BOSHLANG'ICH MAKTAB YOSHIDAGI IQTIDORLI BOLALAR RIVOJLANISHIDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf yoshidagi bolalarning  iqtidori va qobiliyatlari rivojlanishida yuzaga keladigan muammolar ularni bartaraf etishdagi samarali yechimlar batafsil yoritib berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
160-163
30

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
ZIYOYEVA IRODAXON UMIDJON QIZI. (2025). BOSHLANG’ICH MAKTAB YOSHIDAGI IQTIDORLI BOLALAR RIVOJLANISHIDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR. Ilm Fan Xabarnomasi, 6(1), 160–163. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/69497
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf yoshidagi bolalarning  iqtidori va qobiliyatlari rivojlanishida yuzaga keladigan muammolar ularni bartaraf etishdagi samarali yechimlar batafsil yoritib berilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

160

BOSHLANG'ICH MAKTAB YOSHIDAGI IQTIDORLI BOLALAR RIVOJLANISHIDA

UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR

ZIYOYEVA IRODAXON UMIDJON QIZI

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti magistranti

i.ziyoyeva@dtpi.uz

Anotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf yoshidagi bolalarning iqtidori va qobiliyatlari

rivojlanishida yuzaga keladigan muammolar ularni bartaraf etishdagi samarali yechimlar batafsil

yoritib berilgan.

Kalit so'zlar:

iqtidorli bola, salohiyat, metod, muloqot, individual ishlash, rag'batlantirish

PROBLEMS IN THE DEVELOPMENT OF GIFTED CHILDREN OF PRIMARY

SCHOOL AGE

Ziyoyeva Iroda Umidjon qizi

Graduate student of Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

i.ziyoyeva@dtpi.uz

Abstract:

This article describes in detail the effective solutions to the problems that arise in the

development of talents and abilities of children of primary school age.

Key words

: gifted child, potential, method, communication, individual work, motivation

ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО

ВОЗРАСТА.

Зиёева Ирода Умиджон кизи

Магистрант Института предпринимательства и педагогики Денова

i.ziyoyeva@dtpi.uz

Аннотация:

В данной статье подробно описаны эффективные решения проблем,

возникающих при развитии талантов и способностей детей младшего школьного возраста.

Ключевые слова:

одаренный ребенок, потенциал, метод, общение, индивидуальная

работа, мотивация.

Kirish

Hozirgi globallashuv jarayonida yangi bilimlarni erta o'zlashtirish o'quvchi va pedagog har

ikkisining zimmasiga ham yetarlicha mas'uliyat yuklaydi. Jamiyatning yuksak taraqqiy etishida


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

161

ham har tomonlama yuksak rivojlangan, ma'nan yetuk, iqtidorli avlodni tarbiyalash va o'z

o'rnida ularning intellektual salohiyatini oldindan to'g'ri baholay olish har bir ustoz, ota-ona va

tarbiyachining vazifasidir. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarning iqtidorini yuzaga chiqishi bir

muncha vaqt talab etadigan jarayon hisoblanadi. Bu yo'lda o'quvchilar bir qancha psixalogik va

pedagogik muammolarga duch keladi. Shu o'rinda o'quvchilarni ilg'or va iqtidorlilarini saralash,

ular bilan samarali ishlab , ilhomlantira olish esa ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan

pedagoglarning eng katta yutug'i hisoblanadi.

Metodlar

Boshlang'ich sinf yoshidagi ilg'or o'quvchilarning ijodiy rivojlanishi ham turli xususiyatlarga ega.

Boshlang'ich maktab yoshidagi iqtidorli bolalarni rivojlantirish masalasi muhim, chunki

boshlang'ich maktabda o'qish davrida iqtidorli bolalarning qariyb 30 foizi intellektual va ijodiy

rivojlanish ko'rsatkichlarini pasaytiradi[1]. Iqtidorli bolalarning ijodiy g'oyalari, tengdoshlari

bilan qiyoslaganda, ko'proq xilma-xillik va chuqurroq og'zaki rivojlanishi bilan ajralib turadi.

Maktabda bolalik davrida iqtidorni rivojlantirish uchun bolaning tadqiqot pozitsiyasi ayniqsa

muhimdir. Ilg'or fikrli bola o'z shaxsiy sifat va xususiyatlaridan kelib chiqib o'z iqtidorini

mustaqil namoyon eta olishi bilan tengdoshlaridan farq qiladi. Ularning tadqiqot pozitsiyasini

o'rganish Ushbu xulosasi olib kelishga imkon berdi. O'z iqtidorini namoyon etish bola shaxsiyati

va uning psixikasi bilan uzviy bog'liq. Agarda bola shaxsiyatan qat'iyatli bo'lsa bu uning o'z

iqtidori va qobiliyatlarini ta'lim jarayonida namoyon etishga undaydi. Shumakovaning fikricha,

ilg'or iqtidorli boshlang‘ich maktab yoshidagi o'quvchilarning rivojlanish xususiyatlarini

o'rganishda, normativ intellektual rivojlanishiga ega bo'lgan tengdoshlari bilan taqqoslaganda

ularda quyidagi tafovutlarni kuzatish mumkin:

• og'zaki va yozma ijodkorlikning yuqori ko'rsatkichlariga egalik;

• ijodiy topshiriqlarni bajarish shartlariga nisbatan yuqori sezgirlik ko'rsatish;

• intellektual va ijodiy faoliyatga yuqori faollik ko'rsatish[1].

O'quvchilardagi iqtidor yoki iste'dod asosan uch bir-biriga o'zaro bog'liq xususiyatlari yordamida

aniqlanadi. Bu uch xususiyat quyidagilar

bilimlar darajasi rivojlanishidagi ustunlik;

psixologik rivojlanish darajasi;

fiziologik sifatlar[3].

Ushbu maqolada tavsiya etiladigan metod esa bu o'rganish metodi sanaladi. Boshlang‘ich sinfda

o'quvchilarning juda kam foizi o'zlarining qobiliyatini namoyon etadi. Bunday holatda ta'lim

jarayonida va ta'limdan tashqari vaziyatlarda ham o'quvchilar qobiliyatini baholashdan oldin

pedagog ularni aniq va izchil o'rganishi kerak. Shunday so'ng har bir bolaga individual

yondashish mumkin.

Natija

Kichik maktab yoshida hamma o'quvchilar ham aktiv o'z istedodini namoyon etolmaydi. Bunga

ba'zida atrofdagilardan hijolat bo'lish, o'z qobiliyatiga yetarlicha baho bera olmaslik,


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

162

tanqidlardan cho'chish holatlari sabab bo'ladi. Bunday holatlarda yuqoridagi kabi o'rganish

metodi pedagogga yordamga keladi. Masalan: o'quvchi rasm chizishga iqtidori bor lekin buni

namoyon etavermaydi. Bunday holatda o'qituvchi zimdan o'quvchini kuzatish davomida uning

shaxsiy qobiliyatlarini aniqlashi mumkin. Endi savol tug'ilishi mumkin. Pedagog har bir

o'quvchida iqtidorini aniqlagandan so'ng nima qilishi kerak? Eng muhim bosqich ham shu aslida.

Endi ta'lim jarayonida pedagog sinf tashkiliy ishlari o'quvchilar bilan yuzaga keladigan ta'limiy

texnologiyalar barchasini o'quvchilarda taqsimlaydi. Ya'ni alohida istedodi bor shogirdlarga shu

jarayonga mos topshiriqlar beradi. Bu esa o'quvchiga o'z qobiliyatini namoyon etishga imkoniyat

yaratadi. Bu tortinchoq o'quvchilarni o'zlariga mos mashg'ulot bilan ta'minlash orqali ularni

guruh bilan ishlashda o'z intellektual qobiliyatlarini namoyon etishga undaydi. Birinchidan

tortinchoq o'quvchi jamoat bilan ishlash davomida uning muloqot qobiliyati shakllanadi,

ikkinchidan yashirin iste'dodini ko'rsata oladi uchinchidan ustozining bildirgan ishonchini

oqlashga harakat qiladi va shu orqali unda mas'uliyat hissi shakllanadi.

Muhokama

Baum

va boshqa bir qancha olimlar ta'kidlashadiki, boshlang'ich sinf o'qituvchilarining iqtidorli

bolalarni erta aniqlash bo'yicha malaka darajasi yuqori emas. Buning sababi iqtidorli bolalar

haqida bilimlarning yetishmasligi bo'lishi mumkin. Ko'pgina tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki,

o'qituvchilar ko'pincha iqtidorli talabalarni aniqlash va o'rganishda etarli darajada tayyorgarlik

ko'rmaydilar va atrofdan yordam oladilar[4]

Bu tushunchaning xulosasini tasdiqlash uchun

Ford

2008-yilda iqtidorli bolalarni erta

aniqlashda o'qituvchilarning malakasi darajasi bo'yicha tadqiqot o'tkazdi, unda u

o'qituvchilarning malakasi pastligini aniqlagan va shuning uchun u ba'zi o'qituvchilarga ba'zi

salbiy fikrga ega bo'lishi mumkin. Masalan ular iqtidorlilik haqidagi noto'g'ri tushunchalarga

ega ekanliklari, masalan, o'quvchi iqtidorini faqat yuqori ilmiy yutuqlar standartida baholash. Bu

an'anaviy stereotipga to'g'ri kelmaydigan iqtidorli o'quvchilarning kam tanlanishiga olib kelishi

mumkin. Bunday fikr yuritsh ortidan esa o'quvchiga past baho berish holatlari kuzatiladi[5].

Ushbu tadqiqotning yana bir xulosasi shuni ko'rsatdiki, boshlang'ich sinf o'qituvchilarining

iqtidorli bolalarni jinsiga qarab imkon qadar erta aniqlashda kompetentsiya darajasida sezilarli

tafovut yo'q. Ushbu tadqiqotning xulosasi

Reis

va

McCoach

2002-yildagi tadqiqotini ijobiy

tarafdan qo'llab-quvvatlaydi, ular o'qituvchilarning iqtidorli o'quvchilarni aniqlashda jiddiy

gender farqlarini aniqlamadilar. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, o'qituvchilar iqtidorli o'g'il va

qizlarni bir xil muddatda va darajada baho bera olishlari mumkin. Shuningdek, gender

nomutanosiblik turli sohalarda, jumladan, ta'lim sohasida ham mavjud bo'lishi mumkin[6]. Biroq,

iqtidorli bolalarni aniqlash haqida izlanish olib borganda,

Renzulli

va

Parkning

2002-yildagi

tadqiqotlari xulosani ijobiy tarafga bura oladi. Ya'ni iqtidorni erta aniqlashda pedagoglar

faoliyatida gender tarafkashligi muhim rol o'ynamasligi mumkinligini ko'rsatadi. Ta'limda

barcha e'tibor jinsga xos mezonlarga emas, balki individual xususiyat va qobiliyatlarga

qaratiladi[7].

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Shumakova N.B 2018."Specificity and Problems of Development of Gifted Children in

Primary

School

Age".Psychological-Educational

Studies,1:1-7.

DOI:10.17759/psyedu.2018100101


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

163

2. Saadu U.T.and K.E. Obafemi. and Oluwakemi A.Ch. 2024 ."Primary School Teachers’

Competence Level in The Early Identification of Gifted Children".Indonesian Journal of

Community and Special Needs Education,1:1-10. DOI: http://dx.doi.org/10.17509/xxxx.xxxx

3. Ochilov O.N va Botirova G.U. 2022." Maktabda iqtidorli bolalar bilan ishlash

muammolari".ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR,

TAKLIF VA YECHIMLAR, konferensiyasi:1-7b.

4.Baum, S. M., Renzulli, J. S., and Hébert, T. P. (2005). Reversing underachievement: Creative

productivity as a systemic intervention. Gifted Child Quarterly, 49(4), 315-335.

5. Ford, D. Y. (2008). Reversing underachievement among gifted black students: Promising

practices and programs. Gifted Child Today, 31(2), 38-43.

6.Reis, S. M., and McCoach, D. B. (2002). Underrepresentation of students of color in gifted

education: The influence of teacher referrals. Gifted Child Quarterly, 46(3), 151-162.

7. Renzulli, J. S., and Hébert, T. P. (2005). Reversing underachievement: Creative productivity

as a systemic intervention. Gifted Child Quarterly, 49(4), 315-335.

Bibliografik manbalar

Shumakova N.B 2018."Specificity and Problems of Development of Gifted Children in Primary School Age".Psychological-Educational Studies,1:1-7. DOI:10.17759/psyedu.2018100101

Saadu U.T.and K.E. Obafemi. and Oluwakemi A.Ch. 2024 ."Primary School Teachers’ Competence Level in The Early Identification of Gifted Children".Indonesian Journal of Community and Special Needs Education,1:1-10. DOI: http://dx.doi.org/10.17509/xxxx.xxxx

Ochilov O.N va Botirova G.U. 2022." Maktabda iqtidorli bolalar bilan ishlash muammolari".ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR, konferensiyasi:1-7b.

Baum, S. M., Renzulli, J. S., and Hébert, T. P. (2005). Reversing underachievement: Creative productivity as a systemic intervention. Gifted Child Quarterly, 49(4), 315-335.

Ford, D. Y. (2008). Reversing underachievement among gifted black students: Promising practices and programs. Gifted Child Today, 31(2), 38-43.

Reis, S. M., and McCoach, D. B. (2002). Underrepresentation of students of color in gifted education: The influence of teacher referrals. Gifted Child Quarterly, 46(3), 151-162.

Renzulli, J. S., and Hébert, T. P. (2005). Reversing underachievement: Creative productivity as a systemic intervention. Gifted Child Quarterly, 49(4), 315-335.