MODALLIKNING NAZARIY ASOSLARI VA UNING FALSAFIY, MANTIQIY, TILSHUNOSLIK NUQTAYI NAZARIDAN TAHLILI
Ushbu maqola modallik tushunchasining nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada modallikning falsafiy, mantiqiy va lingvistik kategoriyalar sifatida rivojlanishi, uning tarixiy asoslari va zamonaviy yondashuvlari muhokama qilinadi. Modallikning epistemik, deontik va dinamik turlari o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinib, ularning subyektiv va obyektiv xususiyatlari ko‘rsatib beriladi. Xususan, epistemik modallikning bilim, e’tiqod va taxminlarga asoslangan fikrlar bilan bog‘liqligi, shuningdek, ijtimoiy va madaniy omillar ta’siri o‘rganiladi. Maqolada Aristotel va I.Kantning modallikka oid nazariyalari, shuningdek, zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning, jumladan, Palmer, Lyons va Hallidey tomonidan ilgari surilgan qarashlar tahlil qilinadi.