MULOQOTDA ADABIY TIL NORMALARIGA AMAL QILISHNING AHAMIYATI

Annotasiya

Ushbu maqolada muloqot jarayonida adabiy til normalariga rioya etishning ahamiyati yoritilgan. Adabiy til – xalqning madaniy darajasini, milliy tafakkurini va ijtimoiy ongini ifodalovchi eng muhim vositalardan biridir. Maqolada adabiy tilning leksik, fonetik, grammatik va uslubiy me’yorlariga amal qilish muloqotning samaradorligini oshirishi, nutq madaniyatini shakllantirishi hamda kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatni mustahkamlashda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, so‘zlashuvda sheva, jargon va norasmiy ifodalarning ortiqcha qo‘llanishi nutq sifati va ta’sirchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, adabiy til normalariga amal qilish nafaqat tilni to‘g‘ri qo‘llash, balki madaniyatli muloqot yuritishning asosiy sharti ekanligi ta’kidlanadi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Normurodova , Z. ., & Asadov, X. (2025). MULOQOTDA ADABIY TIL NORMALARIGA AMAL QILISHNING AHAMIYATI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(10), 537–540. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138563
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada muloqot jarayonida adabiy til normalariga rioya etishning ahamiyati yoritilgan. Adabiy til – xalqning madaniy darajasini, milliy tafakkurini va ijtimoiy ongini ifodalovchi eng muhim vositalardan biridir. Maqolada adabiy tilning leksik, fonetik, grammatik va uslubiy me’yorlariga amal qilish muloqotning samaradorligini oshirishi, nutq madaniyatini shakllantirishi hamda kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatni mustahkamlashda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, so‘zlashuvda sheva, jargon va norasmiy ifodalarning ortiqcha qo‘llanishi nutq sifati va ta’sirchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, adabiy til normalariga amal qilish nafaqat tilni to‘g‘ri qo‘llash, balki madaniyatli muloqot yuritishning asosiy sharti ekanligi ta’kidlanadi.


background image

537

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

MULOQOTDA ADABIY TIL NORMALARIGA AMAL QILISHNING AHAMIYATI

Normurodova Zarifa Ruziqulovna

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi.

Asadov Xusniddin Kamoliddinovich

Termiz davlat universiteti 3-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17459486

Annotatsiya.

Ushbu maqolada muloqot jarayonida adabiy til normalariga rioya

etishning ahamiyati yoritilgan. Adabiy til – xalqning madaniy darajasini, milliy tafakkurini va
ijtimoiy ongini ifodalovchi eng muhim vositalardan biridir. Maqolada adabiy tilning leksik,
fonetik, grammatik va uslubiy me’yorlariga amal qilish muloqotning samaradorligini oshirishi,
nutq madaniyatini shakllantirishi hamda kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatni mustahkamlashda
tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, so‘zlashuvda sheva, jargon va norasmiy ifodalarning
ortiqcha qo‘llanishi nutq sifati va ta’sirchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr yuritiladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, adabiy til normalariga amal qilish nafaqat tilni to‘g‘ri

qo‘llash, balki madaniyatli muloqot yuritishning asosiy sharti ekanligi ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar:

adabiy til, nutq madaniyati, muloqot, til me’yorlari, uslub, madaniy nutq.

THE IMPORTANCE OF APPLYING LITERARY LANGUAGE NORMS IN

COMMUNICATION

Abstract.

This article explores the importance of adhering to literary language norms in

communication. The literary language represents the cultural level, national identity, and
intellectual development of a society. Proper use of linguistic norms – including lexical,
phonetic, grammatical, and stylistic standards – plays a crucial role in ensuring effective
communication, shaping speech culture, and fostering mutual respect among speakers.

The paper emphasizes that deviation from literary norms through excessive use of

dialects, slang, or informal expressions can negatively affect the clarity, expressiveness, and
overall quality of speech. Furthermore, it highlights that the observance of literary standards is
not only a matter of linguistic correctness but also an essential indicator of one’s communicative
competence and cultural refinement. In conclusion, maintaining literary language norms in
everyday and professional interactions enhances both the aesthetic and ethical value of
communication, contributing to the preservation and development of the national language and
culture.

Key words:

literary language, speech culture, communication, language norms, style,

cultural speech.

ЗНАЧЕНИЕ ПРИМЕНЕНИЯ НОРМ ЛИТЕРАТУРНОГО ЯЗЫКА В ОБЩЕНИИ

Аннотация.

В данной статье рассматривается значение соблюдения норм

литературного языка в процессе общения. Литературный язык является важнейшим
показателем культурного уровня, национального самосознания и духовного развития
общества. Соблюдение лексических, фонетических, грамматических и стилистических
норм способствует повышению эффективности коммуникации, формированию речевой
культуры и укреплению взаимного уважения между собеседниками. Автор отмечает, что
чрезмерное использование диалектов, жаргона и неформальных выражений
отрицательно влияет на качество, выразительность и точность речи. Подчеркивается,
что владение нормами литературного языка является не только проявлением языковой
грамотности, но и свидетельством общей культуры и коммуникативной
компетентности личности.


background image

538

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

В заключение делается вывод, что использование литературных норм в

повседневном и профессиональном общении повышает эстетическую и этическую
ценность речи, способствует сохранению и развитию национального языка и культуры.

Ключевые слова:

литературный язык, культура речи, коммуникация, языковые

нормы, стиль, культурная речь.

Har bir xalqning milliy o‘zligini ifodalovchi eng muhim vosita – bu uning tili, ayniqsa

adabiy tilidir. Adabiy til xalqning madaniyati, tafakkuri va ma’naviy dunyosini aks ettiruvchi,
jamiyat a’zolari o‘rtasidagi muloqotda yagona me’yorni ta’minlovchi vosita sanaladi. Bugungi
kunda til madaniyatiga e’tiborning kuchayishi, adabiy til me’yorlariga amal qilish zarurati
jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki nutq madaniyati nafaqat shaxsning
saviyasi, balki butun millatning madaniyat darajasini ham namoyon etadi.

Muloqot jarayonida adabiy til normalariga rioya qilish fikrni aniq, ravon va ta’sirchan

ifodalash imkonini beradi, qolaversa, suhbatdoshlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va madaniy muhitni
shakllantiradi. Aksincha, adabiy me’yorlardan chetga chiqish muloqot samaradorligini
pasaytiradi, tushunmovchilik va noto‘g‘ri talqinlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois,
muloqotda adabiy til normalaridan foydalanish masalasi bugungi kunda tilshunoslik va nutq
madaniyati sohasida dolzarb mavzulardan biri sanaladi.

Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otut-turk” asarida “Erdam boshi til”, ya’ni

odobning boshi til, degan maqol bor. Bunday fikrlarni “Qobusnoma”da, Ahmad Yugnakiyning
“Hibat-ul haqoyiq”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarlarida ham ko‘plab uchratish
mumkin. Til va nutq odobi, nutqiy madaniyat, nutq san’ati haqidagi fikrlar, ayniqsa, Alisher
Navoiy ijodida yuqori darajada aks etgan. Adabiy til paydo bo‘lgunga qadar nutq madaniyatida
amal qilgan talab va tasavvurlar adabiy til paydo bo‘lgandan keyingi davrda, ya’ni til bilan
bog‘liq nutq madaniyati tasavvurlaridan farqlanadi. Chunki nutq madaniyati adabiy til va uning
me’yorlari bilan bog‘liq.

1

Adabiy til – bu tildagi eng to‘g‘ri, umumqabul qilingan, me’yoriy

shakl hisoblanadi (grammatik, fonetik, uslubiy va leksik me’yorlari bor). Nutq madaniyati esa –
shu adabiy til me’yorlaridan to‘g‘ri, o‘rinli va go‘zal tarzda foydalanish san’atidir. Shuning
uchun nutq madaniyati adabiy til bilan bevosita bog‘liq, chunki agar inson adabiy til qoidalarini
bilmasa yoki unga amal qilmasa, uning nutqi madaniyatli, chiroyli va to‘g‘ri bo‘la olmaydi.

Adabiy tildan foydalanish kishining bilim darajasi, madaniyati va kasbiy savodxonligini

ko‘rsatadi. Rasmiy muloqotda bu juda katta rol o‘ynaydi. Sababi inson haqida birinchi taassurot
ko‘pincha uning nutqidan hosil bo‘ladi. Rasmiy muloqotda adabiy tildan foydalanish – bu
nafaqat til me’yorlariga rioya qilish, balki hurmat, madaniyat, mas’uliyat va professional etikani
ifodalashdir.

Til me’yorlari – bu ijtimoiy-nutqiy amaliyot (badiiy adabiyot, o‘qimishli kishilar nutqi,

sahna nutqi, OAV) da til jamiyati tomonidan qabul qilingan talaffuz, imlo, grammatik va so‘z
qo‘llash qoidalari. Yuksak nutq madaniyati til me’yoriga amal qilishdangina iborat emas. U ayni
paytda o‘z fikrini ifodalashning nafaqat aniq, balki eng ta’sirchan va o‘rinli vositalarini ham topa
olish mahoratini ham qamrab oladi”

2

.

1

A.J.Omonturdiyev Sh.LAbduraimova. O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyati:

Uslubiy qo‘llanma.

Toshkent, 2016.

– B. 14

2

Raupova L. Nutq madaniyati: Darslik.– Toshkent: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019. B. – 58.


background image

539

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Tilshunos olim N. Mahmudov “Til va jamiyat” asarida shunday deydi: “Adabiy tilning

tozaligi va barqarorligi, avvalo, nutq madaniyati darajasiga bog‘liq. Har bir fuqaro o‘z fikrini
adabiy til me’yorlariga mos ravishda ifodalasa, bu jamiyatning madaniy rivojini ta’minlaydi.”

Shunday qilib, adabiy til – nafaqat muloqot vositasi, balki xalq madaniyatining aks-

sadosi, ma’naviy quroli hamdir. Nutq madaniyati adabiy til me’yorlariga rioya qilish bilan
chambarchas bog‘liq. Go‘zal, aniq, lo‘nda va ifodali nutq – bu adabiy tilga asoslangan nutqdir.

O‘zbek adabiy tili asrlar davomida shakllanib, Alisher Navoiyning “ Muhokamat ul-

lug‘atayn” asari orqali mustahkam ilmiy asosga ega bo‘lgan. Navoiy shunday yozadi: “Til
insonning ziynatidir. Nutq madaniyati avvalo, to‘g‘ri,adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda
so‘zlashdir. Nutq madaniyatining yuqori darajasi madaniyatli kishining ajralmas xususiyati
hisoblanadi. Nutqimizni yaxshilash har birimizning vazifamiz. Buning uchun talaffuzda, so‘z
shakllaridan foydalanishda, jumlalarni tuzishda xato qilmaslik uchun nutqimizni kuzatib
borishimiz kerak.

3

Uni toza saqlamak, so‘zning ma’nosini anglab ishlatish har bir oqil kishining

burchidir. Bu so‘zlar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Har bir so‘zlovchi,
ayniqsa yosh avlod, nutqida adabiy til normalariga amal qilsa, bu jamiyatning umumiy
madaniyatini oshiradi. Muloqot – insonlar o‘rtasidagi eng muhim ijtimoiy jarayonlardan biridir.

Muloqotda to‘g‘ri, ravon va madaniyatli so‘zlash insonlar o‘rtasidagi hurmat, ishonch va

samimiyatni mustahkamlaydi.Bugungi globallashuv davrida, internet va ommaviy axborot
vositalarining kengayishi natijasida, tilga begona unsurlar kirib kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda
qisqartmalar, inglizcha so‘zlar va norasmiy ifodalar ko‘payib bormoqda. Bu esa adabiy til
me’yorlariga e’tiborning pasayishiga olib kelmoqda.

Tilshunos olim A. Madvaliyev “O‘zbek tili madaniyati” asarida bu borada shunday

deydi: “Nutq madaniyatini shakllantirishning eng muhim sharti – adabiy til me’yorlariga qat’iy
amal qilishdir. Har bir so‘zlovchi o‘z nutqida tildan mas’uliyat bilan foydalanishi lozim.”

Demak, muloqotda adabiy tildan foydalanish faqat tilshunoslar yoki adabiyot ahli uchun

emas, balki har bir fuqaro uchun ijtimoiy zaruratdir. Adabiy tilda so‘zlash – bu nafaqat to‘g‘ri
so‘zlash, balki madaniyatli so‘zlashdir. So‘z inson qalbining ko‘zgusi. Qanday so‘zlasak,
shunday insonmiz. Shu bois, adabiy tilga e’tibor – bu nutqdagi odob, so‘zdagi poklik,
muloqotdagi madaniyat demakdir. O‘zbek yozuvchisi Oybek “Navoiy” romanida shunday
yozadi: “So‘z – bu qudrat. Uni to‘g‘ri ishlatgan odam jamiyatni yoritadi, noto‘g‘ri ishlatgan esa
uni qorong‘ulikka olib kiradi.” Bu fikr adabiy tilning nafaqat estetik, balki axloqiy ahamiyatini
ham ochib beradi. Adabiy til orqali inson o‘z fikrini chiroyli, ta’sirchan va odobli tarzda ifoda
etadi. Ayniqsa, o‘qituvchi, yozuvchi, jurnalist kabi kasb egalari uchun adabiy tilda so‘zlash
nafaqat, professional etiket, balki targ‘ibot qilish hamdir. Hozirgi davrda o‘zbek tili leksikasida
turli sheva, jargon, ruscha va inglizcha so‘zlarning aralashmasi keng tarqalgan. Masalan, yoshlar
orasida “ok”, “like”, “post qilish”, “chatlashish” kabi iboralar faol ishlatilmoqda. Bu holat tilning
tabiiy rivojiga bir tomondan boylik olib kirsa-da, ikkinchi tomondan adabiy til me’yorlariga
putur yetkazadi. Shu sababli, o‘zbek tili taraqqiyotida me’yoriylikni saqlash, begona unsurlarni
oqilona qabul qilish muhim masaladir.

Muloqot jarayonida adabiy til normalariga amal qilish shaxsning nutq madaniyatini,

ma’naviy saviyasini va ijtimoiy faoliyatini ifodalaydi. Adabiy til me’yorlariga rioya etish orqali
nutqning aniqligi, ifodaliligi va tushunarliligi ta’minlanadi. Bu esa muloqotning samaradorligini
oshirib, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida to‘g‘ri axborot almashinuviga imkon yaratadi.

3

https://uz.wikipedia.org/wiki


background image

540

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Muloqotning sifatini oshiradi. Rasmiy, ilmiy va ijtimoiy sohalarda adabiy til me’yorlariga

tayanish nafaqat til madaniyatini, balki milliy ma’naviyat va madaniyat darajasini ham belgilab
beradi. Shunday qilib, adabiy til me’yorlaridan to‘g‘ri foydalanish muloqot jarayonining asosiy
sharti bo‘lib, u nutqning madaniy, mantiqiy va estetik jihatdan mukammalligini ta’minlaydi
hamda shaxsning tilga, jamiyatga va suhbatdoshiga bo‘lgan hurmatini ifodalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

A.J. Omonturdiyev Sh.L Abduraimova. O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyati: Uslubiy

qo‘llanma. Toshkent , 2016. 98 b.

2.

Raupova L. Nutq madaniyati: Darslik. – Toshkent: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019. –

140b.

3.

Alisher Navoiy.

Muhokamat ul-lug‘atayn

. — Toshkent: Fan, 1983.

4.

A. Madvaliyev.

O‘zbek tili madaniyati

. — Toshkent: O‘qituvchi, 2006.

5.

N. Mahmudov.

Til va jamiyat

. — Toshkent: Fan, 2010.

6.

https://uz.wikipedia.org/wiki

Bibliografik manbalar

A.J. Omonturdiyev Sh.L Abduraimova. O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyati: Uslubiy qo‘llanma. Toshkent , 2016. 98 b.

Raupova L. Nutq madaniyati: Darslik. – Toshkent: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019. – 140b.

Alisher Navoiy. Muhokamat ul-lug‘atayn. — Toshkent: Fan, 1983.

A. Madvaliyev. O‘zbek tili madaniyati. — Toshkent: O‘qituvchi, 2006.

N. Mahmudov. Til va jamiyat. — Toshkent: Fan, 2010.

https://uz.wikipedia.org/wiki