Forobiyshunoslik hamda falsafa va huquq institutining shakllanishi (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi arxiv jamg‘armasi asosida)
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshida Falsafa va huquq institutining tashkil topishi va O‘zbekiston forobiyshunosligining shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan forobiolog olimlarga bag‘ishlangan ilmiy maqola mualliflari xususida so‘z boradi.
O‘zbekiston Respublikasida forobiyshunoslikning shakl-lanishi XX asrning 60-yillariga to‘g‘ri keladi. Ana shu davrda Fanlar akademiyasi qoshida Falsafa va huquq instituti tashkil etilgan. Ushbu institutning tashkil etilishi falsafa fanlari doktori, professor, Fanlar akademiyasi akademigi Mo‘minov Ibrohim Mo‘minovichning ilmiy faoliyati bilan bog‘liq.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida olib borilgan ilmiy ishlar davomida mualliflar bir qancha tarixiy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida forobiyshunoslikning shakllanishi va rivojlanishiga oid merosi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar (I.M. Moʻminov, T.N. Qori-Niyozov, S.H. Sirojiddinov, A. Fayzullayev, M.M. Xayrullayev, M.B. Baratov va b.).
Ushbu maqola Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi negizida shu nomdagi xalqaro stipendiya doirasida tayyorlangan.