`
167
ELEKTRON TIJORAT TIZIMLARI
Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
"Informatika va uni oʻqitish metodikasi" kafedrasi mudiri, ilmiy raxbar
Nematova Sevinch Azamatovna
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
"Matematika va informatika" yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14500621
Annotatsiya:
Ushbu maqolada elektron tijorat, uning turlari, afzalliklari va kamchiliklari
haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanayotgani,
raqamlashtirish sharoitida elektron tijoratni soliqqa tortishni huquqiy tartibga solish va
internet orqali amalga oshirilayotgan tranzaksiyalar sonining o‘sishiga oid masalalar
ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, elektron tijorat sohasida tadbirkorlik subyektlari tomonidan
sodir etilgan raqobatga qarshi harakatlarni o‘rganish masalalari ko‘rib chiqildi.
Аннотация:
В данной статье представлена информация об электронной
коммерции, ее видах, преимуществах и недостатках. Также о том, как развивается
электронная коммерция в Узбекистане, представлены вопросы правового
регулирования налогообложения электронной коммерции в условиях цифровизации и
роста количества транзакций, осуществляемых через Интернет. Кроме того, были
рассмотрены вопросы изучения антиконкурентных действий, совершаемых субъектами
предпринимательства в сфере электронной коммерции.
Abstract:
This article provides information about e-commerce, its types, advantages and
disadvantages. Also, issues related to how e-commerce is developing in Uzbekistan, legal
regulation of e-commerce taxation in the context of digitization, and the increase in the number
of transactions carried out via the Internet are shown. In addition, issues of studying anti-
competitive actions committed by business entities in the field of electronic commerce were
considered.
Kalit soʻzlar:
Elektron tijorat, mahsulot va xizmatlar, platforma, mahalliy tadbirkorlar,
internet, toʻlov tizimlari.
Ключевые слова:
Электронная коммерция, продукты и услуги, платформа,
местные предприниматели, Интернет, платежные системы.
Keywords:
E-commerce, products and services, platform, local entrepreneurs, internet,
payment systems.
Elektron tijorat
- bu tovar va xizmatlarni internet orqali sotib olish va sotish jarayoni
hisoblanadi. U hozirgi kunda zamonaviy biznesning asosiy qismlaridan biriga aylandi.
Kompaniyalarga oʻz mahsulotlarini global miqyosda sotish va xaridorlarga qulay xarid qilish
imkoniyati bermoqda. Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar yuboruvchisini identifikatsiya
qilish imkoniyatini beruvchi axborotni oʻz qoʻli bilan imzolangan qogʻozdagi hujjatlar bilan teng
oʻringa qoʻyiladi. Shu bilan bir qatorda ulardan bitim va kelishuvlar tuzilganliginig dalili sifatida
foydalanish mumkin. Elektron tijoratning quyidagi turlari mavjud:
Birinchichisi, B2C Yaʼni bunda kompaniyalar oʻzlarining mahsulotlarini isteʼmolchilarga
toʻgʻridan-toʻgʻri sotadilar. Masalan, Amazon, Ozon, yoki Aliexpress kabi platformalar.
Ikkinchisi, B2B Bunda kompaniyalar boshqa kompaniyalarga mahsulot yoki xizmatlar
taklif etadi. Masalan, Alibaba yoki Global Sources.
`
168
Uchinchisi, C2C Foydalanuvchilar bir-biriga mahsulotlarni sotishadi. Masalan, eBay yoki
OLX.
Toʻrtinchisi, C2B Foydalanuvchilar oʻz xizmatlari yoki mahsulotlarini kompaniyalarga
taklif qiladi. Masalan, freelancing platformalari.
Endi elektron tijoratning afzallik va kamchiliklarini koʻrib chiqamiz.Afzalliklari
quyidagilardan iborat: xaridorlar istalgan vaqtda va joyda xarid qilish imkoniyatiga ega,
mahsulot va xizmatlarni xalqaro bozorlarga chiqarish va global yetkazib berish, kam xarajatlar,
maʼlumotlarni tahlil qilish, yaʼni mijozlar xatti-harakatlarini tahlil qilib, shaxsiylashtirilgan
takliflar yaratish imkoniyati.
Elektron tijoratning kamchiliklari: texnologik muammolar, yaʼni internetga bogʻliq boʻlish
va texnik xatoliklar, foydalanuvchi maʼlumotlarini himoya qilish masalasi, xaridorlar
mahsulotlarni koʻrib, sifatini tekshirib, ushlab koʻra olmaydilar. Faqatgina mahsulot kelganda
uni koʻrishlari mumkin.
COVID-19 global pandemiyasi tufayli elektron tijorat butun dunyo boʻylab yuqori
darajada oʻsib borganini quyidagi maʼlumotlar tasdiqlaydi: "Jahonning yetakchi
mamlakatlarida raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotning 4-5 foizini ta'minlamoqda,
jahondagi savdo aloqalarining 15 foizdan ko'prog'i uning hissasiga to'g'ri kelmoqda."
Hozirgi vaqtda dunyoda rivojlanib borayotgani kabi Oʻzbekistonda ham elektron tijorat
rivojlanib bormoqda. Toʻlov tizimlari (Payme, Click) orqali qulay toʻlov imkoniyatlari
kengaymoqda, mahalliy platformalar, masalan, OLX.uz, ZoodMall va Express24 mijozlarga
xizmat koʻrsatmoqda. Bu aholiga bir qancha qulayliklar keltirmoqda.
Sababi endi koʻchaga chiqmasdan, uyda oʻtirgan holda telefon orqali istalgan xizmat yoki
mahsulotlardan foydalanish, sotib olish imkoniyati mavjud. Masalan, OLX.uz platformasiga
nazar solsak. Bu platforma O‘zbekiston hududida mashhur bo‘lgan onlayn e’lonlar platformasi
bo‘lib, foydalanuvchilarga mahsulotlar, xizmatlar yoki ish e’lonlarini joylashtirish va izlash
imkonini beradi. OLX (Old Line Exchange) butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritadigan global
platforma bo‘lib, O‘zbekistondagi faoliyati uchun OLX.uz domeni ostida ishlaydi. Bunda siz
elektronika, kiyim-kechak, transport, koʻchmas mulklarni sotish va sotib olish, ish qidirish va
shu kabi masalalarda foydalanishingiz mumkin. Bu, albatta, har birimiz uchun qulay.
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 2022-yilda elektron tijorat savdolari hajmi 2021-yilga
nisbatan 1,8 barobar oshib, 10 886,8 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Bu esa umumiy
chakana savdo hajmining 4 foizdan ortig‘iga teng.
O‘zbekistonda elektron tijoratning kelajagini belgilovchi muhim omillardan biri—sohani
qonunchilik orqali tartibga solishdir. 2022-yilda yangilangan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi
qonun qabul qilindi. Qonun isteʼmolchilarni ham, tadbirkorlarni ham huquqiy himoya qiladi.
Elektron operatsiyalarni amalga oshirish va huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilash
tartibini belgilab beradi. Ishonchli elektron tijorat ekotizimini yaratishda qonunchilik va to‘lov
tizimlari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ular jarayonning barcha ishtirokchilari va xaridorlari, shu
bilan birga sotuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi.
2019-yilda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu fintech
sektorining rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Elektron to‘lovlar isteʼmolchilar va biznes uchun
qulaylik va xavfsizlikni taʼminlovchi onlayn tijoratning ajralmas qismiga aylandi. Ular aholi
`
169
uchun juda foydali boʻlib, ishlarini yengil va oson boʻlishini taʼminladi. O‘zbekistonda onlayn
savdo va tranzaksiyalarni osonlashtiradigan bir qancha to‘lov tizimlari joriy qilindi.
Iqtisodiy rivojlanish oqibatida Oʻzbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida oʻz oʻrniga ega
boʻlib bormoqda. Bu esa oʻz navbatida elektron tijoratni takomillashtirish, uni jahon
miqyosidagi mavqeyini oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 2004-yil 29-aprelda N613-II -
Elektron tijorat‖ to`g`risida O`zbekiston Respublikasi qonuni, 2007-yil 30-noyabrda Vazirlar
Mahkamasining No21 ―Elektron tijoratni rivojlantirish‖ tog`risidagi va 2007-yil 12-iyunda
―Elektron tijorat tizimini amalda qo`llashda to`lov tizimini takomillashtirish‖ tog`risidagi
qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish
maqsadida “E-karmon” loyihasi ishlab chiqildi. Bu esa oʻz navbatida amaliyotda qoʻllanilmoqda.
Olib borilgan va bajarilgan ishlar asosida bir qancha ijobiy natijalarga erishildi. Masalan,
axborot almashinuvi tezligini oshirish va unga sarflanadigan vaqtni kamaytirish maqsadida olib
borilgan ishlarning natijasi Respublikada xalqaro axborot tarmoqlari tezligini oshishida yaqqol
oʻz aksini topadi. Axborot tarmoqlari tezligi oshishi, albatta, biz uchun quvonarli holat. Masalan,
onlayn dars qilmoqchi boʻlganimizda, internet orqali biror bir axborot koʻrmoqchi
boʻlganimizda va shu kabi masalalarda bizga internet tezligi yuqori boʻlishi muhim rol oʻynaydi.
Elektron tijorat rivojlanib borgan sari undagi raqobat muhitini yaxshilash muammolari
ham yuzaga kelmoqda. Prezidentning 06.07.2020 yilda «Raqobat muhitini yanada rivojlantirish
va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar
to'g'risida»gi PF-6019-son farmoni qabul qilindi. Bu mahsulotlarning raqobatbardoshligini
oshirish, bozorlarda raqobat muhitini yaxshilash va iste'molchilar huquqlarini taʼminlash
qonunlariga rioya etilishini nazorat qilishning samarali tizimini yaratishni o'z ichiga oladi.
Elektron tijorat rivojlana boshlagan sari undagi muammolar, tartibga solish masalalari bilan bir
qatorda anʼanaviy savdoda bo'lganidek, raqobatga zid holatlar ham uchraydi.
Raqobatga qarshi harakatlar — raqobat to'g'risidagi qonunchilikda xo'jalik yurituvchi
subyektlar uchun man etilgan harakatlar, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, mahalliy
davlat hokimiyati organlari hamda ular mansabdor shaxslarining raqobatni cheklashga
qaratilgan harakatlari (harakatsizligi) hisoblanadi.
Electron tijoratda raqobatga qarshi harakatlarni ham sodir etuvchi shaxslarga ko'ra
quyidagi ikki turga bo'lishimiz munkin:
1. Xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan sodir etilgan raqobatga qarshi harakatlar.
2. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ular
mansabdor shaxslarining raqobatga qarshi harakatlari.
Bundan tashqari elektron tijorat haqida qonun va qoidalar ham keltirib oʻtilgan. 1-modda.
Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi
Ushbu Qonunning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan
iborat.
Ushbu Qonunning amal qilishi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari
to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
birja faoliyati uchun litsenziyalarga ega bo‘lgan birjalarda tuziladigan kelishuvlarga
nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-modda. Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunchilik. Elektron tijorat to‘g‘risidagi
qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
`
170
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi.
raqamli mahsulotlar — intellektual mulk obyektlarining elektron ko‘chirma nusxalari (raqamli
tovarlar), shuningdek elektron axborot muhitida moddiy natijaga ega bo‘lmagan muayyan
harakatlarni bajarish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish, shu jumladan “bulutli
texnologiyalar”ni (raqamli xizmatlarni) olishga hamda ularga obuna bo‘lishga doir xizmatlar;
elektron savdo maydonchasi — tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisini masofadan turib
amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimi; elektron savdo maydonchasining operatori
— elektron tijorat ishtirokchilariga elektron savdo maydonchasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi
yuridik shaxs;
elektron tijorat — tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tadbirkorlik faoliyati
doirasida axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron savdo maydonchasi orqali tuzilgan
shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan oldi-sotdisi; elektron tijorat operatori — elektron
tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi
yuridik shaxs;
elektron tijorat subyektlari — elektron tijorat ishtirokchilari va (yoki) elektron tijorat
operatorlari.
O‘zbekiston bozoriga xorijiy bozorlarning kirib kelishi mahalliy tadbirkorlarga katta
imkoniyat yaratib, jahon darajasiga chiqish va ular bilan raqobatlashishga zamin yaratmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda elektron tijoratga Visa va Mastercard to‘lov tizimlari ham faol
joriy etilmoqda. Bu mahalliy tadbirkorlarga xalqaro mijozlardan to‘lovlarni qabul qilish va o‘z
biznesi chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yaʼni boshqa davlatlardan kelgan mijozlar
ham bundan bemalol foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Xulosa:
Bugungi kunda axborot texnologiyalarining oʻrni juda muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Ayniqsa, hozirgi vaqtda onlayn tijorat qilish, savdo qilish ommalashib bormoqda. Bu,
albatta, hozirgi davr talabi. Shu sababli har bir inson bunday tijorat ishlari haqida biroz boʻlsa
ham maʼlumotga ega boʻlishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oddiy bir onlayn doʻkonlar
orqali xarid qilmoqchi boʻlsak ham u haqida maʼlumotga ega boʻlish, xizmat va mahsulotlarini
tekshirish muhimdir. Sababi bu mahsulot rasmda koʻrsatilgandek kelishi, sifatining aytilgan
kabi yaxshi boʻlishi mahsulot kelgandan soʻnggina namoyon boʻladi. Shuning uchun bu onlayn
doʻkonlar haqida maʼlumotga ega boʻlib, sinovdan oʻtkazib keyin undan foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi.
References:
1.
Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA
MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024):
234-238.
2.
Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy
metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim
samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).
`
171
3.
ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI
QO‘LLASH."
PEDAGOGS
50.2 (2024): 51-55.
4.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH
TA’LIMDA
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
USULLARI
VA
AFZALLIKLARI."
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и
практические исследования
3.10 (2024): 39-41.
5.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL
IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH
MEXANIZMLARI."
Models and methods in modern science
3.5 (2024): 44-49.
6.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA TARMOQ
QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING O’RNI."
Science and
innovation in the education system
3.5 (2024): 50-60.
7.
Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan
foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995.
2023/5/15
8.
F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik
modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.
9.
F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb
academic papers collection. 2023/1/1.
10.
Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси
ҳолатини башоратлаш."
Сервис” илмий-амалий журнал
(2022): 56-59.
11.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF
MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION."
Berlin Studies Transnational
Journal of Science and Humanities
2.1.1 Economical sciences (2022).
12.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE
HELP
OF
SOFTWARE
PACKAGES
FOR
MEDICAL
SERVICES
IN
THE
REGIONS."
Conferencea
(2022): 128-130.
13.
Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-
КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ
ШАРОИТИДА
ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР
ТУПЛАМИ (2019).
14.
Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic
papers collection (2019).
15.
Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX
STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ
ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман
МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).
16.
Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-
КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ
РИВОЖЛАНИШ
ИСТИҚБОЛЛАРИ
мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).
