834
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
YANGI DAVRDA AVSTRIYA (GABSBURGLAR) IMPERIYASINING
IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI (XVI-XVIII ASRLAR)
Haqqulov Mehriddin Yunusovich
Osiyo xalqaro universiteti
“Tarix va filologiya” kafedrasi o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14889214
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Avstriya davlatining vujudga kelishi va uning rijovlanishi
tarixi bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlar keltirilgan. Rudolf Gabsburg boshchiligidagi sulola
vakillarining Markaziy Yevropa hududlaridagi bosqinchilik harakatlari va diniy urushlardagi
ishtiriroki, 30 yillik urushning imperiya taraqqiyotiga ta’siri bilan bog‘liq ma`lumotlardan
maqoladan o‘rin olgan.
Tayanch so’zlar:
Gabsburglat, Maksimilian I, Avstriya, Muqaddas Rim imperiyasi,
Turkiya, O‘rta Yer dengizi, Gollandiya, Angliya, Rossiya, Vengriya, Sileziya, Chexiya, Gʻarbiy
Yevropa, “Muqaddas liga”, Transilvaniya va Serbiya, Sen-Gotard, Leopold I, Vatikan, Venesiya,
Polsha.
SOCIO-POLITICAL LIFE OF THE AUSTRIAN (HABSBURG) EMPIRE IN THE
MODERN ERA (16TH-18TH CENTURIES)
Abstract.
This article presents historical information related to the creation of the Austrian
state and the history of its development. The article contains information about the participation
of representatives of the dynasty led by Rudolph Habsburg in invasions and religious wars in
Central European regions, and the influence of the 30-year war on the development of the empire.
Keywords:
Habsburglat, Maximilian I, Austria, Holy Roman Empire, Turkey,
Mediterranean, Holland, England, Russia, Hungary, Silesia, Czech Republic, Western Europe,
"Holy League", Transylvania and Serbia, Saint Gothard, Leopold I, Vatican, Venice, Poland.
ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКАЯ ЖИЗНЬ АВСТРИЙСКОЙ (ГАБСБУРГСКОЙ)
ИМПЕРИИ В НОВОЕ ВРЕМЯ (XVI-XVIII ВВ.)
Аннотация.
В данной статье представлены исторические сведения, связанные с
созданием Австрийского государства и историей его развития. В статье содержатся
сведения об участии представителей династии Рудольфа Габсбургов во вторжениях и
религиозных войнах в центральноевропейские регионы, а также о влиянии 30-летней войны
на развитие империи.
Ключевые слова:
Габсбурглат, Максимилиан I, Австрия, Священная Римская
империя, Турция, Средиземноморье, Голландия, Англия, Россия, Венгрия, Силезия, Чехия,
835
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Западная Европа, «Священная лига», Трансильвания и Сербия, Сен-Готард, Леопольд I,
Ватикан, Венеция, Польша.
XVII–XVIII asrlarda Gabsburglar sulolasiga qarashli yerlar deyarli tinimsiz kengayib
bordi va Gabsburglar davlati Yevropaning eng katta davlatlaridan biriga aylandi. O‘ttiz yillik
urush bu jarayonni to‘xtatgan bo‘lsada, Gabsburglar nafaqat «German millatining Muqaddas Rim
imperiyasi imperatori» degan formal unvonni, balki mayda davlatlardan iborat Germaniyaning
ichki ishlariga aralashish huquqi va shu mintaqadagi siyosiy ta’sirini ham saqlab qoldi. Imperiya
hududining juda kattaligiga qaramasdan uning markazi va sulola qudratining manbai Avstriya
yerlari, Chexiya va Sileziya edi. Avstriyaning yuksalish sabablaridan biri shundaki, u yaqin
qo‘shnilaridan oldinroq absolyut monarxiyaga asoslangan markazlashgan davlatni tashkil qila
oldi. Bu davlatga hali XVI asrdayoq Maksimilian I (1459–1519) o‘tkazgan islohotlar tufayli asos
solingan va XVII asrda Ferdinand II va uning vorislari tomonidan mustahkamlangan edi.
Markazlashgan davlatning tashkil topishi va Avstriyaning kuchayishiga yana bir sabab, to
XVII asrning oxirigacha saqlanib turgan Turkiya bosqini xavfi edi. Butun XVII asr davomida yuz
bergan qirg‘inbarot urushlar hamda savdo yo‘llarining O‘rta Yer dengizi havzasidan Atlantika
okeani tomon siljishi Avstriyaning iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Hunarmandchilikdan
manufaktura ishlab chiqarishiga o‘tishning juda sekinligi oqibatida sanoatning bir paytlar o‘ta
rivojlangan tarmoqlari ham deyarli to‘xtab qoldi. Faqat qurolsozlik, tog‘-kon va metallga ishlov
berish sohalari o‘z mahsulotlarini Gollandiya, Angliya va Rossiyaga sotganligi tufayli rivojlanish
sur’atini saqlab qoldilar. XVII asrda hukumat doimiy va aniq miqdorda to‘lanadigan yangi soliq –
«kontributsiya»ni joriy qiladi. Bu davrda ham har xil soliqlar va majburiyatlarga qarshi ov qilish
va baliq tutish hamda o‘rmonlar va boshqa jamoa yerlaridan foydalanish huquqlarini tiklash uchun
dehqonlarning qo‘zg‘olonlari bo‘lib turdi. XVII asr oxiri – XVIII asr boshlaridagi urushlar. O‘ttiz
yillik urush va Vestfal tinchlik sulhi Avstriyaning tashqi siyosati va xalqaro obro‘siga katta
o‘zgarishlar kiritdi. Gʻarbiy Yevropada yangi yerlarni bosib olishning mumkin emasligi yaqqol
ko‘rinib qoldi. O‘zining asriy raqibi Fransiya bilan raqobat kun tartibidan olib tashlanmasada, endi
Avstriya Sharqqa, hukmronligi borgan sari kuchsizlanib borayotgan Usmoniylar imperiyasi
egallab turgan yerlarga o‘z nigohini qaratdi. 1664 yili Montekukkoli qo‘mondonligidagi
avstriyaliklar armiyasi turk qo‘shinlari ustidan dastlabki yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ammo Sen-
Gotard yonidagi bu g‘alaba rivojlantirilmadi va mustahkamlanmadi. Imperator Leopold I (1640–
1705) tinchlik sulhini tuzishga shoshildi. Natijada vujudga kelgan imkoniyatdan turklar yangi
urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun foydalandi. Fransuzlar tomonidan gij-gijlatilgan Turkiya 1683
yili urush harakatlarini yangidan boshlab, yomon qurollangan va tayyorgarlik ko‘rmagan Avstriya
qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi va 10-iyul kuni Venani qamal qildilar.
836
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Avstriya halokat yoqasiga kelib qoldi. Polsha qiroli Yan Sobeskiy qo‘shinlarining yordami
Avstriyani muqarrar halokatdan qutqaribgina qolmasdan, turklar bosqini xavfidan butunlay xalos
qildi. «Muqaddas liga» (Vatikan, Venesiya, Polsha) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Avstriya
endi birin-ketin g‘alabalarga erishib, 1685 yili Buda hududini va Vengriyaning katta qismini
egalladi, ikki yildan so‘ng esa Transilvaniya va Serbiya hududiga kirib bordi. Turkiya bilan urush
qariyb 10 yil davom etdi. 1697 yil yosh shahzoda va o‘z davrining qobiliyatli sarkardasi Yevgeniy
Savoyskiy1 Zenta (Vengriya) yonidagi jangda hal qiluvchi g‘alabaga erishdi. 1699 yilning boshida
Karlovisa tinchlik sulhi imzolanib, unga ko‘ra butun Vengriya, Transilvaniya va Xorvatiya
Gabsburglar hukmronligi ostiga o‘tdi. XVIII asr boshlarida Avstriya butun Yevropani qamrab
olgan ispan taxti uchun bo‘lgan urushda (1701–1714) qatnashdi. Bu urush Gabsburglar uchun
shunisi bilan qiyinlashdiki, u venger xalqining Avstriya istibdodiga qarshi Rakosi II
boshchiligidagi qo‘zg‘oloni (1703–1711) bilan bir paytga to‘g‘ri keldi. Urush boshlanganidan ikki
yil keyin Bavariya bilan Fransiyaning birlashgan qo‘shinlari Vengriya qo‘shinlari bilan qo‘shilish
maqsadida Avstriyaning Tirol provinsiyasiga bostirib kirdi. Faqat Tirol xalqining qarshiligi
fransuz-bavar armiyasini to‘xtatib qoldi va bu Avstriya hamda Angliya armiyasiga hujumga o‘tish
imkoniyatini berdi. 1704 yil 13 avgust kuni shahzoda Yevgeniy va gersog Malboro
qo‘mondonligidagi Avstriya-Angliya qo‘shinlari fransuz-bavar armiyasini tor-mor keltirdi. Shu
tariqa urushning borishida burilish yasaldi. 1713–1714 yillari Utrext va Rashtadtda tinchlik
shartnomalari imzolanib, Italiyaning katta qismi (Neapol, Milan, Sardiniya), Belgiya va Reynning
ba’zi hududlari (Freyburg) Gabsburglar imperiyasiga qo‘shib olindi. Oradan ikki yil o‘tgach
avstriyaliklar turklarga qarshi yangi urush boshladi va o‘zlari uchun nihoyatda foydali bo‘lgan
Pojarevas sulhini imzolashga turklarni majbur qildi. Avstriya Bosniya va Serbiyaning bir qismini
(Belgrad shahri bilan), Sloveniya va Valaxiyaning katta qismini, shuningdek, Banatni (Temeshvar
shahri bilan) o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Eng muhimi esa, Usmoniylar imperiyasining hamma
hududida bojsiz savdo qilish va Dunay daryosi, Qora va O‘rta Yer dengizlarida Avstriya
kemalarining erkin suzish huquqini qo‘lga kiritdi. Shunday qilib, XVIII asrning dastlabki o‘n
yilligida Avstriya o‘z qudratining cho‘qqisiga erishdi.
XVII asrning 80-yillaridan Avstriyada merkantilizm g‘oyalari tarqala boshlaydi.
Merkantilizmning Avstriya maktabi namoyandalari (ular kameralistlar deb atalgan) iqtisodiy
islohotlarning butun dasturini olg‘a surdilar. Islohotlar dasturi Iosif (1705–1711) va Karl VI
(1711– 1740) davrida amalga oshirildi. XVIII asr boshida yangi tashkil qilingan manufakturalarni
moliyalash maqsadida Davlat banki tashkil qilindi. 1719 yili hukumat Fium va Triyest portlarini
ochiq portlar deb e’lon qildi hamda ularni mamlakatning ichki hududlari bilan bog‘laydigan yo‘llar
qurilishini boshladi. Shu yillari Adriatika dengizidagi Avstriya flotiga asos solindi. Islohotlar
sanoatning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
837
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Eski manufakturalar bilan bir qatorda fabrika tipidagi yangi yirik manufakturalar paydo
bo‘ldi. Syex tuzilishiga qarshi ham bir qator tadbirlar amalga oshirildi. 1725 yili imperator
shogirdlarning diplomsiz va syexlardan tashqarida hunarmandchilik bilan shug‘ullanishiga ruxsat
beruvchi dekret e’lon qildi. 1731 yili Karl VI tomonidan chiqarilgan dekret esa barcha syexlarning
sanoat faoliyatini mahalliy hokimiyatlar nazorati ostiga qo‘ydi. XVIII asrdagi iqtisodiy yuksalish
sekinlik bilan bo‘lsada, qishloq xo‘jaligida ham yuz berdi. Kartoshka, beda, makkajo‘xori singari
yangi ekinlarning paydo bo‘lishi, o‘g‘itlarning qo‘llanilishi, uch dalali ekish tizimidan voz
kechilishi xo‘jalikning intensiv rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda qishloqda tabaqalanish
kuchayib, boy dehqonlar va mutlaqo mulksiz kambag‘allarning soni ortib bordi. Yersiz qolgan
kambag‘allar hisobiga qishloqda yollanma ishchilar soni oshdi.
Avstriya taxti uchun urush. 1740 yili Karl VI ning vafotidan so‘ng Gabsburglar sulolasida
erkak kishi qolmadi. Buni oldindan hisobga olgan Gabsburglar 1723 yili Pragmatik sanksiya deb
ataluvchi hujjat qabul qiladi. Unga binoan taxt vorisligi jinsidan qat’i nazar sulolaning yoshi katta
vakiliga o‘tar edi. Bu hujjat shuningdek, Gabsburglar davlati chegaralarining daxlsizligi va
birinchi navbatda Avstriya, Chexiya va Vengriyadan iborat hududning bo‘linmasligini ham e’lon
qildi. Ammo bu hujjatni qo‘shni davlatlar, ayniqsa Gabsburglarning asosiy raqiblari bo‘lgan
Prussiya va Fransiyaning diplomatik tan olishi og‘ir kechdi. 1740 yili 23 yoshli Mariya Tereza
taxtga kelganda Avstriyaga qarshi Fransiya, Ispaniya, Bavariya, Savoy va Prussiyadan iborat
koalitsiya tashkil qilinib, ular Avstriya taxtiga Bavariya kurfyurstini o‘tqazish va imperiyaning
asosiy yerlarini bo‘lib olish haqida kelishib olgan edilar. Shu tariqa Yevropada Avstriya taxti uchun
urush boshlandi. Avstriyaning ittifoqchilari bo‘lgan Rossiya va Buyuk Britaniya deyarli yordam
ko‘rsata olmadilar (Rossiya Shvesiya bilan urushayotgan edi). Faqat 40 ming kishilik vengerlar
armiyasigina Mariya Terezani va butun imperiyani halokatdan saqlab qoldi. 1748 yilgi Aaxen
sulhiga ko‘ra Mariya Tereza taxtni o‘zida saqlab qoldi, Belgiyani qaytarib oldi, ammo Parma va
Italiyaning boshqa bir qator hududlarini Ispaniyaga, eng og‘iri esa Sileziyani Prussiyaga berishga
majbur bo‘ldi.
Xulosa
XVIII asrga kelib juda katta hududni egallagan imperiyaning turli joylarida iqtisodiy va
madaniy rivojlanish darajasi har xil edi. Feodal yer egalarining hukmronligi ham mamlakat
iqtisodining rivojiga to‘sqinlik qilayotgan edi. To‘xtovsiz olib borilgan urushlar tufayli davlat
budjetidagi kamomad ham yil sayin o‘sib bordi. Shunday qilib, XVIII asr oxiriga kelib
Gabsburglar imperiyasida olib borilgan islohotlar natijasida krepostnoy huquq bekor qilingan,
kishilarning ahvolini yaxshilashga qaratilgan boshqa bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada,
to‘xtovsiz urushlar va milliy ozodlik harakatlari imperiyaning qudratiga putur yetkaz- di.
838
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Ayniqsa Buyuk Fransuz burjua inqilobidan so‘ng uning ta’siridan qo‘rqqan hukumat bir
qator ijobiy islohotlarni bekor qilishga majbur bo‘ldi.
REFERENCES
1.
Yunusovich, H. M. (2024). The Formation, Development and Role of the High Seljuk
Empire Founded by the Turkic Peoples in the Islamic World.
Miasto Przyszłości
,
53
, 956-
959.
2.
Haqqulov, M. Y. O. G. L. (2022). Markaziy Osiyoda ilk diplomatik munosabatlar
tarixi.
Science and Education
,
3
(10), 385-389.
3.
Yunusovich, H. M. (2024). Experiences Related to the Fine Fiber Cotton of Uzbekistan
during the Years of Soviet Authority.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN
NONFORMAL EDUCATION
,
4
(9), 129-132.
4.
Ozodlik va mustaqillik g‘oyalarini, A. O ‘RTA OSIYO XALQLARINING OZODLIK
ORZUSI BO ‘LGAN “TURKISTON MUXTORIYATI” Haqqulov Mehriddin Yunusovich.
5.
Azizovich, G. A., Vahobovna, S. G., & Haqqulov, M. Y. O ‘RTA OSIYO OLIMLARINING
KARTOGRAFIK MEROSI.
6.
Haqqulov, M. (2024). TURKISTON OZODLIGINING JARCHILARI.
Medicine,
pedagogy and technology: theory and practice
,
2
(11), 154-159.
7.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). BUXORO OCHILGAN
MUZEYLARNING TASHKIL TOPISH TARIXI.
Modern Science and Research
,
4
(1),
248-256.
8.
Srojeva, G., Gulyamov, A., & Haqqulov, M. (2025). XVII ASRDA BUXORODA
ABDULAZIZXON MADRASASINING QURILISHI VA UNING TARIXIY
AHAMIYATI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 471-478.
9.
Haqqulov, M. (2025). USMONIYLAR IMPERIYASINING TASHKIL TOPISH
TARIXI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 663-672.
10.
Yunus ogli, H. M. (2023). QАDIMGI МЕSОPОTАMIYA SHАHАR-DАVLАTLАRI
O'RTАSIDАGI O'ZАRО MUNОSАBАTLАR.
11.
Gulyamov, A. (2024). BUXORO MUZEYNING TASHKIL TOPISHI TARIXI.
Modern
Science and Research
,
3
(12), 659-667.
12.
Ilniyazovich, S. F. (2023). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TARIX FANINI
O'QITISHDAGI AHAMIYATI.
13.
Ilniyoz o'g'li, S. F. (2023). ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA QORAQALPOQ
XALQINING YORITILISHI.
839
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
14.
Ilniyazovich, S. F. (2024). The Formation of Preliminary Knowledge about the People of
Karakalpak.
EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION
,
4
(3), 149-155.
15.
Sayfutdinov, F. (2024). BUXORO AMIRLIGINING QURILISH TARIXI: MADANIY VA
ARXITEKTURA TARAQQIYOTI MEROSI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 852-
858.
16.
Sayfutdinov Feruz Ilniyoz o’g’li. (2023). XX ASR 2-YARMI XXI ASR BOSHLARI
ZARAFSHON VOHASIDA ETNOSLARARO MUNOSABATLAR.
TA’LIM VA
RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
3
(9), 1–5. Retrieved from
https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/7941
17.
Obid o'g'li, B. O., & Zaynievich, O. M. (2024). BUXORO VA JUNG'OR XONLIKLARI
O'RTASIDA SIYOSIY MUNOSABATLAR TARIXI.
18.
Boltayev, O. (2024). QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
Modern Science and Research
,
3
(10), 64-68.
19.
Obid o’g’li, B. O. QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO, XIVA VA KO’CHMANCHILAR BILAN OLIB BORGAN DIPLOMATIYASI.
20.
Sadullayev U. (2024). MAHALLA: UNDERSTANDING THE CONCEPT. Medicine,
Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(4), 376–385.
21.
Sadullaev U. (2024). USE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN EDUCATION.
Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(5), 344–352.
22.
Sadullaev, U. (2024). EDUCATION AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE: A NEW ERA
OF OPPORTUNITY. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(6), 238–
241.
23.
Shokir o’g’li, S. U. (2024). Media literacy is a requirement of the modern world.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 276-
280.
24.
Shokir o’g’li, S. U. (2024). Media literacy is a requirement of the modern world.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 276-
280.
25.
Рахмонова, С. (2024). HARMONY OF EDUCATION AND TRAINING. Журнал
универсальных научных исследований, 2(5), 366-375.
26.
Ramatov, J., Hasanov, M., & Rahmonova, S. (2024). TA’LIM TIZIMI
MODERNIZATSIYALASHUVINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(8), 160-172.
840
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
27.
Rаhmоnоvа, S. S. Q. (2024). О ‘ZBЕKISTОNDА АMАLGА ОSHIRILGАN MА’NАVIY-
MАDАNIY ISLОHОTLАR DINАMIKАSI VА АSОSIY YО‘NАLISHLАRI.
International
scientific journal of Biruni
,
3
(2), 95-104.
28.
Rahmonova Sanoat Shuhrat qizi. (2024). SPIRITUAL AND EDUCATIONAL REFORMS
ARE
THE
FOUNDATION
OF
A
NEW
UZBEKISTAN.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14503228
29.
Nozimov, J. T. (2024). PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF CHILDREN FOR
FORMATION OF DEVELOPMENT FOR PREPARATION FOR UNIVERSITY.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(5), 575-578.
30.
Нозимов Ж. Т. и др. Социально-психологические особенности формирования
духовных потребностей в профессиональном развитии студентов //Science and
Education. – 2024. – Т. 5. – №. 5. – С. 455-459.
31.
Nozimov, J. (2019). The use of the trainings in developing intercultural competence in
students. In Психология образования будущего: От традиций к инновациям (pp. 112-
114).
32.
Nozimov, J. T., & Usmanova, M. N. (2022). SOCİO-PSYCHOLOGİCAL ASPECTS OF
INTERNET ADDİCTİON AMONG STUDENTS. Педагогика и психология в
современном мире: теоретические и практические исследования, 1(10), 49-51.
33.
PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF CHILDREN FOR FORMATION OF
DEVELOPMENT FOR PREPARATION FOR UNIVERSITY. (2024).
Multidisciplinary
Journal
of
Science
and
Technology
,
4
(5),
575-
https://mjstjournal.com/index.php/mjst/article/view/1502
34.
Muyiddinov, B. (2023). XII-XIII ASRLAR DAVRIDA BUXORODA ILM – FANNING
RIVOJLANISHI. SCHOLAR, 1(28), 341–345.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10027071
35.
Muyiddinov Bekali. (2023). MO’G’ULLAR BOSQINI DAVRIDA BUXORONING
AYANCHLI
TAQDIRI. TADQIQOTLAR.UZ, 25(2),
212–215.
Retrieved
from
http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/308
36.
Muyiddinov Bekali. (2023). THE ROLE OF BUKHARA AND OTHER CITIES IN THE
MILITARY ART AND ARMY STRUCTURE OF KHOREZMSHAHS . ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 35(3), 55–58. Retrieved from
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10035
37.
Muyiddinov, B. (2024). BARTHOLD'S "СОЧИНЕНИЯ. ТОМ I. ТУРКЕСТАН В ЭПОХУ
МОНГОЛЬСКОГО НАШЕСТВИЯ" THE HISTORY OF THE CREATION OF THE
WORK.
MODERN
SCIENCE
AND
RESEARCH,
3(1),
699–
841
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
38.
Muyiddinov, B. (2024). THE ROLE OF MILITARY REFORMS IN THE BUKHARA
KHANATE IN THE LIFE OF THE STATE UNDER THE SHAYBANIDS. MODERN
SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 646–648.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10668887
39.
Gulyamov, A. A. (2024). JАMIYАTIMIZNING IJTIMОIY-IQTISОDIY, MА’NАVIY-
MАDАNIY
SОHАLАRIDА
ОILАNING
RОLI.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
36
(2), 149-153.
40.
Azizovich, G. A. (2024). Trade Relations of Population in Bukhara Emirate, Shariah Rules
and Regulations in Commercial Affairs, Partnership Relations.
EUROPEAN JOURNAL OF
INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
4
(9), 189-194.
41.
Azizovich, G. A. (2024). Family-Marriage and Inheritance Relations of the Population in the
Bukhara Emirate.
Miasto Przyszłości
,
53
, 964-969.
42.
Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ ALLOMALARINING
DIDAKTIK QARASHLARI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 985-993.
43.
Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI
OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 994-1003.
44.
Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–QADRIYATLAR
BESHIGI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 1228-1238.
45.
Toshpo'latova
Shaxnoza
Shuhratovna.
(2024).
ILK
UYG'ONISH
DAVRI
NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHILARNI
TARIX FANIGA QIZIQTIRIS METODIKASI.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14520996
46.
Toshpo’latova,
S.
(2024).
TARIX
FANINI
O’QITISHDA
SAMARALI
METODLAR.
Modern Science and Research
,
3
(11), 774-782.
47.
Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS.
Журнал универсальных научных
исследований
,
2
(5), 453-462.
48.
Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR.
Modern Science and
Research
,
3
(5), 522-529.
49.
Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID
FIKRLAR.
Modern Science and Research
,
3
(12), 353-361.
50.
Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot
District.
Modern Science And Research
,
3
(5), 148-151.
51.
Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL
MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT.
Modern Science and Research
,
3
(2), 447-450.
52.
Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of
Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology.
SPAST
Reports
,
1
(7).
842
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
53.
Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology.
European Journal Of Innovation In
Nonformal Education
,
4
(3), 432-437.
54.
Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO
XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI.
Innovations in Technology and
Science Education
,
2
(8), 1214-1222.
55.
Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani.
Modern
Science and Research
,
3
(2), 87-93.
56.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara.
Modern Science
and Research
,
3
(2), 1004-1011.
57.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics.
Modern Science and Research
,
3
(2), 500-507.
58.
Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology.
Modern Science and Research
,
3
(1),
504-510.
