BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI XUSUSIDA

Annotasiya

Ushbu maqolada Buxoro amirligida tarqalgan afg’onlar soni, xo’jalik hayotdagi ishtiroki va ularning amirlikdagi faoliyati xususidagi masalalar ilmiy tahlilga tortilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ahmadov, A. (2025). BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI XUSUSIDA. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(2), 1388–1392. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/69613
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Buxoro amirligida tarqalgan afg’onlar soni, xo’jalik hayotdagi ishtiroki va ularning amirlikdagi faoliyati xususidagi masalalar ilmiy tahlilga tortilgan.


background image

1388

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI XUSUSIDA

Ahmadov Ahmadjon Asror o‘g‘li

Osiyo xalqaro universiteti Tarix va filologiya kafedrasi katta o’qituvchi t.f.f.d., (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.14914542

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Buxoro amirligida tarqalgan afg’onlar soni, xo’jalik

hayotdagi ishtiroki va ularning amirlikdagi faoliyati xususidagi masalalar ilmiy tahlilga

tortilgan.

Kalit so’zlar:

afg’on, etnik guruh, Buxoro amirligi, Karki, diniy e’tiqod, savdogar,

migratsiya, arxiv hujjati, BXSR, Mirza Salimbek, xo’jalik hayoti.

AFGHANISTAN IN THE BUKHARA EMIRATE: ON THEIR LIFE AND ACTIVITY

Abstract.

This article scientifically analyzes the number of Afghans in the Bukhara

Emirate, their participation in economic life, and their activities in the emirate.

Keywords:

Afghan, ethnic group, Bukhara Emirate, Karki, religious beliefs, merchant,

migration, archival document, BKSR, Mirza Salimbek, economic life.

АФГАНИСТАНЦЫ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ: ОБ ИХ ЖИЗНИ И

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Аннотация.

В статье научно анализируется численность афганцев,

проживающих в Бухарском эмирате, их участие в экономической жизни и их

деятельность в эмирате.

Ключевые слова:

афганец, этническая группа, Бухарский эмират, Карки,

религиозные верования, купец, переселение, архивный документ, БКСР, Мирза Салимбек,

экономическая жизнь.

O‘rta Osiyo hududi bo‘yicha tarqalgan afg‘onlar haqida ma’lumotlar ko‘pchilik rus

tadqiqotchilari tomonidan talqin etilganda tub joy aholisidan, ularni oz sonli etnik guruhlar

qatorida o‘rganilganligi, statistik to‘plamlarda aynan afg‘onlar kam sonli xalqlar sifatida

berilganligi tarixiy manbalardan o‘rin olgan. A.Xoroshxin ma’lumotlariga ko‘ra O‘rta Osiyo

hududida keng tarqalgan oz sonli xalqlardan biri afg‘onlardir. Ular diniy e’tiqodi musulmon

bo‘lsada tog‘lik xalqlarga xos qo‘polligi sababli mahalliy xalq ularni yoqtirmaydi[1] kabi salbiy

ma’lumot ham uchraydi. Buxoro amirligining Karki viloyatida tijoratchi afg‘onlardan tashqari

yana 300 nafarga yaqin afg‘onistonliklar istiqomat qilib, ular asosan dehqonchilikning

paxtachilik sohasi bilan shug‘ullanishgan, ayrilari esa kun ko‘rish maqsadida mardikorlik

qilganlar. Afg‘onlar kunlik, oylik maoshlari hisobidan kambag‘al va qashshoqlarcha kun

ko‘radilar, ular o‘z vatanlariga borib turadilar[2] deb ma’lumot bergandi, arxiv hujjatlaridan

birida.


background image

1389

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Ma’lumotlarning birida “1922-yilda BXSR hukumatining Karki viloyati va shahriga

afg‘on savdogarlari kelib kumush pul barobarida qorako‘l hamda yung olib Afg‘onistonga uzatar

ekanlar”[3] - deb yozilgan.

Afg‘on fuqarolarining amirlik hududiga kirib kelishi bilan bog‘liq asosiy sabab arzon

ishchi kuchiga bo‘lgan talabning yuqoriligi edi. Chunki, ularning o‘z mamlakatlaridagi bundanda

og‘ir moddiy qiyinchilik bunday migratsiyaga sabab bo‘lgandi.

Afg‘on fuqarolari haqidagi ma’lumotlar “Spravochnaya knijka Samarkandskoy oblast”

“Samarqand viloyati ma’lumotnoma kitobchasi”da uchrab, jumladan, 1892-yil 28-noyabrda

Samarqand shahri aholisini ro‘yxatga olish jarayonida 10-12 nafar afg‘on fuqarosi qayd

etilganligi manbada keltiriladi[4]. Bundan tashqari arxiv hujjatlarining birida Samarqanddagi

afg‘on fuqarolari haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan. Afg‘on amirining qarindoshlaridan

Abdulmajidxonning onasi, buvisi, singillari, o‘g‘li shuning bilan birga 3 ta quli, 1 nafar ayol

xizmatchisi hamda 8 ta erkak afg‘on yashaganligi keltirilgan. Bundan tashqari 18-42 yosh

oralig‘idagi 4 nafar afg‘on (1 tasi dehqonchilik bilan, 1 tasi tibbiyot bilan, 2 tasi choy savdosi

bilan shug‘ullanadi) Kattaqo‘rg‘on uyezdida, 1 nafari Jizzax uyezdida yashaganligi xabar

qilingan[5].

Umumiy afg‘onlarning Samarqanddagi soni viloyat statistikasining 1904-yil ma’lumotida

0,010 foiz deb ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa[6], 1916-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra Samarqandda 36

nafar, Kattaqo‘rg‘onda 6 nafar afg‘on millati vakillari qayd etilgan[7]. Turkiston general-

gubernatorlik mahkamasi 1897-yilda Samarqand harbiy gubernatoriga yo‘llagan xabarnomasiga

javoban 1898-yilda Samarqan va uning uyezdlarida 305 nafar afg‘on millati vakillari yashashi

qayd etilganligi, shundan Samarqand shahrida 80 kishi, uyezdlarda 105 nafar kishi yashashi

bilan bog‘liq raqamlar keltirib o‘tilgan. Ma’lumotlarning birida XIX asrning 70 yillarida

Buxoroda 70 afg‘on oilasi yashaganligi keltiriladi[8].

Karshi shahrida 1914-1915-yillarda istiqomat qilgan afg‘onistonlik tijoratchi va

do‘kondor fuqarolarning ism-sharifi, tug‘ilgan joyi, kasb-kori, to‘plagan sarmoyasi, qachondan

boshlab istiqomat qilishi, oilaviy ahvoli bilan bog‘liq ma’lumotlar bir qator tarixiy hujjatlardan

o‘rin olgan. Ulardagi ma’lumotlarda afg‘on fuqarolarining ko‘pchilik qismi Karki shahrida

yashashi, ular Afg‘onistonning Qandahor, Toshqo‘rg‘on, Oybaliq, Shibirg‘on, Kobul, Balx,

Sabg‘on, Anxo‘y, Maymana, Hirot, Oqcha kabi shaharlaridan ko‘chib va qochib kelib

yashayotganini ko‘rish mumkin bo‘lgan.

Arxiv hujjatlarida Afg‘onistondan ko‘chib kelgan afg‘on fuqarolarining Karki, Boysun,

Qorategin, SHerobod va boshqa beklarning o‘z bekligi hududidagi afg‘onlar haqidagi

ma’lumotni amirlikdagi oliy mansab egalaridan biri qushbegi ma’lumoti orqali olinganligi

keltiriladi[9].


background image

1390

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Buxoro amirligidagi afg‘onlarning faoliyati tarixchi va diplomat Mirza Salimbekning

asarida ham kengroq tasvirlangan. Jumladan, Buxoroda yashagan afg‘onlar turli sohalar bilan

shug‘ullanganliklari, ular orasida etikido‘zlar, choy savdosi bilan shug‘ullanuvchilar,

kabobpazlar, suv tashuvchilar, nonvoy va batraklar bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

uchraydi[10].

Afg‘on fuqarolarining mashg‘uloti bilan bog‘liq masalalardagi tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, ular orasida choy, gazlama, non, holva va qandolatlar, kovush va oyoq kiyimlari

hamda ustki kiyimlar sotadigan tujjorlar, qassob, foytunchi, oshpaz, tikuvchi, to‘quvchi,

samovorchi kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchilar anchagina bo‘lgan. Bundan tashqari

amirlik hududida istiqomat qilayotgan o‘nlab afg‘on va fors fuqarolarining choyxona,

karvonsaroy va savdo do‘konlarining egasi bo‘lishlaridan tashqari, ayrimlari ayg‘oqchilik

maqsadida kelganligi ham oshkor bo‘lgan[11]. 1910-yilning dekabrida Buxoro amirligi siyosiy

ayg‘oqchiligining talabi bilan Buxorodagi Afg‘oniston hukumati savdo agenti lavozimida

ishlaydigan Muhammad Gaousxon uyida tintuv o‘tkaziladi[12]. Uning uyidan miltiq, to‘pponcha

zahiralari, shuningdek, o‘zining 6 yillik faoliyati davomida butun Turkiston va Buxoro

hududlaridan olib borilgan ayg‘oqchilik ishlarini oshkor qiluvchi hujjatlar qo‘lga tushadi. O‘sha

paytdagi Turkiston general-gubernatorining fikricha baxtli tasodif orqali mujohidlar tashkiloti

oshkor bo‘lgan[13].

Xulosa qilib aytganda afg‘on fuqarolarining amirlik hududida butun umr yashab qolishi

va ularning shu hududdan fuqarolik olish bilan bog‘liq masalalar ham biroz imperiya hukumati

tomonidan paysalga solinganli kabi holatlar kuzatilgan. Bunga sabab qilib amirlik hududiga kirib

kelgan afg‘onlarning bu hududga kirishidan maqsadlari zamirida siyosiy jarayonlarga aralashish

xam yotadi.

REFERENCES

1.

Туркестанский ведомости. 5 апреля, 1871 г. №10.

2.

ЎМА, И-126-фонд, 1-рўйхат, 240 йиғма жилд, 18-варақ.

3.

Карки шаҳрида афғон савдогарлари// Бухоро ахбори, 79-сон, 1922 йил, 25 апрель.

4.

«Справочная книжка Самаркандской области», выпуск I. Самарканд. Типография

штаба войск Самаркандской области.1893 г. (Составил М.Вирский).-С.92.

5.

ЎМА И-1-фонд, 1-рўйхат, 11- йиғма жилд, 4-варақ.

6.

Обзор Самаркандской области за 1904 год. Самарканд. Типография «Трудь». 1905 г.-

С.41.


background image

1391

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

7.

Зарубин

И.И.

Население

Самаркандской

области.

(Его

численность,

этнографический состав и территориальное распределение.) Ленинград. 1926 г.

Стр.11.

8.

Ҳайитов Ш., Раҳмонов К. Бухоро Халқ Республикаси ва Шарқ мамлакатлари (1920-

1924 йиллар) Бухоро-2004.-Б.27.

9.

ЎМА, И-126-фонд, 2-рўйхат, 240 йиғма жилд, 17-варақ, 17-варақнинг орқа томони,

18-варақ, 18-варақнинг орқаси, 23-варақ, 23-варақнинг орқаси.

10.

Мирза Салимбек. Тарихи Салимий. Б.155.

11.

Мирзоев Ш.М. Биринчи жаҳон уруши йилларида Бухоро ва Афғонистон

чегараларидаги аҳволга доир.//”Бухоро тарихи масалалари (энг қадимги замонлардан

ҳозиргача)” Республика илмий-амалий анжумани материаллари 2017 йил 15 декабрь.

Бухоро, Б.182. (182-184.)

12.

Ризаев Б.Н. ХХ аср бошларида Бухоро-Афғонистон муносабатлари хусусида.//

“Бухоро тарихи масалалари (энг қадимги замонлардан ҳозиргача)” Республика

илмий-назарий анжумани материаллари Бухоро 2016.-Б.156-157.

13.

Ахматов А. Бухоро ва Афғонистон ўзаро иттифоқчилиги тарихи (ХХ аср бошлари)//

“Афғонистон ХХ аср ва ХХI асрлар чорраҳасида: тарихий, иқтисодий-ижтимоий,

сиёсий жиҳатлари ва унинг Марказий Осиё мамлакатлари билан ўзаро

муносабатлари масалалари” мавзусидаги халқаро конференция материаллари.

Тошкент., 2009.21-22 июнь.-Б.336.; htt://zerrspiegel.orientphil.uni-halle.de/tl 148.html.

14.

Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN

THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of

Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.

15.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF

INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of

Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

16.

Asror o‘g‘li A. A. et al. BUXORO VOHASIDAGI VARDONZE QO‘RG‘ONINING

ANTIK VA O ‘RTA ASRLAR DAVRI TARIXI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 84-87.

17.

Asror o’g’li A. A., Farruxbek N. FARG‘ONA VODIYSIDAGI ILK SHAHARSOZLIK

MADANIYAT

(CHUST

MISOLIDA)

//ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 88-91.

18.

Botirjon O’g’li N. S., Asror o‘g‘li A. A. UMARXON XUKMRONLIGI DAVRIDA

QO’QON XONLIGINING HARBIY SALOHIYATI //JOURNAL OF EDUCATION,

ETHICS AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 374-377.


background image

1392

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

19.

Zoir o‘g‘li R. Z., Asror o‘g‘li A. A. QADIMGI XORAZM: O‘ZBEK

DAVLATCHILIGINING ILK BOSQICHIDA //JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS

AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 378-382.

20.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF

INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of

Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

21.

Ahmadov A.

XX ASR BOSHLARIDA

BUXORO VA AFG’ONISTON

EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. – Т.

4. – №. 1. – С. 842-845.

22.

Ahmadov A. AFG ‘ON MA’RIFATPARVARI MAHMUD TARZIY VA AFG ‘ON

MATBUOTI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 783-786.

23.

Ahmadov A. XIX ASR OXIRI–XX ASR BOSHLARIDA AFG’ONISTON MAVZUSINI

YORITISHDA

SKARABEY

TEXNOLOGIYASIDAN

FOYDALANISHNING

SAMARALI USULLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С.

894-899.

Bibliografik manbalar

Туркестанский ведомости. 5 апреля, 1871 г. №10.

ЎМА, И-126-фонд, 1-рўйхат, 240 йиғма жилд, 18-варақ.

Карки шаҳрида афғон савдогарлари// Бухоро ахбори, 79-сон, 1922 йил, 25 апрель.

«Справочная книжка Самаркандской области», выпуск I. Самарканд. Типография штаба войск Самаркандской области.1893 г. (Составил М.Вирский).-С.92.

ЎМА И-1-фонд, 1-рўйхат, 11- йиғма жилд, 4-варақ.

Обзор Самаркандской области за 1904 год. Самарканд. Типография «Трудь». 1905 г.-С.41.

Зарубин И.И. Население Самаркандской области. (Его численность, этнографический состав и территориальное распределение.) Ленинград. 1926 г. Стр.11.

Ҳайитов Ш., Раҳмонов К. Бухоро Халқ Республикаси ва Шарқ мамлакатлари (1920-1924 йиллар) Бухоро-2004.-Б.27.

ЎМА, И-126-фонд, 2-рўйхат, 240 йиғма жилд, 17-варақ, 17-варақнинг орқа томони, 18-варақ, 18-варақнинг орқаси, 23-варақ, 23-варақнинг орқаси.

Мирза Салимбек. Тарихи Салимий. Б.155.

Мирзоев Ш.М. Биринчи жаҳон уруши йилларида Бухоро ва Афғонистон чегараларидаги аҳволга доир.//”Бухоро тарихи масалалари (энг қадимги замонлардан ҳозиргача)” Республика илмий-амалий анжумани материаллари 2017 йил 15 декабрь. Бухоро, Б.182. (182-184.)

Ризаев Б.Н. ХХ аср бошларида Бухоро-Афғонистон муносабатлари хусусида.// “Бухоро тарихи масалалари (энг қадимги замонлардан ҳозиргача)” Республика илмий-назарий анжумани материаллари Бухоро 2016.-Б.156-157.

Ахматов А. Бухоро ва Афғонистон ўзаро иттифоқчилиги тарихи (ХХ аср бошлари)// “Афғонистон ХХ аср ва ХХI асрлар чорраҳасида: тарихий, иқтисодий-ижтимоий, сиёсий жиҳатлари ва унинг Марказий Осиё мамлакатлари билан ўзаро муносабатлари масалалари” мавзусидаги халқаро конференция материаллари. Тошкент., 2009.21-22 июнь.-Б.336.; htt://zerrspiegel.orientphil.uni-halle.de/tl 148.html.

Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

Asror o‘g‘li A. A. et al. BUXORO VOHASIDAGI VARDONZE QO‘RG‘ONINING ANTIK VA O ‘RTA ASRLAR DAVRI TARIXI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 84-87.

Asror o’g’li A. A., Farruxbek N. FARG‘ONA VODIYSIDAGI ILK SHAHARSOZLIK MADANIYAT (CHUST MISOLIDA) //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 88-91.

Botirjon O’g’li N. S., Asror o‘g‘li A. A. UMARXON XUKMRONLIGI DAVRIDA QO’QON XONLIGINING HARBIY SALOHIYATI //JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 374-377.

Zoir o‘g‘li R. Z., Asror o‘g‘li A. A. QADIMGI XORAZM: O‘ZBEK DAVLATCHILIGINING ILK BOSQICHIDA //JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 378-382.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

Ahmadov A. XX ASR BOSHLARIDA BUXORO VA AFG’ONISTON EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 842-845.

Ahmadov A. AFG ‘ON MA’RIFATPARVARI MAHMUD TARZIY VA AFG ‘ON MATBUOTI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 783-786.

Ahmadov A. XIX ASR OXIRI–XX ASR BOSHLARIDA AFG’ONISTON MAVZUSINI YORITISHDA SKARABEY TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 894-899.