Mart, 2025-Yil
81
ТARIXIY KARTOGRAFIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI, SHAKLLANISHI VA
TARAQQIYOTI
Mehriddin Yunusovich Haqqulov
Yarashova Mohlaroyim Shuxrat qizi
Yuldosheva Feruza Yashin qizi
Osiyo Xalqaro Universiteti
“Tarix va filiologiya” kafedrasi o‘qituvchilari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14984492
Annotatsiya.
Tarixiy tadqiqotlarning asosini insoniyat jamiyatining taraqqiyoti asosidagi
faktik ma'lumotlar tashkd qilsa, kartografiya tarixi uchun esa karta va geografik ilmlar asosiy
manba bo‘lib xizmat qdadi. Karta bosib chiqarishgacha bo‘lgan davrdagi ko‘plab qadimgi
kartalar turli sabablar, ya’ni yong‘inlar, namgarchilik va materialining to‘zib ketishi natijasida
bizgacha yetib kelmagan. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida kartografiyaning o‘rni xaqida aniq
bir fikr mavjud emas. Ba’zilar uni texnik fanlar qatoriga qo‘shsalar, ba’zilar esa aniq fanlar
qatoriga, yana ba’zilar kartografiya geodeziyaning bir qismi deb qarasalar, boshqalar
informatikaning bir bo‘limi deyishadi. Boshqa toifa esa uni geografik fan deb biladi.
Tayanch so‘zlar:
Karta, Antik davr, Rim imperiyasi, Uyg‘onish davrida, tabula, mappa,
mappa mundi, Kartografiya, Frits Redinger, Shveysariya, Klavdiy Ptolemey, Platon, Pifagor,
Sparta podshosi Kleomon, N.I.Pavlishev, P.I.Keppen, Zobit atlasi, Dengiz atlasi.
Abstract.
While historical research is based on factual information on the development of
human society, maps and geographical sciences serve as the main sources for the history of
cartography. Many ancient maps from the era before map printing have not reached us due to
various reasons, namely fires, dampness, and deterioration of their material. There is no clear
opinion in modern scientific literature about the place of cartography. Some include it in the list
of technical sciences, others in the list of exact sciences, and still others consider cartography as
a part of geodesy, while others say that it is a branch of computer science. Another category
considers it a geographical science.
Keywords:
Map, Antiquity, Roman Empire, Renaissance, tabula, mappa, mappa mundi,
Cartography, Fritz Redinger, Switzerland, Claudius Ptolemy, Plato, Pythagoras, King Cleomon
of Sparta, N.I. Pavlishev, P.I. Koppen, Officer's Atlas, Marine Atlas.
Mart, 2025-Yil
82
Аннотация.
Исторические исследования базируются на фактической информации,
основанной на развитии человеческого общества, а для истории картографии основным
источником служат карты и географические науки. Многие древние карты эпохи до
карточной печати не дошли до нас по разным причинам: пожары, покраска, износ
материала. В современной научной литературе нет четкого представления о роли
картографии. Кто-то считает ее частью технических наук, кто-то частью точных наук,
кто-то считает картографию частью геодезии, кто-то считает, что это часть
информатики. Другая категория считает это географической наукой.
Ключевые слова:
Карта, Античность, Римская империя, Возрождение, tabula,
mappa, mappa mundi, Картография, Фриц Редингер, Швейцария, Клавдий Птолемей,
Платон, Пифагор, Клеомон, царь Спарты, Н.И. Павлишев, П.И. Кеппен, Офицерский
атлас, Морской атлас.
Karta - bu tarixiy hujjat bo‘lib, voqealar davomiyligi haqida hikoya qiluvchi, sodir bo‘lgan
voqealar, vayron bo‘lgan va yana tiklangan shaharlar, daryo o‘zanlarining o‘zgarishi, unutilgan
qadimgi sug‘orish inshootlari, xalqlar tarixini hududlar bilan bog‘lab o‘rganadi. Antik davrda
kartalar uchun maxsus atama bo‘lmagan. Rim imperiyasida kartografik tasvirlarni tabula (doska)
deb atashgan. Keyinroq ilk o‘rta asrlarda karta lotincha „mappa" (dasdab polotno qismi yoki
dastro‘mol ma'nosini anglatgan), "mappa mundi"' shaklida esa (dunyo kartasi) o‘sha davrda
Yerning barcha kartalariga nisbatan qo‘llanilgan. Kartografik tasvirlarga nisbatan „karta"
so‘zining qo‘llanilishi Uyg‘onish davrida lotinchadan „charta"(varaq, qog‘oz) so‘zidan, o‘z
navbatida u qadimgi yunon tilidagi „xartes" (papirusdan tayyorlangan qog‘oz) so‘zidan olingan
Bu so‘z ilk bor Portugaliyadagi XIV asr kartalarida uchraydi. Karta so‘zi aslida lotincha
„chartes" — xartes so‘zidan olingan bo‘lib, yozuv uchun mo‘ljallangan papirus varag‘i degan
ma’noni bildiradi. Zamonaviy kartalar mazmuniga ko‘ra ikkiga bo’linadi: 1. Umumgeografik
kartalar (gidrografiya, rel’ef, sanoat, siyosiy- ma’muriy bo‘linishlarni o‘z ichiga oladi). 2. Maxsus
kartalar. Maxsus ma’lumotlar keltirilgan (masalan, iqtisodiy) kartalar. Masshtabiga ko'ra esa
kartalar uch guruhga bo'linadi: 1. Yirik masshtabdagi kartalar: 1:200000 va undan yirik. 2. O‘rta
masshtabdagi kartalar: 1:300000 dan 1:1000000 gacha. 3. Kichik masshtabdagi kartalar:
1:1000000 dan kichik. Hozirgi zamon kartalarida quyidagi element (unsur)lar mavjud: 1.
Gidrografiya: suv inshootlari (dengiz, daryo, ko‘l, kanal, sun'iy suv omborlari, buloqlar, quduqlar)
ni o‘z ichiga oladi. 2. Aholi punktlari: shahar, shahar tipidagi posyolka, qishloq aholi maskanlari
kiradi.
Mart, 2025-Yil
83
3. Aloqa yo‘llari: temir yo‘llar, yo‘llar, suv yo‘li (dengiz va daryo), havo yo‘llari. 4.
Sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy madaniy ob’ektlar: sanoat korxonalari, foydali qazilmalar,
aerodromlar, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy-madaniy, tarixiy ob’ektlar kiradi. 5. Relef:
pasttekisliklar. 6. Siyosiy-ma’muriy chegaralar: davlat va ma’muriy birliklarning chegaralari
mavjud. Kartografiya ancha kengroq tushuncha bo‘lib, u tabiat va jamiyatdagi voqea-
hodisalarning o‘zaro bog‘Uqligini (ularning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini) kartografik tasvir,
tasvirli belgilar vositasi bilan tasvirlashni va tadqiq qilishni o‘rganuvchi fandir. U dastlab ovchilik
va baliqchilik keng tarqalgan hududlarda shakllangan. Kartografiya qadimgi fanlardan bo‘lib, bu
fan to‘g‘risidagi dastlabki ta’rifni („kartografiya" atamasisiz) mdodiy II asrda yunon olimi Klavdiy
Ptolemey bergan. "Kartografiya" atamasi dastlab XVI asrda uchrab, geografik kartalar ishlashning
ilmiy va amaliy sohalarida qo‘llanilmagan. Kartografiyaning taraqqiyotini avvalo insoniyatning
jamiyatdagi moddiy ehtiyojlaridan kelib chiqqanligi bdan bog‘lash to‘g‘riroq. Bu taraqqiyotni
ma’lum ijtimoiy sharoitlardan, tabiat va yer munosabatlaridan tashqarida tushunish noto‘g‘ridir.
Nima bo‘lganda ham uning aniq mohiyatini tarixiy tahlilsiz anglab yetish mushkul.
Ibtidoiy jamoa davridanoq qadimgi odamlar ilk kartalarni yaratishgan. Masalan, geograf
Frits Redinger „Shveysariyadagi tarixdan avvalgi kartografik rasmlar" nomli asarida
Shveysariyadagi g‘orlardan topdgan ikkita suyak plastinkani o‘rganish natijasida, plastinkalardagi
tasvirlar o‘sha joyga oid asosiy yo‘llar kartasi ekanligiga amin bo‘lgan. Qadimgi tarixiy
kartografiyaga oid ilmiy adabiyotlarda karta va kartografiyaning shakllangan davri haqida aniq va
to‘la javob yo‘q. Ma’lumki, bizgacha yetib kelgan kartografik tasvirlar miloddan avvalgi III-II
ming yilliklarga oiddir. Ular orasida Shimoliy Italiyaning Kamonika vodiysidan topilgan bronza
davri (mdoddan avvalgi II ming yillik o‘rtalari)ga oid kartografik tasvirlarda dalalar, so‘qmoqlar,
irmoqlar va sug‘orish inshootlari aks ettirilgan. Qadimgi karta-tasvirlar loy taxtachalar, papirus va
pergamentlarga chizilgan bo‘lib, bizgacha boy tarixiy ma’lumotlarni olib kelgan. Miloddan
avvalgi 2300 yillarda qadimgi bobilliklar ilk ibtidoiy kartalarni chizganlar. Unda yerning ba’zi
qismlari o‘z aksini topgan edi.
Shuningdek, kartalar yaratish boy madaniyatli qadimgi xalqlar — ossuriyaliklar, misrliklar
va finikiyaliklarda eramizdan bir necha ming yil avval shakllangan.
Yerning shar shaklida ekanligi qayd etilgan sanani ko‘plab olimlar asrlar mobaynida
o‘rganishib, uni miloddan avvalgi V asrda yashagan faylasuf Parmenid nomi bilan bog‘lab
kelishdi. XIX asrda tarixchi va geograf olimlar Yerning shar shaklida ekanligi haqida g‘oya
Pifagorga (miloddan avvallgi VI asr) tegishli deb da’vo qilishardi. XX asrda esa bir qator G‘arb
tadqiqotchilari — Gyutri, Xeydel, Tomson va boshqalar yangi g‘oya miloddan avvalgi V asrdan
Mart, 2025-Yil
84
erta paydo bo‘lmaganligi va u haqdagi ishoralar Platonning (miloddan avalgi 427-347 yillar)
"Fedon" dialogida uchrashini ta’kidlaganlar. Ammo XX asrdagi ba’zi tadqiqotlarda bu g‘oyani
yana „qadimiyroqqa" — Pifagor davrigacha surishga urinishlarni kuzati-shimiz mumkin. Antik
manbalarda qadimgi yunon kartalari haqida bir qator ma’lumotlar uchraydi. Gerodotning
yozishicha, Milet hukmdori Aristogorning Sparta podshosi Kleomon bilan muloqoti chog‘ida
uning qo‘lida mis doskali karta bo‘lib, unda butun yer kurrasi, "hamma dengiz va daryolar" aks
etgan. Shuni unutmaslik kerakki, antik davrning yirik tarixchilarining ko‘pchiligi geograf, shuning
bilan birga kartograf bo‘lishgan. Ular orasida Evdoks, Dikearx, Efor, Eratosfen, Pompeniy Mel,
Ptolemeylar alohida o‘rin egallaydi. Quldorlik tuzumi davrida karta tuzish ancha rivojlandi.
Kartografiyaning ilmiy manbalari antik Yunonistonda shakllandi. Yunonlar Yerning shar
shaklida ekanligini va uning hajmini aniqlashga uringanlar. Ular tomonidan kartografik
proyeksiyalar va meridian-parallellar to‘ri ishlab chiqilgan. Bunda ular Yerning shar shaklida
ekanligini hisobga olganlar. Tarixchi Gerodot o‘z davrida (miloddan avvalgi 484-425 ydar)
Yerning tasviri haqida yozib qoldirgan bo‘lsada, antik geografiya Klavdiy Ptolemey (milodiy 90-
168 ydlar) asarlarida kengroq tahlil qilingan. Uning 8 kitobdan iborat „Geografiyadan qo‘llanma"
asari kartografiya ilmida qariyib 14 asr mobaynida yirik manba bo‘lib xizmat qildi. U qisqacha
„Geografiya" deb atalib, 8 ta kitobdan oltitasida Yerning tasviri bayon etilgan. Qadimgi Rimda
kartalar harbiy va ma’muriy maqsadlar uchun amaliyotda keng qo‘llanilgan. Rimning iqtisodiy va
siyosiy hayoti olis viloyatlar va qo‘shni mamlakatlarning transport aloqalariga bog‘liq bo‘lgan.
Rim imperiyasini bog‘lab turgan yo‘llar tarmog‘i o‘lchab chiqilgan, so‘ngra esa ularning
kartalari tayyorlangan. Rimdagi kartografiya asosan ikki yo‘nalishda rivojlangan. Birinchisi —
yunon kartografiyasi an'analarini davom ettirgan bo‘lib, yunonlar, ayniqsa, Klavdiy Ptolemey
tadqiqotlari asosida, ikkinchisi aynan Rim yo‘nalishi, ya’ni amaliy muhandislik asosida taraqqiy
etdi. Ta’kidlash joizki, rimliklar muhandislik geodeziyasi asoslarini yer o‘lchash ishlari vositasida
olib borishdi. Rim kartografiyasi ana shunisi bilan ham muhim va o‘ziga xosdir. Rimda
kartografiya ishlari bilan yer o‘lchovchilar (agrimensorob) shug‘ullanib, milodiy birinchi asrlarda
argimensor bir vaqtning o‘zida ham kohin, ham harbiy va geometr bo‘lib, Senat va xalq ularga
katta vakolatlarni bergan. Agrimensorlar o‘ziga xos an'ana hamda qoidalar asosida faoliyat
ko‘rsatgan. Ular Rimda ijtimoiy xizmat vakillari sanalib, imperatorlar ularning faoliyatini yuqori
baholaganlar. Hatto huquqshunos va notiqlardan tashqari yer o‘lchovchilar ham professor
unvoniga sazovor bo‘lishgan hamda har xil majburiyatlardan ozod etilgan. Yuqoridagilardan
bilishimiz mumkinki, Rimda yer o‘lchash va uni kartalarga tushirish san’at darajasiga ko‘tarilgan.
Mart, 2025-Yil
85
O‘z amaliga ko‘ra rimlik yer o‘lchovchilar turli xil nomlarga ega bo‘lishgan: terminorum
custodes — chegaralar qo‘riqchisi, mensores — o‘lchovchdar, agrimensores-mensores-yer
o‘lchovchilar. Rimda ushbu kasb egalarining maxsus maktablari va qadimgi geodezik asboblari
mavjud bo‘lgan. Dastlab tarixiy kartalar Abraxam Orteliyning „Qadimgi dunyo geografiyasi
atlasi" (1579 yil)ga kiritdgan. So‘ngra Sansonlar, V.Dyuval (XVII asrning ikkinchi yarmi)
atlaslarida tarixiy bo‘limlar paydo bo‘ldi. XVIII asrda esa J.B.D'Anvilning tarixiy kartalari chop
etddi. XIX-XX asrlarda bir qator G‘arb mamlakatlarida milliy tarixiy atlaslar chop etildi. Ularda
aholining joylashuvi, ma’muriy-siyosiybo‘linishlar, shuningdek, iqtisodiy va madaniy tarixga oid
kartalar mavjud edi (AQSh, Fransiya, Finlandiya). Tarixiy atlaslar Chexoslavakiya va Bolgariyada
ham nashr etdgan. Rossiyada tarixiy kartalar XVIII asrning birinchi choragida, aniqrog‘i, 1700-
1721-yillardagi Shimoliy urushda rus harbiy qo‘shirdarining janglariga bag‘ishlangan plan, karta,
sxema va ularning sharhiga bag‘ishlangan matnlarning 1713-yildan chop etilishi bilan boshlangan.
Keyinroq qo‘lda chizilgan harbiy-tarixiy kartalar juda ko‘plab tarqalib, ular quruqlik va
dengizda olib borilgan janglarda erishilgan g‘alabalarga bag‘ishlandi. 1793-yilda ilk bor «Rossiya
imperiyasining tarixiy kartalari» nashrdan chiqdi. XIX-XX asr boshlarida atlas va alohida kartalar
chop etilib, ularda siyosiy, harbiy va iqtisodiy jarayonlar o‘z aksini topdi. Ular jumlasiga
„I.Axmatovning Rossiya davlatining Karamzin tarixiy asarlariga asoslanib tuzilgan tarixiy,
xronologik va geografik atlasi" (I-II qismlar, 1829-1831 yillar), N.I.Pavlishevning „Rossiya tarixiy
atlasi" (1845 yd), Y.Y.Zamislovskiyning „Rus tarixiga oid o‘quv atlasi" (1865 va 1887 ydlar) va
AJlinning 1868 ydda chop etilgan „Rus tarixi bo‘yicha o‘rta va quyi o‘quv muassasalari uchun
o‘quv atlasi"ni misol qdib keltirishimiz mumkin. Rossiya imperiyasida iqtisodiy va xo‘jalik
masalalarini qamrab olgan karta va atlaslar Ichki ishlar vazirligining aholini ro‘yxatga olish
boshqarmasi, Savdo vazirligi va boshqa muassasalar tomonidan muntazam nashr etilib borilgan.
Etnografik tarixga doir kartalar 1851 ydda P.I.Keppen va 1895 ydda A.F.Rittix tomonidan
tayyorlanib, chop etilgan. Rossiya imperiyasida nashr etdgan harbiy-tarixiy kartalar
amaliyahamiyatga ega bo‘hb, ular 1799, 1805-1815, 1828-1829, 1853-1856, 1877-1878 va 1904-
1905 ydlarda chor qo‘shirdari ohb borgan yirik harbiy urushlarni, shu bdan birga chegaralar hamda
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan harbiy harakatlarni ham tavsiflovchi kartalar sifatida baholanishi
mumkin. Hozirgi zamon tarixiy kartalari faqatgina tarixiy voqea va hodisalar va dalidarnigina aks
ettirib qolmay, balki ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham tasvirlaydi. Sobiq sho‘rolar tuzumi davrida
K.V.Kudryashovning «Rus tarixiy atlasi» (1928 yil), K.V.Bazdevich, I.A.Golubsov va M.A.
Zinovyevlarning «SSSR tarixi atlasi» (1-3 qismlar, 1948-1950 yillar) va boshqa yirik tarixiy
atlaslar yaratilgan.
Mart, 2025-Yil
86
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng sobiq sho‘rolar tuzumi ostidagi ittifoqdosh respublikalarda
ham nashr etilgan atlaslarda tarixiy kartalar mavjud edi. Harbiy tarixiy voqealarga doir kartalar
L.G.Beskrovniyning „Rus harbiy tarixiga oid karta va sxemalar atlasi" (1946-yil), „Zobit atlasi"
(1947-yil), „Dengiz atlasi" (3 jild, 1958-yil)da o‘z aksini topgan.
Xulosa
Tarixiy kartalar Tarixiy kartalar, asosan, o‘tmishdagi voqea va hodisalarni tasvirlab,
jamiyat tarixidagi muhim voqelarning geografiya bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi. Tarixiy
kartalar qadimgi madaniyat o‘choqlari, davlatlar, ijtimoiy harakatlar, savdo yo‘llari va hokazolarni
ko‘rsatishga xizmat qiladi. Tarixiy kartalar arxeologik, etnografik, tarixiy-iqtisodiy, siyosiy-
tarixiy, harbiy-tarixiy va tarixiy-madaniy kartalarga bo‘linadi. Bu tarmoqlar orasida tarixiy
kartalar umumiy ham bo‘lib, tarixiy jarayonlarni bir butunlikda tasvirlaydi. Alohida hollarda esa
voqea va hodisalar yoki fakt (dalil)larning alohida tomonlarini ko‘rsatadi. Ular mustaqil (ma'lumot
beruvchi va o‘quv kartalari hamda atlaslar) yoki bezakli ahamiyatga ega bo‘lgan kartalarga
bo‘linishi mumkin.
REFERENCES
1.
Haqqulov, M. Y. O. G. L. (2022). Markaziy Osiyoda ilk diplomatik munosabatlar tarixi.
Science and Education, 3(10), 385-389.
2.
Yunusovich, H. M. (2024). Experiences Related to the Fine Fiber Cotton of Uzbekistan
during the Years of Soviet Authority. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN
NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 129-132.
3.
Yunusovich, H. M. (2024). The Formation, Development and Role of the High Seljuk
Empire Founded by the Turkic Peoples in the Islamic World. Miasto Przyszłości, 53, 956-
959.
4.
Haqqulov, M. (2024). O ‘RTA OSIYO XALQLARINING OZODLIK ORZUSI BO ‘LGAN
“TURKISTON MUXTORIYATI”. Modern Science and Research, 3(12), 609-613.
5.
Haqqulov, M. (2025). USMONIYLAR IMPERIYASINING TASHKIL TOPISH TARIXI.
Modern Science and Research, 4(1), 663-672.
6.
Haqqulov, M. (2024). TURKISTON OZODLIGINING JARCHILARI. Medicine, pedagogy
and technology: theory and practice, 2(11), 154-159.
7.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). O ‘RTA OSIYO OLIMLARINING
KARTOGRAFIK MEROSI. Modern Science and Research, 4(1), 221-227.
Mart, 2025-Yil
87
8.
Xakkulov, M., & Kosimov, U. (2025). HISTORY OF MILITARY WORK IN THE
EMIRATE OF BUKHARA.
Journal of universal science research
,
3
(1 (Special issue)), 319-
325.
9.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). BUXORO OCHILGAN
MUZEYLARNING TASHKIL TOPISH TARIXI. Modern Science and Research, 4(1), 248-
256.
10.
Srojeva, G., Gulyamov, A., & Haqqulov, M. (2025). XVII ASRDA BUXORODA
ABDULAZIZXON MADRASASINING QURILISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.
Modern Science and Research, 4(1), 471-478.
11.
Haqqulov, M., & Sadulloyeva, M. (2025). IMOM BUXORIYNING “AL-JOME’AS
SAHIH” ILMIY AHAMIYATI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 472-476.
12.
Haqqulov,
M.
(2025).
YANGI
DAVRDA
AVSTRIYA
(GABSBURGLAR)
IMPERIYASINING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI (XVI-XVIII ASRLAR).
Modern
Science and Research
,
4
(2), 834-842.
13.
Xakkulov, M., & Kosimov, U. (2025). HISTORY OF MILITARY WORK IN THE
EMIRATE OF BUKHARA.
Journal of universal science research
,
3
(1 (Special issue)), 319-
325.
14.
Ярашова, М. . (2024). ЖАҲОН ЭТНОЛОГИЯСИ ФАНИ ВА УНИ ЎҚИТИШНИНГ
ЗАМОНАВИЙ МЕТОДОЛОГИЯСИ.
Modern Science and Research
,
3
(10), 362–368.
Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/44901
15.
Ярашова, М. (2024). БУХОРО ВОҲАСИДА МАТО ВА МАТО ТАЙЁРЛАШ
УСУЛЛАРИ.
Modern Science and Research
,
3
(11), 782–787. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48057
16.
Yarashova Mohlaroyim Shuhratovna. (2024). Muyiddin Ibn Arabiyning Tasavvuf
Ta’limotida Tahsil Olgan Ayol Ustozlari Va Ta’lim Bergan Ayol Shogirdlari.
Miasto
Przyszłości
,
52
,
622–625.
Retrieved
from
https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4679
17.
Yarashova, M. (2024). ILK O’RTA ASR MANBALARIDA KIYIM-KECHAKLAR VA
ULAR BILAN BOG’LIQ ATAMALAR TAVSIFI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
621–632. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/58456
18.
Ярашова, М. (2025). ПАРАНЖИ ВА УНИНГ ЎРГАНИЛИШ ТАРИХИ.
Modern Science
and Research
,
4
(1), 160–168. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-
Mart, 2025-Yil
88
19.
Yarashova, M., Sa’dullayev, U., & Yo’ldosheva, F. (2025). BUXORO VOHASI
AYOLLARINING AN’ANAVIY BOSH KIYIMLARI- DO‘PPI VA RO‘MOL.
Modern
Science and Research
,
4
(1), 600–607. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-
20.
Yarashova , M. ., & Sultonova, M. (2025). BUXORO VOHASI DAFN MAROSIMI
KIYIMLARI VA ULAR BILAN BOG’LIQ IRIM-SIRIMLAR.
Modern Science and
Research
,
4
(1),
352–358.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
21.
Yarashova, M. (2025). EDVARD TAYLOR –ETNOLOGIYADA EVOLYUTSIONISTIK
MAKTAB ASOSCHISI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 1005–1012. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/68483
22.
Yuldosheva, F. . (2024). MIRZO ULUG’BEK KUTUBXONASI VA BUGUNGI
TAQDIRI.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12),
741–749.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/-research/article/view/58564
23.
Yuldosheva , F. . (2024). BOLA TUG’ILISHI BILAN BOG’LIQ MAROSIMLAR O’ZBEK
XALQI HAYOTINING AJRALMAS QISMI SIFATIDA.
Modern Science and
Research
,
3
(11), 788–791. Retrieved
from https://inlibrary.uz/index.php/science-
24.
Yuldosheva , F. Y. qizi. (2023). LEV NIKOLAYEVICH GUMILYOVNING “QADIMGI
TURKLAR” ASARIDA KOʻKTURKLAR YODGORLIKLARI XUSUSIDA.
GOLDEN
BRAIN
,
1
(16),
338–342.
Retrieved
from
https://researchedu.org/index.php//article/view/3908
25.
Yuldosheva , F. . (2025). MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY – MILLATNING O‘Z
TAQDIRINI ANGLASHIDA YORQIN YULDUZ VA MILLIY UYG‘ONISH DAVRINING
RAMZI.
Modern
Science
and
Research
,
4
(1),
420–427.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/60832
26.
Yuldosheva, F. & Abdihamidova , F. . (2025). BEHBUDIYNI KIM O’LDIRGAN?.
Modern
Science and Research
,
4
(1), 359–366. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-
27.
Yuldosheva, F. . (2025). IBN BATTUTANING “SAYOHATNOMA” ASARI MUHIM
MANBA SIFATIDA.
Modern Science and Research
,
4
(2), 573–580. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/scienceresearch/article/view/66954
Mart, 2025-Yil
89
28.
Gulyamov, A. A. (2024). JАMIYАTIMIZNING IJTIMОIY-IQTISОDIY, MА’NАVIY-
MАDАNIY
SОHАLАRIDА
ОILАNING
RОLI.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
36
(2), 149-153.
29.
Azizovich, G. A. (2024). Trade Relations of Population in Bukhara Emirate, Shariah Rules
and Regulations in Commercial Affairs, Partnership Relations.
EUROPEAN JOURNAL OF
INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
4
(9), 189-194.
30.
Azizovich, G. A. (2024). Family-Marriage and Inheritance Relations of the Population in the
Bukhara Emirate.
Miasto Przyszłości
,
53
, 964-969.
31.
Gulyamov, A. (2024). BUXORO MUZEYNING TASHKIL TOPISHI TARIXI.
Modern
Science and Research
,
3
(12), 659-667.
32.
Muyiddinov Bekali. (2023). THE ROLE OF BUKHARA AND OTHER CITIES IN THE
MILITARY ART AND ARMY STRUCTURE OF KHOREZMSHAHS . ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 35(3), 55–58. Retrieved from
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10035
33.
Нозимов Ж. Т. и др. Социально-психологические особенности формирования
духовных потребностей в профессиональном развитии студентов //Science and
Education. – 2024. – Т. 5. – №. 5. – С. 455-459.
34.
Nozimov, J. (2019). The use of the trainings in developing intercultural competence in
students. In Психология образования будущего: От традиций к инновациям (pp. 112-
114).
35.
Nozimov, J. T., & Usmanova, M. N. (2022). SOCİO-PSYCHOLOGİCAL ASPECTS OF
INTERNET ADDİCTİON AMONG STUDENTS. Педагогика и психология в
современном мире: теоретические и практические исследования, 1(10), 49-51.
36.
Muyiddinov, B. (2023). XII-XIII ASRLAR DAVRIDA BUXORODA ILM – FANNING
RIVOJLANISHI. SCHOLAR, 1(28), 341–345. https://doi.org/10.5281/zenodo.10027071
37.
Muyiddinov Bekali. (2023). MO’G’ULLAR BOSQINI DAVRIDA BUXORONING
AYANCHLI
TAQDIRI. TADQIQOTLAR.UZ, 25(2),
212–215.
Retrieved
from
http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/308
38.
Muyiddinov, B. (2024). BARTHOLD'S "СОЧИНЕНИЯ. ТОМ I. ТУРКЕСТАН В ЭПОХУ
МОНГОЛЬСКОГО НАШЕСТВИЯ" THE HISTORY OF THE CREATION OF THE
WORK.
MODERN
SCIENCE
AND
RESEARCH,
3(1),
699–
Mart, 2025-Yil
90
39.
Muyiddinov, B. (2024). THE ROLE OF MILITARY REFORMS IN THE BUKHARA
KHANATE IN THE LIFE OF THE STATE UNDER THE SHAYBANIDS. MODERN
SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 646–648. https://doi.org/10.5281/zenodo.10668887
40.
Gulyamov, A., & Ashurov, D. (2025). CHANGES IN THE LIFE OF THE WORLD'S
COUNTRIES AFTER WORLD WAR II.
Journal of universal science research
,
3
(1 (Special
issue)), 333-341.
41.
Gulyamov, A. (2025). MANG ‘ITLAR SULOLASI DAVRIDA DAVLAT BOSHQARUVI,
TUZUMI VA ICHKI SIYOSATI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 790-798.
42.
Gulyamov, A., & Xamidova, R. (2025). ABU RAYHON BERUNIY BUYUK QOMUSIY
OLIM.
Modern Science and Research
,
4
(2), 758-766.
43.
Gulyamov, A. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA ISTIQOMAT QILGAN MILLIY-ETNIK
GURUHLAR.
Modern Science and Research
,
4
(2), 1020-1028.
44.
Ilniyazovich, S. F. (2023). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TARIX FANINI
O'QITISHDAGI AHAMIYATI.
45.
Ilniyoz o'g'li, S. F. (2023). ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA QORAQALPOQ
XALQINING YORITILISHI.
46.
Ilniyazovich, S. F. (2024). The Formation of Preliminary Knowledge about the People of
Karakalpak.
EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION
,
4
(3), 149-155.
47.
Sayfutdinov, F. (2024). BUXORO AMIRLIGINING QURILISH TARIXI: MADANIY VA
ARXITEKTURA TARAQQIYOTI MEROSI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 852-
858.
48.
Sayfutdinov Feruz Ilniyoz o’g’li. (2023). XX ASR 2-YARMI XXI ASR BOSHLARI
ZARAFSHON VOHASIDA ETNOSLARARO MUNOSABATLAR.
TA’LIM VA
RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
3
(9), 1–5. Retrieved from
https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/7941
49.
Obid o'g'li, B. O., & Zaynievich, O. M. (2024). BUXORO VA JUNG'OR XONLIKLARI
O'RTASIDA SIYOSIY MUNOSABATLAR TARIXI.
50.
Boltayev, O. (2024). QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
Modern Science and Research
,
3
(10), 64-68.
51.
Obid o’g’li, B. O. QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO, XIVA VA KO’CHMANCHILAR BILAN OLIB BORGAN DIPLOMATIYASI.
Mart, 2025-Yil
91
52.
Sadullayev U. . (2024). MAHALLA: UNDERSTANDING THE CONCEPT. Medicine,
Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(4), 376–385.
53.
Sadullaev U. . (2024). USE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN EDUCATION.
Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(5), 344–352.
54.
Sadullaev, U. (2024). EDUCATION AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE: A NEW ERA
OF OPPORTUNITY. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(6), 238–
241.
55.
Shokir o’g’li, S. U. (2024). Media literacy is a requirement of the modern world.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 276-
280.
56.
Shokir o’g’li, S. U. (2024). Media literacy is a requirement of the modern world.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 276-
280.
57.
Рахмонова, С. (2024). HARMONY OF EDUCATION AND TRAINING. Журнал
универсальных научных исследований, 2(5), 366-375.
58.
Ramatov, J., Hasanov, M., & Rahmonova, S. (2024). TA’LIM TIZIMI
MODERNIZATSIYALASHUVINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(8), 160-172.
59.
Rаhmоnоvа, S. S. Q. (2024). О ‘ZBЕKISTОNDА АMАLGА ОSHIRILGАN MА’NАVIY-
MАDАNIY
ISLОHОTLАR
DINАMIKАSI
VА
АSОSIY
YО
‘NАLISHLАRI.
International scientific journal of Biruni
,
3
(2), 95-104.
60.
Rahmonova Sanoat Shuhrat qizi. (2024). SPIRITUAL AND EDUCATIONAL REFORMS
ARE
THE
FOUNDATION
OF
A
NEW
UZBEKISTAN.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14503228
61.
Nozimov, J. T. (2024). PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF CHILDREN FOR
FORMATION OF DEVELOPMENT FOR PREPARATION FOR UNIVERSITY.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(5), 575-578.
