39
TIL – XALQ MADANIYATI KO’ZGUSI
Reimbayeva Mehribon Quvondiq qizi
Nizomiy nomidagi TDPUning Boshlang’ich ta’lim
Fakulteti, Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14498823
Annotatsiya:
Mazkur maqolada har bir xalqning o’z ona tili borligi va bu til mana shu xalq
ko’zgusi ekanligi, o’z ona tilini har bir xalq asrashi va qadrlashi, uni sof tutgan holda avlodlarga
yetkazishi hamda bizning o’z ona tilimiz haqida qabul qilingan qarorlar va til haqida bir nechta
chet el olimlarining fikrlari keltirilib o’tildi va tilning xalq hayotida tutgan o’rni masalalari ko’rib
chiqildi.
Kalit so’zlar:
Til, millat, xalq, madaniyat, madaniyat ko’zgusi, dunyoqarash, o’zlik, Davlat,
qonun, tarixiy an’ana, qadriyat.
Abstract:
This article discusses the fact that every nation has its own native language and
that this language is a reflection of that nation. The preservation and appreciation of its native
language by every nation, its preservation and preservation of its purity, and the decisions made
about our native language and the opinions of several foreign scholars about language were
presеnted, and the issues of the role of language in the life of the nation werе considered.
Keywords:
Language, nation, people, culture, cultural mirror, worldview, identity, State,
law, historical tradition, value.
Аннотация:
В данной статье у каждого народа есть свой родной язык и этот язык
является отражением этого народа. Каждый народ должен беречь и ценить свой родной
язык, хранить его в чистоте и передавать поколениям, были представлены решения,
принятые в отношении нашего родного языка, мнения ряда иностранных ученых о языке
и роль языка в жизни. людей обсуждались вопросы.
Ключевые слова:
Язык, нация, народ, культура, зеркало культуры, мировоззрение,
идентичность, Государство, право, историческая традиция, ценность.
Har bitta xalqning, millatning o’z tili, dini, milliy qadriyatlari va an’analari mavjuddir.
Ularning barchasi qaysidir til orqali muloqot qilishadi. Shunga ko’ra til butun bir insoniyatning
asosiy aloqa vositasi ekanligi barchamizga ma’lumdir. U orqali millatning asl o’zligi avloddan-
avlodlarga yetkazib boriladi. Til aloqa vositasi bo’lishi bilan bir qatorda millatning tarixi va
dunyoqarashlarining ham aksidir. Shunday ekan til butun bir xalqning tarixiy an’analarini,
ularning urf-odatlarini va qadriyatlarini ifodalaydi desak ham bo’ladi. Til vositasida odatda
qo’shiqlar, ertaklar maqollar orqali urf-odatlar hamda madaniyatlar saqlanib qolib avloddan-
avlodga ko’chib kelgan. Til bilan bir qatorda madaniyat ham shakllanib, rivojlanib boradi. Tilning
qay darajada boyligi bu o’sha xalq madaniyatining ham qanchalik boyligini ifodalashdir. Aytaylik
bizning o’z tilimiz, o’zligimiz bo’lgan o’zbek tilidagi milliy taomlar, urf-odatlar, liboslar, qadriyat
hamda an’analar ham xilma-xildir. Bular bizning faxrimiz va o’zligimizni anglatuvchi belgilar deb
bemalol ayta olamiz.
Til xalq ijtimoiylashuvida juda ham muhim ahamiyatga ega. Hattoki “YuNESKO tomonidan
21-fevral – Xalqaro ona tili kuni deb ham e’lon qilingan. Buning sababi bo’lsa 1952-yil 21-
fevralda bo’lib o’tgan voqea – Bangladeshning Dakka shahrida o’z ona tili – Bengal tilini davlat tili
darajasiga ko’tarish va uni himoya qilish maqsadida shahar ko’chalariga chiqqan talabalarning
politsiya xodimlari tomonidan o’qqa tutilishi bilan bog’liqdir”. [1] Keyinchalik aynan shu sana
40
2000-yildan buyоn xаlqаro miqiyosdа nishonlanib kelinmoqda. Ona tili kunining xalqaro
miqiyosda nishonlanishi ham har birxalqning, millatning o’zining an’analari, milliy tafakkuri
hamda ularning ruhiyatining mazmuni, markazi ya’ni o’zagi hamda ularning tiliga bo’lgan
muhabbatining aksini ifodalaydi. Ona tili kuni aniq bir kun ya’ni bayram sifatida nishonlanishi bu
o’sha xalqning o’z tiliga bo’lgan muhabbatini yanada orttirishg, til haqidagi tushunchalarini
kengaytirish va yangilаshga, ularning o’z tilini yanada kuchliroq hurmat qilgan holda o’zligini, asl
ko’rinish-u mohiyatini yo’qotmasliklariga ulkan hissa qo’shadi. Ayniqsa kichik yoshdagilarning
tilga bo’lgan muhabbatini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Tilni mаmlakаtning qimmаtbаhо
bоyligi va mulki desаk ham bo’lаdi. Agar milliy tilga putur yetsa bu xalq ham parokandalikka yuz
tutishi va uning o’zligiga dog’ tushishi mumkindir. Tilni sevish millatni, an’analarni hamda
qadriyatlarni-yu o’zlikni sevish va qadrlash bilan barobardir. Milliy tilni millat ko’zgusi
deyishimiz ham bejiz emas. Chunki o’zimizning milliy til оrqаli millаtning nechа аsrlik ko’xnа va
bоy tаrixi, mаdаniyаti, qаdriyаtlаri ham o’zbek tili – ona tilimiz orqali shakllanib bizgacha yetib
kelgan. Boshqa ko’plab davlatlardagi kabi O’zbekistondа ham ko’plab sohаlar va yo’nаlishlar
singаri onа tilimizga bo’lgаn e’tibor ham tobora kuchaymoqda va uning qаdr-qimmati, nufuzi
ham оrtib bormoqdа. “Tarixga nazat tashlasak ham 1989-yil 21-oktabr kuni yurtimizda “Davlat
tili haqida”gi qonun qabul qilingan. O’zbek tili – ona tilimiz davlat tili sifatida xalqimizni
birlashtiriladigan, jamiyatimizni ulug’ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch bo’lib
maydonga chiqdi”. [1] Aynаn shu kun O’zbek millаtining tаrixigа zаrxаl hаrflаr bilаn bitildi vа bu
kun orzulаri аmаlgа oshmаsdan qolgаn vа o’z mаqsadlarigа yetа olmаyotgan hаmda qorong’u
tundа qolgаn o’zbek xаlqining hаyotidа huddi chаqmoq chаqishi yoki kun chiqishidek yorug’lik
vа kelajаkkа bo’lgаn umidlаrini vа ruhini uyg’otdi hamda o’zbek tilining xalqaro miqiyosdagi
obro’si va nufuzini ko’tardi. So’ngra “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining
maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning
bor go’zalligi va jozibasini to’la namoyonqilish bilan bir qatorda uni ilmiy rivojlantirish uchun
ham keng imkoniyatlar yaratib berdi”.[2] Tilga bo’lgan e’tibor va uni rivojlantirish uchun bo’lgan
harakatlar faqat hozir emas balki oldindan shakllanib kelgan. Ko’plab olimlar ham til go’zalligini
o’rganish va uni yanada jozibali qilish uchun ko’plab ishlar olib borishgan. Jumladan “V. Fon
Xumbelt “Til – madaniyat ko’zgusi” degan fikrning asoschisi hisoblanadi. Ushbu fikr davomchilari
hisoblangan boshqa olimlardan biri Ter – Minasovning yozishicha: “Til, tafakkur va madaniyat
shu qadar zich bog’langanki, amalda ayni uch unsurdan tarkib topgan yaxlit butunlikni tashkil
qiladi, ularning birontasi boshqa ikkisisiz yashay olmaydi”. [3]
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki o’z tili bo’lmagan millat, millat deb tan olinmaydi. Tili
yo’q bo’lgan xalq esa parokandalikka yuz tutishi mumkin. Har bir xalq o’z ona tilini yaxshi bilishi,
uni hurmat qilishi, sevishi, e’zozlashi hamda ardoqlagan holda unga sodiq bo’lishi zarur. Til
millatning borligini va uning aksini ifodalab turadi va uni boshqalarga ham tanitadi. Barcha xalq
vakillarining vazifasi bo’lsa o’z tilini, urf-odat-u an’analarini, qadriyatlarini saqlab borishi, uni
yanada yangilab,yaxshilab brogan holda kelajak avlodga yetkazishi zarur. O’z ona tilimizni sof
tutish va himoya qilish, sevish, uni yanada chuqurroq o’rgangan holda olib borish barchamizning
burchimizdir. Zero tilimiz bizning xalqimiz yuziga tutilgan ko’zgu kabidir.
References:
1.
“Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi” rasmiy veb-sayti.
41
Abdukamol Po’latov-2022.
2.
“Til – millat ma’naviyatining muqaddas ko’zgusi”. archive.uz sayti.-2020.
3.
угли Наркулов, А. К. (2022). Патрулирование-основа обеспечения общественного
порядка. Science and Education, 3(11), 1334-1339.
4.
АМАНБАЕВ, Ж. (2022). НАРКУЛОВА ИРК Технология организации самостоятельной
работы в высших военных образовательных заведениях Республики Узбекистан.
МОЛОДОЙ УЧЕНЫЙ Учредители: ООО" Издательство Молодой ученый".–2022, 23, 136-139.
5.
“Til – madaniayt ko’zgusi”. Rasulova Rayxon-maqola-2024.
