RASMIY ISH QOG‘OZLARINING TURLARI VA ULARNI TUZISH TALABLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada rasmiy ish qog‘ozlarining jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning asosiy turlari va tuzish talablari haqida fikr yuritiladi. Hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi davlat, tashkilot va muassasalar faoliyatida tartib-intizomni ta’minlashning muhim omili ekanligi yoritiladi. Shuningdek, rasmiy uslub me’yorlariga rioya etish, aniqlik, soddalik va mas’uliyatli yondashuv zarurligi ta’kidlanadi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Normurodova, Z., & Axmatova, R. (2025). RASMIY ISH QOG‘OZLARINING TURLARI VA ULARNI TUZISH TALABLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(11), 290–292. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139342
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada rasmiy ish qog‘ozlarining jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning asosiy turlari va tuzish talablari haqida fikr yuritiladi. Hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi davlat, tashkilot va muassasalar faoliyatida tartib-intizomni ta’minlashning muhim omili ekanligi yoritiladi. Shuningdek, rasmiy uslub me’yorlariga rioya etish, aniqlik, soddalik va mas’uliyatli yondashuv zarurligi ta’kidlanadi.


background image

290

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

RASMIY ISH QOG‘OZLARINING TURLARI VA ULARNI TUZISH TALABLARI

Normurodova Zarifa Ruziqulovna

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi.

Axmatova Ra’no Alisher qizi

Termiz davlat universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17566277

Annotatsiya.

Ushbu maqolada rasmiy ish qog‘ozlarining jamiyat hayotidagi o‘rni,

ularning asosiy turlari va tuzish talablari haqida fikr yuritiladi. Hujjatlarning to‘g‘ri
rasmiylashtirilishi davlat, tashkilot va muassasalar faoliyatida tartib-intizomni ta’minlashning
muhim omili ekanligi yoritiladi. Shuningdek, rasmiy uslub me’yorlariga rioya etish, aniqlik,
soddalik va mas’uliyatli yondashuv zarurligi ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar

: rasmiy ish qog‘ozlari, hujjat, ariza, buyruq, ishonchnoma, ma’lumotnoma,

rasmiy uslub, me’yoriy talablar, aniqlik, mas’uliyat.

TYPES OF OFFICIAL WORK PAPERS AND REQUIREMENTS FOR THEIR

COMPILATION

Abstract.

This article discusses the role of official business papers in society, general

requirements. The correct official conduct of documents is an important factor in ensuring order
in the activities of the state, organizations and institutions. The need for compliance with the
norms of official style, accuracy, simplicity and responsibility is emphasized.

Keywords:

official business papers, document, application, order, power of attorney,

certificate, official style, regulatory requirements, accuracy, responsibility.

ВИДЫ СЛУЖЕБНЫХ ДОКУМЕНТОВ И ТРЕБОВАНИЯ К ИХ

ОФОРМЛЕНИЮ

Аннотация.

В данной статье рассматривается роль официально-деловых

документов в обществе, их основные виды и требования к их оформлению.

Подчеркивается, что правильное оформление документов является важным

фактором обеспечения дисциплины в деятельности государства, организаций и
учреждений. Также подчеркивается необходимость соблюдения норм официально-
делового стиля, точности, простоты и ответственного подхода.

Ключевые слова:

официально-деловые документы, документ, заявление, приказ,

доверенность, удостоверение, деловой стиль, нормативные требования, точность,
ответственность.

Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish

yuritish qog’ozlari, hujjatlar xilma-xil va miqdoran juda ko’p. Hujjatlarning maqsadi yo’nalishi,
hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar tiliga bo’lgan
umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar tuzish ishiga qo’yiladigan ko’pgina
lisoniy talablar mavjud. Muayyan turdagi hujjat,albatta,o’ziga xos lisoniy xususiyat va sifatlar
bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama,chuqur tasavvur qilmasdan turib,
mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun bu
o’rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy ish yuritish uslubi qadimdan mavjud. Qadimda podsholar, xonlar ham farmon

chiqarganlar, bitimlar, shartnomalar tuzganla, hukmlar oʻqilgan va h.k. Rasmiy ish yuritish
uslubining oʻziga xos xususiyatlaridan biri- unda badiiy tasvir vositalarining boʻlmasligi, maʼlum
bir qolipga tushgan streotip iboralar va nutqiy atamalarning qoʻllanishidir.


background image

291

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Rasmiy ish qog‘ozlari har qanday tashkilot, muassasa yoki korxona faoliyatining ajralmas

qismidir. Ular boshqaruv jarayonida axborot almashish, huquqiy munosabatlarni hujjatlashtirish
va tartibni ta’minlash vazifasini bajaradi. Rasmiy ish qog‘ozlarini to‘g‘ri tuzish – davlat tili
me’yorlariga amal qilish, hujjatlar madaniyatini rivojlantirish va boshqaruv samaradorligini
oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Rasmiy ish qog‘ozlari – bu tashkilot, muassasa yoki shaxs nomidan yoziladigan, aniq

maqsadga qaratilgan, me’yoriy talablar asosida tuzilgan hujjatlardir. Ular boshqaruv faoliyatida
huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi va muayyan qarorlarni amalga oshirish uchun zarur manba
hisoblanadi. Har bir hujjat o‘zining mazmuni, shakli va uslubi bilan rasmiylik, aniqlik va
lo‘ndalikni ifodalaydi.

Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga

ajratiladi.

1

Rasmiy ish qog‘ozlari vazifasi, mazmuni va qo‘llanilish sohasiga ko‘ra quyidagi turlarga

bo‘linadi:

1.Buyruq- muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish

maqsadida qo'llanadigan hujjat.

2

2.Arizalar – shaxsning ma’lum bir masala yuzasidan tashkilot rahbariyatiga yozgan

murojaati.

3.Xarakteristika (tavsifnoma) – shaxsning faoliyati, axloqi va kasbiy ng
4.Ishonchnoma – bir shaxsga boshqa shaxs nomidan ish yuritish vakolatini beruvchi

hujjat.

5.Tilxat – narsa yoki mablag‘ni vaqtincha olganlik haqida yozilgan yozma majburiyat.
6.Bayonnoma – yig‘ilish yoki majlisda ko‘rilgan masalalar haqida yozma qayd.
7.Ma’lumotnoma – voqea, holat yoki shaxs haqida ma’lumot beruvchi hujjat.
8.Hisobot va eslatmalar – bajarilgan ishlar, amalga oshirilgan faoliyat haqida yozma

axborot.

9.Rasmiy xatlar – tashkilotlar o‘rtasida rasmiy maqsadda yoziladigan yozishmalar.

10.Tushuntirish xati-xizmat, o’qishga aloqador malani, uning biror jihatini yozma

izohlovchi hujjatdir. Shaxsiy tushuntirish xatlari xodim tomonidan muassasa rahbari nomiga
yoziladi.

Rasmiy ish qog‘ozlarini tuzishda quyidagi talablar muhim hisoblanadi:

1.Aniqlik va lo‘ndalik – har bir so‘z aniq ma’noni ifodalashi, ortiqcha so‘zlardan

foydalanilmasligi lozim

2.Rasmiy uslubga rioya etish – hujjatlar adabiy til me’yorlariga, rasmiy ohang va so‘z

tanlash qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.

3.To‘liq rekvizitlar – hujjatda tashkilot nomi, sana, imzo, sarlavha, matn va yakuniy qism

to‘liq bo‘lishi zarur.

4.Grammatik to‘g‘rilik – imlo va tinish belgilari qoidalariga qat’iy amal qilinadi. Rasmiy

idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, matn mazmuni tarkibiy
qismlarining ketma-ketligiga, tinish belgilarining to’g’ri qo’yilishiga alohida e’tibor berish
lozim.

1

Raupova L. Nutq madaniyati: Darslik. Toshkent: " INNOVATSIYA-ZIYO" , 2019, 96B.

2

M.Aminov, A.Madvaliyev, N. Mahkamov. Davlat tilida ish yuritish: Darslik. "OʻZBEKISTON NASHRIYOTI"

Toshkent—2020. 143B


background image

292

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Hujjatlar matniga qo’yiladigan eng muhim talablaridan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy

munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy vositalar sifatida axborotni xolis aks
ettirmog’i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so’z va so’z shakllarini qo’llashda muayyan
chegaralanishlar mavjud.

Hujjatlarning sof o’zbek tilidagi yagona andozalarini yaratish, bular bilan bog’liq

atamalarning bir xilligiga erishish borasida ish olib borish lozim. Mukammal va oqilona tashkil
etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi ish yuritishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham
zamonaviy xodim zaruriy axborotni rasmiy ish tilining tegishli shakllarida bemalol ifodalay
olishi, idoraviy ish yuritish malakalarini puxta egallagan bo’lishi zarur.

Foydalangan adabiyotlar:

1.

M.Aminov, A.Madvaliyev, N. Mahkamov. Davlat tilida ish yuritish: Darslik.
“OʻZBEKISTON NASHRIYOTI” Toshkent—2020. 49-328b.

2.

Raupova L. Nutq madaniyati: Darslik. Toshkent: " INNOVATSIYA-ZIYO" , 2019, 96B.

3.

3.N. Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo’ldoshev . Davlat tilida ish yuritish: Akademik litseylar
uchun darslik. Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2010. 65B

4.

4.https://arxiv.uz

Bibliografik manbalar

M.Aminov, A.Madvaliyev, N. Mahkamov. Davlat tilida ish yuritish: Darslik. “OʻZBEKISTON NASHRIYOTI” Toshkent—2020. 49-328b.

Raupova L. Nutq madaniyati: Darslik. Toshkent: " INNOVATSIYA-ZIYO" , 2019, 96B.

3.N. Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo’ldoshev . Davlat tilida ish yuritish: Akademik litseylar uchun darslik. Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2010. 65B

4.https://arxiv.uz