`
68
TOG‘-KON ISHLAB CHIQARISHI TARIXINI O‘RGANISH VA TAHLIL ETISHGA
BAG‘ISHLANGAN TADQIQOTLAR
G‘ulomjon Jumanazarovich Axmedov
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori
Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Urganch davlat universitetining mustaqil tadqiqotchi
E-mail: axmedov.gulom.1981@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15202293
Annotasiya.
Maqolada tog‘-kon ishlab chiqarishi tarixini o‘rganish va tahlil etishga
bag‘ishlangan tadqiqotlar ko’rib chiqilib, XX asrning 20-yillaridan boshlab tog’li hududlarda
olib borilgan tadqiqotlar va ularning natijalari borasida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
tog‘-kon ishlab chiqarishi, konchilik, metallurgiya, tog‘-kon sanoati,
ekspeditsiya, tarixshunoslik.
ИССЛЕДОВАНИЯ ПО ИЗУЧЕНИЮ И АНАЛИЗУ ИСТОРИИ ГОРНОГО ДЕЛА
Гуломжон Жуманазарович Ахмедов
Директор специализированной школы-интерната № 1 города Ургенча
Независимый исследователь Ургенчский государственный университет имени
Абу Райхана Беруни
E-mail: axmedov.gulom.1981@gmail.com
Аннотация.
В статье рассматривается исследование, посвященное изучению и
анализу истории горнодобывающего производства, а также осмысливаются
исследования и результаты, проведенные в горных регионах с 1920-х годов.
Ключевые слова:
горное дело, горное дело, металлургия, горнодобывающая
промышленность, экспедиция, историография.
RESEARCH ON THE STUDY AND ANALYSIS OF THE HISTORY OF MINING
Gulomjon Jumanazarovich Akhmedov
Director of the Specialized Boarding-School № 1 in Urgench
Independent Researcher at Urgench State University
named after Abu Rayhon Beruni
E-mail: axmedov.gulom.1981@gmail.com
Annotation.
The article reviews research on the study and analysis of the history of
mining, and discusses the research conducted in mountainous regions since the 1920s and their
results.
Keywords:
mining, mining, metallurgy, mining industry, expedition, historiography.
Rossiya imperiyasi istilosi arafasida O‘rta Osiyo xonliklarida tog‘-kon sanoati inqirozli
ahvolda bo‘lib, boy yer osti konlaridan foydalanish sodda ishlab chiqarish holatida edi.
1
Chor Rossiyasining Turkiston o‘lkasi harbiy yo‘l bilan bo‘ysundirishdan asosiy
maqsadlardan biri ham mintaqadagi boy yer osti konlariga egalik qilish bo‘lganligi sir emas.
Shu sababli O‘rta Osiyo zabt etilgandan so‘ng, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida mintaqadagi
1
Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даврида. Ўзбекистоннинг янги тарихи. 1-жилд. – Тошкент.:Шарқ,
2000. – Б. 49-50.
`
69
foydali ma’danlar mavjud konlarni qidirib topish bo‘yicha dastlabki ishlar amalga oshirildi,
o‘zbek xonliklarida tog‘-kon ishlab chiqarishi tarixini o‘rganish va tahlil etishga bag‘ishlangan
ilk tadqiqotlar amalga oshirilib, ushbu masalaga oid to‘plangan ma’lumotlar chop etildi
2
.
Shunga qaramasdan mustamlaka davrida bu mavzu bo‘yicha jiddiy va rejali ilmiy tadqiqotlar
olib borilmadi.
Sovet davrida O`zbekiston hududidagi qadimgi konlarni va konchilik ishlab chiqarish
tarixini o‘rganish boshlandi. Bu jarayon foydali qazilmalar mavjud joylarni qidirib topish
masalasi bilan uzviy holda olib borildi.
XX asrning 20-yillari o‘rtalarida Qurama tog‘ining g‘arbiy tizmalaridagi - Qoramozorda
qadimgi konlar haqidagi ma’lumotlar chop etildi. Tadqiqotlarda tarixchi - arxeologlar bilan
birga geologlar, geograflar va tog‘-kon mutaxassislari ham qatnashdilar. 1924 yili geolog
A.P.Krikov tomonidan Nishboshi maydonida qadimgi metal eritish joyining qoldiqlari
aniqlandi. Bu joy va Iloq vohasining boshqa qadimgi konlari keyinchalik geograf B.N.Nasledov
tomonidan o‘rganib chiqildi
3
.
Geolog S.F.Mashkovsev olib borgan tadqiqotlar natijasida ham Qoramozor tog‘laridagi
konchilik ishlab chiqarishi tarixiga oid muhim ma’lumotlar to‘plandi
4
.
Iloq vohasining qadimgi konlari va konchilik ishlab chiqarish darajasini aniqlashtirishda
I.V.Dyugaev tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar ham katta o‘rin tutadi
5
.
XX asrning 20-30-yillarida Qoramozor qadimgi konlarini o‘rganishda Tojik-Pomir
geologiya ekspeditsiyasi tarkibidagi maxsus arxeologlar guruhi faoliyati muhim o‘rin tutadi.
Bunda Guruh rahbari arxeolog M.Ye.Massonning faoliyati ahamiyatlidir. Uning bevosita
ishtirokida qadimgi konlar va ma’dan eritish joylarida arxeologik tadqiqotlar olib borildi.
Tadqiqotlar natijalarini yozma manbalardagi tegishli ma’lumotlar bilan solishtirish Iloq
vohasidagi konchilik tarixiga oid muhim natijalar qo‘lga kiritilishiga olib keldi. Bu ekspeditsiya
faoliyati vohadagi qo‘shma geologik-arxeologik tadqiqotlarning keyingi rivojini belgilab berdi.
Qadimgi konlarning joylashgan o‘rni va konlardan olingan ma’danlar hajmini aniqlashtirish
orqali ma’lum turdagi minerallarning mavjudligi, xomashyo zahiralari haqida ham muhim
xulosalarni qo‘lga kiritish imkonini berdi. Bu masalalar umumlashma holatda M.Ye.Massonning
ayrim hisobot
6
va alohida maqolalarida
7
o‘z aksini topgan.
2
Мушкетов И.В. Туркестан. Т.2. –СПб., 1875., Маев Н.А. Заметка о Ташкентском музее. // Туркестанские
ведомости, 1876. – № 28; Масальский В.И. Туркестанский край //Россия. Полное географическое описание
нашего отечества. Под ред. Семенова – Тянь-Шанского. –СПб., 1913; Вебер В.Н. Полезные ископаемые
Туркестана. Т.1. –СПб., 1913; Вебер В.Н. Отчет об осмотре некоторых месторождений в Туркестане по
поручению Центрального военно-промышленного комитета // Известия Геолкома. Т. ХХХIV. –Ташкент., 1915. –
№ 7; Вебер В.Н. Древняя и современная рудопромышленность Туркестана // Поверхность и недра. – Ташкент,
1917. – № 4, Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия.–СПб., 1990. – Ч.II. –С.169, 172-175.
3
Наследов Б.Н. Древние шлаки и полиметаллические месторождения Лашкерекско-Янгокловского участка. //За
недра Средней Азии. –Т., 1932. №2.
4
Машковцев С.Ф. Исследования в Ташкентском районе в юго-восточной части десятиверстного листа Р. VI к
югу от Ангрена (Отчет Геолкома за 1925 г. –Т., 1926; Ўша муаллиф. Кухи-сим //Геологический вестник. –Т., 1926.
№1-3.; Ўша муаллиф. К вопросу о древней металлургической в горах Кара-Мазар //Тр. 3-го Всесоюзного съезда
геологов в Ташкенте в 1928 году. Вып. 1. –Т., 1930.
5
Дюгаев И.В. Рудные месторождения Табошарского участка //Рудные месторождения Кара-Мазара. –М.-Л.,
1935.
6
Массон М.Е. История горного дела гор Карамазара //Отчет о деятельности СарТРУ за 1928/29 г. –Т., 1930.
7
Массон М.Е. К истории горной промышленности Карамазара //Тр. Таджикской базы АН СССР. –Л., 1935. Т.4.;
Ўша муаллиф. Ахангеран. Археолого-топографический очерк. –Т.: Изд-во УзССР, 1953.
`
70
Qurama tog‘laridagi qadimgi konlarni o‘rganish davomida qo‘shma geologik-arxeologik
ilmiy tadqiqotlar olib borish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha ham ma’lum ishlar olib borilgan
8
.
Iloq tog‘larida olib borilgan ilk tadqiqotlar davomida nafaqat ayrim minerallar va qurilish
xomashyolarini qazib olish tarixi,
9
shu bilan birga konchilarning mehnat qurollari va asbob-
uskunalari to‘g‘risida ham muhim ma’lumotlar qo‘lga kiritildi.
10
XX asrning 30-yillari oxirida beqaror siyosiy vaziyat sababi Toshkent vohasining qadimgi
konlari va konchilik ishlab chiqarish tarixini o‘rganish to‘xtab qoldi. Bu yo‘nalishda ishlar
faqatgina o‘tgan asrning 50-yillaridan qayta boshlandi. 1955 yilda SSSR Fanlar Akademiyasi
tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur doirasida “O‘rta Osiyoda qadimgi davr va o‘rta
asrlarda geologik bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi” mavzusida ilmiy tadqiqotlar
boshlandi. Ilmiy dastur rahbari O.I.Islomov tomonidan chop etilgan maqolada o‘rganilayotgan
mavzuga oid muhim ma’lumotlar ham mavjud
11
.
XX asrning o‘rtalarida Iloqdagi qadimgi konlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar yanada
kengaydi. Qoramozor tog‘lari, Chotqol-Qurama hududlari tarixiy-arxeologik jihatdan
o‘rganishda o‘ziga xos tayanch punkti bo‘lib qoldi. Qurama tog‘larining Tojikistonga tegishli
tizmalarida B.A.Litvinskiy boshchiligidagi maxsus guruh ilmiy tadqiqotlar olib borgan bo‘lsab
12
,
O‘zbekistonda ham geologlar va arxeologlar tomonidan Iloq konlarini o‘rganish bo‘yicha
tadqiqotlar davom ettirildi. Bu borada 1959 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va
arxeologiya instituti va O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi tomonidan Angren daryosi vodiysi va
Chotqol-Qurama tog‘larida qadimgi konlar va konchilik ishlab chiqarishi tarixini o‘rganish
bo‘yicha tashkil etilgan maxsus ilmiy guruh faoliyati katta ahamiyatga egadir. Bu ilmiy guruh
olib borgan tadqiqotlar natijalari Yu.F.Buryakov tomonidan umumlashtirildi va to‘ldirildi.
13
Iloq tog‘laridagi konlarni o‘rganishdagi yangi bosqich XX asrning 60-yillarida boshlandi.
1965 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Geologiya Ministrligi doirasida kompleks geologiya-
arxeologik tadqiqotlar o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi. Qarorda qadimgi konlarni, ma’dan
xomashyolarni to‘yintirish va qayta ishlash joylarini, konlarning chuqurligi va foydalanish
darajasi, ma’danlarning morfologik xususiyatlari va boshqalarni o‘rganishga e’tibor qaratish
lozimligi alohida qayd etilgan edi.
14
1961-1975 yillar davomida qadimgi konlarni o‘rganuvchi ilmiy guruh tomonidan
O‘zbekistonda 600 ga yaqin konlar, ma’danlarni to‘yintirish va xomashyoga ishlov berish
punktlari aniqlandi. Bu davrga kelib Chotqol-Qurama tog‘larida olib borilgan tadqiqotlar bu
hudud O‘zbekistonda konchilik ishlab chiqarishi tarixida, qadimgi konlarning ko‘pligi bo‘yicha
8
Историческая археология на службе геологической разведки //Народное хозяйства Азии. –Т., 1930. №2. С.25.
9
Массон М.Е. К истории добычи меди в Средней Азии. –Т., 1930. №5.
10
Массон М.Е. Археологические материалы к истории горного дела в Средней Азии. Горные инструменты
//САГУ. Бюллетень. –Т., 1930. №2.
11
Исломов О.И. Разведка памятников горного дела в республиках Средней Азии в 1955 г. //Тр. Института истории
естествознания и техники АН СССР. Т.XXIII –М., 1960.
12
Литвинский Б.А. и др. Древности Кайраккумо в. –Душанбе.: Ирфон, 1962
13
Буряков Ю.Ф. Древний серебряный рудник Актепа // Из истории культуры народов Узбекистана. –Т., 1965,
Ўша муаллиф. Древный серебряный рудник Лашкерек // СА №1. –М.. 1965., Ўша муаллиф. О местонахождении
«серебрянного рудника Шаша» // ОНУ, №12. –Т., 1965.
14
Пругер Е.Б. Древний горный промысл Узбекистана – целесобразность и перспективы изучения. //Узбекский
геологический журнал. 1978. №4. С.93-94.
`
71
yetakchi o‘rnini egalladi; konchilik tarixi nisbatan kengroq o‘rganilgan hudud sifatida ajralib
tura boshladi.
15
Bu hududda amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida ko‘plab yangi konlar,
metall eritish joylari, tog‘-kon ishlab chiqarishining yetakchi markazlari ochildi, konchilik
ishlab chiqarishning tarixiy bosqichlari va boshqa tegishli masalalar bo‘yicha muhim natijalar
qo‘lga kiritildi. Shuningdek, ma’dan qazuvchilar va metallurglarning mehnat faoliyati ham
yaratuvchanlik darajasi, ularning turar-joy hamda ishlab chiqarish majmualari o‘rganildi.
Natijada bronza davri bilan bog‘liq bo‘lgan ma’danlarni dastlabki qayta ishlashning yangi
markazlari aniqlandi. Xususan, Qayroqqumdagi ma’danlar dastlab yuza qismdan keyin esa
uncha chuqur bo‘lmagan shurflar yordamida olingan va Supatov tepaliklarida eritilgan.
Qurama tog‘laridan, ayniqsa uning janubi-g‘arbiy tizmalaridan ma’dan qazib olishning
jadallashuvi ilk temir asriga to‘g‘ri keladi. Bu davrga oid ma’dan qazib olishning sharqiy va
janubiy Qoramozordagi Adrasman, Mozorbuloq, Konsoy, Charuxdayron, Shimoliy
Qoramozordagi Uchkatli-Miskan, Choqadambuloq kabi markazlari o‘rganilgan.
16
Ikkinchidan, Ohangaronning yuqori oqimida nodir va rangli metallarning yirik konlari
ochildi va ularning tarixi o‘rganib chiqildi.
Bu davrda Toshkent vohasi tog‘-kon ishlab chiqarish tarixini o‘rganishga M.Ye.Masson,
Yu.F.Buryakov, I.X.Xamrabaev, E.Iskandarov, O.I.Islomov, Ye.B.Pruger, R.A.Boqievlar katta qissa
qo‘shganlar.
XX asrning 80-90-yillarida Choch va Iloq tog‘-konchilik ishini o‘rganish bo‘yicha yangi
ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilib, to‘plangan ma’lumotlar turli maqolalarda tahlil qilingan.
Ilk o‘rta asrlar davridagi metallsozlik sohalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar manbalar va ilmiy
nashrlarda kam uchraydi. Shunga qaramasdan, Ye. Ye. Nerazik, N.Yu.Vishnevskaya, Yu.P.
Manыlov, A.V. Gudkova, V.N.Yagodin, Ye.A. Armarchuk, M.M. Mambetullaev tadqiqotlarida
metallsozlik sohalari to‘g‘risida ba’zi ma’lumotlar mavjud.
O‘rta Osiyo tog‘-kon sanoati bo‘yicha himoya qilingan dissertatsiyalarda ham
O`zbekistonda tog‘-kon ishlab chiqarish tarixi haqida turli davrlarga oid ayrim ma’lumotlar o‘z
aksini topgan. Ushbu tadqiqotlar Farg‘ona vodiysi, O‘zbekistonning janubiy (Surxon va
Qashqadaryo vohalari) va g‘arbiy (Qizilqum) hududlarida ilmiy izlanishlar va topib tekshirilgan
ma’lumotlar asosida amalga oshirilgan.
Jumladan, Toshkent vohasining qadimgi konlari va konchilik ishlab chiqarish tarixini
tadqiq qilgan arxeolog Yu.F.Buryakov olib borilgan tadqiqotlari natijalari to‘ldirildi va
tizimlashtirildi. Bu mutaxassis tomonidan Choch-Iloq vohasi qadimgi konlar, metall eritish
punktlari, bu sohaga oid yozma manbalar ma’lumotlarini arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan
qiyoslash va tegishli ilmiy xulosalar chiqarish kabi muhim ishlar amalga oshirildi. Vohadagi
Imloq-Tunkat, Kul ota-Tunket, Ablik-Abrlik, Namudlik, Kuxi-Sim kabi arxeologik
yodgorliklarda, Qurama tog‘laridagi (Oq tepa, Ko‘ktepa, Qoratosh, Miskon-Qoratepa,
Konimansur va boshqalar) va Chotqoldagi (Ko‘krel, Kamarguk, Qizilolma, Qoykar, Kapturak)
qadimgi konlarda olib borilgan tadqiqotlari ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi
17
.
15
Пругер Е.Б. Древний горный промысл Узбекистана – целесобразность и перспективы изучения. //Узбекский
геологический журнал. 1978. №4. С.93-94.
16
Исломов О.И. Из истории геологических знаний в Средней Азии. –Т.: Фан, 1977.
17
Буряков Ю.Ф. Конлар изидан //Ер ва эл. – Тошкент, 1962. – №4
`
72
O‘rganilgan tadqiqot mavzusi bo‘yicha samarali ishlar olib borilgan bo‘lsada, bugungi
kunda O‘zbekiston tarixining tarixshunosligida bu masala yaxlit ilmiy mavzu sifatida, tarixiy va
ilmiy izchillikda ko‘rib chiqilmaganligini qayd etish lozim. Toshkent vohasining tog‘-kon ishlab
chiqarishi tarixiga oid bo‘lgan ma’lumotlar turli adabiyotlarda o‘z aksini topib, hanuzgacha
umumlashtirilmagan, kerakli ilmiy xulosalar chiqarilmagan.
Mustaqillik yillarida Toshkent vohasida konchilik ishlab chiqarishi tarixini o‘rganish
bo‘yicha qator ishlar olib borildi va borilmoqda. Bu yo‘nalishdagi ishlar oldingi davrda olib
borilgan tadqiqotlar natijalarini qiyosiy o‘rganish, umumlashtirish hamda yangi konlarni
o‘rganish orqali olib borilganligini qayd etib o‘tish lozim. Bu yerda ham akademik
Yu.F.Buryakov faoliyati katta o‘rin tutadi. Bu masalaga tegishli umumiy ma’lumotlarni,
shuningdek boshqa mualliflar asarlarida ham uchratamiz.
18
Muammoning tarixshunosligi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, Toshkent vohasida konchilik
va metallurgiya tarixi sohasida S.F.Mashkovsev tadqiqotlaridan va M.Ye.Massonning kon-
metallurgiya sohasidagi ilk maxsus arxeologik ishlaridan boshlab, to Yu.F.Buryakovning,
keyinchalik Ye.B.Prugerning vohani tizimli o‘rganishigacha bo‘lgan davrda yodgorliklarni
topografik qayd qilish, alohida konlarni va yirik konlar majmuasini, metallurgiya punktlarini
batafsil o‘rganish bo‘yicha katta ish olib borildi. Geolog O.I.Islomov, arxeologlar B.A.Litvinskiy
va S.A.Dudakovlar ham Qo‘rama tizmasidagi yodgorliklarni ta’riflab, Ohangaron vodiysi
havzasining Sharqning qadimgi davr va ayniqsa o‘rta asrlarda yirik tarixiy-metallurgiya
markazi sifatidagi ahamiyatini ochib berishga katta hissa qo‘shdilar.
So‘nggi yillarda kon-metallurgiya ishlab chiqarishi tarixiga oid birmuncha yangi
ma’lumotlar qo‘lga kiritildi. Ularning tahlili, bu ishlarda asosiy e’tibor foydali qazilmlarni qazib
olish va ularga ishlov berish jarayonlarini yoritiga qaratilganini ko‘rsatmoqda. Shu sababli, biz
oldingi tadqiqotchilarning ishlarini tarixiy-geografik, xronologik va iqtisodiy jihatdan
umumlashtirib, ularni yangi ma’lumotlar bilan boyitishni maqsad qilib qo‘ydik.
Tadqiqotlar natijasida Angren atrofidagi hududlarda, Ohangaronning chap va o‘ng
qirg‘oqlarida joylashgan yirik konlar majmuasi o‘rganib chiqildi. Angrendan shimol va g‘arbida,
Ohangaronning o‘ng qirg‘og‘ida Iloqning eng yirik polimetall rayoni joylashgani o‘z isbotini
topdi. Oldingi tadqiqotlarda bu hududda, Baksuksoy va Qorabog‘soy oqimlari oralig‘ida
qadimgi davrga oid kumush va boshqa polimetall konlari topilgan edi. Tadqiqotlarimiz
natijasida Qorabog‘soyning yuqori o‘ng oqimida, soyning tog‘oldi tekisligiga chiqish joyida
yangi konlar va ulardan olingan rudani erituvchi va to‘yintiruvchi punktlar topildi va o‘rganib
chiqildi. Bu punktlarda, shlaklarga ko‘ra, temir va polimetall rudalardan kumush ajratib
olingani, ulardan ilk va rivojangan o‘rta asrlarda foydalanilgani aniqlandi. Shundan kelib chiqib,
arxeologlar tomonidan hozirgi Qorabog‘soy qishlog‘idan 2-3 km. yuqorida topilgan ilk va
rivojlangan o‘rta asrlarga tegishli Qorabog‘tepa yodgorligi bu konlar bilan bog‘liligini qayd
qilish mumkin.
Chotqolning janubiy yonbag‘ridagi bu katta tog‘oldi tekisligida, g‘arbda Qorabog‘soy va
sharqda Boksuksoy oralig‘idagi hudud chorvador qabilalar tomonidan qadimgi davrdayoq
18
Камолиддин Ш.С. О горнорудном деле и металлургии у древних турков//Археология и история Центральной
Азии. К 70-летию со дня рождения академика академии наук Республики Узбекистан Юрия Федоровича
Бурякова. –Самарканд., 2004. С.74-83.
`
73
o‘zlashtirilgan edi. Bu joyda ularga tegishli yakka va guruh bo‘lib joylashgan qo‘rg‘onlar ko‘plab
uchraydi
19
. Ulardan olingan sopol idishlar, xususan ko‘mir kombinati hududidagi buzilib ketgan
qo‘rg‘ondagi sopol idishlar Qovunchi madaniyatiga tegishli (IV -V asrlar) ekanligi aniqlandi. Bu
davrda bu hududlarda o‘troqlashuv jarayoni ham boshlangan. Buni ayrim yodgorliklar, xususan
mil. I ming yillik o‘rtalariga oid yirik aholi punkti – Qal’atepa-Qal’avurtepa yodgorligi misolida
ko‘rish mumkin.
Oldingi tadqiqotlardan ma’lumki, Qorabog‘soydan g‘arbda joylashgan hudud
konchilikning eng yirik markazi bo‘lgan. Bu joyda Iloqning eng yirik kon majmualari, Qizilolma
va Samarchuk oltin konlari joylashgan. Qizilolmasoyda, oldingi tadqiqotchilar qayd qilmagan
qadimgi konchilar makoni va undan bevosita soyga qarab ketgan yo‘l aniqlandi. Bu kondan
olingan ruda Qizilolmasoyda yuvilib, boyitilganini shu orqali bilish mumkin. Bu soyning chap
qirg‘og‘idagi qo‘rg‘on konga qarab ketgan yo‘lni kengaytirish natijasida bo‘zilib ketgani ham
aniqlandi.
Qizilolma va Samarchuk konlaridan janubi-sharqda, Qorabo‘loqsoyning chap qirg‘og‘ida
joylashgan Toshpo‘lattepa nomi bilan ma’lum yodgorlik ham katta e’tiborga loyiqdir.
Bu
yodgorlik arka ega bo‘lib, uning bir darvozasi ichkariga, ikkinchisi janubi-sharqqa – Angren
tomonga yo‘nalgan. Bu yerda metalga ishlov beruvchi, shu jumladan Qizilolma va Samarchuk
konlaridan olingan oltin rudasiga, shuningdek mis, kumush va boshqa polimetallarga ishlov
beruvchi ustalar yashagan bo‘lishi mumkin. Bu makon, bir tomondan, ustalar yashagan joy,
ikkinchi tomondan ishlov berilgan rudalarni Namudlig‘dagi eritish ustaxonalariga yetkazib
beruvchi markaz ham bo‘lgani ehtimoldan holi emas. Bundan tashqari, bu makon Qizilolmasoy
va Qoraboysoy yuqori oqimlaridagi konlarda ishni tashkil qilish, ularni quriqlash vazifasini
ham bajargan bo‘lishi mumkin.
Iloqdagi konlarni, konchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tish
kerak. Bu vazifani amalga oshirishda Ohangaron vodiysidagi ko‘plab qishloqlar aholisi
tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar asosiy o‘rin tutgan. Iloq (Yaylov) nomi bilan atalgan bu
hudud dagi hosildor yerlar va suv manbalarining yetarli ekanligi oziq-ovqat va boshqa qishloq
xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda katta yutuqlar qo‘lgakiritilishiga olib kelgan. Bu voha
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini (chorva mollari, don mahsulotlari va quruq mevalar) chetga ham
chiqargani ma’lum.
Xulosa o’rnida O‘zbekistonda, xususan Toshkent vohasida, konchilik ishlab chiqarishining
shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini yaxlit ilmiy mavzu sifatida o‘rganilgan ilmiy tadqiqot
zamonaviy tarixshunoslikda hozirgacha yoritilmagan.
19
Ангрен шаҳригача бўлган ҳудудда топилган бу қўрғонлар диаметри 5-10 м.ни, баландлиги 0,5-1,5 м.ни ташкил
этади.
