SUG‘ORISH TARTIBLARINING LOVIYANI QURUQ MODDA TO‘PLASHIGA TA’SIRI

Abstract

maqolada Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida sug‘orish tartiblarining oddiy loviya navlarini quruq modda to‘plashiga ta’siri o‘ganildi. Sug‘orish tartiblarini o‘simlikning quruq modda to‘plashiga ta’siri o’rganildi. Vegatatsiya davri davomida Mahsuldor navida Ravot naviga nisbatan ko‘proq quruq modda to‘plashi kuzatildi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
110-113
199

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Otayarova , G. ., Ravshanova , N. ., Boltayeva , M. ., Masharipova , Z., & Mamatova , M. . (2025). SUG‘ORISH TARTIBLARINING LOVIYANI QURUQ MODDA TO‘PLASHIGA TA’SIRI. Science and Technology in the Modern World, 4(7), 110–113. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/79785
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

maqolada Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida sug‘orish tartiblarining oddiy loviya navlarini quruq modda to‘plashiga ta’siri o‘ganildi. Sug‘orish tartiblarini o‘simlikning quruq modda to‘plashiga ta’siri o’rganildi. Vegatatsiya davri davomida Mahsuldor navida Ravot naviga nisbatan ko‘proq quruq modda to‘plashi kuzatildi.


background image

`

110

SUG‘ORISH TARTIBLARINING LOVIYANI QURUQ MODDA TO‘PLASHIGA

TA’SIRI

Otayarova Gulshoda Uzakovna

Samarqand veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti assistenti,

Ravshanova Nilufar Adilovna

Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti “Umumiy tahlil” laboratoriyasi mudiri

Boltayeva Mehribon O’tkurovna

Masharipova Zuhra Mahmudjon qizi

Mamatova Mashhura Mirzaek qizi

Samarqand veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15235409

Аnnotatsiya.

maqolada Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari

sharoitida sug‘orish tartiblarining oddiy loviya navlarini quruq modda to‘plashiga ta’siri
o‘ganildi. Sug‘orish tartiblarini o‘simlikning quruq modda to‘plashiga ta’siri o’rganildi.
Vegatatsiya davri davomida Mahsuldor navida Ravot naviga nisbatan ko‘proq quruq modda
to‘plashi kuzatildi.

Tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-60-60% (nazorat) sug‘orish tartibidagiga nisbatan

70-80-60% sug‘orish tartibida, shu bilan birga Ravot naviga qaraganda Mahsuldor navida
ko‘proq quruq modda to‘planganligi ma’lum bo‘ldi.

Kalit so‘zlar

: oddiy loviya, nav, sug‘orish tartiblari, quruq modda.

Аннотация:

В статье изучено влияние способов орошения на накопление сухого

вещества сортов фасоли обыкновенной в условиях орошаемых лугово-серых почв
Самаркандской области. Изучено влияние способов орошения на накопление сухого
вещества растения. За вегетационный период отмечено, что сорт Махсулдар накопил
больше сухого вещества, чем сорт Равот.

Влажность почвы при ЧДНС составила 70-80-60% (контроль) по сравнению с

орошением 70-80-60%, при этом было установлено, что у сорта Махсулдар
накапливалось больше сухого вещества, чем у сорта Рават.

Ключевые слова:

фасоль обыкновенная, сорт, способы орошения, сухое вещество.

Abstract:

The article studies the effect of irrigation methods on the accumulation of dry

matter in common bean varieties under irrigated meadow-gray soils in the Samarkand region.
The effect of irrigation methods on the accumulation of plant dry matter was studied. During
the growing season, it was noted that the Mahsuldar variety accumulated more dry matter than
the Ravat variety.

Soil moisture under the ChDNS was 70-80-60% (control) compared to irrigation of 70-

80-60%, while it was found that the Mahsuldar variety accumulated more dry matter than the
Ravat variety

Key words:

common bean, variety, irrigation methods, dry matter.

Kirish.

So‘nggi yillarda takrorlanayotgan suv tanqisligi, oziq-ovqat mahsulotlariga jahon

bozorida narx navoning muttasil oshib borayotgani munosabati bilan shuningdek
respublikamizda oziq-ovqat ekinlari mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini yanada oshirish
hamda ularning turlarini ko‘paytirish va shu asosida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga


background image

`

111

bo‘lgan talabini to‘liqroq qondirish, natijada qishloq aholisi daromadlari va turmush darajasini
yuksaltirish maqsadida Prezidentimizning (2008 yilda) «Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan
maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko‘paytirish chora tadbirlari
to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.

Shuning uchun sarf xarajatlarni, resurslarni, energiyani tejab, tuproqni ikkilamchi

sho‘rlanishini oldini olishga, unumdorligini oshirishga imkon beradigan yangi davr talablariga
javob beradigan agrotexnologiyalarni kompleks ravishda ishlab chiqish dehqonchilikdagi eng
dolzarb muammolardan biridir. Shu bilan birgalikda ekologik toza don mahsulotlarini
yetishtirishda qo‘llanilayotgan azotli o‘g‘itlar, gerbitsidlar, fungitsidlar, insektitsidlar miqdorini
kamaytirish yoki ularni qo‘llashdan voz kechish juda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan
muammodir.

Yuqorida qayd etilgan muammolarni yechishda paxta va g‘alla ekinlari ekin maydonlarini

qisqartirmagan holda ekinlarni ilmiy asosda navbatlashtirishni yo‘lga qo‘yish, dukkaklilar
oilasiga kiruvchi ekinlar (loviya)dan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Material va uslublar

. Dala tajribalari 2018-2020 yillarda

S

amarqand viloyatining

sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida oddiy loviya navlarining quruq modda
to‘plashiga sug‘orish tartibining ta’siri o‘rganildi.

S

amarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida oddiy loviya

navlarining quruq modda to‘plashini tahlil qilish natijalari 1 –jadvalda keltirildi.

1-jadval
Sug‘orish tartiblarini loviyani quruq modda to‘plashiga ta’siri, s/ga (2018-2020

yy.)

Navlar

Sug‘orish tartibi

Unib

chiqish

Shox-

lanish

Gullash

Dukkak-

lash

Pishish

Ravot

70-60-60 nazorat

1,9

6,0

18,6

28,5

29,3

70-70-60

2,0

6,5

20,8

32,4

33,3

70-80-60

1,9

6,8

22,1

34,7

35,6

Mahsuldor

70-60-60 nazorat

2,0

6,8

23,0

32,5

33,2

70-70-60

2,1

7,3

24,8

35,2

36,3

70-80-60

2,1

7,6

25,6

37,5

38,6


Olingan natijalar tahlilining ko‘rsatishicha, dastlabki unib chiqish davrida quruq modda

miqdori variantlar bo‘yicha Ravot navida 1,9-2,0 s/gani tashkil etgan bo‘lsa, Mahsuldor navida
bu ko‘rsatkich 2,0-2,1 s/ga bo‘lganligi hisobga olindi. Ravot naviga qaraganda Mahsuldor navi
ko‘proq quruq modda to‘plashi aniqlandi. Bu ustunlik butun vegetatsiya davrida saqlanib qoldi.
Shoxlanish davrida quruq moddaning to‘planishi yuqoridagiga tegishlicha 6,0-6,8 va 6,8-7,6
s/gani, gullash davrida 18,6-22,1 va 23,0-25,6 s/ga, dukkaklash davrida 28,5-34,7 va 32,5-37,5
s/ga, pishish davrida o‘tkazilgan tahlillarda esa ko‘rsatkichlar mos ravishda 29,3-35,6 va 33,2-
38,6 s/gani tashkil etdi (1-jadval).

Demak, o‘simlikda quruq moddaning to‘planishi unib chiqishga nisbatan shoxlanishda

3,1-3,6 barobar, shoxlanishdan gullashgacha 3,1-3,4 barobar, gullashdan dukkaklashgacha 1,5


background image

`

112

barobar va pishishda sezilarsiz darajada ko‘payishi kuzatiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek,
Mahsuldor navi Ravot naviga qaraganda ko‘proq quruq modda to‘plashi aniqlandi.

Tadqiqot natijalari va ularning tahlili.

Olingan ma’lumotlar o‘rganilib sug‘orish

tartiblari bo‘yicha tahlil qilinganida, rivojlanish davrlari bo‘yicha yanada qiziqarli natijalar qayd
etildi. Dastlabki unib chiqish davrida o‘simliklar urug‘dagi zahira oziqa moddalar hisobiga
o‘sganligi bois, sug‘orish tartiblari bo‘yicha variantlararo farq kuzatilmadi.

Shoxlanish davrida tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-60-60% (nazorat) sug‘orish

tartibi variantida Ravot navi o‘simliklari 6,0 s/ga, Mahsuldor navi o‘simliklari esa 6,8 s/ga yoki
0,8 s/ga ko‘p quruq modda to‘planganligi aniqlandi. Tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-70-
60% sug‘orish tartibida yuqoridagiga mos ravishda 6,5 va 7,3 s/ga yoki 0,8 s/ga ko‘p quruq
moddato‘plaganligi qayd etildi. Tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-80-60% sug‘orish
tartibida esa Ravot navida 6,8 s/ga quruq modda to‘plangan bo‘lsa, Mahsuldor navida 7,6 s/ga
bo‘lganligi hisobga olindi. O‘simlikning gullash davrida quruq modda miqdori shoxlanish
davridagiga qaraganda variantlar bo‘yicha 3,_-4,_ barobar ko‘p bo‘lib, tuproq namligi CHDNS ga
nisbatan 70-60-60% (nazorat) sug‘orish tartibida Ravot navida 18,6 s/ga, Mahsuldor navida
23,0 s/ga yoki 4,4 s/ga ko‘p bo‘lganligi aniqlandi. Tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-70-
60% sug‘orish tartibida yuqoridagiga mos ravishda 20,8; 24,8 s/ga yoki 4,04 s/ga; tuproq
namligi CHDNS ga nisbatan 70-80-60% sug‘orish tartibida esa 22,1;25,6 s/ga yoki 3,5 s/gani
tashkil etdi.

O‘simlikning dukkaklash fazasida o‘tkazilgan tahlillarda aniqlanishicha, o‘simliklar

to‘plagan quruq modda miqdori variantlar bo‘yicha o‘rtacha hisobda 28,5-37,5 s/ga ni tashkil
etganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu davrda ham barcha davrlardagi tendensiya saqlanib qolib, eng
ko‘p quruq modda to‘plagan o‘simliklar, tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-80-60%
sug‘orish tartibida bo‘lganligi qayd etildi. Quruq moddaning to‘planishi dukkaklash davridan
so‘ng susayib, pishish davrida o‘tkazilgan tahlillarda variantlar bo‘yicha o‘rtacha hisobda 29,3-
38,6 s/gani tashkil etdi.

Xulosa

o‘rnida aytganda, Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari

sharoitida oddiy loviyaning Ravot va Mahsuldor navlari quruq modda to‘plashi unib chiqishdan
shoxlanishgacha juda jadal, shoxlanishdan gullashgacha jadal, gullashdan dukkaklashgacha
jadalroq va dukkaklashdan pishishgacha sust kechdi. Tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 70-
60-60% (nazorat) sug‘orish tartibidagiga nisbatan 70-80-60% sug‘orish tartibida, shu bilan
birga Ravot naviga qaraganda Mahsuldor navida ko‘proq quruq modda to‘planadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ravshanova N.A., Usmanov N.A., Mansurov X.G, Otayarova G. U..ACADEMIC RESEARCH IN

EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal
Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-
CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-280-285
2.

СИЛОС

МАССА

УЧУН

МАККАЖЎХОРИ

ДУРАГАЙЛАРИНИ

ЕТИШТИРИШ

ТЕХНОЛОГИЯСИ. Авторы Ўктамов Х. Xalilov N.,Kasimova Sh., Otayarova G. U. Дата
публикации, 2022/11/14 Материалы конференции «Veterinariya va chorvachilik sohalarini


background image

`

113

rivojlantirishda yosh olimlarning o‘rni» mavzusidagi magistrlar va iqtidorli talabalarning ilmiy
– amaliy konferensiyasi.
3.

Ravshanova N.A., Usmanov N.A., Otayarova G.U.

ЗАВИСИМОСТЬ ДЛИНЫ

ВЕГЕТАЦИОННОГО ПЕРИОДА СОРТОВ ФАСОЛИ ОБЫКНОВЕННОЙ ОТ СРОКОВ И СПОСОБОВ
ПОСЕВА,

Текст научной статьи по специальности «

Сельское хозяйство, лесное хозяйство,

рыбное хозяйство

»

https://cyberleninka.ru/article/n/zavisimost-dliny-vegetatsionnogo-

perioda-sortov-fasoli-obyknovennoy-ot-srokov-i-sposobov-poseva

.

4.

Отаярова Г.Ю., Халилов Н. и Равшанова Н.А. (2024). ЛОВИЯНИНГ О'СИШИ, О'СИШ

ДЖАДАЛЛИГИ ВА О'РТАЧА СУТКАЛИК О'СИШИГА СУГ'ОРИШ ТАРТИБЛАРИНИНГ
ТА'СИРИ.

УЧЕНЫЙ

,

2

(5), 95-100.

http://scholar-journal.org/index.php/s/article/view/102

.

5.

Муминова З.К., Исмоилов В.И., Отаярова Г.У. (2024). РЕСУРСТЕЯМКОР

АГРОТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ЭРОЗИЯГА УЧРАГАН БО'З ТУПРОКЛАР УНУМДОРЛИГИ ВА
КУЗГИ БУГ'ДОЙ ХОСИЛДОРЛИГИНИ ОШИРИШГА ТА'СИРИ.

УЧЕНЫЙ

,

2

(5), 89-

94.

http://scholar-journal.org/index.php/s/article/view/101

.

6.

Theoretical justification of combined cropping of cotton and mung bean

. Авторы Nilufar

Ravshanova, Nasriddin Khalilov, Gulshoda Otayarova, Shaxnoza Kosimova, Sobirjon Palvanov,
Дата публикации 2024, Журнал E3S Web of Conference
7.

AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALINING MAXSUS

SONI 1010 ANG‘IZGA LOVIYA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Авторы Tursunov Sh. N.
Otayarova G. U., Quldoshev B. X., Imomnazarova F.,N. A. Ravshanova Дата публикации.
2022/10/14 Материалы конференции «Veterinariya va chorvachilik sohalarini
rivojlantirishda yosh olimlarning o‘rni» mavzusidagi magistrlar va iqtidorli talabalarning ilmiy
– amaliy konferensiyasi
8.

Бекмурадова, Х. К., & Ўринова, М. (2022). ИССИҚХОНАДА БОДРИНГ

ПАРТЕНОКАРПИК

ДУРАГАЙЛАРИНИНГ

ҲОСИЛ

ТЎПЛАШ

ДИНАМИКАСИ.

AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI

, 1110-1113.

9.

Бекмурадова, Х. К., А. И. Исмоилов, and Б. Ж. Ахмадалиев. "Оценка исходного

материала для создание новых устойчивых к вирусной мозаике сортов
томата."

Актуальные проблемы современной науки

3 (2019): 170-173.

10.

Бекмурадова, Х. K., and А. И. Исмоилов. "Самарканд, Узбекистан Samarkand Institute

of veterinary medicine, Samarkand, Uzbekistan The scientific research institute of vegetable
groups and potato studies in Samarkand scientific-experimental station, Samarkand,
Uzbekistan."

ББК 65.2 С56

58.

11.

Bekmuradova, Xurshida Karimovna, and Ibragim Tashkentovich Ergashev.

"HIMOYALANGAN GRUNTDA BODRING DURAGAYLARINING HOSILDORLIGIGA TURLI EKISH
MUDDATLARINING TA’SIRI."

SCHOLAR

2.5 (2024): 70-76.

12.

Ergashev, Ibragim Tashkentovich, Xurshida Karimovna Bekmuradova, and Feruza

Ibragimovna

Toshkentbaeva.

"Х–VIRUSINING

KARTOSHKA

MAHSULDORLIGIGA

TAЪSIRI."

SCHOLAR

2.5 (2024): 77-83.

13.

Бекмурадова, Х. K., and А. И. Исмоилов. "ОЦЕНКА СТЕПЕНИ ЗАРАЖАЕМОСТИ

СОРТООБРАЗЦОВ ТОМАТА С ТоМV."

СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ, ТРАДИЦИИ И

ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ АПК

. 2020.

References

Ravshanova N.A., Usmanov N.A., Mansurov X.G, Otayarova G. U..ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 7 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-7-280-285

СИЛОС МАССА УЧУН МАККАЖЎХОРИ ДУРАГАЙЛАРИНИ ЕТИШТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ. Авторы Ўктамов Х. Xalilov N.,Kasimova Sh., Otayarova G. U. Дата публикации, 2022/11/14 Материалы конференции «Veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirishda yosh olimlarning o‘rni» mavzusidagi magistrlar va iqtidorli talabalarning ilmiy – amaliy konferensiyasi.

Ravshanova N.A., Usmanov N.A., Otayarova G.U. ЗАВИСИМОСТЬ ДЛИНЫ ВЕГЕТАЦИОННОГО ПЕРИОДА СОРТОВ ФАСОЛИ ОБЫКНОВЕННОЙ ОТ СРОКОВ И СПОСОБОВ ПОСЕВА, Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство» https://cyberleninka.ru/article/n/zavisimost-dliny-vegetatsionnogo-perioda-sortov-fasoli-obyknovennoy-ot-srokov-i-sposobov-poseva.

Отаярова Г.Ю., Халилов Н. и Равшанова Н.А. (2024). ЛОВИЯНИНГ О'СИШИ, О'СИШ ДЖАДАЛЛИГИ ВА О'РТАЧА СУТКАЛИК О'СИШИГА СУГ'ОРИШ ТАРТИБЛАРИНИНГ ТА'СИРИ. УЧЕНЫЙ , 2 (5), 95-100. http://scholar-journal.org/index.php/s/article/view/102.

Муминова З.К., Исмоилов В.И., Отаярова Г.У. (2024). РЕСУРСТЕЯМКОР АГРОТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ЭРОЗИЯГА УЧРАГАН БО'З ТУПРОКЛАР УНУМДОРЛИГИ ВА КУЗГИ БУГ'ДОЙ ХОСИЛДОРЛИГИНИ ОШИРИШГА ТА'СИРИ. УЧЕНЫЙ , 2 (5), 89-94. http://scholar-journal.org/index.php/s/article/view/101.

Theoretical justification of combined cropping of cotton and mung bean. Авторы Nilufar Ravshanova, Nasriddin Khalilov, Gulshoda Otayarova, Shaxnoza Kosimova, Sobirjon Palvanov, Дата публикации 2024, Журнал E3S Web of Conference

AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALINING MAXSUS SONI 1010 ANG‘IZGA LOVIYA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Авторы Tursunov Sh. N. Otayarova G. U., Quldoshev B. X., Imomnazarova F.,N. A. Ravshanova Дата публикации. 2022/10/14 Материалы конференции «Veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirishda yosh olimlarning o‘rni» mavzusidagi magistrlar va iqtidorli talabalarning ilmiy – amaliy konferensiyasi

Бекмурадова, Х. К., & Ўринова, М. (2022). ИССИҚХОНАДА БОДРИНГ ПАРТЕНОКАРПИК ДУРАГАЙЛАРИНИНГ ҲОСИЛ ТЎПЛАШ ДИНАМИКАСИ. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 1110-1113.

Бекмурадова, Х. К., А. И. Исмоилов, and Б. Ж. Ахмадалиев. "Оценка исходного материала для создание новых устойчивых к вирусной мозаике сортов томата." Актуальные проблемы современной науки 3 (2019): 170-173.

Бекмурадова, Х. K., and А. И. Исмоилов. "Самарканд, Узбекистан Samarkand Institute of veterinary medicine, Samarkand, Uzbekistan The scientific research institute of vegetable groups and potato studies in Samarkand scientific-experimental station, Samarkand, Uzbekistan." ББК 65.2 С56 58.

Bekmuradova, Xurshida Karimovna, and Ibragim Tashkentovich Ergashev. "HIMOYALANGAN GRUNTDA BODRING DURAGAYLARINING HOSILDORLIGIGA TURLI EKISH MUDDATLARINING TA’SIRI." SCHOLAR 2.5 (2024): 70-76.

Ergashev, Ibragim Tashkentovich, Xurshida Karimovna Bekmuradova, and Feruza Ibragimovna Toshkentbaeva. "Х–VIRUSINING KARTOSHKA MAHSULDORLIGIGA TAЪSIRI." SCHOLAR 2.5 (2024): 77-83.

Бекмурадова, Х. K., and А. И. Исмоилов. "ОЦЕНКА СТЕПЕНИ ЗАРАЖАЕМОСТИ СОРТООБРАЗЦОВ ТОМАТА С ТоМV." СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ, ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ АПК. 2020.