DUDUQLANISH: NEVROLOGIK MUAMMO YOKI PSIXOLOGIK TO‘SIQ
ʼʼDuduqlanish: Nevrologik muammo yoki psixologik to‘siqʼʼ mavzusidagi ushbu maqolada nutq buzilishining eng keng tarqalgan shakllaridan biri bo‘lgan duduqlanishning kelib chiqish sabablari, klinik holatlari, psixologik omillari va ijtimoiy ta’sirlari chuqur o‘rganiladi. Duduqlanish nafaqat nutqning uzluksizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki shaxsning ruhiy holatiga, ijtimoiy moslashuviga va o‘z-o‘ziga bahosiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada duduqlanishning nevrologik asoslari bilan bir qatorda, uni psixologik holat sifatida tahlil qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Duduqlanish ko‘pincha bolaning ijtimoiy muhitiga, stress darajasiga, oilaviy munosabatlariga va shaxsiy his-tuyg‘ulariga bog‘liq holda yuzaga keladi. Shu sababli maqolada duduqlanishning ko‘p omilli etiologiyasi, zamonaviy logopedik va psixologik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Shu bilan birga, duduqlanayotgan bolalar va kattalar uchun amaliy tavsiyalar, psixoterapevtik metodlar, oilaviy yondashuvlar va ta’lim muassasalaridagi maxsus strategiyalar beriladi. Ushbu maqola logopedlar, psixologlar, ota-onalar va pedagoglar uchun foydali bo‘lib, ularning nutq buzilishi bo‘yicha yanada samarali yondashuvlar ishlab chiqishiga xizmat qiladi.