RAQAMLI IQTISODIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING DOLZARBLIGI

Annotasiya

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanishni muhimligi,global iqtisodiyotdagi o’rni haqida va nojo’ya ta’sirlari va ularni bartaraf etish haqida fikr yuritiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
4-9
57

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Qodirov , F., & Saidova , M. (2024). RAQAMLI IQTISODIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING DOLZARBLIGI. Наука и технология в современном мире, 3(14), 4–9. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/62959
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanishni muhimligi,global iqtisodiyotdagi o’rni haqida va nojo’ya ta’sirlari va ularni bartaraf etish haqida fikr yuritiladi.


background image

`

4

RAQAMLI IQTISODIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISHNING DOLZARBLIGI

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

"Informatika va uni oʻqitish metodikasi" kafedrasi mudiri, ilmiy raxbar

Saidova Mohinur Shodi qizi

Shahrisabz davlat pedagogika institutining MI 1-23-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14500653

Annotatsiya:

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyotda axborot

texnologiyalaridan foydalanishni muhimligi,global iqtisodiyotdagi o’rni haqida va nojo’ya
ta’sirlari va ularni bartaraf etish haqida fikr yuritiladi.

Kalit so’zlar

: Raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, global iqtisodiyot, raqamli

iqtisodiyotning o’sishi, raqobatbardoshligi, texnologik innovatsiyalar va yangi tendensiyalar,
blokchain, bulutli texnologiyalar, sun’iy intellect.

Abstract.

This article discusses the importance of using information technologies in the

digital economy, their role in the global economy, as well as their negative effects and ways to
mitigate them.

Keywords:

digital economy, information technologies, global economy, growth of the

digital economy, competitiveness, technological innovations and new trends, blockchain, cloud
technologies, artificial intelligence.

Kirish

. Raqamli iqtisodiyot yaxlit bir organizm bo’lsa, axborot texnologiyalari ana shu

organizmga hayot bag’ishlovchi yurak hisoblanadi. Axborot texnologiyalari raqamli
iqtisodiyotda muhim ahamiyatga ega va uning asosiy jihatlari:
1.

Raqamli iqtisodiyotning o’sishi deyilganda, jahon iqtisodiyotining rivojlanishi axborot

texnologiyalariga tayanadi.
2.

Ma’lumotlarni tahlil qilish va qaror qabul qilish bu berilgan ma’lumotlarga tayangan holda

iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va tegishli qarorlarni qabul qilish
3.

Raqobatbardoshligini oshirish esa axborot texnologiyalariga tayangan holda

ma’lumotlarni avtomatlashtirish va optimalizatsiya amalga oshadi, kompaniyalar ham
axborot texnologiyalari yordamida o’zining kompaniyasiga tegishli xarajatlarni
optimallashtiradi, maxsulotlarni sifatini yanada yaxshilab bozorga olib chiqadi.

Raqamli iqtisodiyot tushunchasini 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi

Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda,
qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan.

Raqamli iqtisodiyot - xoʻjalik faoliyatlarini yuritish va yoʻlga qoʼyish boʼlib, ishlab

chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi barcha harakatlar raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlardan
iborat boʼladi.Hajm jihatidan katta boʼlgan axborotlarni qayta ishlash va uning natijasini tahlil
qilgan holda yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, saqlash,
mahsulotlarni yetkazib berishga oldingi tizimga nisbatan samaraliroq,foydaliroq boʼlgan yangi
tizimni joriy qilish hisoblanadi.Yoki boshqacharoq talqin qilsak,raqamli iqtisodiyot - onlayn
xizmatlar ko'rsatish, elektron toʼlovlarni bajarish ,onlayn savdolar qilish va boshqa turdagi
sohalarni raqamli texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'liq faoliyat turi.


background image

`

5

Axborot texnologiyalari iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni yanada oshirish, aholining

yashash (turmush) darajasini yaxshilash va ish samaradorligini kuaytirish uchun xizmat
qiladi.Mana shu sabablar bois axborot texnologiyalarining hayotimizdagi o’rni beqiyos va
yildan yilga unga bo’lgan talab va ehtiyoj ortib bormoqda.

Raqamli iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi bu

iqtisodiy o’sish ya’ni rivojlanishga, global miqyosdagi tendensiyalarga bog’liq bo’ladi.

1. Texnologik innovatsiyalar va yangi tendensiyalar:
IoT( Internet of Things) raqamli iqtisodiyotda aqlli qurilmalarning hamda tizimlarning

keng ko’lamdagi qo’llanishi,logistika ,xizmat ko’rsatish kabi sohalarni avtomatlashtirgan holda
ish yuritishi demakdir.

Blokchain bu moliyaviy xizmatlar, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, logistika kabi

sohalarda inqilobiy o’zgarishlarni yuzaga keltirishi

Bulutli texnologiyalar esa kompaniyalarga global miqyosda ishlash va ma’lumotlarni

saqlash, qayta ishlab chiqishn iosonlashtirib xarajatlarni esa kamaytirishga imkon yaratadi.

2.Sun’iy intellekt va avtomatlashtirish. Sun’iy intellekt bu iqtisodiyotning barcha sohalari

,jumladan,qishloq xo’jaligi,sog’liqni saqlash, ishlab chiqarish kabi sohalarda ham qo’llashimiz
mumkin va bu sohalarda ishlash samaradorligini oshiradi.

Avtomatlashtirish bu inson uchun qulaylik yaratish, ya’ni tez-tez va qayta takrorlanuvchi

ishlarni avtomatlashtirgan holda insonning mehnatini samarali ishlarga yo’naltirish demakdir.

3.Raqamli toʼlov tizimlari.
Elektron tijorat Jahondagi mamlakatlarda xalqaro platformalar -Amazon, Alibaba va

mahalliy platformalar -Payme, Click kabi platformalar orqali toʻlovlar amalga oshirish
imkoniyati rivojlanib bormoqda

FinTech: Banklar va moliyaviy institutlar raqamli xizmatlar ko‘rsatishi orqali fuqarolarga

qulayliklar yaratishi va tizimning yanada rivojlantirishi.

4. Raqamli transformatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri
Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish: An’anaviy ishlab chiqarishdan xizmatlar va raqamli

sohalarga o‘tish imkoniyati.

Diversifikatsiya ishlab chiqarishdagi samaradorlikni oshirish,olinayotgan foydani

koʼpaytirish kabi faoliyatlarda qoʼllaniladi.Diversifikatsiya natijasida turli xildagi mahsulotar
ishlab chiqaradigan hamda xizmat koʻrsatish, loyiha va ishlanmalar bilan band boʻlgan keng
tarmoqli lekin texnologik jihatdan bir-biriga bogʻlanmagan majmualar mavjud boʼladi.Kredit
diversifikatsiya koʻrinishi deyilganida, kredit sifatida beriladigan kapital mablagʻlar bilan
bogʻliq xavflarni kamaytirish va foydani koʼpaytirish maqsadida turli xildagi obʼyektlar
orasidagi taqsimlanish jarayoni.Bunday diversifikatsiya tarmoqlararo kapital konsentratsiyasi
jarayoni va korxonalar oʻrtasidagi ichki beqarorlikning kuchayib ketishi bilan bogʻliq boʼladi.

Sarmoyalar jalb qilish: Raqamli iqtisodiyotdagi maʼlum bir sohaga moliyaviy tomondan

qoʻllab quvvatlash hisoblanadi.

Global integratsiya: Axborot texnologiyalari chet el investitsiyalarini jalb qilishda va

xalqaro bozorga chiqishda muhim rol o‘ynaydi.

5. Raqamli xavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish


background image

`

6

Kiberxavfsizlik muammolari: Axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan birga

kiberxurujlar va ma'lumotlar o‘g‘irlanishi xavfi ortishi va bular bilan birgalikda mana shu
muammolarni bartaraf etuvchi texnologiyalarni ishlab chiqarish muhim rol oʻynaydi.

Ma’lumotlarni boshqarish: Katta ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlashda xavfsizlikni

taʼminlab, maxfiylikni kuchaytirish lozim.

6. Raqamli infratuzilmani rivojlantirish
Tezkor internet: Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash uchun yuqori tezlikda ishlaydigan

internet tarmogʻlari muhim.Oʼzbekistondagi eng tezkor internetni aniqlash maqsadida
Speedtest ilovasi joriy etilgan 500 mingdan ortiq test natijalari taqqoslanadi.Natijalar
Ucell'ning ushbu reytingda yetakchi oʻrinni soʻzsiz taʼkidlaydi, deydi kompaniya press-relizida.
Yuqori tezlikdagi 4G LTE tayanch stansiyalarini ishga tushirishga harakat qilinmoqda,
shuningdek ular sifatli ovozli va vedio aloqa hamda internetning ishonchli va xavfsiz boʻlishini
taʼminlaydi.

Jahondagi davlatlarning internet tezligi boʻyicha reytingida WebsiteToolTester

kompaniyasining tuzgan reytingiga koʻra, eng tezkor interga Tayvan, Singapur, Juersi oroli(La-
Mansh boʻgʻozidagi orol), Shvetsiya va Daniya yetakchi oʻrinni egallaydi.Tayvanda internet
orqali 5 gigabaytlik kinoni 8 daqiqa 2 soniyada koʼchiring olish mumkinligini va oʻrtacha
internet tezligi 85megabit/soniyani tashkil qilishini aytdi.

Raqamli platformalar: Mahalliy startaplar va texnoparklarning rivoji raqamli

iqtisodiyotda yangi g‘oyalarni amaliyotga joriy qilish imkonini Raqamli platformalar
maʼlumotlarni tarqatish,qidirish, shartnoma tuzish va monitoring xarajatlar kabi tranzaksiya
xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

7. O‘zbekistonning tajribas GPi va imkoniyatlari
Elektron hukumat: Davlat boshqaruvida raqamli xizmatlar rivojlantirilmoqda Bunga

misol qilib (my.gov.uz) portalassini olishimiz mumkin. Bu portal yagona interaktiv xizmatlar
portali hisoblanadi.Bu portal orqali biz fuqarolar uchun zarur boʻlgan hollarda hujjatlarimizni
yuklab olishimiz, kerak vaqtida online arizalar topshirishimiz ham mumkin.my.gov.uz adliya,
fuqarolik,oila va bolalar kabi boʻlimlarga boʼlingan va biz bu boʻlimlar orqali fuqarolarga
huquqiy jihatdan yordam ham beriladi.

Raqamli loyihalar: Innovatsion rivojlanish vazirligi va IT Park singari muassasalar orqali

axborot texnologiyalari rivojlantirilyapti.

Startaplar uchun imkoniyatlar: Yoshlar uchun raqamli texnologiyalarni o‘rganish

dasturlari joriy etilmoqda.

Startap – (startap kompaniya) yangi yoʻnalishdagi mahsulotlar yoki xizmat koʻrsatish

orqali foyda koʻrishni koʻzlagan kompaniyalar.

Startaplar innovatsiyalar yordamida yangi loyihalar tuzadi yoki tayyorlanayotgan

mahsulotlarning kamchiligini oʻrganib chiqib, ularni bartaraf qiladi.

Plastik kartochkalar ham raqamli iqtisodiyotga taalluqli boʼlib, ular orqali pullarni

ayirboshlash, kartada kartaga oʼtkazish, elektron toʻlovlar amalga oshirish imkoniyati ham
mavjud. Bank tizimining barqaror ishlashi ish oqimini tezlashtirish va moliyaviy
yo'qotishlarni kamaytirish imkonini beradi. Plastik kartalarni banklardan ochirish mumkin.
Hozirgi kunda plastik kattalarga boʼlgan ehtiyojlar ortib bormoqda va bunga sabab raqamli
iqtisodiyotga bosqichma-bosqich kirib borilayotgani va uydan chiqmasdan elektron toʻlovlar


background image

`

7

amalga oshirish imkoniyati,pullarni hamyonlarda olib yurmasdan kartalar orqali yechib olish
imkoniyatiga egaligi,qulayligi hisoblanadi. Bundan tashqari pullarini yoʻqotib qoʻyish yoki
oʼgʻirlatib qoʼyish holati bartaraf qilinadi. Plastik kattalarga parollar oʼrnatish telefonga sms
xizmatini ulash va sarflanayotgan moliyaviy mablagʻlarni nazorat qilish imkoniyatiyati mavjud.
Elektron hamyonlar ham mavjud va bu hamyonlar hisob deb ham yuritiladi. Elektron hamyonni
tarmoqdagi to'lovlar uchun ham, boshqa foydalanuvchilarning pul mablag'larini olish uchun
ham ishlatishingiz mumkin.Elektron hisoblar orqali kreditlar olish ham mumkin.

Elektron to'lov tizimlarisiz, SMS kreditlari yoki boshqa onlayn kreditlardan foydalanib

bo'lmaydi. Ro'yxatdan o'tish va foydalanish jarayoni juda oddiy bo'lgani sababli, elektron to'lov
tizimlarini xavfsiz mahsulotlar deb hisoblash qiyin - hisob raqami va parolni bilish orqali
hisoblaridagi pul mablagʻlarini osonlikcha yechib olish va onlayn mikroqarzlar olib ishlatishlari
ham mumkin.

Xulosa qilib aytganimizda, raqamli iqtisodiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarida

keng qoʻllaniladi va bosqichma-bosqich raqamli iqtisodiyotga oʼtish jarayoni davom etib
kelmoqda .Xoʻjalik sohalarida keng qoʻllanishi ham muhim,yaʼni bizning har bir kunimiz
raqamli iqtisodiyotga boʼgʻliq ekanligini anglab olganmiz.Misol tariqasida, biror narsa sotib
olsak, elektron toʼlov tizimlaridan foydalamiz.Yoki, uy sotib olmoqchimiz bizga mikroqarz
kerak boʼlib qoldi, elektron hamyonlarimizga pul mablagʻlarini tashlab berishadi va biz ularni
xohlagan vaqtimizda ularni yechib olishimiz va ogʻzimizga yangi uy sotib olishimiz mumkin.
Yana masalan, chirogʻimiz oʼchib qoldi,demak,kommunal toʼlov qilishimiz kerak,buning uchun
elektr -energiya markazlariga borib navbat kutib,keyin,toʼlovlarni amalga oshirishimiz
mumkin.Lekin uning oson yogʻli ham mavjud,hozir buni hamma biladi,yaʼni plastik kartalarimiz
telefoningizga ulangan,va mobil banklarni ilovalari bizda mavjud.Biz albatta,ular orqali
kommunal toʼlovlar boʻlimiga kirib,bu amaliyotni bajarishimiz mumkin.Bu ishlarni bajarish
bizga qiyinchilik tugʻdirmaydi,lekin noqulay tomonlari ham mavjud,bitta raqamga barcha
plastik kartalarimizni ulasak va telefonimizni yoʻqotib qoʼysak va telefoningizga kod qoʼymagan
boʻlsak yoki kod qoʼysak ham ochish yoʻllari mavjud.Telefonimizni topib olganlar barcha
kartalarimizdagi pullarni yechib olishlari mavjud.Yoki plastik kartasimizni yoʻqotib qoʼysak va
uni biron kishi topib olsa,keyin,savdo doʻkonlariga borib narsalar harid qilishi va plastik
kartalarimiz orqali toʼlovlarni amalga oshirishi mumkin.Negaki,hozirgi kunda harid qilgan
narsalarimiz uchun toʻlovni amalga oshirish jarayonida pin-kod talab qilinmaydi. Mana shu
jihatdan noqulaylik qilishi mumkin.

Hozirgi kunda hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilishimiz qiyinlashib

ketmoqda. Endi bunga ham misol keltiraman.Biz zerikib qoldikmi birdaniga xohlaymizmi yoki
yoʼq telefonimizga qarab,internetni qoʻshamiz va ijtimoiy tarmoqlarga kiramiz.Nega?Chunki,
ijtimoiy tarmoqlardagi har xil videolar,postlar bizni qiziqtira oladi.Lekin hozirgi kunda koʻproq
kutubxonalarga borib kitob oʼqish emas,bizni telefondagi har xil oʻyinlar,koʻngilochar vediolar
soatlab vaqtimizni oʼgʻirlamoqda. Umrimiz qanday oʼtib ketayotganini his qilmay
qoʼymoqdamiz.Kitob oʻqimoqchi boʻlsak ham internetni qoʻshamiz va tarmoqlardan kitoblarni
yuklab olamiz ,yoki audio holatidagi kitoblarni yuklab olamiz va quloqchinlar orqali ularni
tinglab yuramiz.Demak,hayotimiz internetsiz mavjud emasmi?Mavjud.Internet tarmoqlarini
yomon taʼsirlari ham mavjud,bular:koʼp telefondan vediolarni tomosha qilsak yoki oʻyinlarni
yuklab olib oʼynasak koʻzimizni koʻrish darajasi susayadi;quloqchinlar orqali musiqalar yoki


background image

`

8

audio xabarlarni eshitsak,eshitish darajamiz susayib boraveradi va eng asosiysi vaqtni
oʼgʻirlaydi.Lekin, yaxshi tomonlari ham mavjud.Bular kutubxonalarga borsak-u bizga kerak
kitobni barchasini boshqa kitobxonlar oʼqiyotgan boʻlsalar,biz internetdan yuklab olamiz.
Toʼlovlarni amalga oshirishda va kerakli axborotlarni topishda va boshqa holatlarda ham kerak.
Lekin, biz axborot texnologiyalarini hayotimizga kerak emas ham deya olmaymiz, shuning
uchun "tangani ikki tomoni mavjud" deganlaridek, oʼz oʼrniga va kerakli paytlarda
foydalanishimiz lozim. Demak, raqamli iqtisodiyotda axborot texnologiyalardan foydalanish
dolzarb ekan!

References:

1.

Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA

MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024):
234-238.
2.

Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy

metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim
samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).
3.

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI

QO‘LLASH."

PEDAGOGS

50.2 (2024): 51-55.

4.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH

TA’LIMDA

AXBOROT

TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

USULLARI

VA

AFZALLIKLARI."

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и

практические исследования

3.10 (2024): 39-41.

5.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL

IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH
MEXANIZMLARI."

Models and methods in modern science

3.5 (2024): 44-49.

6.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA TARMOQ

QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING O’RNI."

Science and

innovation in the education system

3.5 (2024): 50-60.

7.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan

foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995.
2023/5/15
8.

F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik

modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.
9.

F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb

academic papers collection. 2023/1/1.
10.

Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси

ҳолатини башоратлаш."

Сервис” илмий-амалий журнал

(2022): 56-59.

11.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF

MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION."

Berlin Studies Transnational

Journal of Science and Humanities

2.1.1 Economical sciences (2022).

12.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE

HELP

OF

SOFTWARE

PACKAGES

FOR

MEDICAL

SERVICES

IN

THE

REGIONS."

Conferencea

(2022): 128-130.


background image

`

9

13.

Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-

КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ

ШАРОИТИДА

ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР
ТУПЛАМИ (2019).
14.

Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic

papers collection (2019).
15.

Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX

STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ

ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман
МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).
16.

Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-

КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ

РИВОЖЛАНИШ

ИСТИҚБОЛЛАРИ

мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).

Bibliografik manbalar

Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024): 234-238.

Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH." PEDAGOGS 50.2 (2024): 51-55.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AFZALLIKLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 3.10 (2024): 39-41.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Models and methods in modern science 3.5 (2024): 44-49.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING O’RNI." Science and innovation in the education system 3.5 (2024): 50-60.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995. 2023/5/15

F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.

F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb academic papers collection. 2023/1/1.

Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси ҳолатини башоратлаш." Сервис” илмий-амалий журнал (2022): 56-59.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION." Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities 2.1.1 Economical sciences (2022).

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE HELP OF SOFTWARE PACKAGES FOR MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS." Conferencea (2022): 128-130.

Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).

Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic papers collection (2019).

Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).

Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).