TURLI TIZIMLI TILLARDA MAQOLLARNING UNIVERSAL VA XUSUSIY JIHATLARI
Ushbu maqola turli tizimli tillardagi maqollarning universal va xususiy jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqollar xalq og‘zaki ijodining noyob namunalaridan biri sifatida insoniyatning umumiy tajribalari va madaniy qadriyatlarini aks ettiradi. Maqolada o‘zbek, ingliz va boshqa tillardagi maqollarning struktura, semantika va madaniy kontekstda o‘xshash va farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi.
Tadqiqotda maqollarning universal jihatlari – mehnat, halollik, do‘stlik va vaqtni qadrlash kabi mavzular barcha tillarda uchrashini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, maqollarning xususiy jihatlari – milliy qadriyatlar, madaniy kontekst va hayot tarzi bilan bog‘liq leksik va semantik xususiyatlar orqali ifodalanadi.
Maqollarning tarjima qilishdagi muammolari va ularni hal qilish usullari ham tahlil qilingan. Ekvivalent maqollarni topish, deskriptiv tarjima va madaniy moslashuv kabi yondashuvlar orqali maqollarning to‘g‘ri tarjima qilinishi va ularning ma’no va madaniy xususiyatlarini saqlab qolish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Ushbu maqola tilshunoslik, madaniyatshunoslik va tarjimashunoslik sohalarida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar, tarjimonlar va til o‘rganuvchilar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. Turli tillardagi maqollarni taqqoslash orqali ularning umumiy va milliy xususiyatlarini chuqurroq tushunish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish imkoniyatlarini ochib beradi.