlar va yig‘imlar yig‘indisidan byudjetga

to‘lashidir. Soliq og‘irligi foydaga yoki jami daromadga nisbatan olinadi” deb yozadi. [6]

Soliq yukini yana boshqacharoq ham izohlash mumkin. Soliq yuki - bu soliq yukining

xaridorlar va ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar o‘rtasida qanday taqsimlanishini o‘lchashdir.
Qaysi guruh oxir-oqibat soliq yukining katta qismini o‘z zimmasiga olishi talab va taklifning
o‘zgaruvchanligiga bog‘liq deb izohlanadi. Elastiklik deganda narxlarning o‘zgarishi natijasida
umumiy talab yoki taklifning o‘zgarishi ehtimoli tushuniladi. Masalan, sigaretalar noelastik
talabga ega, ya’ni narx o‘zgarishi sigaretalarga bo‘lgan talabga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi. Natijada
tamakilarga soliqlar qo‘shilganda soliq yukining katta qismini iste’molchi o‘z zimmasiga olishi
ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan soliq yukini shunday izohlash mumkin:

-

Iste’molchiga tushadigan soliq yuki

-

Ishlab chiqaruvchiga tushadigan soliq yuki.
Bu ikki hisob-kitob birgalikda qaysi guruh soliq yukini ko‘proq ko‘tarishi ehtimolini

aniqlashga yordam beradi. Ammo soliq yukining ko’payib ketishi ikkala guruhni ham soliqlarni
to’lashdan qochishiga, yashirin iqtisodiyotga yo’l olishiga sabab bo’ladi. Bu esa budjet
daromadlarining kamayishiga, va eng asosiysi soliqlarning asosiy tamoyillaridan biri bo’lgan
adolatlik tamoyilining buzilishiga, soliq to’lovchilarning noroziligiga olib keladi. Shunday ekan
soliq yukining optimal nuqtasini belgilash soliq tizimining eng muhim vazifalaridan biridir.

Davlatning moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiruvchi adolatli soliq tizimi

soliq to‘lovchilarining ishlab chiqarish va biznes faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, aksincha,


background image

69

qishloq xo‘jaligini samarali boshqarishning yo‘llarini topishga ijobiy ta’sir qilishi zarur. Shuning
uchun, soliq to‘lovchi soliq yuki ko‘rsatkichi mamlakatning soliq tizimining sifatini baholash
uchun yetarli bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, soliq yukining adolatli taqsimlanishi davlatning moliyaviy

barqarorligini ta'minlash bilan birga iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishda muhim omil sifatida
e'tirof etiladi. Bunda soliq yukini kamaytirish nafaqat soliq to‘lovchilarning ishonchini
mustahkamlaydi, balki ularni soliqlarni to‘lashga rag‘batlantiradi. Aksincha, yuqori yoki adolatsiz
soliq yuki yashirin iqtisodiyotning kengayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu tezisda jahon va
O‘zbekiston olimlarining fikrlaridan foydalanib, adolatli va samarali soliq tizimini yaratish uchun
soliq yukini optimallashtirish muhimligi ta'kidlangan.

Shunday qilib, soliq yukining optimal darajasini belgilash va uni iqtisodiy o‘sishga

moslashtirish mamlakatning soliq tizimini takomillashtirish yo‘lidagi asosiy vazifalardan biri
hisoblanadi. Bu nafaqat davlat daromadlarining barqarorligini ta'minlaydi, balki iqtisodiy
rivojlanish uchun qulay sharoit yaratadi.

References:

1.

A. Smit. An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations. 1776 y.

2.

Fridrix Yusti. Grundsätze der Finanzwissenschaft. 1853 y.

3.

Karl Gok. Die Finanzwissenschaft als Wissenschaft. 1865 y.

4.

To’lakov. U. (2024) Soliq yuki soliq tizimining qanchalik samarali ekanligini aniqlovchi

muhim mezon. “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” jurnali. N-10, 278-286
5.

Маликов Т. “Солиқлар ва солиққа тортишнинг долзарб масалалари”. ˗Т.: Академия

нашри. 2002 й
6.

Ниязметов И.М. Солиқ юкининг тадбиркорлик субъектлари молиявий фаолиятига

ва бюджет даромадларига таъсири таҳлили, Т.:-2008.

Bibliografik manbalar

A. Smit. An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations. 1776 y.

Fridrix Yusti. Grundsätze der Finanzwissenschaft. 1853 y.

Karl Gok. Die Finanzwissenschaft als Wissenschaft. 1865 y.

To’lakov. U. (2024) Soliq yuki soliq tizimining qanchalik samarali ekanligini aniqlovchi muhim mezon. “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” jurnali. N-10, 278-286

Маликов Т. “Солиқлар ва солиққа тортишнинг долзарб масалалари”. ˗Т.: Академия нашри. 2002 й

Ниязметов И.М. Солиқ юкининг тадбиркорлик субъектлари молиявий фаолиятига ва бюджет даромадларига таъсири таҳлили, Т.:-2008.