TA’LIM SOHASIDA INNOVATSION O‘QUV MUHITINI TASHKIL ETISHNING MAZMUNI VA MOHIYATI

Abstract

 Ushbu  maqolada umumta’lim muassasalarida innovatsion o‘quv muhitining mazmuni hamda mohiyati, uni tashkil etishning xususiyatlari to‘g‘risida ilmiy va nazariy ma’lumotlar berilgan

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
416-421
0

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Mirtojiyev Miroqil G‘olibovich. (2025). TA’LIM SOHASIDA INNOVATSION O‘QUV MUHITINI TASHKIL ETISHNING MAZMUNI VA MOHIYATI. Научный информационный бюллетень, 8(2), 416–421. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/129475
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

 Ushbu  maqolada umumta’lim muassasalarida innovatsion o‘quv muhitining mazmuni hamda mohiyati, uni tashkil etishning xususiyatlari to‘g‘risida ilmiy va nazariy ma’lumotlar berilgan


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

416

TA’LIM SOHASIDA INNOVATSION O‘QUV MUHITINI TASHKIL ETISHNING

MAZMUNI VA MOHIYATI

Mirtojiyev Miroqil G‘olibovich

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Namangan viloyati bo'limi bosh mutaxassisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada umumta’lim muassasalarida innovatsion o‘quv muhitining

mazmuni hamda mohiyati, uni tashkil etishning xususiyatlari to‘g‘risida ilmiy va nazariy

ma’lumotlar berilgan

Kalit soʻzlar:

innovatsiya, dars, o‘quv muhiti, o‘quvchi, maktab direktori, jarayon, faoliyat.

Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha

yondashuv asosida yechish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay

oladigan shakl, metod va texnologiyalaridir. Ularning asosiy turlari: faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra,

kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra, o‘zgarishlarning ko‘lamiga ko‘ra, kelib chiqish

manbaiga ko‘ra tashkil etiladi. Avvalambor, yosh avlod ongini yanada yuksaltirish har bir

pedagog o‘qituvchining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U yosh avlodning

dunyoqarashlarini hisobga olgan holda u bilan to‘g‘ri yondashish hamda kasbga bo‘lgan

muhabbat, yurtga bo‘lgan mehr tushunchalarini uyg‘unlashtirib, darslarni shu asosda tashkil

etishi va shu asosda bilimini yanada takomillashtirishi, rag‘batlantirishi kerak. Hozirgi kunda

o‘quvchi yoshlarda kerakli bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash bilan bir qatorda ularni

kasbga bo‘lgan faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bu

tushunchalarni uyg‘unlashtirib borish maqsadga muvofiqdir. Tobora ulg‘ayib borayotgan yosh

avlodning ertangi kunini tariximiz zarvaraqlaridagi milliy qadriyatlarimiz asosida shakllantirish,

ularning yurtga nisbatan faxrlanish tuyg‘usini keltirib chiqarishi barchamizga sir emas.

Shunday ekan buyuk ma’naviyatimiz asoschilaridan bo‘lgan tariximiz, o‘zbek elining dong‘ini

dunyoga tanitgan buyuk bobokalonlarimizning vatanimizga qo‘shgan hissasini eslatish hamda

biz kimning avlodi ekanligimizni yosh avlodga to‘g‘ri yo‘sinda singdirish vatanimiz kelajagini,

uning ertangi kunini belgilab beruvchi yosh avlodimizni yanada o‘ziga bo‘lgan ishonch, ertangi

kunga bo‘lgan ishtiyoq ruhida tarbiyalaydi, desak fikrimizning yorqin dalili bo‘lar edi.

Innovatsiya, bir tomondan, innovatsiyani amalga oshirish jarayoni emas, balki innovatsiyani

muayyan ijtimoiy amaliyotga aylantirish faoliyatidir. Innovatsion faoliyat o‘zining to‘liq

rivojlanishida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ish turlarini o‘z ichiga oladi, ularning umumiyligi real

innovatsiyalarning paydo bo‘lishini ta’minlaydi. Bugungi kunda "innovatsion ta’lim" bu o‘z-

o‘zini rivojlantirishga qodir bo‘lgan va uning barcha ishtirokchilarining har tomonlama

rivojlanishi uchun sharoit yaratadigan ta’limdir.

Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy ko‘rinishlari sanaladi:

-yangi g‘oyalar;

-tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;

-noan’anaviy yondashuvlar;


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

417

-odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;

-ilg‘or ish uslublari.

Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va

kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har

qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan

o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham

“novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z

yuritiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi

ayrim elementlarni o‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu,

faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan

tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik

kiritish) deb ataladi. Hozirgi kunda oliy ta’lim tizimida turli xil pedagogik yangiliklardan

foydalanilmoqda. Mustaqillik yillarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini zamon talablari

darajasiga ko‘tarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ta’lim

ustuvorligi, ta’lim mazmuni va tuzilishi o‘zgarmoqda, yangi standartlar joriy etilmoqda, ta’lim

sifati rivojlanishning yangi, yanada yuqori bosqichiga ko‘tarilmoqda.

Bugungi kunda ilm-fan, texnika va axborot kommunikatsion texnologiyalar, ishlab chiqarish

sohalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishini ta’lim tizimi xodimlaridan ta’lim-tarbiya

sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, bunda innovatsion texnologiyalardan

samarali foydalanishni talab etib, har bir tizim xodimi, ayniqsa o‘qituvchilar zimmasiga yanada

yuksak ma’suliyat va vazifalarni yuklaydi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ta’lim jarayoniga

innovatsiyalarni tatbiq etish o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatidan boshlanadi. Chunki

o‘qituvchi ta’lim va tarbiya jarayonining yetakchisi, tashkilotchisi bo‘lib, uning innovatsion

madaniyati, tashabbuskorligi, ijodiy faolligi, innovatorlikka bo‘lgan intilishi ta’lim tizimini

rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ta’kidlaganidek biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha

bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi

darajali vazifamiz deb bilishimiz zarur. Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish

sohalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishi ta’lim tizimi xodimlaridan ta’lim-tarbiya

sifatini mazmun jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishni talab etadi. Ta’lim-tarbiya tizimining

bugungi kundagi asosiy vazifasi o‘quvchilarni vatanimizni sevadigan, o‘z bilimi va iste’dodiga

suyanadigan hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda

mustaqil ravishda puxta bilim oladigan, O‘zbekistonning qudratli davlat bo`lishiga o‘z hissasini

qo‘shadigan, har tomonlama barkamol, sog‘lom qilib tarbiyalashdan iborat. Mazkur vazifalar

eng avvalo samarali darslar orqali amalga oshiriladi. Taraqqiyot o‘z shiddati bilan hayot tizimiga

kirib kelayotgan bir paytda murakkab texnika va texnologiyalar farzandlarimiz ongu-shuuridan

ham mustahkam o‘rin egallamoqda. Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni

qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi

ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat

qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur. Qiziqarli dars

mashg‘ulotlari bo‘lajak pedagog yoshlarda o‘z faniga hamda kasbiga bo‘lgan qiziqishni

uyg‘otadi va dars mashg‘ulotlariga bo‘lgan faol tushunchalar, tajribalar hamda salohiyatni

kuchaytiradi. Bu esa ular kelajagiga qo‘yilgan ilk qadamlari bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmas

edi. O‘sib kelayotgan yosh avlodga bugungi kunda qanchalik e’tibor va ahamiyat qaratadigan

bo‘lsak mamlakatimizda shu darajada ilmiy yuksalish kuzatiladiki, biz buni hozirgi rivojlanib


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

418

borayotgan fan-texnika jarayonlarida va barcha sohalarda yaqqol namoyon bo‘lganligini ko‘ra

olamiz desak, fikrimizning yorqin dalili bo‘lar edi.

Zamonaviy innovatsion texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va

inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Jamiyatni

axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika

taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni

ta‘minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi. Darxaqiqat, jamiyatni

axborotlashtirish – inson xayotining barcha jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish

bilan bog‘lik ob‘yektiv jarayon hisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi

turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy extiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o‘sishi

hamda fan-texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi. Jamiyatni axborotlashtirish

jarayonini 5 asosiy yo‘nalishga ajratish mumkin:

Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.

Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarishni axborotlashtirish.

Tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.

Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini axborotlashtirish.

Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.

Bilim olishda, ya‘ni ma‘lum turdagi axborotlarni o‘zlashtirishda zamonaviy innovatsion

texnologiyalar tizimining yordami benixoya kattadir. Axborot qanday ko‘rinishda

ifodalanishidan qat‘iy nazar, uni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter

texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:

Birinchidan, o‘qitishda yangi zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish standart

(an‘anaviy) tizimga nisbatan o‘quv jarayonini jadallashtirib, o‘quvchida ilmga qiziqishni

oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o‘stiradi, bilim berishga differensial yondashish, olingan

bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi, o‘quvchini o‘quv

jarayonining sub‘yektiga aylantiradi.

Ikkinchidan, yangi innovatsion axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi

shakllarda foydalanish mumkin bo‘ladi:

muayyan predmetlarni o‘qitishda kompyuter darslari;

kompyuter darslari—ko‘rgazmali material sifatida;

o‘quvchilarning guruhli ishlarini tashkillashtirishda;

o‘quvchilarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;

o‘quvchilarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilish masalalarini hal etishda va x.k.

Mehnat samaradorligining bundan keyingi o‘sishi va faravonlik darajasini ko‘tarish katta


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

419

xajmdagi multimedia axborotini (matn, grafika, video tasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish

ishlashga yangi intellektual vositalar va inson mashina interfeyslardan foydalanish asosidagina

yetishish mumkin.

Hozirgi dunyodagi barcha ish joylarining 50 foiziga yaqin innovatsion axborot texnologiya

vositalari bilan ta‘minlangan. Jamiyatni axborotlashtirish, yangi zamonaviy axborot

texnologiyalari bilan ta‘minlash insonlarning turli–tuman ma‘lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini

qondirishda muhim o‘rin tutadi. Inson innovatsion texnologiyalar olami ichra yasharkan, voqea-

hodisalar jarayonlarning bir-biriga aloqadorligini, o‘zaro munosabatlari va mohiyatni tashkil

etish, o‘z hayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida

ko‘pdan-ko‘p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariya amaliyot bilan

birikadi.

Amaliyot nazariyasi esa amaliyotsiz mavjud ham bo‘lmaydi, rivojlanmaydi ham. Jamiyatda

odamlar o‘rtasidagi aloqa faktori o‘rtasidagi “ko‘prik” - bu axborotdir. Demak, zamonaviy

innovatsion texnologiyalardan (kompyuter, telefon, smart televizor, internet, veb-saytlar, aloqa

tarmoqlari, smart kitoblar va boshqalar) foydalanish ko‘p taraflama qulayliklarni yaratdi, ayniqsa,

hozirgi pandemiya davrida yuksak darajada rivojlandi. Innovatsion ta’lim zamonamizning turli

muammolarini, birinchi navbatda, o‘quvchilarni ijtimoiylashtirish va moslashtirish

muammolarini hal qilishni talab qiladi. Bitiruvchilarimiz qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi o‘quv

jarayonini tashkil etishning butun tizimiga bog‘liq. Endi bolaning maktabda ta’lim olish

natijasini aniqlashda o‘qituvchiga innovatsion texnologiyalar yordamga keldi.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik texnologiyalarning yangi avlodidir. Ta’limdagi zamonaviy

innovatsion texnologiyalar asoslantirilgan va tashkiliy shakl va mazmunning ratsionallik

tamoyiliga ko‘ra puxta tanlangan. Ular natijaga yo‘naltirilgan va quyidagilarga mo‘ljallangan:

o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga undash;

o‘rganilayotgan fanning amaliy ahamiyatini va ta’lim darajasini oshirish;

bolalarning o‘quv va kognitiv faoliyatini faollashtirish.

Ta’limdagi an‘anaviy va yangi texnologiyalarni taqqoslash ikkinchisining foydasiga gapiradi.

Ta’lim tizimini isloh qilishdan oldin o‘qitishda reproduktiv va tushuntirish-illyustrativ usullar

qo‘llanilgan, ularning har biri o‘quvchilarga tayyor bilimlarni uzatish, diqqatni tarqatish, xotiraga

yuklanishni ta‘minlash, o‘rganishning o‘rtacha sur’atida ishlash imkonini beradi.

An‘anaviy usullarni qo‘llashda o‘quvchilarning mustaqilligi ahamiyatsiz darajada bo‘lib,

materialni faqat qisman o‘zlashtirishni va mustaqil ravishda bilim olish va qaror qabul qila

olmaslikni ta’minlaydi. Bundan farqli o‘laroq, ta’limdagi innovatsion texnologiyalar usullari

faollikka asoslangan yondashuvni va bolalarni bilim olish jarayoniga maksimal darajada jalb

qilishni ta’minlaydigan interfaol ish shakllarining integratsiyasini ko‘rsatadi.

Ilg‘or texnologiyalar - boshqa o‘quvchilar bilan hamkorlik qilish va o‘qituvchi bilan hamkorlik

jarayonida bilimlarni rivojlantirishni nazarda tutadi, ular kognitiv qiziqishni uyg‘otadi, mustaqil

ravishda qanday chiqarishni o‘rgatadi, so‘ngra materialni umumlashtiradi va tasniflaydi, o‘z

nuqtai nazarini himoya qiladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

420

Ko‘pincha sinfda ular quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

darslar, ekskursiyalar, darslar, sayohatlar;

guruh topshiriqlari, mini-guruhlarda yoki juftlikda ishlash;

ijodiy yondashuvni talab qiladigan mashqlar;

biznes, didaktik, o‘quv o‘yinlari;

ko‘rgazmali qurollardan, Internet manbalaridan, videomateriallardan foydalanish.

Ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar zamonaviy jamiyat, ta’lim metodologiyasida o‘z aksini topadi,

uni shaxsiy-faoliyat yondashuviga va ta’lim jarayonini umumiy insonparvarlashtirishga moyil

qiladi. Zamonaviy ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalar:

bolaning tabiiy qobiliyatlari va imkoniyatlarini amalga oshirishga qaratilgan;

uni doimiy o‘zgaruvchan dunyoda muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash uchun mo‘ljallangan;

muammolarni hal qilishda ijodiy yondashuvni, innovatsiya mexanizmlarini va noan‘anaviy

fikrlashni rivojlantirish;

olingan ma’lumotlarga yo‘naltirish, uni mustaqil tizimlashtirish ko‘nikmalarini rag‘batlantirish.

Bugungi kunda har bir soha va tizim faoliyatini innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar asosida

olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsiya tushunchasi avval u alohida elementlarni bir

sohadan boshqa sohaga kiritishni ifodalagan. Mazkur faoliyat jamiyat hayotining ixtiyoriy

bo‘g‘inini yangilash bo‘yicha umumiy belgilarga, qonuniyatlar, yangilik kiritish mexanizmiga

ega. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik,

o‘zgartirishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda interfaol metodlardan foydalanishni taqozo

etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir o‘quvchining faolligiga, erkin va

mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish o‘quvchi uchun

qiziqarli mashg‘ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo‘llanilganda o‘quvchilar o‘qituvchilar

yordami va hamkorligida mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladilar. O‘quvchilar

yangi bilimlarni ilmiy izlanish, tadqiqotchilik, tajriba sinovlar o‘tkazish asosida o‘zlashtiradilar.

Ilm orqali bilim olish tamoyiliga amal qilinadi. Ta’lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga

bo‘lingan holda ishlaydilar. O‘quv topshiriqlari alohida bir o‘quvchiga emas, balki kichik

guruhning barcha a’zolariga beriladi. O‘qitish jarayonini tashkil etishning asosiy shakli darsdir.

Hozirgi paytda darsning xilma xil noan’anaviy shakllari joriy etilmoqda. Bunday darslar

o‘quvchining ijodiy qobiliyatini o‘stirish, aqliy salohiyatini kuchaytirish, ilmiy dunyoqarashini

kengaytirish va har bir yangilikni tez va to‘la qabul qila olish ko‘nikma va malakalarining

shakllanishiga xizmat qiladi.

Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarda ilmiy izlanishga qiziqishni

uyg‘otadi, ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada egallangan bilim,

ko‘nikma va malakalar amaliy faoliyatda tatbiq etiladi, o‘zlashtirish sifati oshadi. Buning uchun

o‘qituvchi mahoratli bo‘lishi va mavzularning mazmuniga qarab darsni to‘g‘ri rejalashtirishi,


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

421

mashg‘ulot davomida barcha o‘quvchilarni faol va ongli ishlashlariga erishmog‘i lozim. Zero,

o‘qituvchi ta’lim islohotining bosh ijrochisidir. Bunda har bir o‘qituvchini qisqa vaqt ichida juda

katta miqdordagi axborot to‘plamini o‘zlashtirish, qayta ishlash va amalda qo‘llay olishga

o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Uni hal qilishda o‘qituvchiga o‘qitishning an’anaviy usullari

bilan birga zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan, kompyuterlardan foydalanish yordam

beradi.

Turli o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘zlarining shaxsiy pedagogik hamda o‘quv faoliyatlari

jarayonida turlicha darajadagi samaradorlikka erishadilar. Xuddi mana shuning o‘zi pedagogik

innovatsiyalarning optimallik darajasini belgilaydi. Innovatsion usullarning eng muhim belgisi

sifatida natijalanganlik o‘qituvchi faoliyatida ijobiy yutuqlarga erishilgandagina namoyon

bo‘ladi. O‘lchovlardagi texnologik, kuzatuvchanlik, natijalarning qayd etilganligi o‘qitishning

yangi usullari, metodlarini baholash orqali namoyon bo‘ladi. Mazkur o‘lchovning ahamiyatli

jihati shaxs, uning idroki va tushunchalarini shakllantirishning bir butunligida namoyon bo‘ladi.

Shu munosabat bilan innovatsion jarayonni ilmiy g‘oyani amaliy foydalanish bosqichiga olib

chiqish va shu bilan bog‘liq ijtimoiy pedagogik muhitdagi o‘zgarishlarni amalga oshirish

jarayoni deb hisoblash mumkin. G‘oyalarning innovatsiyaga aylanishini ta’minlaydigan va bu

jarayonni boshqarish tizimini shakllantiradigan faoliyat bu innovatsion faoliyatdir. Innovatsiya

jarayonida rivojlanish bosqichlarining yana bir o‘ziga xos xususiyati mavjud. Pedagogik

tajribada pedagogik innovatsiyalarni ijodiy qo‘llash alohida o‘qituvchilar ish faoliyatining

boshlang‘ich bosqichida namoyon bo‘ladi. Mazkur innovatsiyalar tajribasi sinovdan o‘tkazilib,

ob’ektiv baholangandan so‘ng ommaviy tarzda qo‘llash uchun taqdim etiladi. Keng

ommalashgan, ijobiy natijalarga erishish imkonini beradigan innovatsion usullardan foydalangan

holda o‘qituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Pedagogik innovatsiyalarni baholash mezonlarini bilish o‘qituvchining pedagogik ijodining

rang-barang shakllarini o‘zlashtirishi uchun qulay sharoit yaratadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, ta’limdagi innovatsion jarayonlar masalaning uslubiy va amaliy

tomonlarini o‘zida mujassamlashtirib, o‘qituvchining pedagog, maslahatchi, shuningdek, ilg‘or

texnologiyalarni ishlab chiquvchi, muallifi va targ‘ibotchisi sifatidagi rolining ortib

borayotganini ta‘kidlash kerak. Yanada ilg‘or va manan barqaror yosh avlodimiz ertangi kuni

yuksak ma’naviyatini salmoqli darajada boyituvchi pedagog-o‘qituvchilarning bilim, ko‘nikma

va salohiyatlari yanada zamonga xos va mos holda ijtimoiy-gumanitar fanlar uyg‘unligida olib

bormog‘i maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bu borada birgalikdagi harakat yoshlarimizning

barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil davlatda

ta’lim tizimini shakllantirish va rivojlantirish, millatning taqdiri va istiqbolini ta’minlash kabi

jiddiy muammolarni hal qilishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘llarini yaratishda buyuk

ajdodlarimizning ibratli ishlari, ta’limotlarini hayotimizga tadbiq etish taqozo etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati:

1. M.Yuldashev. “Maktab menejmenti”, “O‘zbekiston” Toshkent 2020.

2. Panfilova A.P. Innovatsion pedagogik texnologiyalar: Faol o‘rganish: Oliy o‘quv yurtlari

o‘quvchilari uchun darslik., Akademiya, 2009 y

3. R.J.Ishmuhamedov. Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish

yo‘llari. –T. 2004.

References

M.Yuldashev. “Maktab menejmenti”, “O‘zbekiston” Toshkent 2020.

Panfilova A.P. Innovatsion pedagogik texnologiyalar: Faol o‘rganish: Oliy o‘quv yurtlari o‘quvchilari uchun darslik., Akademiya, 2009 y

R.J.Ishmuhamedov. Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. –T. 2004.