388
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
NUTQ MADANIYATI – SAMARALI KASBIY MULOQOT GAROVI
Zarifa Normurodova
Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi.
Farida Turdaliyeva
Termiz davlat universiteti 3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17396688
Annotatsiya.
Mazkur maqolada nutq madaniyatining kasbiy muloqotdagi o‘rni va
ahamiyati yoritilgan. Professional muhitda samarali muloqot yuritish, fikrni aniq, lo‘nda va
madaniyatli tarzda ifodalash xodimning kasbiy salohiyatini, savodxonligini namoyon etuvchi
muhim omil sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, maqolada nutq madaniyatining asosiy
mezonlari, uning kasbiy etikaga ta’siri hamda nutq madaniyatini rivojlantirish yo‘llari haqida
fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
nutq madaniyati, kasbiy muloqot, til madaniyati, kommunikativ
kompetensiya, professional muhit, etik me’yorlar.
Annotation.
This article discusses the role and importance of speech culture in
professional communication. Effective communication in a professional environment, expressing
thoughts clearly, concisely and culturally is interpreted as an important factor demonstrating the
professional potential and literacy of an employee. The article also discusses the main criteria of
speech culture, its impact on professional ethics, and ways to develop speech culture.
Keywords:
speech
culture,
professional
communication,
language
culture,
communicative competence, professional environment, ethical standards.
Аннотация.
В статье рассматриваются роль и значение культуры речи в
профессиональном общении. Эффективное общение в профессиональной среде, умение
ясно, лаконично и культурно излагать свои мысли рассматриваются как важный
фактор, демонстрирующий профессиональный потенциал и грамотность сотрудника. В
статье также рассматриваются основные критерии культуры речи, её влияние на
профессиональную этику и пути развития культуры речи.
Ключевые слова:
речевая культура, профессиональное общение, языковая
культура, коммуникативная компетентность, профессиональная среда, этические
нормы.
Jamiyatning taraqqiy etishi shaxsning nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalariga, balki
uning kommunikativ kompetensiyasiga ham yuqori talablar qo‘ymoqda. Kasbiy faoliyatning
deyarli barcha sohalarida samarali muloqot qilish, fikrni aniq, mantiqiy va madaniyatli ifoda
etish qobiliyati muvaffaqiyatning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, nutq
madaniyati masalasi kasbiy muloqot madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi sifatida alohida
amaliy ahamiyat kasb etadi.
Nutq madaniyati – bu shaxsning til vositalaridan maqsadga muvofiq, uslubiy jihatdan
to‘g‘ri va estetik mezonlarga mos holda foydalanish qobiliyatini ifodalovchi muhim ijtimoiy-
lisoniy hodisadir. U nafaqat nutqning tozaligi va aniqligini, balki muloqot jarayonida etik
me’yorlarga amal qilishni ham nazarda tutadi. Kasbiy muloqotda nutq madaniyatiga rioya etish
mutaxassislar o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlaydi, ish jarayonida yuzaga keluvchi
nizolarni oldini oladi hamda kasbiy muhitda ijobiy psixologik muhit yaratadi.
Har bir soha vakilining kasbiy muvaffaqiyati uning til vositalaridan to‘g‘ri va samarali
foydalanish qobiliyatiga bevosita bog‘liq.
389
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
Kasbiy muloqotda fikrning aniqligi, lo‘ndaligi, mantiqiy izchilligi va uslubiy tozaligi
mutaxassisning umumiy madaniy saviyasini namoyon etadi. Shu bois nutq madaniyati kasbiy
kompetensiyaning muhim ko‘rsatkichi sifatida e’tirof etiladi.
Nutqiy faoliyat tildan foydalanuvchilarning gapirish, nutq so‘zlash bilan birga, tinglash
jarayoni ham. Mashhur amerikalik notiq psixolik Deyl Karnegi “yaxshi suhbatdosh - yaxshi
gapirishni emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu
qobiliyatning insonda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi.
Nutqiy faoliyat kundalik faoliyatimizning tarkibiy qismidir.
Nutq madaniyati kishilarning kundalik nutqiy faoliyati bilan aloqador. Adabiy tilning o‘zi
nutq madaniyatini tashkil eta olmaydi. Adabiy tildan, uning madaniylashgan vositalaridan nutqiy
faoliyatdafoydalanilgandagina adabiy til nutq madaniyati vositasiga aylanadi.
Shu sababli professional faoliyatda har bir mutaxassis madaniy nutq sohibi bo‘lishi,
rasmiy yozishmalarda va og‘zaki muloqotda bu tamoyillarga amal qilishi zarur. Imloviy,
uslubiy jihatdan savodxon bo‘lishi, fikrni ixcham va aniq ifodalay olishi kasbiy savodxonligini
namoyon etadi.
Nutq madaniyati
tushunchasi - nutq odobi
tushunchasi bilan sinonim. Nutq madaniyati
deganda, og‘zaki va yozma adabiy til me’yorlari (talaffuz, urg‘u, so‘z qo‘llash, qo‘shimchalarni
to‘g‘ri ishlatish, nutq uslublariga mos so‘zlash)ni egallash, shuningdek, muloqotda tilning ifoda
vositalaridan o‘z maqsadiga mos ravishda foydalanish mahorati tushuniladi. Nutq madaniyati
shaxs nutqidagi ikki holatni qamrab oladi:
a)shaxs nutqining to‘g‘riligi;
b) nutqiy mahorat
1
.
Nutqning to‘g‘riligi – bu tilning adabiy me’yorlariga, grammatik, fonetik, leksik va
uslubiy qoidalarga to‘liq amal qilgan holda fikrni ifodalashdir. Nutqning to‘g‘riligi, eng avvalo,
so‘z tanlash, ularni o‘rinli qo‘llash, gap tuzilmasining mantiqiy izchilligi va talaffuzning adabiy
normalarga mosligi bilan belgilanadi. To‘g‘ri nutq insonning umumiy saviyasi, madaniyati
hamda tafakkur darajasini aks ettiradi. Shuningdek, nutqning to‘g‘riligi muloqotda
tushunmovchiliklarning oldini oladi, fikrning aniq va ta’sirchan yetkazilishiga zamin yaratadi.
Shu sababli bu jihat nutq madaniyatining asosiy mezonlaridan biri sanaladi. Kasbiy
faoliyatda har bir xodimlarning bunga rioya etishi bir-birlarini to‘g‘ri tushunishga, vazifalarni
aniq va rejali amalga oshirishga yordam beradi.
Nutqiy mahorat esa shaxsning til vositalaridan maqsadga muvofiq, uslubiy jihatdan
o‘rinli va estetik jihatdan ta’sirchan foydalanish qobiliyatidir. U nafaqat grammatik to‘g‘rilikni,
balki so‘z boyligini, nutqning mantiqiy tuzilishini, tinglovchiga psixologik ta’sir ko‘rsatish
ko‘nikmalarini ham o‘z ichiga oladi.
Nutqiy mahoratga ega shaxs har qanday muloqot sharoitida o‘z fikrini aniq, lo‘nda va
ishonarli ifoda eta oladi. Suhbatdosh bilan birgalikda muloqotdan ko‘zlangan maqsadlarga
erishadi. Bu sifat o‘qituvchi, rahbar, jurnalist, shifokor kabi ko‘plab kasb egalari uchun zarur
kommunikativ kompetensiyaning asosini tashkil etadi. Sharq odobida «Ulug‘lar huzurida
sergak bo‘ling va o‘zingizga loyiq so‘z so‘zlang» deyilishi bejiz emas. Bu umumiy tilni asrash
barobarida o‘z og‘zimiz orasidagi tilni «ehtiyot» bo‘lib, o‘ylab ishlatish kerak demakdir. Chunki
so‘z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini ko‘rsatadigan mezon bo‘lib, aql sohiblari
kishining dihdagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so‘zlagan so‘zidan
1
Raupova L. Nutq madaniyati: Darslik.– Toshkent: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019. B. – 25.
390
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
biladilar. Zero, so‘z insonning qiymati qadar qadrlidir
2
. Nutqning sofligi va adabiy til
me’yorlariga mos so‘zlash shaxsning intellektual va ma’naviy yetukligidan dalolat beradi.
Aksincha, bepisand, qo‘pol yoki mas’uliyatsiz so‘z ishlatish inson obro‘sini tushiradi,
jamiyatdagi hurmatini kamaytiradi. Inson o‘z so‘zi uchun mas’uliyatli bo‘lishi, so‘zning kuchini,
ta’sirini anglab yetishi zarur. Chunki so‘z nafaqat fikrni ifodalash vositasi, balki insonning
ma’naviy qadriyati, uning ijtimoiy nufuzi va shaxsiy fazilatlarining ramzidir.
Nutq madaniyati notiqning oldiga ham muayyan talablar qoʻyadi: notiq nutq soʻzlashga
oʻz yoshi, ishi, lavozimi, mavqei kabilarni hisobga olgan holda, kamtarona kiyinib chiqishi;
nutqni boshlashdan oldin tinglovchilar bilan samimiy salomlashishi; nutq mavzuiga oid
savollarga loʻnda, aniq-ravshan, qisqa javob berishi, bilmaganlariga uzr soʻrashi; nutq mavzuiga
doir boʻlmagan savollarga javob bermasligi; tinglovchilar nafsoniyatiga tegmasligi, turli nooʻrin
xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymasligi lozim. Yuksak nutq madaniyati kishining umumiy
madaniyati, fikrlash madaniyati, tilga nisbatan ongli mehr-muhabbatini namoyon qiladi. Nutq
madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til meʼyoridir. Nutq madaniyatining asosiy vazifasi
ijtimoiy til amaliyotiga faol taʼsir koʻrsatish maqsadida obyektiv til meʼyorlarini ularning
barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, tamoyillari va boshqalarda oʻrganishdir
3
.
Kasbiy muloqot jarayonida nutq madaniyatiga rioya etish o‘zaro tushunishni ta’minlaydi,
ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlaydi va kasbiy obro‘ni oshiradi. Shu bois nutq madaniyatini
shakllantirish va takomillashtirish har bir mutaxassisning professional rivojlanishining ajralmas
tarkibiy qismi hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, nutq madaniyati – bu shaxsning tilni ongli,
madaniyatli va maqsadga muvofiq qo‘llash qobiliyatini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u samarali
kasbiy muloqotning asosini tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Raupova L. Nutq madaniyati: Darslik.– Toshkent: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019. –
140b.
2.
B. Husanov, V. G‘ulomov. Muomala madaniyati: Darslik. – Toshkent, 2009. -154b.
3.
https://oyina.uz/uz/teahause/2120
2
B. Husanov, V. G‘ulomov. Muomala madaniyati:Darslik. – Toshkent, 2009. B. -56.
3
https://oyina.uz/uz/teahause/2120
