MINTAQADA TURIZM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Ushbu maqolada turizm xizmatlarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari va ahamiyati tahlil qilinadi. Jumladan, internet, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar, VR/AR, big data, sun’iy intellekt singari ilg‘or texnologiyalar turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirish, turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, marketing va kommunikatsiya strategiyalarini takomillashtirishda muhim o‘rin tutishi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada ma’lumot xavfsizligi, huquqiy-me’yoriy bazani rivojlantirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish va barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya qilish kabi muhim omillarga urg‘u beriladi. Natijada zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan turizm mintaqa iqtisodiyotini barqarorlashtirish, investitsiyalarni jalb etish, madaniy merosni keng targ‘ib qilish va mahalliy aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.