TА’LIMDА SMART TЕХNОLОGIYALАRDАN FОYDАLАNISH

Annotasiya

Ushbu maqolada tizimida smart texnologiyalarni qollash boyicha fikr yuritilgan. Smart texnologiyalarni tutgan orni qanday ekanligi ko rsatib o’ tilgan. Global dunyoda "kerakli" bilimlarni sifati, zamonaviyligini ilmiy tanlash zarur. Smart ta'lim o'z maqomiga ko'ra: hayot davomida o'z-o'zini o'zi rejalashtirish, shaxsning o'zini o'zi anglashi, muvaffaqiyatli shaxsiy martaba, shuningdek, jamiyat va ishlab chiqarish manfaatlari yo'lida kasbga ega bo'lishdan iborat. XXI asr axborot texnologiyalari zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga aylangan asrdir[1]. Smart ta'lim ko'p miqdordagi manbalar, multimediyaning (audio, video, grafik) maksimal xilma-xilligini, tinglovchilarning talab va ehtiyojlariga tez va oson moslashish imkoniyatini nazarda tutadi [2]. Bu mutlaqo yangi ta'lim muhiti bo 'lib, unda ta'lim faoliyati Internetda umumiy standartlar, texnologiyalar va ta'lim muassasalari tarmog'i o'rtasida tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy tarkibdan foydalaniladi. Bu turdagi ta'limning o'ziga xos xususiyati - yashash joyidan va moliyaviy ahvolidan qat'i nazar, aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya'ni "hamma joyda" ta'lim olish imkoniyatidir [3]. Axborotlashgan jamiyatda yashayotganligimiz barchaga ayon. Bugungi davrda hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvr qila olmaymiz. Shunday ekan dars jarayonlarni ham turli texnologialardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bu haqida fikrlar juda ko'p aytilmoqda.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
30-36
68

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Qodirov , F., & Mardonov , Z. . (2024). TА’LIMDА SMART TЕХNОLОGIYALАRDАN FОYDАLАNISH. Наука и технология в современном мире, 3(14), 30–36. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/62954
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada tizimida smart texnologiyalarni qollash boyicha fikr yuritilgan. Smart texnologiyalarni tutgan orni qanday ekanligi ko rsatib o’ tilgan. Global dunyoda "kerakli" bilimlarni sifati, zamonaviyligini ilmiy tanlash zarur. Smart ta'lim o'z maqomiga ko'ra: hayot davomida o'z-o'zini o'zi rejalashtirish, shaxsning o'zini o'zi anglashi, muvaffaqiyatli shaxsiy martaba, shuningdek, jamiyat va ishlab chiqarish manfaatlari yo'lida kasbga ega bo'lishdan iborat. XXI asr axborot texnologiyalari zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga aylangan asrdir[1]. Smart ta'lim ko'p miqdordagi manbalar, multimediyaning (audio, video, grafik) maksimal xilma-xilligini, tinglovchilarning talab va ehtiyojlariga tez va oson moslashish imkoniyatini nazarda tutadi [2]. Bu mutlaqo yangi ta'lim muhiti bo 'lib, unda ta'lim faoliyati Internetda umumiy standartlar, texnologiyalar va ta'lim muassasalari tarmog'i o'rtasida tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy tarkibdan foydalaniladi. Bu turdagi ta'limning o'ziga xos xususiyati - yashash joyidan va moliyaviy ahvolidan qat'i nazar, aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya'ni "hamma joyda" ta'lim olish imkoniyatidir [3]. Axborotlashgan jamiyatda yashayotganligimiz barchaga ayon. Bugungi davrda hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvr qila olmaymiz. Shunday ekan dars jarayonlarni ham turli texnologialardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bu haqida fikrlar juda ko'p aytilmoqda.


background image

`

30

TА’LIMDА SMART TЕХNОLОGIYALАRDАN FОYDАLАNISH

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

"Informatika va uni oʻqitish metodikasi" kafedrasi mudiri, ilmiy raxbar

Mardonov Zuhriddin Asatullo oʻgʻli

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Matematika va informatika yo’nalish 2 kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14504291

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tizimida smart texnologiyalarni qollash boyicha fikr

yuritilgan. Smart texnologiyalarni tutgan orni qanday ekanligi ko rsatib o’ tilgan. Global
dunyoda "kerakli" bilimlarni sifati, zamonaviyligini ilmiy tanlash zarur. Smart ta'lim o'z
maqomiga ko'ra: hayot davomida o'z-o'zini o'zi rejalashtirish, shaxsning o'zini o'zi anglashi,
muvaffaqiyatli shaxsiy martaba, shuningdek, jamiyat va ishlab chiqarish manfaatlari yo'lida
kasbga ega bo'lishdan iborat. XXI asr axborot texnologiyalari zamonaviy jamiyatning ajralmas
qismiga aylangan asrdir[1]. Smart ta'lim ko'p miqdordagi manbalar, multimediyaning (audio,
video, grafik) maksimal xilma-xilligini, tinglovchilarning talab va ehtiyojlariga tez va oson
moslashish imkoniyatini nazarda tutadi [2]. Bu mutlaqo yangi ta'lim muhiti bo 'lib, unda ta'lim
faoliyati Internetda umumiy standartlar, texnologiyalar va ta'lim muassasalari tarmog'i
o'rtasida tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy tarkibdan foydalaniladi. Bu
turdagi ta'limning o'ziga xos xususiyati - yashash joyidan va moliyaviy ahvolidan qat'i nazar,
aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya'ni "hamma joyda" ta'lim olish imkoniyatidir
[3]. Axborotlashgan jamiyatda yashayotganligimiz barchaga ayon. Bugungi davrda
hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvr qila olmaymiz. Shunday ekan dars jarayonlarni
ham turli texnologialardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bu haqida fikrlar juda
ko'p aytilmoqda.

Kalit so’zlar

: Smart texnologiyalar, smart o'qitish, smart doska, smart darslik, smart

oyinlar, elektron darslik, smart planshet.

Аннотация:

В данной статье рассматривается использование интеллектуальных

технологий в системе. Показана роль умных технологий. В глобальном мире
необходимо научно выбирать качество и современность «нужных» знаний. Умное
образование по своему статусу: самопланирование на протяжении всей жизни,
самосознание личности, успешная личная карьера, а также карьера в интересах
общества и производства. XXI век – это век, в котором информационные технологии
стали неотъемлемой частью современного общества [1]. Умное образование
предполагает большое количество источников, максимальное разнообразие
мультимедиа (аудио, видео, графика), возможность быстро и легко адаптироваться к
запросам и потребностям аудитории [2]. Это совершенно новая образовательная среда,
в которой образовательная деятельность осуществляется в сети Интернет на основе
единых стандартов, технологий и соглашений, заключенных между сетью
образовательных учреждений, и используется единый контент. Отличительной чертой
этого вида образования является удобство для всех слоев населения независимо от
места проживания и финансового положения, то есть возможность получать
образование «везде» [3]. Все мы знаем, что живем в информационном обществе.
Сегодня мы не можем представить свою жизнь без информационных технологий.


background image

`

31

Поэтому было бы целесообразно, если бы в процессах обучения использовались разные
технологии. Есть много мнений по этому поводу.

Ключевые слова:

умные технологии, умное обучение, умная доска, умный

учебник, умные игры, электронный учебник, умный планшет

Abstract:

This article discusses the introduction of smart technologies into the system.

It shows what place smart technologies occupy. In the global world, it is necessary to
scientifically select the quality and modernity of "necessary" knowledge. Smart education,
according to its status, is: self-planning throughout life, self-realization of the individual,
successful personal career, as well as acquiring a profession in the interests of society and
production. The 21st century is the century when information technologies have become an
integral part of modern society[1]. Smart education implies a large number of resources, the
maximum diversity of multimedia (audio, video, graphics), the ability to quickly and easily
adapt to the demands and needs of the audience [2]. This is a completely new educational
environment, in which educational activities are carried out on the Internet on the basis of
common standards, technologies and agreements concluded between a network of
educational institutions, and a common content is used. A distinctive feature of this type of
education is the convenience for all segments of the population, regardless of their place of
residence and financial situation, that is, the opportunity to receive education "everywhere"
[3]. Everyone knows that we live in an information society. Today we cannot imagine our life
without information technologies. Therefore, it would be appropriate to use various
technologies in the teaching process. There are many opinions about this.

Keywords:

Smart technologies, smart teaching, smart board, smart textbook, smart

games, electronic textbook, smart tablet.


Axborot texnologiyalari asri talablari va kompyuter texnologiyalarining jadal rivoji

natijasida tizimida “Smart texnologiyalar” tushunchasi kirib keldi. Shu orinda “Smart
texnologiya” ozi nima degan savol yuzaga keladi.

Demak, axborot asrining kirib kelish davri haqida so'z borganda axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), ularni real o'quv jarayoniga qollash zamonaviy
axborot infrastrukturasini yaratish mutlaq yangi multimedia o'quv dasturlarini yaratish va
ta'limga tadbiq etish bosqichlari asta sekin nihoyasiga yetib bormoqda.

AKT rivojlanishining zamonaviy bosqichida nafaqat klassik talim texnologiyalari, balki

elektron ta'lim (e-learning) ham qanoatlantira olmaydigan ehtiyojlar kuzatiladi. Ayni vaqtda
elektron talim tizimidan Smart (ingl.-aqilli, mushohadali, harakatchan) e-learning hamda
Smart Education (aqilli ta'lim) ga o'tish jarayoni bormoqda. Shuningdek, bu jarayonda
qo'llaniluvchi

barcha

usul

va

texnologiyalarni

kompleks

modernizatsiyasini

mujassamlashtiradi. Smart konsepsiyasi ta'lim kesimida o'zi bilan birga “aqlli taxta”, “aqlli
ekran”, ixtiyoriy nuqtadan internetga ulanish kabi texnologiyalarni shakllantiradi.

Smart oqitishda o'quvchini darsda faolligi va diqqatini boshqa vaziyatlar olib o'tmasligi

foydali bo'ladi hamda ta'lim sifati oshib boradi. Ushbu jarayonga biz quyidagicha taklif
bermoqdamiz:

- ta'lim jarayonida o'quvchilarda tasavvur imkoniyati yetarli bo'lmaganligi uchun dars

jarayoniga modellashtirish texnologiyalarini olib kirish;


background image

`

32

- darslarda texnik qurilmalarni amaliy foydalanish imkoni bo'lmagan hollarda ishlash

jarayonini virtual holda yaratish va natijani ko'rsatish;

- modellashtirilgan obyektlar asosida tahlilni olib borish;
- kimyoviy moddalar bilan ishlash jarayonida ularni ko'rsatish;
- geografiya darslarida esa xaritalar va shaharlarning yaratilgan modellaridan unumli

foydalanish mumkin.

Umumiy holda biz shunday ishlarni amalga oshirish uchun kerakli vositalarni tashkil

etishda AKT va smart texnologiyalardan foydalanib salmoqli natijalarga erishishimiz mumkin.
Ta'lim sifatini yuqori darajada olib borish uchun yaqin yillar ichida sun'iy intellekt va raqamli
texnologiyalarga bog'liq bo'lishi aniq.

Smart ta'lim, bu ta'lim muassasalari hamda professor-o'qituvchilar tarkibining umumiy

standartlar, kelishuvlar va texnologiyalar asosida yagona Internet tarmog'i orqali ta'limni
amalga oshiruvchi birlashmalar yig'indisidir. Ta'limning bu shakli ko'p miqdordagi manbalar,
multimediyaning (audio, video, grafik) maksimal xilma -xilligini, tinglovchilarning talab va
ehtiyojlariga tez va oson moslashish imkoniyatini nazarda tutadi. Bu mutlaqo yangi ta'lim
muhiti bo'lib, unda ta'lim faoliyati Internetda umumiy standartlar, texnologiyalar va ta'lim
muassasalari tarmog'i o'rtasida tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy
tarkibdan foydalaniladi. Bu turdagi ta'limning o'ziga xos xususiyati shundaki, yashash joyidan
va moliyaviy ahvolidan qat'iy nazar, aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya'ni "hamma
joyda" ta'lim olish imkoniyatidir.

O'quvchilar uchun smart-muhit har bir o'quvchi uchun individual ta'lim muhiti, amaliy

yo'nalish, bilim, ko'nikma va malakalarni rivojlantirishda mustaqillik - ijtimoiy muhitga
muvaffaqiyatli moslashishga imkon beruvchi barcha omillar; uzluksiz ta'limning smart,
fanlararo, talabalarga yo'naltirilgan ta'lim tizimlari (maktab, oliy o'quv yurti, korporativ
o'qitish); moslashtirilgan o'quv dasturlari, portfolio; hamkorlikda o'qitish texnologiyalari;
ko'p miqdordagi odatiy funktsiyalarni avtomatlashtirish; amaliyotchilarni o'quv jarayoniga
jalb qilish kabilar orqali ifodalanishi mumkin.

Smart darslik, bu kreativ darslikdir. Darhaqiqat, bu oddiy darslik. Lekin telefonni unga

ko'rsatishingiz bilan kitob jonlanadi. U erda nima bor? Masalan, "jonli" harflarni yozish xuddi
doskadagi kabi. Ularning talaffuzi, kamerani yo'naltirganingizda ekranda harakatlanadigan
qiziqarli 3D modellar. Alifboda aqlli, qiziqarli mini-o'yinlar bor, yana ko'p narsalar mavjud.
Bularning barchasi AR texnologiyasi deb ataladi, ya'ni gadget kamerani obyektga
yo'naltirishga va bunday obyektlarning qo'shimcha ma'lumotlari bilan o'zaro aloqada
bo'lishga imkon beradigan kengaytirilgan haqiqat. bu internetga joylashtirilgan
enseklopediya. Bu orqali insoniyat yillar davomida egallagan bilimlarini topishi va ko'rishi
mumkin. Barcha soha yo'nalishlariga oid materiallar jamlangan. Darslik bu na'munaviy reja
asosida ajratilgan mavzularning mazmunini to'liq qamrab oluvchi darslik.

Elektron darslik, bu e-learning muhitidagi ta'limni amalga oshiruvchi axborot

texnologiyalari va multimedia asosida o'qitishni ta'minlovchi darslik. Elektron darslik o'zining
metodik tashkiliy bilimlarni o'rgatuvchi, bilimlarni nazorat qiluvchi va xulosa qiluvchi hamda
natijani beruvchi qismlarga ega. Har bir elektron darslikda muqova, uni kim yaratganligi
haqida, mualliflar haqida ma'lumot, nazariy qism, bilimlarni nazorat qiluvchi test qismi va
xulosalovchi, ya'ni o'zlashtirishni belgilovchi qismlari mavjud.


background image

`

33

Elektron darslikka qo'yiladigan asosiy didaktik talablardan biri, undagi animatsiya va

ranglarning ko'zga ta'sir qilishi kam bo'lgan ranglarning tanlanishi, animatsiya va rasmlarning
ranglaridagi tafovutlarga e'tibor qilishni talab etadi.

Smart doskalar kundan kunga hayotimizga kirib kelmoqda, ularning turli versiyalari

ishlab chiqilmoqda. Smart doska katta ekranda katta auditoriyadagi eshituvchilarni qamrab
oladi. Bu o'qituvchilar va talabalarga ekranni teginish orqali kompyuterni boshqarish
imkonini beradi. Smart doskalar hamkorlik qilish va ishingizni kelajakda foydalanish uchun
saqlashning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Stylus qalami yoki barmog'ingizdan foydalanib,
smart doskaning sensorli ekrani orqali elementlarni chizishingiz, ajratib ko'rsatishingiz yoki
ular bilan o'zaro aloqada bo'lishingiz mumkin. Fikr va g'oyalarni smartboardga yozib olish
orqali siz qaydlaringizni raqamli kontent sifatida almashish, arxivlash va saqlashingiz
mumkin. Qurilmalardan to'g'ridan -to'g'ri kontent almashish taqdimotlarni yanada ravon
qiladi va qaydlarni tartibga solishga sarflangan vaqtni qisqartiradi. Ishingiz tugagach, jismoniy
saqlash joyiga ehtiyoj qolmaydi. Izohlangan kontent keyinchalik ulangan qurilmani
tanlaganingizda foydalanish uchun bulutda saqlanadi. Smart planshet o'z ichiga elektron
darsliklarni qamrab olgan, zamonaviy va e-learning uchun ishlashga qulay vosita. Smart
planshetlar ularning tarkibiga smart-darslik o'rnatilgan bo'ladi. Smart notebooklar ham
hozirgi kunda o'zining zamonaviy tuzilishi, jihozlanishi bilan bizlarni hayratga soladi.
O'zbekistonda ham bunday texnologiyalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda, artel
kompaniyasini rivojlantirish, zamonaviy planshetlarni ishlab chiqishni yo'lga qo'yish va
rivojlantirish masalalari hal etilmoqda.

Smart uylar, smart shahar, smart qishloq, va bu haqidagi O'zbekistonda birinchi

qadamlar. Smart uy quyosh batareyasi asosida uyni isitish va energiya bilan ta'minlash,
insonni sezuvchi texnologiya asosida amalga oshirilgan. Smart shahar quyosh energiyasi
asosida ishlovchi shahar, quyosh energiyasi asosida ishlovchi batareyalar orqali ishlovchi
svetofor.

Lekin hozirgi axborot texnologiyalari asrida web 2.0 texnologiyalari zaminida shunday

dasturiy vositalarni elektron ta'limning resurslarini yaratish qo'llash mumkin-ki, buning
uchun dasturchi va yuqori tilli dasturlash tillarida bilimga ega bo'lish shart emas. Masalan,
bunday dasturlarga, CourseLab, SunRav BookOffice, SunRav TestOfficePro va boshqalar
kiradi. Undan tashqari 11 ta dasturiy instrumental, 9 ta dasturiy vositalar orqali online va
offline tarzda ishlashga ta'lim resurslarini yaratish mumkin.

Biz Smart texnologiyalarining afzallik tomonlari hamda samaradorliklari haqida fikr

yuritdik. Ushbu zamonaviy texnologiyalarining bir nechta qulay imkoniyatlari mavjudliligi
bilan bir qatorda o'ziga xos kamchiliklari ham mavjud:

- Smart texnologiyalardan istalgan vaqtda istalgan joyda foydalanish imkoniyati yo'qligi,

chunki barcha hududlar internet bilan to'liq ta'minlanmagan.

- Smart texnologiyalardan uzluksiz ravishda foydalanish inson salomatligiga, asosan,

ko'rish va asab tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

O'qitishning yangi-smart texnologiyalari zamonaviy ta'lim tizimining ajralmas qismi

bo'lib qoladi. U insoniyatga beqiyos imkoniyatlarni hadya etib, zamon va makon chegaralarini
olib tashladi. Smart texnologiyalaridan unumli foydalanish nafaqat maktab o'quvchilari,
talabalar, katta yoshli o'rganuvchilarni ham yangi bilimlarga bo'lgan qiziqishini kuchaytirishi


background image

`

34

kerak, shunda ular jahon hamjamiyatida muvafaqqiyatli muloqot qila oladilar, barcha
talabalarni yangi davrning smart texnologiyalari bo'yicha o'z-o'zini tarbiyalash jarayoniga faol
jalb qiladilar.

Smart-ta'limning mazmuni va ta'lim texnologiyalari ilg'or ta'limga qaratilgan bo'lib,

unda bitiruvchilarning kasbiy mahorat darajasi, ularning shaxsiyatining rivojlanish darajasi
universitet va korxona o'rtasidagi hamkorlikda mehnat bozorini hisobga olgan holda ishlab
chiqarish, uning texnologiyalari rivojlanish darajasidan oldinda bo'lishi va uni shakllantirishi,
tuzilishini belgilashi kerak. Bugungi kunda multimedia taqdimotlaridan foydalangan holda
talabalar bilan trening mashg'ulotlarini o'tkazish odatiy holga aylanmoqda. Biroq, odatiy
taqdimot texnologiyalari bilan bir qatorda, ta'lim sohasiga yangi, interaktiv texnologiyalar
kirib kelmoqda. Smart ta'lim-bu insonning turmush tarziga tabiiy ravishda kiritilgan, ijtimoiy
institutlar doirasi bilan cheklanmagan, ijodiy, universal, umrbod, cheksiz ta'limdir.

Z. K. Bekturova, N. N. Vagapovalaming fikriga ko'ra smart ta'lim muhitini yaratish uchun

bir qator muhim faktorlar zaruriy hisoblanadi. Ular jumlasiga: yangi bilim va
texnologiyalardan foydalangan holda innovatsion usullar orqali o'rganish; texnologiyalarning
yaqinlashuvi, ta'lim sharoitlarini optimallashtirish; individual o'quv maqsadlariga, mavjud
bilim va ko'nikmalarga, ijtimoiy muhitga avtomatik moslashish kabilar kiradi [3].

Ta'limdagi Smart texnologiyalar allaqachon ko'plab mamlakatlarda standart

hisoblanadi. Bugungi kunda bilim nafaqat o'qituvchidan talabaga, balki talabalar o'rtasida
ham o'tkaziladi, bu esa bilimning yangi darajasini yaratish imkonini beradi. O'z navbatida,
ta'lim texnologiyalari faol qo'llanila boshlandi va o'qituvchilar bilimlarni nafaqat darsda olib
borishlari mumkin. Smart - ta'lim texnologiyalari-bu umumiy standartlar, kelishuvlar va
texnologiyalar asosida Internetda birgalikda ta'lim faoliyati uchun ta'lim muassasalari va
professor-o'qituvchilarning birlashmasi. Ya'ni, bu qo'shma tarkibni yaratish va ishlatish,
hamkorlikdadir. Bunga Yevropa tizimidagi keyingi o'n yillikdagi loyiha misol bo'la oladi. Yana
misol qilib keltirish mumkunki, ta'limdagi Smart texnologiyalar dunyo bo'ylab bepul mavjud
bo'lgan kontentdan foydalangan holda interfaol ta'lim muhitida moslashuvchan ta'limdir.
Smar texnologiyalarni tushunishning oson usullari bilimlarning keng mavjudligidir.
Universitetda SMART ta'lim ilmiy va pedagogik xodimlar uchun muhim ahamiyatga ega. Uni
amalga oshirish uchun mavjud intellektual texnologiyalarga qat'iy rioya qilinadi, ular shaxsiy
talablarni va shaxsiy talablarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Buning uchun
individual mashg'ulotlar jadvalidan foydalanish, o'qituvchi bilan talaba doimiy aloqada
bo'lish, bilimlarni mustahkam o'zlashtirishga erishish, o'qish uchun qulay vaqt va joydan
foydalanish.

Doskani interaktiv qilish mumkin bo'lgan bir nechta texnologiyalar mavjud. Bir

texnologiya rezistiv sensorli texnologiya, ikkinchisi SMART Technologies kompaniyasining
DViT

texnologiyasi.

U

ekranning

burchaklarida

joylashgan

maxsus

raqamli

videokameralardan foydalanadi. Bundan tashqari, maxsus biriktirma yordamida siz istalgan
plazma panelini interaktiv doskaga aylantirishingiz mumkin. Albatta, SMART Boards
interaktiv doskalarining barcha xususiyatlarini maksimal darajada oshirish uchun maxsus
dasturiy ta'minot yaratilgan (SMART Notebook, Bridgit, SynhronEyes). Ushbu dasturlarning
har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega. SMART Notebook matn va ob'ektlar bilan ishlash,
ma'lumotni saqlash va yozma matnni bosma matnga aylantirish imkonini beradi. Bridgit


background image

`

35

dasturi sizga butun dunyo bo'ylab hamkorlarga osongina va tez taqdimotlar qilish va
hujjatingiz bo'yicha fikr-mulohazalarni olish imkonini beradi. Umumiy ish stolida
nutqingizning asosiy nuqtalarini ajratib ko'rsatishingiz bilan, dastur darhol barcha
qaydlaringizni boshqa konferentsiya ishtirokchilarining ekranlarida real vaqt rejimida
ko'rsatadi. SynhronEyes dasturiy majmuasidan foydalanib, o‘qituvchi o‘quvchilar nima
qilayotganini kuzatishi, doskada barcha talabalarning ish monitorlarini ko‘rsatishi,
o‘quvchilar monitorlarini bloklashi va interfaol doskadan o‘quv materialini yuborishi
mumkin. Interfaol doskada ishlash jarayonida o‘quvchilarning konsentratsiyasi yaxshilanadi
va o‘quv materiali tezroq o‘zlashtiriladi. Ta'lim sohasiga yangi texnologiyalarni joriy etish
reproduktiv bilimlarni uzatishning eski sxemasidan ta'limning yangi, ijodiy shakliga o'tishga
olib keladi. Zamonaviy ta'limning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarda bilim olish uchun
barqaror motivatsiyani yaratish bo'lsa, ikkinchisi ijodiy echimlar yordamida ushbu bilimlarni
o'zlashtirishning yangi shakllari va vositalarini izlashdir. Hozirgi vaqtda sifatli ta’lim bolalar
va yoshlarning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi, iqtisodiyotning yuqori malakali kadrlarga
bo‘lgan ehtiyojini qondirish, iqtisodiy yuksalish, har bir fuqaroning farovonligi va
farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi omil hisoblanadi. Ta'lim tizimini rivojlantirishning
asosiy maqsadi fuqarolarning yashash joyi, sog'lig'i, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatidan qat'i
nazar, kasb-hunar egallashi va o'z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini beradigan sifatli ta'lim
xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta'minlashdan iborat.

Xulosa

SMART texnologiyalari ta'lim jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilish maqsadida

qo'llaniladi. Ushbu texnologiyalar ta'lim olish jarayonida interaktiv materiallar, onlayn darslar
va ijodiy faoliyatlarni birlashtirish imkonini beradi. Mutaxassislar, o'qituvchilar va talabalar
uchun texnologiyalardan foydalanish orqali ta'lim sifatini oshirish mumkin. SMART ta'lim
platformalari shuningdek, talabalar o'rtasida hamkorlik va birgalikda ishlashni
rag'batlantiradi. Bu esa o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Ta'lim
muassasalarining zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlanishi orqali ta'lim jarayoni yanada
samaraliroq va qiziqarli holga keladi.

References:

1.

Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA

MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024):
234-238.
2.

Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy

metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim
samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).
3.

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI

QO‘LLASH."

PEDAGOGS

50.2 (2024): 51-55.

4.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH

TA’LIMDA

AXBOROT

TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

USULLARI

VA

AFZALLIKLARI."

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и

практические исследования

3.10 (2024): 39-41.


background image

`

36

5.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL

IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH
MEXANIZMLARI."

Models and methods in modern science

3.5 (2024): 44-49.

6.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA

TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING
O’RNI."

Science and innovation in the education system

3.5 (2024): 50-60.

7.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan

foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995.
2023/5/15
8.

F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik

modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.
9.

F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb

academic papers collection. 2023/1/1.
10.

Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси

ҳолатини башоратлаш."

Сервис” илмий-амалий журнал

(2022): 56-59.

11.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF

MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION."

Berlin Studies Transnational

Journal of Science and Humanities

2.1.1 Economical sciences (2022).

12.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE

HELP

OF

SOFTWARE

PACKAGES

FOR

MEDICAL

SERVICES

IN

THE

REGIONS."

Conferencea

(2022): 128-130.

13.

Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-

КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ

ШАРОИТИДА

ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР
ТУПЛАМИ (2019).
14.

Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic

papers collection (2019).
15.

Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX

STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ

ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман
МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).
16.

Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-

КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ

РИВОЖЛАНИШ

ИСТИҚБОЛЛАРИ

мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).

Bibliografik manbalar

Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024): 234-238.

Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH." PEDAGOGS 50.2 (2024): 51-55.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AFZALLIKLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 3.10 (2024): 39-41.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Models and methods in modern science 3.5 (2024): 44-49.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING O’RNI." Science and innovation in the education system 3.5 (2024): 50-60.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995. 2023/5/15

F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.

F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb academic papers collection. 2023/1/1.

Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси ҳолатини башоратлаш." Сервис” илмий-амалий журнал (2022): 56-59.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION." Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities 2.1.1 Economical sciences (2022).

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE HELP OF SOFTWARE PACKAGES FOR MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS." Conferencea (2022): 128-130.

Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).

Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic papers collection (2019).

Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).

Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).