ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
894
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA AFG’ONISTON MAVZUSINI
YORITISHDA SKARABEY TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING
SAMARALI USULLARI
Ahmadov Ahmadjon Asror o’g’li
Osiyo Xalqaro Universiteti “Tarix va filologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi t.f.f.d. (PhD).
https://doi.org/10.5281/zenodo.14209572
Annontatsiya. Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Afg’oniston
mavzusidagi dars jarayonini o’quvchi yoshlarga yuqori saviyada tashkil etish uchun
qo’llaniladigan skarabey texnologik metodining samarali usullari ochib berilgan.
Kalit so’zlar: Skarabey, metod, pedagok, texnologiya, aqliy hujum, kichik guruhlarda
ishlash, mantiqiy fikrlash, muammoli vaziyat, Afg’oniston, Dyurand, bitim, Gandamak.
EFFECTIVE METHODS OF USING THE SCARAB TECHNOLOGY IN COVERING
THE SUBJECT OF AFGHANISTAN AT THE END OF THE 19TH - EARLY 20TH
CENTURY
Abstract. This article reveals the effective methods of the scarab technological method,
which was used to organize the teaching process on the topic of Afghanistan at a high level for
young students at the end of the 19th century - the beginning of the 20th century.
Keywords: Scarab, method, pedagogue, technology, brainstorming, working in small
groups, logical thinking, problem situation, Afghanistan, Durand, deal, Gandamak.
ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕТОДЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ТЕХНОЛОГИИ СКАРАБЕЯ В
ОСВЕЩЕНИИ ТЕМАТИКИ АФГАНИСТАНА КОНЦА XIX - НАЧАЛА ХХ ВЕКА
Аннотация. В данной статье раскрываются эффективные приемы
технологического метода «Скарабей», который использовался для организации учебного
процесса по теме «Афганистан» на высоком уровне для студенческой молодежи в конце
XIX – начале XX века.
Ключевые слова: Скарабей, метод, педагог, технология, мозговой штурм, работа
в малых группах, логическое мышление, проблемная ситуация, Афганистан, Дюран, сделка,
Гандамак.
Bugungi kunda davlatimizning har tomonlama rivojlanib boroyotganligi, jahonning eng
yirik davlatlar qatoriga chiqib borayotganli kishini quvontiradi. Shunday ekan dunyoning
rivojlangan davlatlarining rivojlanish tendensiyasini o’rganish ulardagi yutuqlarni yurtimizda
joriy etish qo’yilgan iqtisoy, ijtimoiy, va siyosiy sohalardagi kamchiliklaridan xulosa chiqarish
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
895
bizning bugungi kundagi asosiy vazifalarimizdan hisoblanadi. Shunday ekan ta’lim sohasida ham
xalqaro tajribalardan foydalanilgan holda yangi-yangi metodlar asosida dars jarayonlarini tashkil
etish kerakligi dorzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Davlatimizda bu borada keng imkoniyatlar
yaratib berayotganligi oliy ta’limda, texnikum va maktablar binolarining yangidan barpo
etilayotganli, dars jarayonini tashkil etish uchun zamonaviy texnologik vositalarning ko’plab
miqtorda ajratilishi kabilar ahamiyatga molik hisoblanadi. Buning natijasida har bir pedagok dars
jarayonlarida zamonaviy ilm fan yutuqlaridan foydalanishi, yengi metodlarni qo’llay olishi muhim
vazifalardan qatoridan joy olgan.
Shulardan kelib chiqib, yoshlarimizni muammoli vaziyatlarda mantiqiy fikrlash, ochiq va
erkin o’z nutqini ifodalashda Skarabey texnologiyasidan ham foydalanish samarali hisoblanadi.
Aynan XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Afg’oniston tarixini o’tishda ushbu metod
samarali hisoblanib, mavzu o’quvchilarning xotirasida tezda muhrlanishiga yordam beradi.
“Skarabey” interaktiv texnologiya bo’lib, u o’quvchilarda fikriy bog’liqlik, mantiq,
xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq
va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda
bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va
tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda, turli g’oyalarni ifodalash hamda ular
orasidagi bog’liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi[1].
“Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bo’lib, undan o’quv materialining turli
bosqichlarini o’rganishda foydalaniladi. Masalan:
1.
Boshida – o’quv faoliyatini rag’batlantirish sifatida («Aqliy hujum»);
Bunda Afg’oniston tarixining o’tgan asrlar bosqichidan savollar berilib, mavzuning keng
qamrovli bo’lishini ta’minlaydi. Buning natijasida o’quvchilar XIX asr Afg’oniston tarixini
o’rganishda qiyinchilikka uchramay mavzu mohiyatini tezda anglaydilar. Misol uchun
Afg’onistonda davlatchilik asoslari qachon paydo bo’lgan edi? Durroniylar sulolasi qanday
barham topdi? Nima uchun Buyuk Britaniya Afg’onistonni bosib olishga yoki o’ziga vassal
davlatga aylantirishga erisha olmadi? Amir Do’stmuhammad Buyuk Britaniya va Rossiyaga
nisbatan qanday siyosat yuritgan edi?[2] O’quvchilar mazkur savollarga guruhlarga bo’linib javob
beradilar va Afg’oniston tarixining o’tgan asrlar davri yodga solinadi.
2.
Mavzuni o’rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular
orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq
o’rganish, yangi jihatlarini ko’rsatish;
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
896
XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Afg’oniston tarixini o’rganishda e’tiborga molik
masala qo’shni davlat ekanligi. Bu davrda bizda Buxoro amirligi davlati (1756-1920-yy) mavjud
bo’lib ikki davlat o’rtasida siyosiy, iqtisodiy, savdo, madaniy aloqalarning mavjud bo’lganli.
Bunda qo’shimcha ma’lumot sifatida Afg’onistonning Buxoro amirligi bilan
munosabatlari haqida ham fikr bildirish[3] mavzu mohiyatini yorishda chuqurroq
yondashilganligini anglatadi. Keyingi masala aynan Afg’oniston masalasida nega ikki
mustamlakachi davlatlar Buyuk Britaniya va Rossiya birdek kurashdi? Ikkinchi ingliz-afg’on
urushida ham afg’onlarning g’alabasi nimalar sabab bo’ldi?[4] Nega Rossiya O’rta Osiyo
xonliklariga hujum qilganda biz g’alaba erisha olmadik? Kabi jihatlarni qiyosiy tahlil qilish,
Afg’onistondagi ichki nizolar sabablari, oqibatlari va natijasi nimalardan iborat bo’ldi? Amir
Abdurahmonning Dyurand bitimini imzolashi nimalar sabab bo’ldi? Buxoro amirligi va Rossiya
o’rtasida imzolangan bitim bilan bu bitim qanday jihatlar bilan farqlanadi? Habibulloxon davrida
Afg’oniston[5] va Amir Abdulahad davrida Buxoro amirligi qanday siyosat suritdi va buning
tanqidiy jihatlari haqida fikrlar berilsa mavzuning xarakteri to’liq ochib beriladi.
3.
Oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.
“Skarabey” texnologiyasi o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u
faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o’quvchilar
tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash
va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma
shakllardan foydalanishni ko’rsatish mumkin.
Mavzuni o’quvchilarga oson qabul qilish uchun qiyosiy tahlil qilish yaxshiroq samara
berib, aynan Afg’onistonning Buxoro amirli bilan solishtirish, hukmdorlar faoliyatini tadqiq
etish[6], ikki davlat hukmdorlarining elchilik aloqalari hamda ayrim hukmdorlar taqdiri Buxoro
yoki Afg’oniston bilan bog’langanligi (mazkur hududda yashaganligi) kabilar o’quvchilarning
mavzuni chuqurroq bilish xususiyatiga ijobiy ta’sir qiladi.
“Skarabey” alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o’quv jamoalarida qo’llanishi
mumkin. Ta’limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga
oshirish imkonini beradi:
- o’zgalar fikriga hurmat;
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- faollik;
- xushmuomalalik;
- ishga ijodiy yondashish;
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
897
- imkoniyatlarini ko’rsatish ehtiyoji;
- o’z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
- «men»ligini ifodalashga imkon beradi;
- o’z faoliyati natijalariga mas’ullik va qiziqish uyg’otadi[7].
Asosiy tushunchalari quyidagilar:
- Assotsiatsiya – mantiqiy bog’liqlik bo’lib, sezgilar, tasavvurlar, idrok qilish, g’oyalar va
boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir.
- Ranjirlash (muayyan tartib) – ahamiyati, muhimligi, mazmuni darajasiga qarab tartiblash
[8].
Xulosa qilib aytda XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Afg’oniston mavzusini o’tishda
Skarabey texnologiyasi muhim metod sanaladi. Shu sababdan bugungi kunning har bir tarixchisi
mazkur darsni o’tishda Skarabey texnologiyasidan qanchalik unumli foydalansa yoshlarimizda
mavzuga oid chuqurroq bilim ko’nikmasi ortadi. Yoshlarimizda bilim qancha ko’p bo’lsa, ularda
fikrlash qobilyati ham yaxshilanadi, bitta masalaga mulohaza bilan yondashish ko’nikmasi
shakllanadi, shuningdek o’z fikrini mantiqiy izchilikda bayon qilish qobiliyani ham o’stirgan
bo’lar edi.
REFERENCES
1.
Ziyonet.uz
2.
Farmonov R., Jo’rayev U., Ergashev Sh. Jahon tarixi. T., 2019-yil, B.148-150.
3.
Ergashev J Buxoro va Afg’oniston: aloqalarning diplomatik tarixiy tarixiy tajribasi (XX
asr boshi) Buxoro tarixi masalalari (eng qadimgi zamonlardan hozirgacha).-Buxoro., 2016.
4.
Mannonov A.M.,Abdullayev N.A., Rashidov R.R Afg’oniston tarixi (o’quv qo’llanma) T.,
2018.
5.
Lafasov M., Jo’rayev U., Xoliqov E., Qodirova D. Jahon tarixi. T., 2019-yil, B.108-111.
6.
Hayitov Sh.A., Sh.M. Mirzoev Afg’oniston tarix ko’zgusida. Monografiya. “Durdona”,
Buxoro, 2018-yil.
7.
https://hozir.org/pedagogik-psixologik.
8.
Азизходжаева Н.П педагогические технологии и педагогическое мастерство. Т.,
2006 г.
9.
Asror o’g’li, A. A. (2024). PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST
DN IN THE INTERPRETATION OF LOGOPHET.
Web of Semantics: Journal of
Interdisciplinary Science
,
2
(5), 82-85.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
898
10.
Asror o’g’li, A. A. (2022). History of Afghanistan-Bukhara Relations in the Process of
Incorporation of Bukhara Emirate into Russian Customs System.
American Journal of
Social and Humanitarian Research
,
3
(11), 339-342.
11.
Hayitov, S. (2023). XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARIDAGI TURKMANLAR
ETNOGRAFIYASIGA OID AYRIM MA'LUMOTLAR SHARQSHUNOS DN
LOGOFET TALQINIDA.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
43
(43).
12.
Zaripov J. G., Akhmadjon A. A. THE ROLE OF AFGHANISTAN IN DIPLOMACY OF
BUKHARA ЕMIRATE (XVIII-XIX CENTURIES) //Scientific reports of Bukhara State
University. – 2020. – Т. 3. – №. 2. – С. 226-230.
13.
Shahrillo, S. N. (2024). INDEPENDENT WORK FORMES THE PROFESSIONAL
COMPETENCE OF A FUTURE TEACHER.
JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS
AND VALUE
,
3
(3), 23-26.
14.
Asror o’g’li, A. A., & Farruxbek, N. (2024). FARG ‘ONA VODIYSIDAGI ILK
SHAHARSOZLIK MADANIYAT (CHUST MISOLIDA).
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
45
(5), 88-91.
15.
Asror o‘g‘li, A. A. (2024). BUXORO VOHASIDAGI VARDONZE QO ‘RG ‘ONINING
ANTIK VA O ‘RTA ASRLAR DAVRI TARIXI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
45
(5), 84-87.
16.
Ahmadov, A. A., & qizi Rasulova, M. M. (2023). BUXORO YAHUDIYLARINING
MILLIY BAYRAM VA MAROSIMLARI.
GOLDEN BRAIN
,
1
(10), 373-376.
17.
Шарипова Н. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АНГЛИЦИЗМОВ В РАЗНЫХ ЖАНРАХ СМИ
//Development of pedagogical technologies in modern sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 1. –
С. 57-59.
18.
To'rayev, A. (2023). O’ZBEKLARNING CHORJO’YDAGI HAYOT YO’LLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 36(36).
19.
To'rayev, A. (2023). БУХОРОДАГИ ТУРКМАНЛАРИНИНГ АЪАНАВИЙ ТУРАР
ЖОЙЛАРИ ВА УНДАГИ ЗАМОНАВИЙ ЎЗГАРИШЛАР. ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35).
20.
To'rayev, A. (2023). English Buxorodagi turkmanlarning ananaviy turar joylari va undagi
zamonaviy ozgarishlar. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35).
21.
To'rayev A. BUXORO TURKMANLARI BILAN BOG ‘LIQ JOY NOMLARI TAHLILI
//ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 14. – №. 14.
22.
To’Rayev A. I., Hayotov F. U. Buxoro vohasi aholisining islom dinini qabul qilishi
//Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 10. – С. 499-504.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 9
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
899
23.
To’Rayev A. I. BUXORO VOHASIDA YASHAB KELGAN TURKMANLAR
HAYOTIDA CHORVACHILIKNING O’RNI //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №.
1. – С. 1165-1170.
