783
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
AFG‘ON MA’RIFATPARVARI MAHMUD TARZIY VA AFG‘ON MATBUOTI
Ahmadov Ahmadjon Asror o‘g‘li
Osiyo xalqaro universiteti
Tarix va filologiya kafedrasi katta o’qituvchisi, t.f.f.d. (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.14531785
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Afg’on ma’rifatparvari Mahmud Tarziyning hayot yo’li,
ma’rifatparvarlik faoliyati va afg’on matbuotining tashkil etilishidagi xizmati tizimli ravishda
yoritilib, ilmiy tahlilga tortilgan.
Kalit so’zlar:
Afg’on, ma’rifatparvar, Mahmud Tarziy, ajdod, qorako’l terisi, Qandahor,
matbuot, “Siroj ul axbor”, Do’stmuhammadxon.
AFGHAN ENLIGHTENER MAHMUD TARZI AND AFGHAN PRESS
Abstract.
This article systematically covers and scientifically analyzes the life path,
enlightenment activities, and contribution of Afghan enlightener Mahmud Tarzi to the
organization of the Afghan press.
Keywords:
Afghan, enlightener, Mahmud Tarzi, ancestor, karakul skin, Kandahar, press,
"Siraj ul akhbor", Do'stmuhammadkhan.
МАХМУД ТАРЗИ, ПРОСВЕЩЕНИЕ АФГАНИСТАНА И АФГАНИСТАНСКАЯ
ПРЕССА
Аннотация.
В данной статье систематически освещены и подвергнуты научному
анализу жизненный путь афганского просветителя Махмуда Тарзи, его просветительская
деятельность и заслуги в становлении афганской прессы.
Ключевые слова:
Афганец, просветитель, Махмуд Тарзи, предок, каракольская
шкура, Кандагар, печать, «Сиродж ул Ахбор», Достмухаммад-хан.
Afg’on ma’rifatpari Mahmud Tarziy (1965-1935 yy) ning ajdodlari Afg’oniston
podsholarining Muhammadzoy urug’idan bo’lib, ular uzoq vaqt Qandahor viloyatini tasarruf etib
kelishgan.Uning bobosi Rahimdilxon o’z otasi Poyanda Muhammadxondan meros bo’lib qolgan
Qandahor viloyatiga kiruvchi tumanlarni boshqargan. 1859-yilda Eronda vafot etgan Rahimdilxon
vorisi G’ulom Muhammadxon Tarziy (1830-1900 yy) otasidan farqli ravishda
Do’stmuhammadxon xizmatiga kirib, uning iltifotlariga sazovor bo’lgan insonlardan biri edi [1].
Mahmud Tarziy otasi haqida yozar ekan: amir (Do’stmuhammadxon) uning shoir va
olimligini hurmat qilib, unga “qadrli donishmand” unvonini bergan va yiliga 12 ming rupiya
maosh tayinlagan edi deb xotirlaydi.
Hind uslubi shoirlariga ergashgan G’ulom Muhammadjon ijodida ifoda nafisligi bilan
ajralib turgan.Uning 20 ming baytdan iborat kulliyoti 1882- yilda uning inisi Muxammad
784
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Anvarxon va katta o’g’li Muhammad Zamonxonning xizmatlari bilan Karachi shaxrida Fayz
Muhammad bosmaxonida chop etilgan [2].
Mahmud Tarziy anashunday xonadonda dunyoga kelgan va uning ijodga bo’lgan qiziqishi
ham yoshligidan boshlab rivojlanib borgan. U juda kuchli xotira egasi bo’lganligi tarixiy
adabiyotlarda qayd etilgan. Mahmud Tarziy ta’lim-tarbiyani dastlab otasidan oladi, so’ng bolalik
yillaridan Og’ajon ismli tarbiyachidan olgan bo’lib, qolgan bilimlar oila muallimi Oxunzoda Mulla
Muhammad Akram Ho’tak Mahmudga alifbodan boshlab savod darsini berib to o’spirinlik
davrigacha yo’lboshchilik qilgan.
Mahmud Tarziy 20 yosharlik chog’idayoq dariy, urdu, turk kabi tillarni o’rganib, mazkur
tillarda o’zining ilmiy, adabiy faoliyatini yuritganligi, badiiy ijod bilan shug’ullanganligi tarixiy
adabiyotlarda qayd etilgan. Manashu ijod bilan qiziqish, badiiy ijod bilan shug’ullanish, doimiy
matbuot bilan bog’liq hayot tarzi uni yangi nashr yaratishga undadi. U bu vaqtlar davomida
otasining she’riy ijod mahsulini nastaliq xatida ko’chirganligi uning xattotlik bilan
shug’ullanganligini ko’rsatsa, u juda ko’plab ilmiy, publisistik janrdagi ijod namunalari bilan xalq
orasida ham tanilib bo’lgan edi.
Mahmud Tarziy 1911-yil 9-oktabrdan tokim 1919-yillar mobaynida “Siroj ul –axbor
afg’oniya” gazetasini noshiri va muharriri bo’lib faoliyat yuritgan [3].
Uning davrida mazkur gazetaning tarqalishi orqali O’rta Sharq mamlakatlarida
ma’rifatchilik, erk, istiqlol g’oyalarining keng quloch yoyilishiga ham xizmat qilganligi, Buxoroda
qorako’l terisi bilan savdo qiluvchi G’ulom Nabixon “Siroj ul-axbor afg’oniya” gazetasining
tarqatuvchisi sifatida Buxoro, Samarqand, Turkistonda obuna ishlari olib borganligini tarixchi
olima D.Jamolova ham qayd etib o’tgan [4].
“Sirojul-axbor” gazetasi Afg’onistonda zamonaviy matbuot poydevorini qo’ydi. 20-
yillarda Afg’onistonda matbuot rivojlanganligini “Sirojul-axbor” gazetasi va uning ta’sirida nashr
qilingan bir qancha gazetalar misolida (Amoni-afg’on-A.A.) ko’rish mumkin. Omonullaxon
hukmronligi davrida 23 gazeta va jurnallar nashr etildi [5].
Mahmud Tarziy “Sirojul-axbor” gazetasini faoliyat yuritishida Abdulhodi Doviy va
Abdurahmon Lo’dinlarni muharrir sifatida qabul qilgan. Bu ikki shaxs ham Afg’onistonda
bo’layotgan ijtimoiy siyosiy jarayonlar haqida gazetada maqolalar nashr etishda ishtirok etishgan.
Xususan, 1917-yilda gazetada bosilgan va mustaqillikni targ’ib qilgan Abdulhodi Doviyning
“Tutqun bulbul” (“Bulbuli giriftor”) nomli she’ri hukmdorning noroziligiga sabab bo’lib,
gazetaning chetiga “Parishon” kim ekanligi aniqlansin!” deb ko’rsatma yozib qo’yilganli gazeta
senzuradan ham yiroq bo’lmaganligini ko’rsatadi [6]. Mazkur matbuotga 1915-yilda Afg’oniston
mustaqilligini yoqlab yozilgan Mahmud Tarziyning “Hayya alal-falah” (“Azobdan qutulmoqqa
kelinglar!”) nomli maqolasini nashr etishga ruxsat berilmay, gazeta varag’ini almashtirishga
785
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
majbur qilinganli kabi misollar natijasida darbor ko’rsatmasi bilan gazeta redaksiyasi yagona
davlat sanoat korxonasi bo’lmish “Moshinxona”dan Dehi afg’onon qasabasidagi bir uyga
ko’chirib yuborilgan. Gazetaning faoliyat yuritishi og’irlashib borib, 1918-yilda Habibullaxonga
suiqasd qilinishi, gazeta muharrirlarining qamoqqa olinishi Mahmud Tarziyning ishini yanada
og’irlashtirdi. Ana shunday qiyinchiliklar oqibatida gazetaning sakkizinchi yil nashrining birinchi
soni ikki oy kechikib 1918 yilning 10-avgusti o’rniga 18-oktabrda nashrdan chiqdi. Shu yilning
dekabr oyida esa gazeta nashri butunlay to’xtab qoldi. Uning 1918-yil 19-dekabrdagi 6-soni oxirgi
bo’lib qoldi. Shu sonda bir qator materiallar ostida “davomi kelgusi sonda”degan sharh yozilgani
va gazetani yopish haqida hukumat tomonidan hech qanday ko’rsatma berilmagani hisobga olinsa,
u siyosiy tazyiq va iqtisodiy qiyinchiliklar sababli yopilganini anglash mumkin.
Xulosa qilib aytgan Mahmud Tarziy dari tilida bosilgan “Sirojul-axbor” gazetasini nashr
ettirilib, butun Afg’onistonning viloyatlari va shaharlari bo’ylab tarqatildi. Mazkur gazeta
sahifalarida milliy ongni uyg’otishga qaratilgan, milliy ozodlikka da’vat etuvchi maqola va
she’rlar chop etilgan. Gazetaning o’quvchilari dunyoning Eron, Turkiya mamlakatlari hamda
Buxoro amirligida ham anchagina bo’lganligini ko’rish mumkin.
REFERENCES
1.
Inomxo’jayev R. Afg’oniston ma’rifatparvarlik adabiyoti ocherklari. –Toshkent., 1999. -
B.19.
2.
O’sha asarda .-B.23.
3.
zz.m.wikipedia. org/wiki/Mahmud_Tarzi
4.
Jamolova D. Turkiston va Sharq mamlakatlari taraqqiyparvarlarining o’zaro aloqalari
(XIX asr oxiri – XX asrning birinchi choragi) tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiya
avtoreferati. –T., 2023. –B.21.
5.
Karimova M. Afg’on ma’rifatparvari Mahmudbek Tarzi va Buxoro // Buxoro tarixi
masalalalari qadimgi davrlardan hozirga qadar Respublika konferensiyasi materilalari. –
Buxoro, 69-71.
6.
Inomxo’jayev R. Afg’oniston ma’rifatparvarlik adabiyoti ocherklari. –Toshkent., 1999. -
B.37.
7.
Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN
THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of
Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.
8.
Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF
INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of
Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.
786
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
9.
Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF
INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of
Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.
10.
Asror o‘g‘li A. A. et al. BUXORO VOHASIDAGI VARDONZE QO ‘RG ‘ONINING
ANTIK VA O ‘RTA ASRLAR DAVRI TARIXI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 84-87.
11.
Asror o’g’li A. A., Farruxbek N. FARG ‘ONA VODIYSIDAGI ILK SHAHARSOZLIK
MADANIYAT
(CHUST
MISOLIDA)
//ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 88-91.
12.
Botirjon O’g’li N. S., Asror o‘g‘li A. A. UMARXON XUKMRONLIGI DAVRIDA
QO’QON XONLIGINING HARBIY SALOHIYATI //JOURNAL OF EDUCATION,
ETHICS AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 374-377.
13.
Zoir o‘g‘li R. Z., Asror o‘g‘li A. A. QADIMGI XORAZM: O ‘ZBEK
DAVLATCHILIGINING ILK BOSQICHIDA //JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS
AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 378-382.
14.
Шарипова Н. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АНГЛИЦИЗМОВ В РАЗНЫХ ЖАНРАХ СМИ
//Development of pedagogical technologies in modern sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 1. –
С. 57-59.
15.
To'rayev, A. (2023). БУХОРОДАГИ ТУРКМАНЛАРИНИНГ АЪАНАВИЙ ТУРАР
ЖОЙЛАРИ ВА УНДАГИ ЗАМОНАВИЙ ЎЗГАРИШЛАР. ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35).
16.
To'rayev, A. (2023). English Buxorodagi turkmanlarning ananaviy turar joylari va undagi
zamonaviy ozgarishlar. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35).
17.
To'rayev A. BUXORO TURKMANLARI BILAN BOG ‘LIQ JOY NOMLARI TAHLILI
//ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 14. – №. 14.
18.
To’Rayev A. I., Hayotov F. U. Buxoro vohasi aholisining islom dinini qabul qilishi
//Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 10. – С. 499-504.
19.
To’Rayev A. I. BUXORO VOHASIDA YASHAB KELGAN TURKMANLAR
HAYOTIDA CHORVACHILIKNING O’RNI //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №.
1. – С. 1165-1170.
20.
To'rayev A. A ЎҒУЗ ҚАБИЛА ВА УРУҒЛАРИНИНГ ТУРКМАН ХАЛҚИНИ
ШАКЛЛАНИШИДАГИ ЎРНИ: Xorijiymaqola //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz). – 2020. – Т. 6. – №. 2.
