ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
123
ZAMONAVIY OILALARDA IJTIMOIY MUNOSABATLAR
MUAMMOSINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Choriyeva Sarvinoz Abdirashidovna
Termiz davlat universiteti o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16791588
Annotatsiya:
Oila qurishdan asosiy maqsad jamiyat barpo qilishdir, jamiyat
barpo qilish esa bir davlatni yuzaga keltiradi. Shu sababdan ham oila qurish va
nikohlanishga azaldan alohida ahamiyat berilgan va jiddiy yondashilgan. Oilaviy
munosabatlar muammosining yuzaga kelishida asosan oilaning har bir a’zosi bir
birini tushuna olmasligida, tushunishni istamasligida yoshlarning noto’g’ri
tarbiyalanishida, er-xotin oilada burch va vazifalari haqida tushunchaga ega
bo’lmasligida qaynona kelin munosabatlari yangi kashf qilinayotgan urf-odatlar
sabab darz ketishi va murosa qila olmaslikdadir. Shu sabablar ham oilaning darz
ketishi va ajrimlar sonini ortib borishi natijasida hamda qizlarning turmushsiz
farzand dunyoga keltirishi natijasida “Mehribonlik uylari” va “Oilaviy bolalar
uylari” tashkil qilinishiga sabab bo’lib qolmoqda. Jamiyatimizda bunday og’riqli
nuqtalarni bartaraf etish uchun yetarlicha tushunutirish ishlari targ’ib qilinishi
lozim.
Kalit so’zlar:
Oila, burch, vazifa, munosabatlar, jamiyat, ,mehribonlik uylari,
Oilaviy bolalar uylari er-xotin munosabatlari, qaynona-kelin munosabatlari,
nizolar.
Oila jamiyat ichidagi kichik bir jamiyat hisoblanadi. Ana shu kichik jamiyat
kattalashsa butun bir davlatga aylanadi. Oilaning jamiyatda o’rni asosiy
hisoblanadi. Sababi sog’lom muhitda shakllangan farzandlar jamiyat va davlat
rivoji uchun o’zining munosib ulushini qo’shadi. Sog’lom oilada tarbiyalangan
bola bilan nosog’lom muhitda tarbiyalangan bolalar bir biridan farq qilgani kabi
nosog’lom jamiyat ham sog’lom jamiyatdan keskin farq qiladi shuning uchun
ham jamiyatda oilaning mustahkamligi va u sog’lom muhitda ekanini nazorat
qilish muhim sanaladi. Oilaviy munosabatlarda eng birinchi o’rinda yoshi
keksalarning tajribalari asosida oila haqida tushunchalar shakllantiriladi.
Qolaversa oilada o’zaro hurmatni ta’minlashi kichikligidayoq tarbiya asosida
rivojlantirilishi kerak. Yoshlar keksalarni hurmat qilishi, keksalar holidan doimo
habar olib turish va oilada har kim o’z burch va vazifalarini bilishi talab etiladi.
Jumladan ikki yoshning oila qurishi yangi bir jamiyatning boshlanishi bo’lsa
demak bu kichik jamiyatda albatta erkak kishining ustunligi talab etiladi. Shu
bilan bir qatorda albatta oila mustahkam va mukammalligi har ikki shaxsning
burch va vazifalarini yaxshi bilishi natijasida yuzaga keladi. Oilada xotinning
burchlari erga itoat qilmog’i, ayol kishi erining ruxsatisiz begona uyga kirmasligi,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
124
eri yomon ko’radigan insonlarni uyiga kiritmasligi, erining iznisiz biror ish
qilmasligi kabilar bo’lsa erning burchlari esa mahr, nafaqa, taomlantirish,
kiyintirish, maskan bilan ta’minlanishi nazarda tutiladi
1
. Albatta oiladagi eng
katta kuchli nizolar ikki tomonning bir birini tushuna olmasligidan vujudga
keladi. Oila munosabatlari psixologiyasida asosan oila jamiyatning bir bo’lagi va
shu kichik bir jamiyat qanchalik tinch totuv bo’lsa jamiyat ham rivojlanishda
davom etadi degan qarashni ilgari surishadi. Shu sababdan ham eng katta
e’tibor avvalambor oilaning nizolardan holi ekanini ta’minlashdir. Shuningdek
oilaning to’gri shakllanishida yoshlarni ma’lumotlar ba’zasi bilan ta’minlash,
juftni to’g’ri tanlashga ko’maklashish, oila haqida tushunchani rivojlantirish,
oilada shaxsning ro’li muhimligini o’rgatish, yoshlarni jinsiy hayotga tayyorlash
kabilar eng muhim asoslardan biri hisoblanadi shu sabab ham yoshlarni bu
hayotga tayyorlash shart. Aynan shu tushunchalar yaxshi shakllanmagan
oilalarda aynan tanazzulga uchrash, ajrimlar, ikki nikohlanish, farzandlarni
“Mehribonlik uylari” va “Oilaviy bolalar uylari”da bolalarning ko’payishiga olib
kelmoqda.
“Nikoh” deb atalgan muqaddas aloqa faqat kelin va kuyovning ikkovlari
o’rtasidagi robitadangina iborat emas. Balki bu robita ularning ortida turgan ota-
onalari, oila a’zolari va qavmi-qarindoshlarini ham o’z ichiga oladi. Nikohning
jamiyat a’zolari orasidagi aloqalarni muhtahkamlashga qiladigan katta xizmati
ham shundadir. Kelin va kuyovning sababi ularning oila a’zolari, urug’lari va
qarindoshlari ham qudachilik asosida yaqinlashadilar. Shuning uchun ham
Islomda qudachilik aloqalariga alohida e’tibor berilgan va uning ahamiyati
qayta-qayta ta’kidlangan.
2
Aynan shu borada ham Alloh azza va jalla Qur’oni
Karimning Furqon surasi 54-oyatida shunday marhamat qiladi:
“У, сувдан башар яратган ва уни насл-насаб, қуда-анда қилиб қўйган
Зотдир. Роббинг қодир бўлган Зотдир.”
3
Oilada qaynona-kelin, er-xotin munosabatlarida nizolar asosan
muvozanatni ushlay olmaslikdan yuzaga keladi. Ya’ni hozirgi kunda keraksiz urf-
odatlarni ko’payib ketishi, sarpo suruqlarning haddan oshib ketishi yoki ikki oila
orasida aynan shu sarpolar sabab katta nizo shakllanishi natijasida nikohlarning
buzilib ketishi nazarda tutiladi. Aynan shu sabab ham oilalarda o’g’il va qizlarni
oilaga tayyorlash keksalarning keraksiz urf odatlarni yaratishdan qaytarish
lozim. Yoshlarni o’zlaridan kattalarni hurmat qilishni va oilada erga e’tiqod qilib
yashash va oilada keladigan qiyinchiliklarga sabr qilib yashashga tarbiyalash
1
“Baxtiyor oila” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Hilol nashr”. Toshkent 2022. 189-204-betlar
2
“Baxtiyor oila” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Hilol nashr”. Toshkent 2022. 189-204-betlar
3
“Tafsiri Hilol” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Hilol nashr”. Toshkent 2019. 4-juz
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
125
lozim. Aynan oilaviy munosabatlar psixologiyasida juda ko’p muammolar
qaynona kelin munosabatlarida er-xotin munosabatlarida qaynsingil va qaynopa
kelinlarning o’zaro nizolarida har tomon bir birini tushuna olmaslik va bir birini
eshita olmaslikdan kelib chiqmoqda. Har tomon bir birini tushunish uchun
avvalo bir birini eshitishi lozimdir insonlarning deyarli ko’pchiligi bir birini
eshitish nuqtasigacha yetib bormasdan yosh oilalar buzilib ketishi kuzatilmoqda.
Bu borada nafaqat kelinlarni balki qaynona va erlarni ham tarbiyalash lozim deb
hisoblayman. Sababi bu kabi muhim qarorlar har ikki tomonning aybi bilan
yuzaga keluvchi eng og’riqli qarorolar hisoblanadi shu sababdan ham oila qurish
ostonasida turgan yosh o’g’il qizlar va quda andachilik munosabatlarini
mustahkamlash arafasida turgan jamiyatimiz bo’laklari bilan albatta diniy
tushunchalar oila, nikoh, taloq, idda, er xotin ustida haqlari, xotinni er ustida
vazifalari, ota-onani hurmat qilish, ularga itoat qilish kabi tushunchalar bilan
birga psixologik suhbatlar va metodikalar o’tkazish lozim.
Bundan tashqari jamiyatimizdagi juda katta og’riqli nuqtalarimizdan biri bu
“Mehribonlik uylari” “Oilaviy bolalar uylari” “Mehr uylari” “Qariyalar uylarining”
hali ham mavjudligidir. Har bir ota-ona o’z farzandi yonida keksayishni
xohlagani kabi bolalar ham oilalarda tarbiyalanishni istaydi. To’g’ri bu kabi
“Uylarning” imkoniyatlari sharoitlari juda ham to’la-to’kis va katta e’tiborda
bo’lishi mumkin ammo xech biri ota-ona va farzand bag’ri kabi o’z oilangiz kabi
qaynoq va totli bo’lmaydi. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, 1908 yildan
boshlab yetimlarni siylash ta’sis etilgan bo’lsa keyinchlik bunday muassasalar
turli nomlar bilan nomlanib boshlangan. Uzoq o’tmishdan olib qarasak urush
yillarida bolalar ota-onasiz qolganligi sabab ham bunday uylar xalq uchun ancha
manfaatli bo’lgan. Ular kasblarga tayyorlangan oilalarga uzatilgan hozirgi zamon
bilan taqqoslansa natija ancha yuqori bo’lgan. Hozirgi kunda “Mehribonlik uyi”
va “Oilaviy bolalar uyi” tarbiyalanuvchisi sifatida o’z tajribamdan kelib chiqib
ayta olishim mumkin-ki, hozir juda kop mendek farzandlar ota-onalarning
arzimagan daxanaki tortishuvlarning yoki yoshlik sabab nikohsiz tug’ib tashlab
ketishlari shunday uylarni sonini oshirishmoqda bu juda alamlidir. Yuqorida
ta’kidlaganimdek, har bir farzand ona bag’rida va ota qaramog’ida
tarbiyalanishga haqli. Ma’lumot o’rnida eslatish joiz-ki, hozirgi kunda
“Mehribonlik uyi”da bolalarning ko’pi chin yetimlar, ijtimoiy yetimlar, ota-ona
huquqidan mahrum qilingan bolalar, ma’lum muddatga tashlab ketilgan bolalar,
“Mehr operatsiyasi” sabab keltirilgan bolalar mavjud. Bu kabi tashlab ketilgan
bolalarnign bunday psixologik travmalari albatta bolaning kelajagi va uning
boshqalarga munosabatlari ham xuddi shunday agressiv va ishonchsiz hamda
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
126
tajavvuzkor bo’lib qoladi, Shu bilan birga ayrim holatlarda bolalar o’g’irlikka
mukkasidan ketgan yoki foxishalikga moyilligi kuchli bo’lgan jamiyatning
ayanchli nuqtasiga aylanib borishadi, Asosiy bu kabi “Uy” bolalarining
fikrlashida bu ajrimlarga ota-ona kelisha olmasligi, otaning ichkilikka
beriganligi, ota 2chi turmush qilganida o’gay otaga qizning yoqmasligi,
qaynonaning kelinga beradigan zug’umlari yoki yengil hayotga o’rganib farzand
tarbiya qilishga erinishlari yoki oilada qotilliklar sabab er xotinni o’ldirishi yoki
xotin erni o’ldirish yuzadigan kuzatilgan holatlar sabab deb hisoblashadi. Bu
kabi misollar aynan “Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan tarbiyalanuvchilr
bilan bo’lgan suhbat jarayonida o’z tasdig’ini topgan. Shu sabab ham bu kabi
uylarni ko’payishiga va bolalarning qarovsiz qolishi yok iota-ona bag’ridan
uzoqda tarbiyalanishi ular uchun juda xavotirlidir. Shu sabab ham oila qurish
orasida turgan har bir jamiyat a’zosi va quda-andalik rishtalarini bog’layotgan
oilalar bilan alohida suhbatlar o’tkazilishi va oila haqidagi nikoh haqidagi
mavzularga jiddiy yondashish shart.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, oilaviy munosabatlarda sog’lom oila muhitini
yaratish butun boshli bir jamiyatning kelajagiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Oilaning
ichki muhitida tinchlik va xotirjmlik barqaror bo’lsa, farzandlar ham jamiyat
uchun va uning kelajagi uchun o’zining munosib hissasini qo’shadi. Bunday
holatni oldini olish uchun
-Oila va oilaviy munosabatlar haqida bililarning yetishmasligi;
-Aroqxo’rlik va giyohvandlik;
-Yosh oilaga ota-onaning aralashuvi;
-Befarzandlik;
kabi muammolarning oldini olish lozim. Bu kabi oilaning buzilishini va
jamiyatda oqsayotgan bu jihatlarni oldini olish uchun har bir oilada ma’lum bir
qismda diniy limga ega bo’lish ham muhim sanaladi. Shu sababdan bu kabi
holatlarni kamaytirish uchun har bir jamiyat a’zosida diniy va psixologik ilm
o’rgatilishi lozim.
Foydanilgan adabiyotlar:
1.Karimova V. Salomatlik psixologiyasi. – T.: Yangi asr avlodi, 2005.
2.Karimova V. Oilaviy hayot psixologiyasi: O‘quv qo‘llanma. – T.: 2006 – 142 b.
3.Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shaxri. - T.: Abdulla Kodiriy nomidagi xalk
merosi nashriyoti, 1993. -224-b
4.Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshkarish tartiblari. - T.: «Ma’naviyat», 1998. -
8-b.
5.Ro‘ziqulov F.R. O‘zbek oilalarida ajralishning ijtimoiy-psixologik asoratlari:
Dis... psixologiya fan.nomzodi: 19.00.05. – T.: 2002. – 160 b.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
127
6.Abdurashidovna, C. S. (2023). THE ROLE OF INTERPERSONAL
RELATIONSHIPS IN THE EMOTIONAL FORMATION OF PUPILS. Science and
Innovation, 2(12), 358-361.
7.Salaeva M.S. O‘zbek oilalarida ota-ona va farzandlar o‘zaro munosabatlarining
ijtimoiy-psixologik xususiyatlari: Dis. psixol.fan.nom. 19.00.05. – T.: 2005.
