PROFESSIONAL MUHITDA MUVAFFAQIYATLI BO‘LISH

Annotasiya

Ushbu maqolada professional muhitda muvaffaqiyatli bo‘lishning asosiy omillari va shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Kasbiy muvaffaqiyat insonning bilim va malakasigagina emas, balki uning mas’uliyati, muloqot madaniyati, jamoada ishlash ko‘nikmasi va shaxsiy fazilatlariga ham bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, maqolada o‘zini rivojlantirish, vaqtni boshqarish, ijodkorlik va kasbiy etiketning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Natijada professional muhitda barqaror muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan fazilatlar va strategiyalar ochib beriladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Normurodova, Z., & Ramazonova, O. . (2025). PROFESSIONAL MUHITDA MUVAFFAQIYATLI BO‘LISH. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(10), 210–213. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/137697
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada professional muhitda muvaffaqiyatli bo‘lishning asosiy omillari va shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Kasbiy muvaffaqiyat insonning bilim va malakasigagina emas, balki uning mas’uliyati, muloqot madaniyati, jamoada ishlash ko‘nikmasi va shaxsiy fazilatlariga ham bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, maqolada o‘zini rivojlantirish, vaqtni boshqarish, ijodkorlik va kasbiy etiketning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Natijada professional muhitda barqaror muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan fazilatlar va strategiyalar ochib beriladi.


background image

210

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

PROFESSIONAL MUHITDA MUVAFFAQIYATLI BO‘LISH

Zarifa Normurodova

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi.

O‘g‘ilshod Ramazonova

Termiz davlat universiteti 3-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17315484

Annotatsiya.

Ushbu maqolada professional muhitda muvaffaqiyatli bo‘lishning asosiy

omillari va shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Kasbiy muvaffaqiyat insonning bilim va
malakasigagina emas, balki uning mas’uliyati, muloqot madaniyati, jamoada ishlash ko‘nikmasi
va shaxsiy fazilatlariga ham bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, maqolada o‘zini rivojlantirish,
vaqtni boshqarish, ijodkorlik va kasbiy etiketning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Natijada
professional muhitda barqaror muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan fazilatlar va
strategiyalar ochib beriladi.

Kalit so‘zlar:

professional muhit, kasbiy rivojlanish, mehnat intizomi, jamoaviy ish,

liderlik, kommunikatsiya madaniyati, kasbiy axloq, etiket, motivatsiya.

BEING SUCCESSFUL IN A PROFESSIONAL ENVIRONMENT

Abstract

. This article analyzes the main factors and conditions for success in a

professional environment. It highlights the fact that professional success depends not only on a
person's knowledge and skills, but also on his responsibility, communication culture, teamwork
skills and personal qualities. The article also discusses the importance of self-development, time
management, creativity and professional etiquette. As a result, the qualities and strategies
necessary for achieving sustainable success in a professional environment are revealed.

Keywords:

professional environment, professional development, work discipline,

teamwork, leadership, communication culture, professional ethics, etiquette, motivation.

ДОСТИЖЕНИЕ УСПЕХА В ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ СРЕДЕ

Аннотация.

В статье анализируются основные факторы и условия достижения

успеха в профессиональной среде. Подчеркивается, что профессиональный успех зависит
не только от знаний и навыков человека, но и от его ответственности, культуры
общения, навыков командной работы и личностных качеств. В статье также
обсуждается важность саморазвития, тайм-менеджмента, креативности и
профессионального этикета. В результате раскрываются качества и стратегии,
необходимые для достижения устойчивого успеха в профессиональной среде.

Ключевые слова:

профессиональная среда, профессиональное развитие, трудовая

дисциплина, командная работа, лидерство, культура общения, профессиональная этика,
этикет, мотивация.


Professional muhitda muvaffaqiyatli bo‘lish masalasi bugungi kunda har bir soha vakili

uchun dolzarb hisoblanadi. Chunki zamonaviy davrda mehnat bozori tobora raqobatbardosh
bo‘lib bormoqda va har bir mutaxassisdan nafaqat kasbiy bilim, balki shaxsiy fazilat, muloqot
madaniyati, madaniy nutq sohibi bo‘lishni hamda professional vazifasiga mas’uliyatli
yondashuvni talab qilinadi. Professional muhit – bu inson o‘z kasbiy faoliyatini amalga
oshiradigan ijtimoiy muhit bo‘lib, unda mehnat intizomi, axloqiy qadriyatlar, hamkorlik, o‘zaro
hurmat va jamoaviy ishlash tamoyillari ustuvor o‘rinda turadi. Professional muvaffaqiyatga
erishishning asosiy omillaridan biri bu – chuqur kasbiy bilim va amaliy tajribadir. Mutaxassis
o‘z sohasidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishi, malakasini


background image

211

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

doimiy oshirib borishi kerak. Bilim bilan bir qatorda, insonning mas’uliyatli bo‘lishi, ishni
vijdonan bajarishi, vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olishi ham muvaffaqiyatning muhim sharti
hisoblanadi. Muloqot madaniyati professional muhitda alohida ahamiyat kasb etadi. Har qanday
kasbiy faoliyatda insonlar o‘rtasidagi sog‘lom muloqot, o‘zaro hurmat va samimiylik muhimdir.

Samimiy muloqot o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi, jamoada ijobiy muhit yaratadi va

ish samaradorligini oshiradi. Shuning uchun ham kasbiy etiket va axloq qoidalariga rioya qilish,
har bir hamkasb bilan odob doirasida muomala qilish zarurdir. Professional muhitda
muvaffaqiyatga erishishda shaxsiy fazilatlarning o‘rni katta. Mehnatsevarlik, sabr-toqat, intizom,
qat’iyat, o‘ziga ishonch, ijobiy fikrlash kabi sifatlar insonni kasbiy va hayotiy jihatdan bardavom
qiladi. Ayniqsa, o‘z ustida ishlash, doimiy intellektual rivojlanishga intilish, o‘z xatolarini tan
olish va ularni vaqtida bartaraf etish kabi fazilatlar professional yetuklikni shakllantiradi.

Bundan tashqari, ijodkorlik va tashabbuskorlik ham muvaffaqiyat kalitlaridan biridir. Har

bir mutaxassis o‘z ishida yangicha yondashuvlarni qo‘llasa, innovatsion g‘oyalarni ilgari sursa,
bu nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki tashkilotning ham taraqqiyotiga hissa qo‘shadi. Zamonaviy
dunyoda fikrlar xilma-xilligi, yangi g‘oyalarni ilgari surish qobiliyati eng qadrlanadigan
jihatlardan sanaladi.Jamoaviy ishlash professional muhitda muvaffaqiyatni ta’minlovchi yana
bir muhim omildir. Chunki har bir inson yakka holda barcha natijalarga erisha olmaydi; jamoada
esa hamkorlik, o‘zaro yordam, fikr almashish orqali murakkab masalalarga yechim topish
osonlashadi. Jamoaviy ishda ishtirok etish insonni ijtimoiy faollikka, mas’uliyat va hamkorlik
madaniyatiga o‘rgatadi.Kasbiy axloq va etiket professional obro‘ni shakllantiradi. Ish joyida
odob, halollik, xushmuomalalik, tartiblilik, boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish –
bularning barchasi insonning ichki madaniyatini ifodalaydi. Axloqiy qadriyatlarni hurmat qilgan
shaxs doimo jamoa e’tiborida bo‘ladi, ishonchni qozonadi va bu uning kasbiy muvaffaqiyatini
yanada mustahkamlaydi. Etiket qoidalariga nafaqat davlatlar, jamiyatning har bir a’zosi va kasb
guruhlari a’zolari tomonidan ham rioya qilishlari lozim. O‘zini madaniyatli hisoblaydigan har bir
kishi etiket qoidalarining asosiylarini nafaqat bilishlari, ularga itoat qilishlari ham kerak, chunki
muomala qilishda o‘zini tuta bilish va toʻgʻri xatti-harakat qilish aloqa qilishni osonlashtiradi,
bir-birlarini tezroq tushunish uchun imkoniyat yaratadi, barqaror aloqa o'rnatish garovi bo‘lib
hisoblanadi

1

.

Professional muhitda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun yana bir muhim jihat — bu vaqtni

to‘g‘ri boshqarishdir. Har bir shaxs o‘z faoliyatini rejalashtirishi, ustuvor vazifalarni aniqlashi,
vaqtni behuda o‘tkazmasligi lozim. Rejalashtirish va intizom muvaffaqiyat sari ishonchli
qadamlardir. Shuningdek, professional muvaffaqiyatda rahbarlik fazilatlari ham muhim rol
o‘ynaydi. Rahbarlik faqat boshqalarni boshqarish emas, balki jamoaga yo‘l ko‘rsatish, ularga
turtki berish, har bir xodimni qadrlash va ilhomlantirish san’atidir. Adolatli va bilimli rahbar
professional muhitni sog‘lom saqlaydi, xodimlarning muvaffaqiyatga erishishiga sharoit
yaratadi.

Bugungi kunda har qanday sohada muvaffaqiyat kaliti moslashuvchanlik, innovatsion

fikrlash va muloqot madaniyati hisoblanadi. Chunki zamon o‘zgarar ekan, bir paytlar yetarli
bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar bugun eskirgan bo‘lishi mumkin. Shu bois har bir mutaxassis o‘z
sohasida yangiliklarni o‘rganib borishi, o‘zini muntazam ravishda rivojlantirishi zarur.

Professional muhitda insonning obro‘si nafaqat kasbiy yutuqlari, balki uning axloqiy

qiyofasi bilan ham belgilanadi. Ish joyida halollik, mas’uliyat, va’daga sodiqlik va vaqtni

1

Xudayshukurov T., Shukurov L., Mamarasulov Z. Kasbiy etika va etiket. Darslik. – Toshkent: IQTISOD-

MOLIYA, 2021. 14-b.


background image

212

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

qadrlash kabi qadriyatlar katta ahamiyatga ega. Agar xodim ishini vijdonan bajarsa, rahbar va
jamoa ishonchini qozonadi. Natijada, u faqatgina malakali kadr emas, balki jamoa uchun namuna
bo‘lgan shaxs sifatida baholanadi. Shu jihatdan qaraganda, muvaffaqiyat – bu faqat natija emas,
balki jarayon davomida o‘ziga va boshqalarga bo‘lgan samimiy munosabatdir. Har bir inson
professional hayotida turli bosqichlarni bosib o‘tadi: o‘rganish, tajriba orttirish, xatolardan saboq
olish va o‘z yo‘lini topish. Shuning uchun ham muvaffaqiyatni o‘lchashda faqat tashqi belgilar
lavozim, maosh yoki mukofotlar emas, balki insonning ichki qoniqish darajasi ham muhim. O‘z
ishidagi ma’no va qadriyatni his qilgan inson haqiqiy muvaffaqiyat egasidir. Bu fikrni ko‘plab
psixologlar ham tasdiqlaydi: agar inson o‘z ishini sevsa, u nafaqat natijaga erishadi, balki
atrofdagilarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy ish bozori juda raqobatbardosh bo‘lib, har
bir sohada o‘z o‘rnini topish uchun nafaqat bilim, balki ko‘nikmalar

ham zarur.

Bular jamoada ishlash, muloqot o‘rnatish, muammoni hal qilish, stressni boshqarish va

moslashuvchanlik kabi fazilatlardir. Ba’zan eng bilimdon xodim emas, balki jamoa bilan yaxshi
til topisha oladigan, boshqalarni tinglay oladigan inson muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Chunki har
qanday ish joyida insonlar bilan muloqot – bu muvaffaqiyatning kalitidir. Professional muhitda
muvaffaqiyatga erishish uchun inson o‘zini tahlil qilishni ham bilishi lozim. O‘zining kuchli va
zaif tomonlarini bilgan shaxs o‘z ustida samaraliroq ishlaydi. Masalan, agar kimdir muloqotda
sust bo‘lsa, u bu ko‘nikmasini rivojlantirish uchun treninglarda qatnashishi yoki til ilmini
rivojlantirishi, nutqi ustida ko‘proq amaliy mashg‘ulotlar qilishi mumkin. Shuningdek, o‘zini
tahlil qilish insonni haddan tashqari tanqid qilish degani emas, balki o‘zini yaxshilash yo‘lidagi
tabiiy jarayondir. Muvaffaqiyat kaliti sifatida xushmuomalikni o‘rni beqiyos. Buyuk shoir
Alisher Navoiy hazratlari “Mahbub ul-qulub” asarida xushmuomalikni ulug‘lab, insonning
husniga ko‘rk beruvchi go‘zal va chidamli matosi deya ta’riflaydi. Shuningdek, xushmuomalalik
qat’iy tartibga asoslangan axloqiy me’yor hisoblanadi: u o‘zgani ranjitmaslik, birovga yomon
so‘z aytmaslik, bahs-m unozaraga kirishganda muxolifni hurmat qilish, qo‘rslik va
chapanilikdan xoli bo‘lish hamda suhbatlashganda ehtiroslarga berilmaslikni talab etadi

2

.

Muvaffaqiyatli insonlar odatda vaziyatni nazorat qiladigan

odamlardir. Ular xatolardan

qo‘rqmaydi, aksincha, ularni tajriba sifatida qabul qiladi. Chunki har bir xato o‘sish uchun
imkoniyatdir. Muvaffaqiyatli insonning yana bir muhim fazilati vaqtni qadrlashdir. Ular vaqtni
rejalashtirish, ustuvorliklarni aniqlash va energiyani to‘g‘ri taqsimlash orqali samarali ishlashadi.

Bunday insonlar har kuni o‘z oldiga kichik, ammo aniq maqsadlar qo‘yishadi va ularga

muntazam erishib borishadi. Muloqotning inson hayotidagi ahamiyati bеqiyosdir. Inson bolasi
aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo‘lish jarayonida shaxsga aylanib boradi.

Muloqot orqali inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi

3

. Shuningdek,

professional muhitda insonning emosional intellekti ham katta rol o‘ynaydi. Bu tushuncha o‘z
hissiyotlarini va boshqalarning hissiyotlarini anglay olish, boshqarish hamda mos munosabat
o‘rnatishni anglatadi. Yuqori emosional intellektga ega insonlar ko‘pincha mojarolardan uzoq
turishadi, muammolarni tinch yo‘l bilan hal etishadi va jamoada ishonchli muhit yaratishadi.

Muvaffaqiyatning yana bir asosiy omili — bu motivatsiya. Ichki motivatsiya (ya’ni

insonni ichki istak, qiziqish va maqsadlar harakatga undashi) uzoq muddatli natijalarni beradi.

Tashqi motivatsiya — maosh, lavozim yoki e’tirof kabi rag‘batlar esa vaqtinchalik turtki

bo‘lishi mumkin, lekin doimiy motivatsiya manbai ichkaridan kelishi kerak.

2

B. Husanov, V. G‘ulomov. Muomala madaniyati. Darslik. –Toshkent, 2009. – B. 24.

3

N.A. Mirashirova, I.G. Raximova, D.K. Muxamеdjanova. Kasb etikasi va kommunikatsiya. O‘quv qo‘llanma.

Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti. 2014. B. - 47-b.


background image

213

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Shuning uchun ham har bir inson o‘z ishining mohiyatini, maqsadini va foydasini anglab

ishlasa, u muvaffaqiyat sari barqaror qadam tashlaydi.Ish joyida axloqiy qoidalarni buzish,
boshqalarni hurmat qilmaslik yoki shaxsiy manfaatni ustun qo‘yish insonning obro‘siga katta
putur yetkazadi. Shu sababli professional muhitda to‘g‘rilik, halollik va mas’uliyat doimo
yetakchi o‘rinda bo‘lishi zarur. Bu nafaqat shaxsiy obro‘ni mustahkamlaydi, balki butun jamoa
samaradorligini oshiradi.

Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, professional muhitda

muvaffaqiyatli bo‘lish insonning kasbiy bilim, malaka, madaniyat, axloqiy qadriyatlar hamda
ijtimoiy faollik jihatidan mukammal shakllanish jarayonidir. Muvaffaqiyatli mutaxassis har doim
o‘z kasbiga sadoqatli bo‘lib, o‘z ustida ishlaydi, yangi tajribalarni o‘rganadi va o‘zini
rivojlantirishga intiladi. Bugungi kunda mehnat bozorida raqobatning kuchayib borayotgani
sharoitida har bir insondan ijodkorlik, moslashuvchanlik va yangiliklarga ochiqlik talab etiladi.

Kasbiy muvaffaqiyat nafaqat bilim va ko‘nikmalarga, balki shaxsning ruhiy barqarorligi,

emotsional aql darajasi va jamoa bilan hamkorlikda ishlash madaniyatiga ham bevosita
bog‘liqdir.

Shuning uchun zamonaviy professional inson o‘z faoliyatini nafaqat o‘z manfaatlari,

balki jamiyat taraqqiyoti, kasbiy axloq va insoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirgan holda olib
borishi zarur.

Xulosa qilib aytganda, professional muhitda muvaffaqiyatli bo‘lish – bu bir kunlik natija

emas, balki uzluksiz mehnat, o‘zini tahlil qilish, ijobiy fikrlash, muloqot madaniyatini
rivojlantirish va o‘z kasbini sevishdan iborat uzoq davom etuvchi jarayondir. Har bir yosh
mutaxassisning vazifasi – o‘zining ichki imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishi, o‘z yo‘lini
topishi va kasbiy jihatdan yetuk inson sifatida jamiyat rivojiga hissa qo‘shishi muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Jo‘rayev M., Tursunov D. Kasbiy muloqot etikasi. – Toshkent: Fan, 2020.

2.

Mirashirova, I.G. Raximova, D.K. Muxamеdjanova. Kasb etikasi va kommunikatsiya.

O‘quv qo‘llanma. Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti. 2014. 128-b.

3.

Xudayshukurov T., Shukurov L., Mamarasulov Z. Kasbiy etika va etiket. Darslik. –

Toshkent: IQTISOD-MOLIYA, 2021. 226-b

4.

Husanov B., G‘ulomov V. Muomala madaniyati

.

Darslik.

Toshkent: “Ta’lim

nashriyoti”, 2009. 156-b.

5.

Nadim Muhammad Humayun. Nutq madaniyati (o‘quv qo‘llanma).

– Termiz: TerDU

NMM nashri, 2025.

6.

Raxmatova G

.

Kasbiy o‘zini rivojlantirish asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya,

2023.



Bibliografik manbalar

Jo‘rayev M., Tursunov D. Kasbiy muloqot etikasi. – Toshkent: Fan, 2020.

Mirashirova, I.G. Raximova, D.K. Muxamеdjanova. Kasb etikasi va kommunikatsiya. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti. 2014. 128-b.

Xudayshukurov T., Shukurov L., Mamarasulov Z. Kasbiy etika va etiket. Darslik. – Toshkent: IQTISOD-MOLIYA, 2021. 226-b

Husanov B., G‘ulomov V. Muomala madaniyati. Darslik. – Toshkent: “Ta’lim nashriyoti”, 2009. 156-b.

Nadim Muhammad Humayun. Nutq madaniyati (o‘quv qo‘llanma). – Termiz: TerDU NMM nashri, 2025.

Raxmatova G. Kasbiy o‘zini rivojlantirish asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2023.