IMOM BUXORIYNING “AL-JOME’ AS SAHIH” ILMIY AHAMIYATI

Аннотация

Ushbu maqolada Imom al-Buxoriyning “Al-Jome’ as Sahih” kitobidagi qarashlari va g‘oyalari, uning bugungi kun uchun ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Ayniqsa, Qur’oni Karim Islom dasturi, Islom shariati, hukmlari va odoblarining birinchi manbai ekanligi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari esa Islom shariatining Qur’ondan keyingi ikkinchi asl manbai hisobanishi; hadis tushunchasi, mazmun mohiyati, Imom al-Buxoriy to‘plamlariga kiritilgan hadislar faqat islom ta’limotiga oid umumiy qoidalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasligi, balki hadislarning jahonshumul ahamiyati insoniylik, insonparvarlik, Vatanga muhabbat haqida tarbiya berishi bilan yosh avlodda ezgulik va go‘zallik tuyg‘ularini mujassamlashtirishi, yosh avlodni insoniylik fazilatlari ruhida tarbiyalash to‘g‘risida fikrlar bildirilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Haqqulov , M. ., & Sadulloyeva , M. . (2025). IMOM BUXORIYNING “AL-JOME’ AS SAHIH” ILMIY AHAMIYATI. Современная наука и исследования, 4(2), 472–476. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/68407
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Imom al-Buxoriyning “Al-Jome’ as Sahih” kitobidagi qarashlari va g‘oyalari, uning bugungi kun uchun ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Ayniqsa, Qur’oni Karim Islom dasturi, Islom shariati, hukmlari va odoblarining birinchi manbai ekanligi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari esa Islom shariatining Qur’ondan keyingi ikkinchi asl manbai hisobanishi; hadis tushunchasi, mazmun mohiyati, Imom al-Buxoriy to‘plamlariga kiritilgan hadislar faqat islom ta’limotiga oid umumiy qoidalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasligi, balki hadislarning jahonshumul ahamiyati insoniylik, insonparvarlik, Vatanga muhabbat haqida tarbiya berishi bilan yosh avlodda ezgulik va go‘zallik tuyg‘ularini mujassamlashtirishi, yosh avlodni insoniylik fazilatlari ruhida tarbiyalash to‘g‘risida fikrlar bildirilgan.


background image


Fevral, 2025-Yil

472

IMOM BUXORIYNING “AL-JOME’ AS SAHIH” ILMIY AHAMIYATI

Haqqulov Mehriddin Yunusovich

Osiyo xalqaro universiteti “Tarix va filologiya” kafedrasi o‘qituvchisi

mexriddinhaqqulov@gmail.com

Sadulloyeva Moxinur Sadullo qizi

Osiyo xalqaro universiteti “Ijtimoiy fanlar va texnika” fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish

yo‘nalishi 9-FT-(I)-24 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14908724

Annotatsiya. Ushbu maqolada Imom al-Buxoriyning “Al-Jome’ as Sahih” kitobidagi

qarashlari va g‘oyalari, uning bugungi kun uchun ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Ayniqsa,

Qur’oni Karim Islom dasturi, Islom shariati, hukmlari va odoblarining birinchi manbai ekanligi,

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari esa Islom shariatining Qur’ondan keyingi

ikkinchi asl manbai hisobanishi; hadis tushunchasi, mazmun mohiyati, Imom al-Buxoriy

to‘plamlariga kiritilgan hadislar faqat islom ta’limotiga oid umumiy qoidalarni aks ettirish bilan

cheklanib qolmasligi, balki hadislarning jahonshumul ahamiyati insoniylik, insonparvarlik,

Vatanga muhabbat haqida tarbiya berishi bilan yosh avlodda ezgulik va go‘zallik tuyg‘ularini

mujassamlashtirishi, yosh avlodni insoniylik fazilatlari ruhida tarbiyalash to‘g‘risida fikrlar

bildirilgan.

Kalit so’zlar: Hadis, ma’naviy me’ros, islom dini, muhaddis, Qur’oni Karim, Sahih al-

Buxoriy, odob-axloq.

Abstract. This article discusses the views of ideas of Imam al-Bukhari in the book “Al-

Jome’ as-Sahih” and its importance for today. At the same time, the main sources for these issues

are the Koran, Sharia and the ethics of Islam, followed by hadiths, which are narratives about the

life and deeds of the Prophet. It is noted that, the hadiths included by Imam al-Bukhari in his

collections are not limited only to the general provisions of the Islamic faith, they are of global

importance, since they contain certain views on humanism, education of love for the Motherland,

virtue and a sense of beauty in young people, the development of personal traits in them.

Keywords: Hadith, spiritual heritage, Islam, religion, muhaddith, Koran, Sahih al-

Bukhari, moral.

Аннотация. При этом первоисточником по данным вопросам являются Коран,

шариат и этика ислама, за которыми следуют хадисы, представляющие собой предания

о жизни и деяниях Пророка. Отмечается, что хадисы, включенные Имамов алъ-Бухари в

его сборники, не ограничиваются лишь общими положениями исламского вероучения,


background image


Fevral, 2025-Yil

473

имеют общемировое значение, поскольку в них присутствуют определенные взгляды по

вопросам гуманистическово характера, воспитании в молодых людах любви к Родине,

добродетели и чувства прекрасного, развитии в них личностых качеств.

Ключевые слова: Хадис, духовное наследие, ислам, религия, мухаддис, Коран, Сахих

алъ-Бухари, мораль.

Kirish.

Muhaddislar sultoni bo‘lgan Imom Buxoriy hayoti va ma’naviy merosini keng

tadqiq etish yuzasidan nafaqat yurtimizda, balki butun musulmonlar olamida keng qamrovli ishlar

amalga oshirilib kelinmoqda. Imom Buxoriyning hayoti va faoliyati, u meros qoldirgan shoh asarlar

davrlar osha axloqiy va huquqiy hikmatlari ilmiy asosda har tomonlama chuqur o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganlaridek, “Markaziy Osiyo

uyg‘onish davrining ko‘plab yorqin namoyondalarining islom va jahon svilizatsiyasiga qo‘shgan

bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman. Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy

o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur’on karimdan keying muqaddas kitob hisoblangan “Sahih

ul-Buxoriy” ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan.”

Islom dinining asl mazmun-mohiyatini teran anglashda ijtimoiy axloqiy masalalarga targ‘ib

etishda, yoshlar tarbiyasini milliy va diniy qadriyatlar asosida olib borilishida Imom Buxoriy

merosining ahamiyati katta. Islom dinining tom ma’noda komilikka chorlaydigan, insoniy

fazilatlarga targ‘ib qiladigan, botil mafkuralardan saqlaydigan din to‘g‘risida Prezidentimiz Sh.

Mirziyoyev shunday fikrni keltirib o‘tdilar: “Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl

insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa deb hisoblaymiz. Bu muqaddas dinimizni

azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz… Islom dini bizni ezgulik

va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi.

Ma’lumki, Payg‘ambarimiz hadislarini to‘plash, ularning sahihlarini (to‘g‘rilarini,

ishonchlilarini) ajratib, Qur’oni Karim oyatlari bilan isbotlash borasida Movarounnahr va Xuroson

olimlarining hissalari benihoyat katta bo‘lgan. Imom Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih” asari

(“Sahih al-Buxoriy” deb ham ataladi) jumlai jahonda mashhur bo‘lgan bebaho yozma yodgorlikdir.

Chunonchi, bu mo‘tabar asar haqli ravishda Islom dini ta’limotida Allohning kalomi Qur’oni

Karimdan keying asosiy manba hisoblanadi.

Imom al-Buxoriyning hadis ilmini bugungi kunda tadbiq etish juda ham ahamiyatlidir.

Bugungi kundan arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan hadislar orqali barcha yurtdoshlarimiz

hadis ilmidan bahramand bo‘lmoqdalar.


background image


Fevral, 2025-Yil

474

Imom Buxoriyning ma’naviy me’rosini butunlay yangi yo‘nalishga burish, uning boy

ma’naviy xazinasidagi insonparvarlik, bag‘rikenglik, millatlararo do‘stlik va ittifoqchilik, insof va

diyonat, mehr va muruvvat, insoniy sha’n va oriyat, adolat va haqqoniyat, xolislik va samimiyat

singari umuminsoniy g‘oyalarini keng jamoatchilikka tanishtirish, hamda jahonning turli tillariga

tarjima qilinib, butun insoniyat uchun xizmat qildirishga keng yo‘l ochish eng dolzarb vazifalardan

hisoblanadi. Imom Buxoriy butun umri davomida islom dinining ma’rifiy mohiyatini ochishga,

undagi bag‘rikenglik, insonparvarlik va adolatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib va tashviq qilish bilan

shug‘ullangan. Imom Buxoriyning ibratli hayot yo‘li ham kishilarni jaholat yo‘lidan qaytarishda

ibrat timsoli bo‘lishi mumkin. Uning ilmiy haqiqatlar yo‘lida chekkan mashaqqatlari nafaqat

musulmonlar uchun, balki har bir sog‘lom aql egasi uchun insoniyatning farovon kelajagini bunyod

etishda katta tajriba manbai bo‘lishga arziydi.

Imom al-Buxoriyning eng mashhur asari, shubhasiz, “Al-Jome’ as-Sahih” asaridir. “Al-

Jome’ as-Sahih” deb nomlangan 4 jilddan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa

muhaddislar tuzgan to‘plamlar orasida eng ishonarli va mukammalidir.

Bu asar “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan ham mashhur bo‘lib, uning g‘oyat ahamiyatli

tomoni shundaki, Imom al - Buxoriy turli roviylardan eshitgan hadislarni tabaqalarga bo‘lib,

ularning ishonchlilarini ajratib, alohida kitob yaratdi. Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” hadis

to‘plamini o‘rganish davomida, kitobda axloqiy masalalar bilan bir qatorda ijtimoiy masalalar va

ularning yechimlari bayon qilingan muborak hadislar ham o‘z o‘rnini topganligini ko‘rish

mumkin. Ayniqsa, g‘iybat, chaqimchilik, gap tashish, hasad, arazlashish kabi salbiy illatlar va

savdo-sotiq, zakot, yetimlar, qarindoshlar, yoshi ulug‘larni hurmatlash kabi o‘zaro muammolar

yechimi bayon qilingan va bu masalalar hozirgi kunda inson ma’naviy olamiga qanchalik ta’sirini

ko‘rish mumkin.

Odob-axloq mamlakatimiz xalqlari madaniy hayotining ajralmas qismi, ezgu

qadriyatlarimizdir. Odob-axloq o‘ziga xos qonunlar, udum va an’analarga amal qiladi. Har bir

fuqaro odob-axloqni ahamiyatini yaxshi anglab yetishi zarur. Bu mas’uliyat esa aql-idrok amriga

rioya qilish, halollikni hayot qonuni deb bilish, iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatda odob-axloq

munosabatini ham e’tiborda tutish, yuksak odob va madaniyat sohibi bo‘lib yurtdoshlar diliga

xushnudlik, yaxshi kayfiyat bag‘ishlash, hamisha adolatli va haqgo‘y, shirinso‘z va muloyim,

kamtar va saxovatli bo‘lish, mahalla ahliga hech qachon ozor yetkazmaslik, g‘iybat, hasad, tuhmat,

chaqimchilik, manmanlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish, ichkilikbozlik va giyohvandlikdan hazar

qilish singari xislatlarga ega bo‘lishni taqozo etadi.


background image


Fevral, 2025-Yil

475

Har bir ota-ona o‘z farzandlarini odob-axloq ruhida tarbiyalab, avvalo odob-axloqqa

o‘rgatishi, salomlashishdan tortib kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatlariga amal qilishga,

to‘g‘riso‘z va muloyim, ojizlarga madadkor, muhtojlar diliga malham bo‘lish kabi ta’lim-tarbiyani

berishi lozim. Ular voyaga yetganlarida halollik va mehnatsevarlik, odob va hayo, do‘stlik va

odamiylik, iymonlilik kabi insoniy fazilatlar bilan uyg‘unlikda bo‘lishi kerak.

Imom al-Buxoriy to‘plamlariga kiritilgan hadislar faqat islom ta’limotiga oid umumiy

qoidalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmaydi, balki hadislarining jahonshumul ahamiyati

insoniylik, insonparvarlik, Vatanga muhabbat haqida tarbiya berishi bilan yosh avlodga ezgulik va

go‘zallik tuyg‘ularini mujassamlashtiradi, insonlarni bir - birlariga mehr-oqibatli bo‘lishlariga,

ota-ona va kattalarga doimo hurmatda, yetim-yesirlarga muruvvat, saxiylik, Vatanga muhabbat,

mehnatsevarlik, halollik, turli xalqlarning o‘zaro do‘stona, tinch-totuv yashashlari kabi insoniy

fazilatlari ruhida tarbiyalaydi

Imom al - Buxoriy hadislari, aql durdonalarini yoshlar tomonidan yanada ko‘proq

o‘zlashtirilishi Yangi O‘zbekiston ehtiyojlariga mos kelib axloqiy fazilatlarni o‘rganish ya’ni

ijtimoiy gumanitar fanlarini o‘qitishda yoshlarga ajoyib ichki kechinmalar, his-tuyg‘ular

uyg‘otadi.

Xulosa:

Imom Buxoriy butun hayoti davomida ilmiy xolislikka, samimiylikka, masalaga

to‘g‘ridan-to‘g‘ri yondashish kabi tamoyillarga qat’iy rioya qilganligi, uning yozganlarining

ishonarlilik va manbasini aniq ko‘rsatishi jihatidan barcha allomalarning e’tibori va hurmatini

qozongalligi sababli ham ming yil mobaynida o‘z qiymatini saqlab kelmoqda.

Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun musulmon olamining faxr-

iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom ma’nodagi ilmiy va insoniy jasorat, bukilmas iroda,

so‘nmas e’tiqod timsolidir.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 19 sentabr kuni

AQSHda bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-

sessiyasida so‘zlagan nutqidan. //

https://www.uzavtoyul.uz/cy/post/ozbekiston-

prezidenti-shavkatmirziyoyev-bmt-bosh-assambleyasining-72sessiyasida-nutq

-

sozladi.html

2.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat–yengilmas kuch–Toshkent: Ma’naviyat, 2008


background image


Fevral, 2025-Yil

476

3.

Imom Buxoriy. Al-Adab al-mufrad. Tarjimonlar Sh.Boboxonov, N.Abdumajid. –

Toshkent: Movarounnahr, 2006.

4.

Al-Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al-Jome’ as-sahih (ishonchli to‘plam),

4 jildlik – Toshkent, Qomuslar bosh tahririyati, 1991-1999

5.

Hayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati.- Toshkent, FAN, 1994.

6.

Imom Buxoriy. Sahihi Buxoriy. “O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy

nashriyoti. Toshkent –2008, “Odob kitobi” 27-bob, 6011-hadis

7.

Haqqulov, M. Y. O. G. L. (2022). Science and Education, 3(10), 385-389.

8.

Yunusovich, H. M. (2024). EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN

NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 129-132.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 19 sentabr kuni AQSHda bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan. // https://www.uzavtoyul.uz/cy/post/ozbekiston-prezidenti-shavkatmirziyoyev-bmt-bosh-assambleyasining-72sessiyasida-nutq-sozladi.html

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat–yengilmas kuch–Toshkent: Ma’naviyat, 2008

Imom Buxoriy. Al-Adab al-mufrad. Tarjimonlar Sh.Boboxonov, N.Abdumajid. – Toshkent: Movarounnahr, 2006.

Al-Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al-Jome’ as-sahih (ishonchli to‘plam), 4 jildlik – Toshkent, Qomuslar bosh tahririyati, 1991-1999

Hayrullayev M.M. O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati.- Toshkent, FAN, 1994.

Imom Buxoriy. Sahihi Buxoriy. “O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy

nashriyoti. Toshkent –2008, “Odob kitobi” 27-bob, 6011-hadis

Haqqulov, M. Y. O. G. L. (2022). Science and Education, 3(10), 385-389.

Yunusovich, H. M. (2024). EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 129-132.