`
87
NEVROLOGIK VA RUHIY KASALLIKLARNI DAVOLASHDA ZAMONAVIY
KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARNING O’RNI VA ISTIQBOLLI USULLARI
Atahanov Sanjarbek Anvarovich
Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Biotibbiyot muhandisligi,
biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti
Rasulova Farzona Gʻayratjon qizi
Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti,
Pediatriya fakulteti 1 - kurs talabasi,
O`zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.15210745
Annotatsiya.
Nevrologik va ruhiy kasalliklarni davolashning istiqbolli usullari zamonaviy
tibbiyotda jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada
zamonaviy kompyuter texnologiyalari orqali o‘smirlarda nevrologik va ruhiy kasalliklarni
aniqlash, to‘g‘ri tashxis qo‘yish hamda davolashda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
orqali shifokorlarga qulayliklar yaratish va buning istiqbollari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
MRT, autizm, EEG, epilepsiya, parkinson sindromi, kompyuter
tomografiyasi.
Kirish.
Hozirgi kunda o‘smirlar va bolalarda nevrolik kasalliklarni aniqlash va davolash
uchun ko‘plab istiqbolli usullardan foydalanamiz. Nevrologik va ruhiy kasalliklarni
davolashning istiqboli usullari sohasida so‘ngi yillarda katta yutuqlar kuzatilmoqda.
Neyrobiologiya, pisixiatriya va nevrologiya sohalaridagi yangiliklar, ilg‘or tadqiqotlar va
texnologiyalar kasalliklarni aniqlash va davolashda yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Bu
usullardan foydalanish aholi va shifokorlar uchun juda qo‘l kelmoqda. Bungi kunda tibbiyot
olamida nevrologik kasalliklarda aniqroq tashxis qoʻyish va muayyan davolash qanchalik
samarali ekanligini tekshirish uchun kuchli va aniq vositalardan foydalaniladi .Bugunga kelib
oʻsmirlar va bolalar orasida nevrologik kasalliklar juda koʻp uchramoqda. Bu kasalliklarni
davolashda va reabilitatsiya jarayonlarini yaxshilashda zamonaviy kompyuter
texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Deyarli chekka hududlardagi shifoxonalarni ham eng
soʻnggi rusumdagi boʻlmasada, kompyuter texnologiyalar bilan jihozlashga harakat
qilinmoqda. Chunki hozirgi oʻsmirlar orasida juda koʻp nerv kasalliklari uchramoqda.
Asosiy qism:
Hozirgi kunda oʻsmirlar nevrologik kasalliklarni davolashda foydalaniladigan
texnologiyalarga quyidagicha misollar keltirish mumkin:
MRT (magnit - rezonas tomografiya) apparati juda muhim hisoblanadi. U miya
tuzilishini juda batafsil koʻrsatib beradi va bu shifokorlarga turli xildagi kasalliklarga aniq
tashxis qoʻyish va davolashda yordam beradi. Shifokorlar MRT orqali oʻsmirlardagi miya shishi,
qon tomir kasalliklari, miya yalligʻlanishlari miya qobigʻidagi turli nevrologik kasalliklarni
aniqlaydilar. Bunday tashqari MRT orqali kasalliklarni ogʻirlik darajasini aniqlash va davolash
samaradorligini ham kuzatish mumkin boʻladi. Davolash usulini tanlashda ham MRT muhim rol
oʻynaydi. Masalan, agar miya shishi aniqlansa, MRT uning joylashuvini va hajmini aniqlashga
yordam beradi. Bu esa jarrohlik amaliyoti yoki radiatsiya terapiyasi kabi davolash usullarini
tanlashga imkon yaratadi. Shuni ta'kidlash kerakki, MRT xavfsiz va ogʻriqsiz tekshirish usuli
hisoblanadi. Biroq, ba'zi hollarda, masalan, metall implantlar mavjud boʻlsa, MRTini amalga
`
88
oshirish mumkin emas. Hozirgi kunda oʻsmirlar orasida oʻsma kasalliklari koʻp uchramoqda.
MRT esa bu kasalliklarga aniq tashxis qoʻyishda va davolash rejasini tuzishda yordam beradi.
Oʻsmirlardagi nevrologik kasalliklarni aniqlashda EEG(elektroensefalogiya) dan
foydalaniladi. EEG asosan, miya faoliyatini oʻlchash uchun ishlatiladi. Bu miya toʻlqinlarini tahlil
qilish orqali epilepsiya, uyqu buzilishi, migren va boshqa nevrologik kasalliklarni aniqlashga
yordam beradi. U miyaning turli qismlaridan kelib chiqadigan elektr signallarni yozib olish
orqali amalga oshiradi. Bu signallar miyaning turli holatlarini, masalan, uyqu, uygʻonish,
konsentratsiyasi va boshqalarni aks ettiradi. Bundan tashqari EEG epilepsiya xurujlarini
aniqlashda juda samarali vosita hisoblanadi. U miyaning gʻayritabiiy elektr faoliyatini
aniqlashga yordam beradi, bu epilepsiya xurujlarining sababi boʻlishi mumkin. Bundan tashqari
EEG boshqa nevrologik kasalliklarni, masalan, miya shishi, ensefalit, meningit va boshqalarni
aniqlashga yordam beradi. Bu kasallik miyaning elektr faoliyatidagi oʻzgarishlarni keltirib
chiqarishi mumkin va buni EEG orqali aniqlash mumkin. EEG tekshirish jarayonida bemorga
hech qanday ogʻriq yoki zarar yetkazmaydi. Bundan tashqari EEG tekshiruvi boshqa tasvirlash
usullariga qaraganda arzonroq tushadi. EEG tekshiruvi tez va oson amalga oshiriladi. Hozirgi
kunda bemorlarda koma holatidagi miyaning ish faoliyatini baholashda ham ishlatish mumkin.
EEG tekshirish jarayonining tez va oson amalga oshirilishi bu holatda qoʻl kelmoqda.
Oʻsmirlarda bosh ogʻrigʻi keng tarqalgan muammo. Ba'zi bosh turlari miyaning gʻayritabiiy
elektr faoliyati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. EEG tekshirish usuli esa bunda juda qoʻl keladi.
Xullas oʻsmirlarda uchraydigan nevrologik buzilishlarda EEGning ahamiyati katta.
TMS (transkranial magnit stimulyatsiya) bu miya faoliyatini oʻzgartirish uchun
ishlatiladi. Qisqacha qilib aytganda u miyaning ma'lum qismlarini ragʻbatlantirish uchun
ishlatiladi. Bu degani, depressiya, xavotir, obsesif-komelsiv buzilish va boshqa nevrologik
kasalliklarni davolashda qoʻllaniladigan. TMS oʻsmirlardagi nevrologik kasalliklarni aniqlashda
hali ham yangi texnologiya hisoblanadi va keng qoʻllanilmaydi. Ammo depressiya jarayonida
dori-darmonlarga javob bermaydigan depressiyion holatlarini davolash samarali boʻlishi
mumkin. Bundan tashqari migren, oksidativ stress kabi kasalliklarni keltirib chiqaradigan
salbiy taʼsirlarni kamaytiradi. TMS noinvaziz usul ya'ni xavfsiz va ogʻriqsiz usul hisoblanadi.
Uning boshqa dori - darmonlarga qaraganda yon taʼsiri kamroq. TMSining ta'siri tezroq
koʻrinishi mumkin, ba'zida bemorlar bir necha hafta ichida yaxshilanishi kuzatiladi. Bundan
tashqari TMS dori - darmonlarga alternativ boʻlishi mumkin, ayniqsa, dori - darmonlarga javob
bermaydigan bemorlar uchun.
TMS miya faoliyatini oʻzgartirishga yordam beradi, bu esa oʻsmirlardagi nevrologik
kasalliklarni davolashda muhim rol oʻynaydi. Ammo, oʻsmirlarda TMSini qoʻllashda bir nechta
kamchiliklar ham mavjud. Misol uchun,TMSNning uzoq muddatli ta'sirihali toʻliq
oʻrganilmagan. TMS barcha be'morlarga birdek mos kelmaydi, ayniqsa, oʻsmirlarga . Bundan
tashqari TMS boshqa dori - darmonlarga qaraganda nisbatan qimmatroq tushishi mumkin.
Oʻsmirlarda TMSini qoʻllashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish juda muhim hisoblanadi.
TMS hozirgi kunda juda foydali texnologiyalar qatoriga kiradi deb oʻylayman. Chunki ayni
paytda ya'ni hozirgi texnika asrida oʻsmirlar vertual hayot bilan yashamoqda. Bu esa
oʻsmirlardagi depressiya xavotir kabi holatlarni keltirib chiqarmoqda .
Hozirgi vaqtda tibbiyotning nevrologiya sohasi qoʻllanilayotgan zamonaviy kompyuter
texnologiyalarga kompyuterlashgan tomografiya (KT) ni olishimiz mumkin. KT juda keng
`
89
qoʻllaniladigan texnologiya . U miya va boshqa organlarning tasvirlarini olish imkonini beradi
va bu shifokorlarga oʻsmirlardagi nevrologik kasalliklar haqida aniq maʼlumot olishga yordam
beradi. KT texnologiyasi doimiy ravishda rivojlanib bormoqda va bu sohada juda koʻp
yangiliklar paydo boʻlmoqda . Hozirgi vaqtda KT sohasida quyidagicha yangiliklar sodir
boʻlmoqda:
Yangi avlod skanerlari:
Yuqori aniqlikdagi tasvirlar, yangi KT skanerlari yuqori aniqlikdagi tasvirlarni olish
imkonini beradi, bu esa shifokorlarga kichik oʻzgarishlarni ham aniqlashga yordam beradi.
Kamroq radiatsiya, yangi skanerlar kamroq radiatsiya ishlatadi , bu esa bemorlar uchun xavfni
kamaytiradi.Tezroq skanerlash, yangi skanerlar tezroq skanerlash imkonini beradi va bu
bemorlar uchun qulaylik yaratadi. Onkologiya, KT saraton kasalligini aniqlash va davolash
samaradorligini kuzatishda keng qoʻllaniladi. Yurak - qon tomir kasallklari, KT yurak
xastaliklari qon tomirlarining torayishi va boshqa yurak - qon tomir kasalliklarini aniqlashda
yordam beradi. Neyroxirurgiya, KT miya shishi, qon tomirlarining shikastlanishi va boshqa
nevrologik kasalliklarni aniqlashda muhim rol oʻynaydi. Ortopediya, suyaklarning singan
joylari, artroz va boshqa suyak - mushak tizimi kasalliklarini aniqlashda foydalaniladi. Xulosa
qilib aytganda KT oʻsmirlardagi nevrologik kasalliklarni davolashda muhim rol oʻynaydi. Ular
tez va aniq tashxis qoʻyish, davolash rejasini tuzish, davolash samaradorligini kuzatish va
jarrohlik amaliyotini rejalashtirishda yordam beradi. Biroq KT radiatsiya taʼsiriga ega
ekanligini esda tutish kerak.
MEG (Magnetoensefalografiya) texnologiyasi ham juda keng qoʻllaniladigan
texnologiyalar sirasiga kiradi. MEG bu miyaning elektr faoliyatini oʻlchash uchun ishlatiladigan
texnologiyalar sirasiga kiradi. Lekin, EEG ga qaraganda aniqroq. U miya tomonidan ishlab
chiqariladigan juda zaif magnit maydonlarni aniqlaydi. Bu maydonlar miya hujayralarining
elektr faoliyati natijasida hosil boʻladi. Bu texnologiya orqali juda koʻp kasalliklar aniqlangan .
Masalan, autizm kasalligi. Autizm, bu kasallik oʻsmirlardagi murakkab va koʻp qirrali holat
boʻlib, ijtimoiy aloqa, muloqot va qiziqishlarni cheklash bilan tavsiflanadi .
MEG haqida gap ketganda, uning autizmni aniqlashdagi ahamiyati bilan bir qatorda,
oʻsmirlarning miya faoliyatini oʻrganishda ham katta ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlash
kerak. MEG orqali miya rivojlanishini kuzatish mumkin. Bu, ayniqsa, autizmli oʻsmirlarning
miya rivojlanishi normal oʻsmirlar bilan solishtirishda juda muhimdir. Yana oʻrganish va xotira
jarayonlarini aniqlash mumkin. Bu, oʻsmirlarning maʼlumotni qanday qabul qilishi, qayta
ishlashi va eslab qolishi haqida maʼlumot beradi. MEG ijtimoiy va hissiy jarayonlarni
oʻrganishga ham yordam beradi . Yuqorida aytib oʻtganimizdek, autizmga chalingan oʻsmirlarda
ijtimoiy aloqa va hissiy jarayonlarida buzilishlar boʻladi. MEG esa bu buzilishlarni aniqlash
imkoniyatini beradi, oʻsmirlarning boshqalar bilan qanday aloqa oʻrnatishi, his-tuygʻularni
qanday tushunishi va qanday javob berishi haqida maʼlumot beradi. Umuman olganda MEG
oʻsmirlarning miya faoliyatini oʻrganish uchun juda qimmatli vositadir. U autizmni aniqlashdan
tashqari, oʻsmirlarning miya rivojlanishini oʻrganish va xotira jarayonlarini, ijtimoiy va hissiy
jarayonlarini oʻrganishga imkon beradi. Bu esa, oʻsmirlarning miya faoliyati va xulq-atvori
haqida chuqurroq tushunchaga ega boʻlishga yordam beradi.
MEG ning afzalliklari:
`
90
Yuqori vaqt aniqligi: MEG miya faoliyatini millisekundlarda oʻlchaydi, bu esa miya
faoliyatidagi tez oʻzgarishlarni kuzatishga imkon beradi. Noinnvaziv: MEG miyaning ichiga hech
qanday narsa kirishni talab qilmaydi. Bu esa uni xavfsiz va ogʻriqsiz usul qiladi. Yuqori fazoviy
aniqlik: MEG yordamida miyaning turli qismlaridan kelib chiqqan signallarni ajratish mumkin,
bu esa miyaning faoliyatini batafsil oʻrganishga imkon beradi. MEG ning kamchiliklari ,Yuqori
narx: MEG tizimlari juda qimmatga tushadi, bu esa uni keng tarqalgan usul
qilmaydi.Cheklangan fazoviy aniqlik: MEG yordamida miyaning chuqur qismlaridagi faoliyatini
oʻlchash qiyin. Shovqinlarga sezgirlik: MEG tizimlari tashqi shovqinlarga juda sezgir , bu esa
oʻlchovlarning aniqligini pasaytirishi mumkin. MEG miya rivojlanishini kuzatish va boshqa
koʻplab tadqiqot sohalarida foydali hisoblanadi . Xulosa qilib aytadigan boʻlsak MEG ham
hozirgi kundagi zamonaviy kompyuter texnologiyalarning foydalilari qaroriga kiradi . Va
oʻsmirlardagi nevrologik kasalliklarni davolashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Yana bir
hozirgi kundagi zamonaviy kompyuter texnologiyalariga DBS (chuqur miya stimulyatsiya )
ham kiradi . Bu texnologiyada miya faoliyatini oʻzgartirish uchun elektrodlarni miyaning
ma'lum joylariga joylashtiradi. Bu texnologiya oʻsmirlardagi nevrologik kasalliklarni
aniqlashda muhim rol oʻynaydi. DBS metodining oʻsmirlardagi nevrologik kasalliklarni
aniqlashdagi ahamiyati quyidagilardan iborat.Harakatlarni nazorat qilishni yaxshilash : DBS ,
odatda, Parkinson kasallikligi yoki boshqa miya faoliyatini buzadigan kasalliklarda harakatlarni
boshqarishda muhim rol oʻynaydi . Oʻsmirlarda bu usul, kasalliklarning dastlabki bosqichlarida
samarali boʻlishi mumkin.Terapevtik taʼsir: DBS miyaga elektr impulslarini yuborib , neyronal
faoliyatni normal holatga keltirish mumkin. Bu usul oʻsmirlardagi kasalliklarni davolashda,
ayniqsa , dorilar bilan davolash samarali boʻlmagan hollarda foydali boʻladi. Davolanishda yangi
imkoniyatlar: oʻsmirlarda turli nevrologik kasalliklar uchun DBS ning samarali qoʻllanishi
ularning sifatli hayotini yaxshilashga yordam beradi , xususan , agar boshqa davolash usullari
yetarli boʻlmasa. Minimal invaziv usul : DBS jarrohlik operatsiyasi minimal invaziv boʻlib bemor
tezroq tiklanishi mumkin , bu oʻsmirlar uchun ayniqsa qulay .
Shu bilan birga, DBS ning oʻsmirlarda qoʻllanishi murakkab va ehtiyotkorlik talab qiladi.
Chunki oʻsmirlar hali rivojlanlanayotgan organizmga ega va miyadagi oʻzgarishlar kutilgandan
farq qilishi mumkin. Shuningdek, operatsiya va davolanish jarayonida psixologik va jismoniy
taʼsirlarni inobatga olish zarur. Nevrologik va ruhiy kasalliklarni davolashning isriqbolli
usullari yanada keng imkoniyatlar yaratmoqda. O‘smirlarda nevrologik kasalliklarning erta
bosqichida aniqlanishi muhum, chunki bu davolashning samaradorligini oshiradi.
Xulosa:
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, nevrologik va ruhiy kasalliklarni davolashning istiqbolli
usullari o‘smirlardagi nevrologik kasalliklarni aniqlash , davolash va reabilitatsiya qilishda
samarali vosita boʻlib , tibbiyot sohasida katta oʻzgarishlarga olib kelmoqda . Ularning
imkoniyatlari toʻgʻri qoʻllanilsa , kasalliklarning oldini olishda va bemorlar hayot sifatini
yaxshilashda muhim rol oʻynaydi. Oʻsmirlarda nevrologik kasalliklarni davolashda va
aniqlashda zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash haqida oʻylab qolsam , bir tomondan bu juda
katta umid baxsh etadi . Chunki , bu texnologiyalar oʻsmirlarning miyasini batafsil oʻrganish ,
kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash usullarini ishlab chiqishga imkon beradi . Bu
ularning hayot sifatini yaxshilashga va kelajakda sogʻlom hayot kechirishiga yordam beradi.
Lekin, boshqa tomondan, bu sohada ham baʼzi muammolar mavjud. Masalan, zamonaviy
`
91
kompyuter texnologiyalari juda qimmatga tushishi mumkin , bu esa ularni hamma uchun
mavjud qilmaydi . Bundan tashqari, bu texnologiyalarni qoʻllashda etik jihatlarni ham hisobga
olish kerak . Masalan, oʻsmirlarning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilish va ularning shaxsini
himoya qilish muhimdir. Oʻsmirlarda nevrologik kasalliklarni davolashda va aniqlashda
zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qoʻllashda, mening fikrimcha, eng muhim jihatlardan
biri bu texnologiyalarni oʻsmirlarga moslashtirishdir. Oʻsmirlar kattalarga qaraganda
boshqacha tarzda oʻrganishadi va oʻzlarini ifoda etishadi. Shuning uchun, nevrologik
kasalliklarni davolash va aniqlash uchun moʻljallangan texnologiyalar oʻsmirlarning oʻziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak. Misol uchun, oʻsmirlarga
moslashgantirilgan virtual reallik dasturlari ularga oʻyinli va interaktiv tarzda oʻrganishga
yordam berishi mumkin. Bu ularga nevrologik kasalliklar haqida koʻproq maʼlumot olishga va
davolanish jarayonida faolroq qatnashishga imkon beradi. O‘smirlarda nevrologik va ruhiy
kasalliklarni davolashdan tashqari, ularga nevrologik kasalliklar haqida maʼlumot olishga
yordam beradigan onlayn resurslar mavjud . Bu resurslar oʻsmirlarga oʻzlarining ahvolini
tushunishga , davolanish imkoniyatlari haqida maʼlumot olishga va boshqa oʻsmirlar bilan
bogʻlanishga yordam beradi . Ijtimoiy tarmoqlarda oʻsmirlar nevrologik kasalliklar bilan
kurashuvchi boshqa oʻsmirlar bilan bogʻlanishga va qoʻllab - quvvatlash guruhlariga
qoʻshilishlari mumkin boʻladi. Bu narsa ularga oʻzlarini yolgʻiz his qilmasliklari va boshqalardan
tajriba olishiga yordam beradi.
Mening fikrimcha, zamonaviy kompyuter texnologiyalarining oʻsmirlarda nevrologik
kasalliklarni davolashda va aniqlashdagi oʻrni nihoyatda muhimdir. Bu texnologiyalar sogʻliqni
saqlash sohasida inqilobiy oʻzgarishlarga olib kelmoqda, ayniqsa, oʻsmirlarning nevrologik
kasalliklarini aniqlash va samarali davolash imkoniyatlarini yaratmoqda. Ammo oʻylashimcha
bu texnologiyalar ustida yanada koʻproq izlanishlar olib borilib ularni narxi arzonlashtirishga
harakat qilinishi kerak. Bu orqali bu texnologiyalarni keng tarqatish mumkin. Shundagina
oʻsmirlardagi nevrologik kasalliklar yanada kamaygan boʻlardi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Sanjarbek, A. (2024). TIBBIY TA’LIMDA TALABALARNI BIOLOGIK MASALALARNI
MODELLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI ORQALI TANQIDIY FIKRLARNI RIVOJLANTIRISH
TEXNOLOGIYASI. Miasto Przyszłości, 46, 1192-1195.
2.
Anvarovich, A. S. (2025). The role and importance of modern computer technologies in
the diagnosis and treatment of neurological diseases among adolescents. International Journal
of Medical Sciences And Clinical Research, 5(03), 7-11.
3.
Atakhanov, S., & Yoqubjonova, D. (2025). THE ROLE AND IMPORTANCE OF MODERN
COMPUTER TECHNOLOGIES IN THE DIAGNOSIS AND TREATMENT OF AUTISM IN YOUNG
CHILDREN. Modern Science and Research, 4(2), 1034-1038.
4.
Atahanov, S., & Rasulova, F. (2025). THE ROLE AND FUNCTIONS OF MODERN COMPUTER
TECHNOLOGIES IN THE DIAGNOSIS OF ARTERIAL HYPERTENSION DISEASES. Modern Science
and Research, 4(2), 779-783.
