BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARDA EKOPSIXOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Abstract

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda ekopsixologik madaniyatni shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganish bo‘yicha har xil ma`lumotlar keltirib o‘tilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Yaxshiboyeva, X. ., & To‘raqulov, B. (2024). BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARDA EKOPSIXOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 3(13), 46–49. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/62427
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda ekopsixologik madaniyatni shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganish bo‘yicha har xil ma`lumotlar keltirib o‘tilgan.


background image

46

BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARDA EKOPSIXOLOGIK MADANIYATNI

SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Yaxshiboyeva Xoliniso Ne’mat qizi

CHDPU M-PSI talabasi

B.N.To‘raqulov

p.f.v.b

xolinisootaganova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14504639

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda ekopsixologik madaniyatni

shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganish bo‘yicha har xil ma`lumotlar keltirib
o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Ekopsixologik madaniyat tushunchasi, . Ekologik holatning yomonlashuvi,

empatiya va hissiy qarorlar qabul qilish, tabaqatlar va psixologik holatni tushunish.

Kirish.

Zamonaviy taʼlim tizimi nafaqat bilim, balki shaxsiy va jamiyat taraqqiyotiga xizmat

qiladigan ko‘plab boshqa jihatlarni ham o‘z ichiga oladi. Ekologik va psixologik taʼlimning
birlashuvi, ayniqsa, bo‘lajak oʻqituvchilarda ekopsixologik madaniyatni shakllantirish, nafaqat
tabiiy muhitni muhofaza qilish, balki inson ruhiyatini, uning psixologik holatini, shuningdek,
ijtimoiy va ekologik masʼuliyatni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.

Ekopsixologik madaniyat tushunchasi:

Ekopsixologik madaniyat, ekologik va psixologik

nuqtai nazarlarni birlashtirgan tushuncha bo‘lib, unda insonning tabiatga va jamiyatga bo‘lgan
munosabati, uning ruhiy holati, hissiyotlari va ularning atrof-muhitga taʼsiri o‘rganiladi. Bu
madaniyat shaxsning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqasini yanada chuqurlashtirish, ekologik va
psixologik muammolarni birgalikda hal qilishga yo‘naltirilgan. Ekopsixologik madaniyatni
shakllantirishda bo‘lajak oʻqituvchilarning roli juda katta, chunki ular nafaqat ekologik bilimlarni
o‘rgatish, balki o‘quvchilarni inson tabiatiga nisbatan mehr-muhabbat, masʼuliyatli munosabatda
bo‘lishga ham tayyorlashlari kerak.

Bo‘lajak oʻqituvchilarda ekopsixologik madaniyatni shakllantirishning psixologik

xususiyatlari:

1. Empatiya va hissiy qarorlar qabul qilish Bo‘lajak oʻqituvchilarni ekologik va psixologik

masalalarda empatiya hissi rivojlantirilishi zarur. Empatiya, yaʼni boshqalarning ruhiy holatini
tushunish va ularga yordam berishga tayyor bo‘lish, ekologik tushuncha va qadriyatlarni
o‘rgatishda muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchilar o‘z shaxsiy misollari orqali ekologik muammolarni
yashashda nimalar o‘zgartirish mumkinligi haqida taʼlim berishlari, o‘quvchilarga hissiy jihatdan
yondoshuvni o‘rgatishlari kerak.

2. Shaxsiy va ijtimoiy masʼuliyat Ekopsixologik madaniyatning rivojlanishida o‘qituvchining

o‘z masʼuliyatini tushunishi va ijtimoiy masʼuliyatni targ‘ib etishi juda muhimdir. Psixologik
nuqtai nazardan, masʼuliyatni o‘ziga olish shaxsning ichki motivatsiyasi va ahloqiy qadriyatlariga
asoslanadi. O‘qituvchi atrof-muhitga nisbatan masʼuliyatli yondashishning ahamiyatini o‘rgatishi
va o‘quvchilarga ijtimoiy masʼuliyatni his qilishni o‘rgatishi kerak.

3. Tabaqatlar va psixologik holatni tushunish Ekopsixologik madaniyatni shakllantirishda

o‘qituvchining o‘z ruhiy holatini va tabiatga bo‘lgan hissiy munosabatini tushunishi muhimdir.
Ekologik muammolar va ularning inson psixologiyasiga taʼsiri haqida o‘qituvchining chuqur
tushunchasi bo‘lishi zarur. Shaxsiy o‘zgarishlar va ekologik yondashuvlarni birlashtirish,
o‘quvchilarni tabiatni asrashga va ekologik faoliyatga yo‘naltirishda samarali bo‘ladi.


background image

47

4. Ekologik stress va unga qarshi kurashish Ekologik stress - bu atrof-muhitdagi

o‘zgarishlar va muammolar tufayli insonning psixologik holatiga bo‘lgan salbiy taʼsiridir.
O‘qituvchilar, o‘zlarining psixologik farovonliklarini saqlab qolish, ekologik stress bilan
kurashish va o‘quvchilarga ham buni o‘rgatishlari zarur. Psixologik mustahkamlik va stressga
qarshi kurashish bo‘yicha malakalar bo‘lajak oʻqituvchilarni ekologik muammolarni yengib
o‘tishga tayyorlaydi.

5. Yaratgan sharoitlarda samarali o‘qitish metodlarini qo‘llash Ekopsixologik madaniyatni

shakllantirishda o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyatida yangi metod va yondoshuvlarni joriy
etishlari kerak. Tabiat va ekologik masalalar bilan bog‘liq o‘qishlar, ekologik ko‘nikmalarni
o‘rgatish, o‘quvchilarda tabiatni va atrof-muhitni sevishni rivojlantirishga yordam beradi.
Shuningdek, psixologik jihatdan qulay o‘qitish usullarini tanlash, talabalarni o‘qishga bo‘lgan
qiziqishlarini oshiradi. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida insoniyatning texnogen
sivilizatsiyasidan noosfera davriga o‘tishi tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu bo‘lsa o‘z navbatida V.I.
Vernadskiy ta'biri bilan aytganda, biosfera rivojlanishida inson aqliy salohiyati ahamiyatining
kuchayishi bilan tavsiflanishi kerak. Bu jarayon insonning yerdagi hayotini saqlab qolishga
intilishi bilan o‘zaro qarama-qarshi birligida aks etadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, ko‘pchilik
xorijiy olimlarning fikriga ko‘ra, bundan buyon yadroviy falokat insoniyatni halokatga
yetaklovchi yagona havf sifatida qaralmayapti, aksincha insoniyatning yer yuzidan yo‘q bo‘lib
ketishiga yetaklovchi asosiy omil sifatida insonning tabiatni o‘ziga bo‘ysundirishi yo‘lidagi
odamzod manfaatiga zid bo‘lgan hatti-harakatlari, tabiat qonunlaridagi muvozanatning
buzilishiga olib kelgan ilmiy-texnik taraqqiyotning vayronkor oqibatlari natijasida yuzaga kelgan
global ekologik muammolar oldinga chiqmoqda. BMTning inson muhiti bo‘yicha birinchi Jahon
konferensiyasi 1972-yilda Stokgolmda universal yondashuvlarni shakllantirish va xalqaro
ekologik infratuzilmani yaratishning boshlanishi bo‘lib, xalqaro ekologik siyosatning asosiy
tamoyillari e’lon qilindi. Aynan shu konferensiyadan so‘ng "Inson va biosfera", "Jahon iqlim
dasturi" va "Xalqaro geosfera-biosfera dasturi" kabi yirik jahon ekologik dasturlarini amalga
oshirish boshlandi, atrof-muhit holati to‘g‘risida muntazam ma'ruzalar chop etila boshlandi,
keng qamrovli Global tizim faoliyat ko‘rsata boshladi [5]. Bu bo‘lsa nafaqat insoniyat uchun havf
tug‘idrmoqda, balki butun tirik olamning yer yuzidan yo‘qolib ketishi havfini yaratmoqda. Misol
uchun, N.N. Moiseev ekologik muammolarni hal qilishga bo‘lgan an'anaviy yondashuvlarni
keskin tanqid ostiga oladi. Uningcha, dunyo hamjamiyati yaqinlashib kelayotgan xatarni ob'ektiv
baholay olmayapti. Ushbu anglashmovchilikning qanchalik ahamiyatli ekanligini 1992 yilda Rio-
de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan konferentsiya natijalari ko‘rsatib berdi. Ushbu konferentsiyada asosiy
masala sifatida insoniyat nafaqat ayrim biologik turlarni saqlab qolish bilan shug‘ullanmasdan,
balki ekotizimlarni asrashga ham diqqatini qaratmog‘i darkor va buning uchun demografik
siyosatni yuritishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish lozim degan fikr ilgari surilgan [1].
Ekologik muhit noorganik elementlar (havo, tuproq, suv, resurslar va b.), organik elementlar
(mikroorganizmlar, hayvonlar, o‘simliklar va b.) va odamzodni o‘z ichiga oladi. Ekologik muhitda
elementlar bir-biri bilan doimiy o‘zaro munosabatda bo‘lib, ular o‘rtasidagi munosabat dialektik
xarakterga ega va ekologiyaning asosiy qoidalarini tashkil qiluvchi qonuniyatlar asosida kechadi.
Ushbu ekotizimda insonlar tug‘iladi, yashab qoladi va rivojlanadi va faqat insongina, boshqa tirik
jonzotlardan farqli ravishda, ushbu ekotizimga uning elementlarini bir joydan boshqasiga
ko‘chirish, bir shakldan boshqasiga o‘tkazish va ularning umuman izsiz yo‘qolib ketishi
darajasigacha ta’sir o‘tkaza olishi mumkin[1]


background image

48

Tabiat insoniyat rivojining boshlang‘ich nuqtasi va rivojlanishini harakatga keltiruvchi

asosiy kuch hisoblanadi. Tabiat nafaqat yashash uchun foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulot
bo‘libgina qolmay, balki inson madaniy faoliyatining asosiy vositasi va sharti hamdir. Inson va
tabiat o‘rtasidagi birlik mahalliy o‘ziga xoslikni, tarix va hattoki ma'lum ijtimoiy tashqi
ko‘rinishni aks ettiruvchi madaniy yoshni yaratadi.

Xulosa.

Bo‘lajak oʻqituvchilarda ekopsixologik madaniyatni shakllantirish psixologik

jihatdan juda muhim va zamon talabiga mos vazifadir. Bu jarayon o‘qituvchilarning empatiya,
masʼuliyat, shaxsiy ruhiy holatni tushunish va ekologik stressni boshqarish kabi psixologik
ko‘nikmalarini rivojlantirishni taqozo etadi.Shunday qilib, madaniyat bu birinchi o‘rinda inson va
tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatdir. Tabiat insoniyat yaralishining nafaqat boshlang‘ich
nuqtasi, balki u yashab qolishi uchun zarur bo‘lgan muhit, shart -sharoit hamdir.

Tabiatsiz inson o‘zining jismoniy va ma’naviy ehtiyojlarini qondira olmaydi. Shu sababdan

odamlar iste'mol uchun mahsulot yaratish maqsadida birlashganda ular ushbu mahsulotga
madaniy ma'no ham baxsh etadilar.Bundan anglash mumkinki, ekologik madaniyat inson
faoliyati davomida uning tabiat bilan o‘zaro munosabatida namoyon bo‘ladi. O‘zining ko‘p asrlik
hayoti davomida insoniyat taraqqiy etmagan ekologik madaniyat bilan yashashga, ekologik axloq
va ekologiyani asrab-avaylashga yo‘naltirilgan faoliyatsiz yashashga o‘rganib qoldi.

Yana shu narsa alohida e'tibor berish kerakki, ekologik madaniyat ekologik ong va hulq-

atvorning barchasini qamrab olmaydi, aksincha yillar davomida ildiz otgan olomonga xos bo‘lgan
ekologik ong va hatti-harakatlami o‘z ichiga olib kelgan. Ekologik madaniyatning ma'naviy asl
mohiyatida, boshlanishida ekologik ong yotadi. Ekologik madaniyat jamiyat, ijtimoiy guruh,
shaxs ekologik ongi taraqqiy etishining ma'lum bir darajasida 2 xil shaklda ro‘yobga chiqadi:

1) g‘oyalar, iedallar, qarashlar, tasavvur, maqsad, qadriyat, me'yyor, an'ana, namuna va

stereotiplarni o‘z ichiga oluvchi nazariy bilimlar;

2) o‘z ichiga his -tuyg‘u, emotsiyalar, qarash, ko‘rsatmalarni oluvchi va nazariy hamda

kundalik ongni oluvchi ongning ijtimoiy-psixologik unsurlari[3]

Ekologik ong atamasi odatda «inson - tabiat», tizimidagi, tabiatning o‘zida kechuvchi

hamda insonning tabiat bilan o‘zaro munosabatga kirishishga mos strategiya va texnologiyalari
majmuini anglatadi. Ekologik ong va uning shakllanishi ekologik madaniyatning ijtimoiy-
psixologik aspektini tashkil qiladi. Shunday qilib, antropologik faoliyatga ekologik imperativ
tomonidan ilgari suriluvchi qat'iy cheklovlarga amal qilishni orqali ekologik xalokatning oldini
olishga, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi hamjihat taraqqiy etish sari va noosfera davriga o‘tish
mumkin.

Buni yangi ekotsentrik ekologik madaniyatsiz - yangi dunyoni anglashning yangi

ekotsentrik yondashuvisiz hamda inson faoliyatining yangi tabiat uchun zararsiz usul va
vositalarisiz - yangi axloq, ma'naviyatsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Mavjud ideallar va
qadriyatlar, ya'ni gumanizm, demokratiya, erkinlik va tenglik singarilar yangicha mazmun,
tabiatga va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish tamoyillari bilan mazmunan
boytilmog‘i lozim.

References:

1.

Айдаров Е.В., Худойкулов Х.Ж. Экологическое воспитание школьников // Высшая

школа научной исследований Москва. ИССН 2409- 1677. Феврал 2019.


background image

49

2.

Духонина Е. А., УСОВА Н. В. Формирование экологической культуры младших

школьников в процессе освоения основ конструкторской деятельности //Интеграция

науки и образования в XXI веке: Психология, Педагогика, Дефектология.
3.

Залесская Ю.И. Управление процессом формирования экологической культуры

личности // Юраванне ы адукацьи. - 2008. - №4.
4.

Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan

rivojlanishning beshta ustuvor yo‘nalishlari "Harakatlar strategiyasi"- T.: "O‘zbekiston". 2017.
5.

Tovbayev, G. Z. (2022). GLOBAL EKOLOGIK MUAMMONI HAL QILISH YO‘LLARI.

Экономика и социум, (5-2 (92)), 279-283.
6.

Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI.

Молодые

ученые,

2(6),

48–52.

извлечено

от

https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164

7.

Fargat kizi, K. P. . (2023). Development of Academic Mobility Competencies in Future

Pedagogues in the Conditions of Educational Cluster.

European Journal of Life Safety and Stability

(2660-9630)

,

29

,

195-197.

Retrieved

from

http://ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/article/view/1082

8.

Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI

PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры,

4(6 Part 2), 73–76. извлечено от

https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717

9.

Umaraliyeva, D. (2024). O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI VA YOSHLARNING

HUQUQLARI.

Бюллетень педагогов нового Узбекистана

,

2

(10), 16–20. извлечено от

https://in-academy.uz/index.php/yopa/article/view/40527

References

Айдаров Е.В., Худойкулов Х.Ж. Экологическое воспитание школьников // Высшая школа научной исследований Москва. ИССН 2409- 1677. Феврал 2019.

Духонина Е. А., УСОВА Н. В. Формирование экологической культуры младших школьников в процессе освоения основ конструкторской деятельности //Интеграция науки и образования в XXI веке: Психология, Педагогика, Дефектология.

Залесская Ю.И. Управление процессом формирования экологической культуры личности // Юраванне ы адукацьи. - 2008. - №4.

Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan rivojlanishning beshta ustuvor yo‘nalishlari "Harakatlar strategiyasi"- T.: "O‘zbekiston". 2017.

Tovbayev, G. Z. (2022). GLOBAL EKOLOGIK MUAMMONI HAL QILISH YO‘LLARI. Экономика и социум, (5-2 (92)), 279-283.

Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI. Молодые ученые, 2(6), 48–52. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164

Fargat kizi, K. P. . (2023). Development of Academic Mobility Competencies in Future Pedagogues in the Conditions of Educational Cluster. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 29, 195-197. Retrieved from http://ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/article/view/1082

Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 4(6 Part 2), 73–76. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717

Umaraliyeva, D. (2024). O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI VA YOSHLARNING HUQUQLARI. Бюллетень педагогов нового Узбекистана, 2(10), 16–20. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/yopa/article/view/40527