VPN TEXNOLOGIYASI VA UNING ISHLASH TAMOYILLARI

Abstract

Bu maqolada VPN (Virtual Private Network) texnologiyasining printsiplari va ishlashi haqida so'z yuritiladi. VPN foydalanuvchi internetdagi xavfsizlik va anonim tarzda ishlashni ta'minlashda muhim vosita. Maqolada VPNning qo'llab-quvvatlashni, xavfsizlikni saqlashni, geografik xatolarni keltirib o’tilgan. VPN texnologiyasining foydalanish huquqini ta'minlashdagi o'rni haqida ham keltirib o’tilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
118-124
87

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Qodirov , F. ., & Maxsadova , O. . (2025). VPN TEXNOLOGIYASI VA UNING ISHLASH TAMOYILLARI. Science and Technology in the Modern World, 4(5), 118–124. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/76089
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Bu maqolada VPN (Virtual Private Network) texnologiyasining printsiplari va ishlashi haqida so'z yuritiladi. VPN foydalanuvchi internetdagi xavfsizlik va anonim tarzda ishlashni ta'minlashda muhim vosita. Maqolada VPNning qo'llab-quvvatlashni, xavfsizlikni saqlashni, geografik xatolarni keltirib o’tilgan. VPN texnologiyasining foydalanish huquqini ta'minlashdagi o'rni haqida ham keltirib o’tilgan.


background image

`

118

VPN TEXNOLOGIYASI VA UNING ISHLASH TAMOYILLARI

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li

Matematika va ta’limda axborot texnologiyasi kafedrasi mudiri, Ilmiy rahbar

Maxsadova Ozoda Erali qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti matematika va informatika yo’nalishi

2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15117544

Annotatsiya:

Bu maqolada VPN (Virtual Private Network) texnologiyasining printsiplari

va ishlashi haqida so'z yuritiladi. VPN foydalanuvchi internetdagi xavfsizlik va anonim tarzda
ishlashni ta'minlashda muhim vosita. Maqolada VPNning qo'llab-quvvatlashni, xavfsizlikni
saqlashni, geografik xatolarni keltirib o’tilgan. VPN texnologiyasining foydalanish huquqini
ta'minlashdagi o'rni haqida ham keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

OpenVPN, PPTP, WireGuad, Encyption, IKEv, VPN, LTP.

Kirish.

Zamonaviy dunyo internet muhitida axborot xavfsizligi va maxfiyligi tobora

dolzarb masalaga aylanmoqda. Foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish,
internetga erkin kirish va cheklovlarni chetlab o‘tish uchun turli texnologiyalardan
foydalanishadi. Virtual Shaxsiy Tarmoq (VPN – Virtual Private Network) hisoblanadi. VPN
texnologiyasi foydalanuvchining internetga ulanayotgan ma’lumotlarini shifrlab, uni maxfiy
va xavfsiz holda uzatishga imkon beradi. Ushbu texnologiya orqali foydalanuvchi o‘zining
haqiqiy IP-manzilini yashirish va boshqa mamlakatlardagi serverlar orqali internetga ulanish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa nafaqat internetda shaxsiy hayotni himoya qilishga, balki
ochiq Wi-Fi tarmoqlari orqali ulanishda ma’lumotlarning o‘g‘irlanishining oldini olishga ham
yordam beradi. VPN texnologiyasining ishlash tamoyillari, uning asosiy turlari va
foydalanuvchilarga taqdim etadigan afzalliklari haqida batafsil ma’lumot beriladi. VPN
(Virtual Private Network) – bu internet orqali shifrlangan va xavfsiz aloqa kanalini
ta’minlaydigan texnologiya bo‘lib, u foydalanuvchilarga shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish,
geo-cheklovlarni aylanib o‘tish va anonimlikni ta’minlash imkonini beradi. VPN yordamida
foydalanuvchining internetga kirish faoliyati shifrlanadi va maxsus serverlar orqali
yo‘naltiriladi, bu esa uning haqiqiy IP-manzilini yashirish imkonini beradi. Trafikni shifrlash –
VPN foydalanuvchining qurilmasidan internetga yuborilayotgan ma’lumotlarni shifrlaydi, bu
esa ma’lumotlarni uchinchi shaxslar tomonidan kuzatilishining oldini oladi. Trafikni
yo‘naltirish – Ma’lumotlar VPN serveri orqali yo‘naltiriladi, bu esa foydalanuvchining haqiqiy
IP-manzilini yashirish va boshqa mamlakatdagi server orqali ulanishni ta’minlaydi. Internetga
kirish – VPN orqali foydalanuvchi o‘z manzilini yashirib, internetga boshqa joylashuvdan
kirayotgan kabi ko‘rinadi. Bu esa geo-cheklovlarni aylanib o‘tishga imkon beradi.

Ulanish protokoliga ko‘ra VPN texnologiyasining bir nechta asosiy turlari:

PPTP (Point-to-Point Tunneling Protocol) – eski, ammo hali ham ishlatiladigan protokol.

Tez ishlaydi, ammo xavfsizlik darajasi juda past.

L2TP/IPSec (Layer 2 Tunneling Protocol) – PPTP ga qaraganda xavfsizroq, lekin tezligi

nisbatan pastroq bo‘lishi mumkin.

OpenVPN – eng mashhur va xavfsiz protokollardan biri bo‘lib, ochiq kodli va turli

qurilmalarda ishlaydi.


background image

`

119

WireGuard – yangi va tez ishlovchi protokol bo‘lib, sodda tuzilishga va yuqori xavfsizlik

darajasiga ega.
VPN texnologiyasining foydalanish turlariga ko’ra turlari:

Shaxsiy (Personal) VPN – oddiy foydalanuvchilar tomonidan xavfsizlik va maxfiylikni

ta’minlash uchun ishlatiladi.

Korporativ (Business) VPN – kompaniyalar xodimlariga masofadan xavfsiz ulanishni

ta’minlash uchun qo‘llaniladi.

Bepul va pullik VPN xizmatlari – bepul VPN’lar cheklangan tezlik va xavfsizlikka ega

bo‘lsa, pullik xizmatlar yaxshiroq himoya va tezlikni ta’minlaydi.

VPN’ning afzalliklari:
1. Maxfiylik va xavfsizlik – internet trafigini shifrlaydi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya

qiladi.

2. Geo-cheklovlarni aylanib o‘tish – YouTube, Netflix, va boshqa geo-bloklangan

xizmatlarga kirish imkonini beradi.

3. Jamoat Wi-Fi xavfsizligi – ochiq Wi-Fi tarmoqlarida ma’lumotlarning o‘g‘irlanishidan

himoya qiladi.

4. Internet provayder nazoratidan qochish – internet faoliyatining kuzatilishining oldini

oladi.

VPN texnologiyasining kamchiliklari haqida gapiradigan bo’lsak Internet tezligining

pasayishi – ma’lumotlar shifrlangan va server orqali yo‘naltirilgani uchun tezlik pasayishi
mumkin.Ishonchsiz VPN xizmatlari – ayrim bepul VPN’lar foydalanuvchilarning
ma’lumotlarini saqlab, uchinchi tomonlarga sotishi mumkin.Ba’zi xizmatlar tomonidan
bloklanishi – ayrim veb-saytlar va ilovalar (masalan, Netflix) VPN foydalanuvchilarini
bloklashi mumkin.

Shaxsiy VPN (Virtual Private Network) — bu foydalanuvchining internetga xavfsiz va

anonim ulanishi uchun maxsus VPN ruxsatidir. Shaxsiy VPN foydalanuvchi foydalanuvchining
o'z himoyasiga ko'ra so'z ya'ni o'zining shaxsiy moslashtirilgan ta'minoti hisoblanadi. Bu
shaxsiy VPN foydalanuvchiga internetda anonimlikni saqlash, ma'lumotlarini shifrlash va
onlayn almashtirishni qayd qiladi. Shaxsiy VPN Ishlash Tamoyillari foydalanuvchining
internet foydalanish umumiy shifrlaydi va IP-manzilini yashiradi. Ammo shaxsiy VPN foydali
afzalligi olinadi, u faqat bitta foydalanuvchi uchun so’z faqat o'sha foydalanuvchi sifatida
saqlanadi. Shaxsiy VPN olingan shaxsiy vositalarni o'z ichiga oladi. Shaxsiy VPN Serverini
Yaratish: VPN serveri yoki foydalanuvchining uyida maxsus serverda o'z nazorati ostida.
Serverga kerakli VPN protokollari (masalan, OpenVPN, WireGuard yoki IKEv2) o'rnatilib,
tarmoq ta'minlanadi.

Korporporatsiyalar — bu katta hajmdagi korxonalar va kompaniyalar tomonidan

yuritilayotgan biznes faoliyati bo'yicha, unda bir nechta bo'limlar, doimiy va keng biznesdagi
mavjud. Korporativ biznesning maqsadi ko'pincha katta foyda, bozorda imkoniyatlarni qo'lga
kiritish, va o'z qobiliyatini global darajada olishdir. Bu biznes turida yuqori boshqaruv,
strategik qaror, va operatsion samaradorlik muhim o'rin tutadi. Korporativ biznesning asosiy
harakatlari: Korporativ biznes ko'plab bo'limlar va yangilanishni o'z ichiga oladi. Bunda
marketing, ishlab chiqarish, moliya, HR (inson resurslari), logistika, sotuvlar va boshqa


background image

`

120

bo'limlar mavjud. Har bir'lim o'zidan foydalanishni, lekin umumiy foydalanish uchun ular'zaro
mumkin bo'lishi mumkin.

Adabiyotlar tahlili:

VPN (Virtual Private Network) texnologiyasi haqida yozilgan ilmiy

maqolalar, kitoblar va texnik manbalar ko‘plab jihatlarni qamrab oladi. Bu adabiyotlarni tahlil
qilish VPN’ning ishlash tamoyillari, xavfsizlik choralari, protokollar, qo‘llanilish sohalari va
zamonaviy tendensiyalarni tushunishga yordam beradi.VPN haqida asosiy nazariy
ma’lumotlarni William Stallings’ning “Network Security Essentials: Applications and
Standards” kitobida uchratish mumkin. Muallif bu texnologiyaning ishlash prinsiplarini
tushuntirib, uning xavfsizlik bo‘yicha imkoniyatlarini yoritadi. VPN’ning tunnel
texnologiyalari, shifrlash usullari va autentifikatsiya tizimlari kabi muhim jihatlari keng
yoritilgan.Shuningdek, Andrew Tanenbaum’ning “Computer Networks” asari ham tarmoq
xavfsizligi va VPN ishlashiga oid fundamental bilimlarni taqdim etadi. VPN’ning qanday qilib
global internet tarmog‘ida xavfsiz kanal yaratishi, uning turli protokollarga asoslangan ishlash
tamoyillari (PPTP, L2TP/IPSec, OpenVPN, WireGuard) batafsil yoritilgan.Ushbu kitoblar
VPN’ning ishlash mexanizmini, xavfsizlik tamoyillarini va texnik xususiyatlarini tushuntirish
uchun eng ishonchli nazariy manbalardan biri hisoblanadi. Ammo ular asosan akademik
yondashuvni taklif qiladi va amaliy qo‘llanilishi kamroq yoritilgan.

VPN xavfsizligi va shifrlash usullari: VPN texnologiyasida xavfsizlikni ta’minlash uchun

ishlatiladigan shifrlash usullari va autentifikatsiya mexanizmlari haqida ko‘plab tadqiqot
ishlari mavjud. Bruce Schneier’ning “Applied Cryptography” kitobi shifrlash algoritmlari,
VPN’da qo‘llaniladigan AES-256, RSA, SHA-2 kabi xavfsizlik mexanizmlarini tahlil qiladi.IEEE
Xplore va SpringerLink kabi ilmiy ma’lumotlar bazalarida VPN xavfsizligi bo‘yicha qator
maqolalar mavjud. Xususan, VPN texnologiyasining kiberxavfsizlikdagi roli, uning zaif
tomonlari va potentsial hujum usullari (MITM – Man-in-the-Middle, DNS hijacking, IP leak)
haqida ilmiy tahlillar keltirilgan.So‘nggi yillarda VPN texnologiyasining rivojlanishi, uning
biznes, ta’lim va kundalik hayotda keng qo‘llanilishi haqida qator tadqiqot ishlari olib
borilgan. Gartner Research va Statista kabi tashkilotlarning tahliliy hisobotlarida VPN
xizmatlarining bozordagi o‘sishi va tendensiyalari yoritiladi.Shuningdek, "The Internet
Freedom & Privacy Report" kabi tadqiqotlarda VPN texnologiyasining erkin internetga
kirishdagi roli, davlat nazoratidan qochish va senzuralangan kontentga ulanish imkoniyatlari
haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.Shaxsiy VPN va tijorat VPN xizmatlari bo‘yicha
TechRadar, CNET, PCMag kabi texnologik portallarning sharhlari foydalanuvchilar uchun juda
muhim. Ushbu saytlarda turli VPN xizmatlari, ularning tezligi, xavfsizligi, foydalanish qulayligi
va narx-sifat nisbati tahlil qilinadi.

Masalan: ExpressVPN va NordVPN – eng xavfsiz va tezkor xizmatlar sifatida taqdim

etiladi.ProtonVPN – maxfiylikka urg‘u beradi, shifrlash darajasi yuqori.Bepul VPN xizmatlari –
aksariyati ma’lumotlarni saqlashi yoki uchinchi tomonlarga sotishi mumkinligi ta’kidlanadi.

VPN texnologiyasining asosiy vazifalaridan biri internet trafigini shifrlash va IP-manzilni

yashirish orqali foydalanuvchining shaxsiy hayotini himoya qilishdir. Internet-provayderlar,
hukumat organlari yoki kiberjinoyatchilar foydalanuvchining qaysi veb-saytlarga tashrif
buyurayotganini yoki qanday ma’lumotlar almashayotganini ko‘ra olmaydi. Ayniqsa, ommaviy
Wi-Fi tarmoqlarida VPN foydalanish muhim, chunki bunday tarmoqlarda kiberxavfsizlik
tahdidlari yuqori bo‘lishi mumkin.Shuningdek, VPN geo-cheklovlarni chetlab o‘tish


background image

`

121

imkoniyatini beradi. Masalan, ayrim davlatlarda ijtimoiy tarmoqlar yoki axborot saytlariga
cheklovlar qo‘yilgan bo‘lsa, VPN yordamida foydalanuvchilar cheklangan resurslarga erkin
kirishlari mumkin. Bundan tashqari, xalqaro video va musiqa platformalarida mavjud bo‘lgan
mintaqaviy cheklovlarni ham aylanib o‘tish imkonini beradi.

VPN texnologiyasida xavfsizlik darajasi qo‘llanilayotgan shifrlash usullariga bog‘liq. Eng

ishonchli VPN xizmatlari AES-256 shifrlash algoritmidan foydalanadi, bu esa zamonaviy
hisoblash texnologiyalariga asoslangan hujumlarga bardosh bera oladigan darajada kuchli.
Bundan tashqari, VPN orqali ulanayotgan foydalanuvchilar turli protokollar yordamida
internetga chiqadi. Masalan, OpenVPN, WireGuard va IPSec kabi protokollar yuqori darajadagi
xavfsizlik va tezkor ishlash imkonini beradi.Bugungi kunda VPN texnologiyasi nafaqat oddiy
foydalanuvchilar, balki korporativ bizneslar uchun ham juda muhim. Masofaviy ish tizimlari
keng tarqalgan hozirgi davrda kompaniyalar xodimlarining korporativ tarmoqqa xavfsiz
ulanib ishlashlari uchun VPN xizmatlaridan foydalanadilar. Banklar, IT kompaniyalari va
boshqa yirik tashkilotlar mijozlar ma’lumotlarini himoya qilish va ichki tarmoqlariga
ruxsatsiz kirishni oldini olish maqsadida VPN’ni qo‘llaydi.Biroq, VPN xizmatlarining ham
ayrim cheklovlari mavjud. Masalan, bepul VPN xizmatlari ko‘pincha foydalanuvchilarning
shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi tomonlarga sotishi yoki internet tezligini sun’iy ravishda
pasaytirishi mumkin. Shuningdek, ba’zi mamlakatlar VPN xizmatlaridan foydalanishni
cheklagan yoki butunlay taqiqlagan. Masalan, Xitoy, Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklari
kabi davlatlarda hukumat ruxsatisiz VPN ishlatish qonunga zid bo‘lishi mumkin.VPN
texnologiyasining kelajagi sun’iy intellekt va kvant shifrlash kabi yangi texnologiyalar bilan
yanada mustahkamlanishi kutilmoqda. 5G internetning keng tarqalishi esa VPN
xizmatlarining

tezligiga

ijobiy

ta’sir

ko‘rsatishi

mumkin.

Bundan

tashqari,

foydalanuvchilarning maxfiyligini himoya qilishga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgani sababli,
VPN xizmatlariga talab yanada oshishi kutilmoqda.Umuman olganda, VPN texnologiyasi
internet xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, undan
foydalanishda to‘g‘ri xizmatni tanlash, uning xavfsizlik darajasini tekshirish va mahalliy
qonunchilik talablariga rioya qilish zarur. Foydalanuvchilar sifatli va ishonchli VPN
xizmatlarini tanlab, internetdan xavfsiz va erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

VPN xizmatlari pullik va bepul variantlarda mavjud bo‘lib, pullik xizmatlar odatda

yuqori tezlik, kuchli shifrlash va qo‘shimcha xavfsizlik choralari bilan ta’minlanadi. Bepul VPN
xizmatlari esa ko‘pincha trafikni cheklaydi, foydalanuvchi ma’lumotlarini uchinchi tomonlarga
sotishi yoki reklamalar orqali daromad olishi mumkin. Shu sababli, xavfsiz va ishonchli VPN
tanlashda xizmat provayderining maxfiylik siyosati va texnologik imkoniyatlarini sinchkovlik
bilan o‘rganish tavsiya etiladi.Ba’zi mamlakatlarda VPN ishlatish cheklangan yoki taqiqlangan.
Masalan, Xitoy, Rossiya, Eron va BAA kabi davlatlarda hukumat tomonidan tasdiqlanmagan
VPN xizmatlaridan foydalanish noqonuniy hisoblanadi. Bu esa internet erkinligini cheklash va
davlat senzurasini kuchaytirish maqsadida amalga oshiriladi.VPN texnologiyasining kelajagi
yanada rivojlanib, tezlik va xavfsizlik jihatidan takomillashib borishi kutilmoqda. Sun’iy
intellekt asosida ishlaydigan xavfsizlik tizimlari, kvant shifrlash texnologiyalari va 5G internet
bilan uyg‘unlashgan VPN xizmatlari yaqin yillarda keng qo‘llanilishi mumkin. Shu bilan birga,
davlatlar va yirik korporatsiyalar tomonidan VPN xizmatlariga bo‘lgan nazorat ham kuchayib
borishi ehtimoli mavjud. VPN bugungi kunda internet xavfsizligi va maxfiylikni ta’minlash


background image

`

122

uchun eng samarali texnologiyalardan biri bo‘lib, uning to‘g‘ri qo‘llanilishi kiberxavfsizlik
tahdidlaridan himoyalanishga yordam beradi. Shu bois foydalanuvchilar sifatli va ishonchli
VPN xizmatlarini tanlab, internetdan xavfsiz va erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari
lozim.

Xulosa va takliflar:

VPN texnologiyasi internet xavfsizligi, maxfiylik va erkinlikni

ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. U foydalanuvchilarga shaxsiy ma’lumotlarini himoya
qilish, internet provayderlari va hukumat kuzatuvidan qochish, geo-cheklovlarni chetlab
o‘tish va ommaviy Wi-Fi tarmoqlarida xavfsiz ulanish imkonini beradi. Ayniqsa, biznes va
korporativ tarmoqlarda VPN xizmatlari xodimlarning masofaviy ishlashini xavfsizlashtirish
hamda maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun qo‘llaniladi.Shu bilan birga, VPN’dan
foydalanishda ba’zi xavflar va cheklovlar mavjud. Bepul VPN xizmatlari ko‘pincha
foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi tomonlarga sotishi yoki internet
tezligini pasaytirishi mumkin. Ba’zi mamlakatlarda esa VPN’dan foydalanish cheklangan yoki
taqiqlangan. Shu sababli, foydalanuvchilar ishonchli, shifrlash darajasi yuqori va maxfiylik
siyosati mustahkam bo‘lgan VPN xizmatlarini tanlashlari lozim.

Ishonchli VPN xizmatlarini tanlash: Pullik va yuqori xavfsizlik darajasiga ega VPN

xizmatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Shifrlash va xavfsizlik darajasiga e’tibor berish: AES-256 kabi kuchli shifrlash

usullaridan foydalanadigan VPN xizmatlarini tanlash lozim.

Bepul VPN’lardan ehtiyot bo‘lish: Reklamalar orqali daromad oladigan yoki

foydalanuvchi ma’lumotlarini uchinchi tomonlarga sotadigan VPN xizmatlaridan foydalanish
tavsiya etilmaydi.

Mahalliy qonunchilikni inobatga olish: Ayrim davlatlarda VPN’dan foydalanish

cheklangan bo‘lishi mumkin, shuning uchun qonuniy talablarni o‘rganish muhim.

Texnologik rivojlanishlarni kuzatish: VPN xizmatlarining sun’iy intellekt va kvant

shifrlash kabi yangi texnologiyalar bilan uyg‘unlashishi xavfsizlikni yanada oshirishi mumkin.

Kelajakda VPN texnologiyasi yanada rivojlanib, foydalanuvchilarga yanada tezkor va

xavfsiz xizmatlarni taqdim etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, davlatlar va internet
provayderlari tomonidan VPN xizmatlariga bo‘lgan nazorat kuchayishi ham ehtimoldan holi
emas. Shu sababli, foydalanuvchilar o‘z shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish uchun
yangiliklardan xabardor bo‘lib borishlari va ishonchli xizmatlardan foydalanishlari zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Кодиров, Ф. Э., and О. Д. Дониёров. "ЭФФЕКТИВНЫЕ МОДЕЛИ РАЗВИТИЯ

МЕДИЦИНСКОГО ОБСЛУЖИВАНИЯ НАСЕЛЕНИЯ КАШАКАДЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ."
Символ науки 7-2 (2022): 15-17.
2.

Zoxidov, J. B., F. E. Qodirov, and I. J. Bozorova. "QUARTUS II PROJECT CONCEPT AND ITS

OPPORTUNITIES AND PROBLEMS." АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ТЕХНИЧЕСКОГО И
ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ. 2019.
3.

Uzakov, Gulom, et al. "Simulation of a tubular pyrolysis reactor using comsol

multiphysics software." International Scientific and Practical Conference Digital and
Information Technologies in Economics and Management. Cham: Springer Nature


background image

`

123

Switzerland, 2023.
4.

Қодиров, Ф. "ҲУДУДЛАРДА ТИББИЙ ХИЗМАТЛАРНИ ДАСТУРИЙ ПАКЕТЛАР

ЁРДАМИДА ЭЛЕКТРОН ТИББИЙ БАЗАСИНИ ЯРАТИШ." O’zbekiston Respublikasi Oliy Va
o’rta Maxsus ta’lim Vazirligi Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti (2022).
5.

Qodirov, F. E., O. D. Doniyorov, and H. Shokirov Sh. "Basic concepts of information

security in information systems. Wide threats and their consequences." концепции
устойчивого развития науки в современных условиях (2021): 153-155.
6.

Bozorova, Irina Jumanazarovna, and Dilfuzaxon Mamasharipovna Karayeva. "Modern

programming technologies and their role." интеллектуальный капитал xxi века. 2020.
7.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda har bir

hududning о ‘ziga xos xususiyatlari." Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting
4.09 (2024): 178-183.
8.

Qodirov, Farrux, and Muxlisa Mavlonova. "O’ZBEKISTONDA ZIYORATGOH VA

QADAMJOLAR, TURIZM XIZMATLARINI JADAL RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI." YANGI
O‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
9.

Qodirov, F., N. Sirojev, and S. Negmatova. "FEATURES OF THE ANDROID STUDIO

SOFTWARE PACKAGE." Академические исследования в современной науке 2.17 (2023):
130-146.
10.

Қодиров, Ф. Э., et al. "ДЛЯ ПРОВЕРКИ МОДЕЛЕЙ АДЕКВАТНОСТИ,

ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ И СОПРОТИВЛЕНИЯ." ИНТЕГРАЦИЯ НАУКИ, ОБЩЕСТВА,
ПРОИЗВОДСТВА И ПРОМЫШЛЕННОСТИ. 2019.11. Qodirov, F. E., D. A. Akbarova, and S. H.
Shokirov. "SOFTWARE FOR WORKING WITH COMPUTER GRAPHICS AND THEIR TASKS.
APPLICATION OF DIGITAL IMAGE PROCESSING FIELDS." (2021): 57-58.
11.

Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of

electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования
15 (99) (2020): 31-36.
12.

Kodirov, F. E., and J. E. Nematov. "BASIC TECHNOLOGY AND SERVICE

MANAGEMENTMULTISERVICE NETWORKS." Инновации в технологиях и образовании: сб.
ст. участников XII Между (2019): 214.
13.

Қодиров, Ф. Э., and Ж. Э. Нематов. "РАЗВИТИЕ ЛОКАЛЬНОЙ СЕТИ НА ОСНОВЕ

ТЕХНОЛОГИИ GPON." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII
Между (2019): 288.
14.

Кодиров, Ф. Э., and М. У. Маматмурадова. "РАЗРАБОТКА ЦИФРОВОЙ ПРОГРАММЫ

ШИФРОВАНИЯ И ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ." Инновации в технологиях и образовании:
сб. ст. участников XII Между (2019): 275.
15.

Абдирасулов, Ж. У., and Ф. Э. Кодиров. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ANGULAR JS ДЛЯ

СОЗДАНИЯ

ДИНАМИЧЕСКИХ

ВЕБ-САЙТОВ

И

ОПТИМИЗАЦИИ

ИХ

ПРОИЗВОДИТЕЛЬНОСТИ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников
XII Между (2019): 228.
16.

Qodirov, F. E., J. B. Zohidov, and H. I. Karamatova. "ADVANTAGES OF PROGRAMMING

LANGUAGES JAVASCRIPT, JAVA AND PYTHON." МОДЕЛИРОВАНИЕ И АНАЛИЗ СЛОЖНЫХ


background image

`

124

ТЕХНИЧЕСКИХ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ СИСТЕМ. 2019.
17.

Qodirov, F. E., J. U. Abdirasulov, and J. E. Nematov. "FORMING GOVERNMENT AGENCY

WEBSITES WITH WORDPRESS CONTENT MANAGEMENT SYSTEM." Инновации в
технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 219.
18.

Турдиев, У. К., and Ф. Э. Кодиров. "Задача Коши Для Одномерной Системы

Уравнений Типа Бюргерса Возникающей В Двухскоростной Гидродинамике."
Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XI Между (2018): 349.
19.

Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical

services through econometric modeling and forecasting options." academy. uz/index. php/yo.

References

Кодиров, Ф. Э., and О. Д. Дониёров. "ЭФФЕКТИВНЫЕ МОДЕЛИ РАЗВИТИЯ МЕДИЦИНСКОГО ОБСЛУЖИВАНИЯ НАСЕЛЕНИЯ КАШАКАДЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ." Символ науки 7-2 (2022): 15-17.

Zoxidov, J. B., F. E. Qodirov, and I. J. Bozorova. "QUARTUS II PROJECT CONCEPT AND ITS OPPORTUNITIES AND PROBLEMS." АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ТЕХНИЧЕСКОГО И ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ. 2019.

Uzakov, Gulom, et al. "Simulation of a tubular pyrolysis reactor using comsol multiphysics software." International Scientific and Practical Conference Digital and Information Technologies in Economics and Management. Cham: Springer Nature Switzerland, 2023.

Қодиров, Ф. "ҲУДУДЛАРДА ТИББИЙ ХИЗМАТЛАРНИ ДАСТУРИЙ ПАКЕТЛАР ЁРДАМИДА ЭЛЕКТРОН ТИББИЙ БАЗАСИНИ ЯРАТИШ." O’zbekiston Respublikasi Oliy Va o’rta Maxsus ta’lim Vazirligi Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti (2022).

Qodirov, F. E., O. D. Doniyorov, and H. Shokirov Sh. "Basic concepts of information security in information systems. Wide threats and their consequences." концепции устойчивого развития науки в современных условиях (2021): 153-155.

Bozorova, Irina Jumanazarovna, and Dilfuzaxon Mamasharipovna Karayeva. "Modern programming technologies and their role." интеллектуальный капитал xxi века. 2020.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda har bir hududning о ‘ziga xos xususiyatlari." Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting 4.09 (2024): 178-183.

Qodirov, Farrux, and Muxlisa Mavlonova. "O’ZBEKISTONDA ZIYORATGOH VA QADAMJOLAR, TURIZM XIZMATLARINI JADAL RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI." YANGI O‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).

Qodirov, F., N. Sirojev, and S. Negmatova. "FEATURES OF THE ANDROID STUDIO SOFTWARE PACKAGE." Академические исследования в современной науке 2.17 (2023): 130-146.

Қодиров, Ф. Э., et al. "ДЛЯ ПРОВЕРКИ МОДЕЛЕЙ АДЕКВАТНОСТИ, ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ И СОПРОТИВЛЕНИЯ." ИНТЕГРАЦИЯ НАУКИ, ОБЩЕСТВА, ПРОИЗВОДСТВА И ПРОМЫШЛЕННОСТИ. 2019.11. Qodirov, F. E., D. A. Akbarova, and S. H. Shokirov. "SOFTWARE FOR WORKING WITH COMPUTER GRAPHICS AND THEIR TASKS. APPLICATION OF DIGITAL IMAGE PROCESSING FIELDS." (2021): 57-58.

Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования 15 (99) (2020): 31-36.

Kodirov, F. E., and J. E. Nematov. "BASIC TECHNOLOGY AND SERVICE MANAGEMENTMULTISERVICE NETWORKS." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 214.

Қодиров, Ф. Э., and Ж. Э. Нематов. "РАЗВИТИЕ ЛОКАЛЬНОЙ СЕТИ НА ОСНОВЕ ТЕХНОЛОГИИ GPON." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 288.

Кодиров, Ф. Э., and М. У. Маматмурадова. "РАЗРАБОТКА ЦИФРОВОЙ ПРОГРАММЫ ШИФРОВАНИЯ И ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 275.

Абдирасулов, Ж. У., and Ф. Э. Кодиров. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ANGULAR JS ДЛЯ СОЗДАНИЯ ДИНАМИЧЕСКИХ ВЕБ-САЙТОВ И ОПТИМИЗАЦИИ ИХ ПРОИЗВОДИТЕЛЬНОСТИ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 228.

Qodirov, F. E., J. B. Zohidov, and H. I. Karamatova. "ADVANTAGES OF PROGRAMMING LANGUAGES JAVASCRIPT, JAVA AND PYTHON." МОДЕЛИРОВАНИЕ И АНАЛИЗ СЛОЖНЫХ ТЕХНИЧЕСКИХ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ СИСТЕМ. 2019.

Qodirov, F. E., J. U. Abdirasulov, and J. E. Nematov. "FORMING GOVERNMENT AGENCY WEBSITES WITH WORDPRESS CONTENT MANAGEMENT SYSTEM." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 219.

Турдиев, У. К., and Ф. Э. Кодиров. "Задача Коши Для Одномерной Системы Уравнений Типа Бюргерса Возникающей В Двухскоростной Гидродинамике." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XI Между (2018): 349.

Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical services through econometric modeling and forecasting options." academy. uz/index. php/yo.