TА’LIMDА SMART TЕХNОLОGIYALАRDАN FОYDАLАNISH
Ushbu maqolada tizimida smart texnologiyalarni qollash boyicha fikr yuritilgan. Smart texnologiyalarni tutgan orni qanday ekanligi ko rsatib o’ tilgan. Global dunyoda "kerakli" bilimlarni sifati, zamonaviyligini ilmiy tanlash zarur. Smart ta'lim o'z maqomiga ko'ra: hayot davomida o'z-o'zini o'zi rejalashtirish, shaxsning o'zini o'zi anglashi, muvaffaqiyatli shaxsiy martaba, shuningdek, jamiyat va ishlab chiqarish manfaatlari yo'lida kasbga ega bo'lishdan iborat. XXI asr axborot texnologiyalari zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga aylangan asrdir[1]. Smart ta'lim ko'p miqdordagi manbalar, multimediyaning (audio, video, grafik) maksimal xilma-xilligini, tinglovchilarning talab va ehtiyojlariga tez va oson moslashish imkoniyatini nazarda tutadi [2]. Bu mutlaqo yangi ta'lim muhiti bo 'lib, unda ta'lim faoliyati Internetda umumiy standartlar, texnologiyalar va ta'lim muassasalari tarmog'i o'rtasida tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy tarkibdan foydalaniladi. Bu turdagi ta'limning o'ziga xos xususiyati - yashash joyidan va moliyaviy ahvolidan qat'i nazar, aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya'ni "hamma joyda" ta'lim olish imkoniyatidir [3]. Axborotlashgan jamiyatda yashayotganligimiz barchaga ayon. Bugungi davrda hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvr qila olmaymiz. Shunday ekan dars jarayonlarni ham turli texnologialardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bu haqida fikrlar juda ko'p aytilmoqda.