AMIR OLIMXON VA AMIR OMONULLOXON HUKMRONLIGI YILLARIDA BUXORO-AFG‘ON MUNOSABATLARI

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro so’ngi amiri Amir Olimxon va Afg’on amiri Amir Omonulloxon hukmronligi davridagi Buxoro va Afg’oniston munosabatlari ilmiy tahlil qilingan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
f
1198-1201
8

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Ahmadov, A. (2025). AMIR OLIMXON VA AMIR OMONULLOXON HUKMRONLIGI YILLARIDA BUXORO-AFG‘ON MUNOSABATLARI. Modern Science and Research, 4(5), 1198–1201. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/92748
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro so’ngi amiri Amir Olimxon va Afg’on amiri Amir Omonulloxon hukmronligi davridagi Buxoro va Afg’oniston munosabatlari ilmiy tahlil qilingan.


background image

1198

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

AMIR OLIMXON VA AMIR OMONULLOXON HUKMRONLIGI YILLARIDA

BUXORO-AFG‘ON MUNOSABATLARI

Ahmadov Ahmadjon Asror o‘g‘li

Osiyo xalqaro universiteti dotsenti, t.f.f.d. (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.15494168

Annotatsiya. Ushbu maqolada Buxoro so’ngi amiri Amir Olimxon va Afg’on amiri Amir

Omonulloxon hukmronligi davridagi Buxoro va Afg’oniston munosabatlari ilmiy tahlil qilingan.

Kalit so’zlar: Amir Olimxon, Omonulloxon, Afg’oniston, Buxoro, diplomatiya,

munosabat, Rossiya, harbiy mutaxassis, Amudaryo.


XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro va Afg’oniston o’rtasidagi munosabatlar

tarixini tahlil qilinsa amir Olimxon va amir Omonullaxon davrida ikki davlat o’rtasidagi
aloqalarda ijobiy jihatlar kuzatiladi. Ayniqsa, Buxoroning so‘nggi amiri bo‘lgan Olimxon ham
o‘z hukmronligi davrida bir necha bora Afg‘oniston amiri Habibulloxondan yordam so‘ragan.

Olimxon Afg‘oniston davlati bilan asosan Rossiyada inqilob sodir bo‘lgandan keyin,

1917 yildan boshlab yaqin munosabatlar o‘rnatishga uringan. Habibulloxon amir Olimxonga
yozgan maktublarining birida, bir qancha afg‘on zobitlarini yuborayotganligini, ular ikki
musulmon davlati o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishini maktub orqali
ma’lum qiladi[1]. Bu esa, Habibuloxon va amir Olimxon o‘rtasida Rossiya imperiyasiga qarshi
kurashda ittifoqchilik aloqalari zimdan olib borilganligini ko‘rsatib beradi. Ikkinchi bir
tomondan birinchi jahon urushi va Rossiyada boshlanib ketgan inqilob Buxoroda iqtisodiy
taraqqiyotni yanada orqaga ketishiga sabab bo‘layotgan omillardan biri edi. Tarixiy
adabiyotlardagi ma’lumotlarga qaraganda, 1918 yilga kelganda Buxoro amirligi omborlarida
million pud paxta, 1 mln dona qorako‘lteri, 200 ming pud jun, 80 ming dona oshlangan qo‘y
terisi, 80 ming pud quruq mevalar, yana turli-tuman mahsulotlardan 300 ming pudi yig‘ilib
qolgan bo‘lib, ularni tashqi bozorga olib chiqib sota olmayotgandi. Afg‘oniston bilan yaqin
aloqalar o‘rnatish orqali Buxoro amiri bu mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqib sotmoqchi
edi[2].

Afg‘oniston davlati tutgan siyosiy yo‘l shundan iborat ediki, Angliyaga qaramlik va

mustaqillik uchun kurash olib borish jarayonida sovet davlati bilan ham aloqalarni
yomonlashtirishni istamagan. Chunki, sovet davlati ham Afg‘onistonni Angliyaga qarshi
kurashini qo‘llab-quvvatlovchi mamlakat yagona mamlakat ekanligi ham bunga sabab edi. Shu
sababli bo‘lsa kerakki 1918 yilda Buxoro amirligida sodir bo‘lgan “Kolesov voqeasi”dan so‘ng
Kogon (Yangi Buxoro)dan jami 8 ming o‘zga din vakillari va Evropa millatlari vakillari qochadi.

Ularning aksariyat qismi Afg‘oniston hududiga qochadi. Buxoro amirining ularni tutib

berish borasidagi talablarini Afg‘oniston amiri bajarmay, Buxoro amirligi va sovet davlati
o‘rtasidagi munosabatlar izga tushib ketmaguncha ularni o‘z himoyasiga oladi[3].

Habibullaxon o‘ldirilib, Afg‘oniston taxtiga amir Omonulloxon o‘tirgan va uning

hukmronligi dastlabki davrida Afg‘oniston bilan Buxoro davlati o‘rtasida harbiy sohalarda
hamkorlik avj oladi. Omonulloxon o‘z maktublarining birida karneyl Fazl Ahmadxon degan
kimsani 60 kishilik harbiy instruktorlarga bosh qilib jo‘natayotgani, ikkita harbiy mutaxassis usta
Fatx Muhammad va Qurbon Alilarni Buxoroda qurol ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida
jo‘natayotganligini, Buxoro davlatiga sovg‘a sifatida 6 ta to‘p yuborayotganligini, ulardan 2 tasi
og‘izdan o‘qlanadigan, 2 tasi tog‘ artileriyasi, 2 tasi tezotar to‘p ekanligi, bundan tashqari 600
kishidan iborat afg‘on askarlarining muntazam qo‘shinlarida xizmat qiluvchi otriyadlarini


background image

1199

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

yuborayotganini ma’lum qiladiki, bu Omonullaxon hukmronligining dastlabki davrida Buxoro
amirligini milliy mustaqillikni qo‘lga kiritishiga ko‘mak berishga uringanligini ko‘rsatadigan
faktlardan biri bo‘lib hisoblanadi[4]. Afg‘oniston yordamida Buxoro amirligi ham bir qadar
o‘zining harbiy salohiyatini ham ko‘tarib olish imkoniga ega bo‘ladi. Afg‘onistondan kelgan
harbiy ustalar yordamida tayyorlangan va “Qilich” deb nomlangan to‘p Buxoroda ishlab
chiqarila boshlanadi. Shuningdek, afg‘on ustalari yordamida Buxoro davlati o‘z miltiqlarini ham
ishlab chiqarila boshlanganligi tarixiy adabiyotlardagi ma’lumotlarda keltirib o‘tilganligining
guvohi bo‘lishimiz mumkin[5].

Omonullaxon taxtga chiqach, dastlabki davrda Buxoro bilan aloqalar yaxshilangandi.
Buxoroda Afg‘oniston elchixonasi, Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida Buxoro

amirligi elchixonasi ochilgan. Buxoroga bir qancha afg‘on harbiy instruktorlar yuboriladi.

Ularning katta qismi qurol ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassislar edi. Bir nechta to‘p

ham jo‘natilgan. Taniqli olim A.I. Pilyov Rossiya arxiv manbalariga tayanib keltirgan
ma’lumotlarida Omonulloxon Buxoro amirligiga har qancha yordam bermasin baribir Buxoro
bilan ehtiyotkorona munosabat olib borganligi xususidagi fikr-mulohazalarni keltirib o‘tganligini
ko‘rishimiz mumkin. Bizning fikrimizcha, Angliyaga qarshi kurash va tashqi siyosatda qudratli
ittifoqchiga ega bo‘lish maqsadida keyinchalik Afg‘oniston va sovet davlati o‘rtasida o‘zaro
yaqinlik munosabatlari vujudga kelgan. SHu sababli 1920 yilda Omonulloxon Buxoro amiriga
yo‘llagan maktubida Buxoro Afg‘onistonning harbiy ko‘magiga katta umid qilmasligi, chunki
Afg‘onistonning o‘zida ham ichki va tashqi muammolar etarli ekanligini ma’lum qiladi[6].

1919 yilda uchinchi anglo-Afg‘on urushida Afg‘oniston g‘olib kelib, o‘z mustaqilligini

qo‘lga kiritadi. Ravalpindida Omonullaxon Angliya bilan tinchlik shartnomasini imzolagach,
Sovetlar davlatiga ham o‘z elchisini yuboradi. Moskvaga Omonulloxonning yaqin kishilaridan
biri Muhammad Valixon boshchiligida elchilar guruhi yuboriladi. Ushbu elchilar Moskvaga
borish jarayonida Buxoroga ham to‘xtab, Omonulloxonning Buxoro amiri Olimxonga ham
yo‘llagan maktubini olib keladilar. Omonulloxon o‘z maktubida Buxoro amiri Olimxonga
Afg‘oniston oliy ordenini berib, hozirda inglizlar bilan urushda band ekanligi sabab unga
etarlicha yordam bera olmasligini ham ta’kidlaydi. Buxoroga yordam tariqasida biz yuqorida
eslatib o‘tgan 6 ta to‘p va 600 kishilik harbiy otryad yuborgan[7]. Bu esa, endiikda Afg‘oniston
va Buxoro munosabatlarida ittifoqchilik aloqalari tugaganligini anglatardi.

Afg‘oniston davlati Sovetlar davlati bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga majbur

edi. Chunki, tarixiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 1918 yilda Turkistonning Buxoro
amirligidagi vakilining o‘z boshliqlariga yo‘llagan maktublarining birida Afg‘onlar yil boshida
turli tovarlar bilan birga ko‘plab qurollar olib kelayotganliklarini ma’lum qiladi. SHuningdek,
maktubning ikkinchi qismida yozda inglizlarning Eron orqali o‘z qo‘shilarini Zakaspiy
viloyatiga olib o‘tishi va Kushka qal’asiga chiqishi Afg‘onistonning Hirot va markaziy
hududlariga hujum qilish imkonini yaratadi. Shu sababli 1919 yilda hokimiyat tepasiga kelgan
Omonullaxon sovet davlati bilan imkon qadar do‘stona aloqalarni saqlab qolishga harakat
qiladi[8]. Bu esa, o‘z navbatida sovetlarga qarshi kurashda Buxoroga Afg‘oniston bundan so‘ng
yordam bera olmasligini ko‘rsatuvchi omillardan biri edi.

Sovet-Afg‘on munosabatlari yaxshilana boshlangandan so‘ng Buxoro va Afg‘oniston

o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlasha boshlaydi. 1919 yil 20 iyunda Afg‘oniston elchilari
Amudaryoda sovet paroxodida RSFSRning Afg‘onistondagi elchisi Bravin va Afg‘onistonning
bir qator vakillari bo‘lgan kema Buxoro amirligi hududidan o‘tayotganda qirg‘oqdan o‘qqa
tutiladi. Buning oqibatida paroxod o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi.


background image

1200

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Ular Afg‘onistonga Chorjo‘y, Marv va Kushka orqali qaytishi lozim edi. Marshrut

o‘zgartirilishi natijasidagina elchilar Afg‘onistonga qaytishga muvoffaq bo‘ladilar[9]. Ammo,
Buxoroda bo‘lgan afg‘on otriyadlari Buxoro amirini qizil armiya ta’qibidan qochib
Afg‘onistonga o‘tib ketgunicha qolganliklari tarixiy haqiqatdir.

Xulosa qilib aytganda XX asr boshlarida Buxoro va Afg‘oniston o‘rtasidagi

munosabatlarda o‘ziga xoslik shundan iboratki, imperialistik davlatlarga nisbatan bu ikki
davlatning yaqinlashuvi sodir bo‘lib, bu yaqinlashuv natijasida Rosiya imperiyasiga qarshi
birgalikda musulmonlarning birlashuvi g‘oyasi ostida qator ishlarni amalga osho‘irilishida
ko‘zga tashlandi. Hamkorlikda tayyorlangan qo‘zg‘olon rejalari amalga oshmaganligi,
ittifoqchilar o‘rtasida aniq ishonch bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. Chunki, Rossiyadagi inqolob va
Afg‘onistonning Buxoro amirligiga 1920 yilda yordam bermaganligi yuqoridagi fikrlarimizni
asoslaydi. Omonulloxonning qisqa davr ichida Buxoro bilan iliq munosabatlarni shakllantirishi
esa, har ikki davlat uchun tarixiy zarurat edi xolos.


REFERENCES

1.

Бабаходжаев А.Х. Провал агрессивной политики Английского империализма в

Средней Азии в 1917-1920 гг. – Т.: Издательство академии Наук Узбекской ССР,
1955. – С. 66.

2.

Искандаров Б. Бухара (1918-1920 гг.) – Душанбе. Издательство Дониш, 1970. – С.

80.

3.

Пылёв А.И. Политическое положение Бухарского эмирата и Хивинского ханства в

1917-1920 гг. выбор путей развития. СПб.: Петербургское востоковедение, 2005. –
С. 125.

4.

Бабаходжаев А.Х. Провал агрессивной политики Английского империализма в

Средней Азии в 1917-1920 гг. – Т.: Издательство академии Наук Узбекской ССР,
1955. – С. 121.

5.

Искандаров Б. Бухара (1918-1920 гг.) – Душанбе. Издательство Дониш, 1970. – С.

107.

6.

Пылёв А.И. Политическое положение Бухарского эмирата и Хивинского ханства в

1917-1920 гг. выбор путей развития. СПб.: Петербургское востоковедение, 2005. –
С. 164-165.

7.

Муҳаммадризо

Ҳомидий.

Политическое,

экономическое

и

культурные

преобразование в Средней Азии в XIX-начале XX вв. автореферат диссертации на
соискание ученой степеи диссретации на соискание ученной степени кандидата
исторических наук. - Душанбе-2007. http://cheloveknauka/com/politicheskoe-
ekonomicheskie-ikulturnyi-preobrazovaniya-v-sredney-azii-v

xix-nachale-xx-

vv#ixzz5Swkw7wt

8.

www/gramota.net/materials/4/2012/6-3/43.html

9.

Искандаров Б. Бухара (1918-1920 гг.) – Душанбе. Издательство Дониш, 1970. – С.

126.

10.

Шарипова Н. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АНГЛИЦИЗМОВ В РАЗНЫХ ЖАНРАХ СМИ

//Development of pedagogical technologies in modern sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 1. –
С. 57-59.


background image

1201

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

11.

Sharipova N. IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING DESIGN

SKILLS IN STUDENTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С.
578-583.

12.

Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN

THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of
Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.

13.

Asror o’g’li A. A. History of Afghanistan-Bukhara Relations in the Process of

Incorporation of Bukhara Emirate into Russian Customs System //American Journal of
Social and Humanitarian Research. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 339-342.

14.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS

OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of
Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

15.

Ahmadov A. XX ASR BOSHLARIDA BUXORO VA AFG’ONISTON

EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. –
Т. 4. – №. 1. – С. 842-845.

16.

Ahmadov A. BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI

XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 1304-1308.

17.

Ahmadov A. DURRONIYLAR DAVLATI VA BUXORO AMIRLIGI O’RTASIDAGI

DIPLOMATIK MUNOSABATLAR XUSUSIDA //Modern Science and Research. –
2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 58-62.

18.

Ahmadov A. BXSR VA AFG’ONISTON O’RTASIDAGI SAVDO-SOTIQ

ALOQALARI XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С.
380-383.

19.

Ahmadov A. AFG ‘ON MA’RIFATPARVARI MAHMUD TARZIY VA AFG ‘ON

MATBUOTI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 783-786.

20.

Ahmadov A. XIX ASR OXIRI–XX ASR BOSHLARIDA AFG’ONISTON

MAVZUSINI

YORITISHDA

SKARABEY

TEXNOLOGIYASIDAN

FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 894-899.

References

Бабаходжаев А.Х. Провал агрессивной политики Английского империализма в Средней Азии в 1917-1920 гг. – Т.: Издательство академии Наук Узбекской ССР, 1955. – С. 66.

Искандаров Б. Бухара (1918-1920 гг.) – Душанбе. Издательство Дониш, 1970. – С. 80.

Пылёв А.И. Политическое положение Бухарского эмирата и Хивинского ханства в 1917-1920 гг. выбор путей развития. СПб.: Петербургское востоковедение, 2005. – С. 125.

Бабаходжаев А.Х. Провал агрессивной политики Английского империализма в Средней Азии в 1917-1920 гг. – Т.: Издательство академии Наук Узбекской ССР, 1955. – С. 121.

Искандаров Б. Бухара (1918-1920 гг.) – Душанбе. Издательство Дониш, 1970. – С. 107.

Пылёв А.И. Политическое положение Бухарского эмирата и Хивинского ханства в 1917-1920 гг. выбор путей развития. СПб.: Петербургское востоковедение, 2005. – С. 164-165.

Муҳаммадризо Ҳомидий. Политическое, экономическое и культурные преобразование в Средней Азии в XIX-начале XX вв. автореферат диссертации на соискание ученой степеи диссретации на соискание ученной степени кандидата исторических наук. - Душанбе-2007. http://cheloveknauka/com/politicheskoe-ekonomicheskie-ikulturnyi-preobrazovaniya-v-sredney-azii-v xix-nachale-xx-vv#ixzz5Swkw7wt

www/gramota.net/materials/4/2012/6-3/43.html

Искандаров Б. Бухара (1918-1920 гг.) – Душанбе. Издательство Дониш, 1970. – С. 126.

Шарипова Н. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АНГЛИЦИЗМОВ В РАЗНЫХ ЖАНРАХ СМИ //Development of pedagogical technologies in modern sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 57-59.

Sharipova N. IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING DESIGN SKILLS IN STUDENTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 578-583.

Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.

Asror o’g’li A. A. History of Afghanistan-Bukhara Relations in the Process of Incorporation of Bukhara Emirate into Russian Customs System //American Journal of Social and Humanitarian Research. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 339-342.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

Ahmadov A. XX ASR BOSHLARIDA BUXORO VA AFG’ONISTON EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 842-845.

Ahmadov A. BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 1304-1308.

Ahmadov A. DURRONIYLAR DAVLATI VA BUXORO AMIRLIGI O’RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 58-62.

Ahmadov A. BXSR VA AFG’ONISTON O’RTASIDAGI SAVDO-SOTIQ ALOQALARI XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 380-383.

Ahmadov A. AFG ‘ON MA’RIFATPARVARI MAHMUD TARZIY VA AFG ‘ON MATBUOTI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 783-786.

Ahmadov A. XIX ASR OXIRI–XX ASR BOSHLARIDA AFG’ONISTON MAVZUSINI YORITISHDA SKARABEY TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 894-899.