ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
606
KORXONALARDA INNOVATSION LOYIHALARNI BAHOLASH TARTIBI VA
TANLASH USULLARI
Sodiqova Nigora To’rayevna
Osiyo Xalqaro Universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11740899
Annotatsiya.
Bugungi bozor munosabatlari sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlarning
raqobatbardoshligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, xo’jalik yurituvchi subyektlarning
texnika va texnologiyalarni takomillashtirishni, yangi texnologiyalar asosida iste’molichilar
talablariga mos keladigan raqobatbardoshinnovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni talab
qiladi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarni modernizatsiya qilish va texnik
yangilash, jahon bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya
texnologiyalarini joriy qilish hamda innovatsion loyihalarni rag’batlantirish borasida ishlab
chiqilgan dasturlar asosida so’nggi yillarda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Kalit so’zlar:
innovatsiya, innovatsion loyihalar, global iqtisodiyot.
EVALUATION PROCEDURE AND SELECTION METHODS OF INNOVATIVE
PROJECTS IN ENTERPRISES
Abstract.
In the conditions of today's market relations, the competitiveness of business
entities is of great importance. This requires improvement of techniques and technologies of
business entities, production of competitive and innovative products that meet consumer
requirements based on new technologies.
In recent years, a lot of work has been carried out in our country on the basis of the
programs developed for the modernization and technical renewal of the main sectors of the
economy, the introduction of modern innovative technologies that ensure competitiveness in the
world market, and the promotion of innovative projects.
Key words:
innovation, innovative projects, global economy.
ПОРЯДОК ОЦЕНКИ И МЕТОДЫ ОТБОРА ИННОВАЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ НА
ПРЕДПРИЯТИЯХ
Аннотация.
В
условиях
современных
рыночных
отношений
конкурентоспособность субъектов предпринимательства имеет большое значение. Это
требует совершенствования техники и технологий хозяйствующих субъектов,
производства конкурентоспособной и инновационной продукции, отвечающей
требованиям потребителей на основе новых технологий.
За последние годы в нашей стране проведена большая работа на основе
разработанных программ модернизации и технического обновления основных отраслей
экономики, внедрения современных инновационных технологий, обеспечивающих
конкурентоспособность на мировом рынке, и продвижение инновационных проектов.
Ключевые слова:
инновации, инновационные проекты, мировая экономика.
“Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin tutadigan
mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardrshlikka erishish va dunyo
bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
607
va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va
ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni
modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga
oshirilishi mumkin”
1
Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion faoliyatni moliyalashtirish davlatning muhim
investitsion tadbirlaridan biri bo’lib, quyidagi 607ffect607ic vazifalar bajarilishini ta’minlaydi:
-
fan-texnikaning ilg’or yutuqlari amaliyotga tatbiq etilishi orqali milliy iqtisodiyotning
tarkibiy jihatdan texnologik qayta qurilishini ta’minlash;
-
mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishida fan texnika va innovatsion potentsialni
saqlab qolish va rivojlantirish.
Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, global iqtisodiy raqobatda faqatgina fantexnika rivojiga
qulay shart-sharoitlar yaratib berilgan mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan xo’jalik subyektlari
nisbiy ustunlikka ega bo’ladi.
Mutaxassislar fikricha, rivojlangan dunyo mamlakatlari 50 ta makrotexnologiyaning 45
tasiga egalik qiladi, 80-90 % yuqori texnologiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda ushbu
mahsulotlar eksportining deyarli barchasi rivojlangan mamlakatlar hissasiga to’g’ri kelmokda
2
.
Innovatsiyalarni tashkil qilish
mohiyati funksiyasi qabul qilingan IK rivojlanish
strategiyasini realizatsiya qilish maqsadida belgilangan rejaviy vazifalarni hal qilishni o’z ichiga
oladi.
Buning uchun kerakli resurslar hajmini belgilash, masalalarini taqsimlash, ijro etuvchilar
vaqtini belgilash, ishtirokchilar kooperatsiyasini aniqlash, nazoratni ta’minlash va boshqa ishlar
qilish kerak bo’ladi.
(2-rasm).
Barcha
darajadagi
boshqaruvchilar
faoliyatining
salmoqli
qismini
egallagan
innovatsiyalarni tashkil qilish innovatsion menejmentning asosiy funksiyalaridan hisoblanadi.
Innovatsion menejmentda tashkil etish qabul qilingan rejaviy qarorlarni samarali bajarish
maqsadida innovatsion jarayonning barcha elementlarini vaqt va oraliq bo’yicha maqsadga
muvofiq birligini ta’minlaydi, innovatsiyani tashkil qilishni tizimlashtirilishi va turlanishning
muhim belgilari bo’lib tashkiliy qarorlarni vujudga kelish vazifalari, shakllari va usullari
tushuniladi.
Innovatsion menejmentda innovatsiyani tashkil qilishning turli shakllaridan foydalaniladi.
Innovatsiyalar tuzilmasi shakllari mazmun jihatidan innovatsion loyihalarni olib borishda mehnat
taqsimotining turli usullaridan iborat. Innovatsiyaning bunday tashkil etish shakllariga
konsentratsiya, ixtisoslashganlik, kooperatsiyalanish va kombinatsiyalanishlarni kiritish mumkin.
1
Karimov I.A. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi. T.: O’zbekiston, 2012y.
8-bet.
2
Фесенко А.Г. Учетно-аналитическое обеспечение управления затратами и финансированием
инновационной деятелности. Автореферат дис. на соис. учен. степ. к.е.н. - Сургут.: 2006 г. 3 стр.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
608
Rasm 2. – Innovatsiyani tashkil qilish shakllari
3
Konsentratsiya ma’lum bir yo’nalishdagi innovatsiyalarning tobora kattaroq miqyosda
yirik firma Iklarga jamlanish jarayonini bildiradi. Innovatsion faoliyatning konsentratsiyalanishga
intilishi xuddi kichik innovatsion biznesning kengayish jarayoni kabi biznesning eng ilg’or
sohalariga mablag’larni innovatsiya qilishdek tabiiy bozor omillaridan biridir. Ixtisoslashganlik
innovatsiyalarni tashkil qilish shakli sifatida lKlarni tashkiliy tuzilmalarini barpo qilishda va
uning innovatsion ko’rinishini chegaralash yo’llari, hamda kichik bo’limlarga ma’lum turdagi
ishlar va mahsulotlarni biriktirishda qo’llaniladi. Bunda innovatsion ko’rinish kengligi IK
ixtisoslashganligi doirasida innovatsion jarayon mustahkamligi va rivojlanish sur’atlari asosida
turlicha bo’lishi mumkin. Kooperatsiyalash zamonaviy shartlar asosida tashkil etishning muhim
shakli sifatida dunyo tajribasida innovatsion loyihalar o’tkazilishida tan olingan.
Kooperatsiyalash IK ixtisoslashganligi va loyihalarni amalga oshirish qiyinchiliklari,
tashkilotlararo hamkorlikni chuqurlashuvi, innovatsion sohada xalqaro koordinatsiyaning
rivojlanishi, miqyosli ilmiy ishlab chiqarish dasturlarini amalga oshirish natijasi sifatidadir.
Kombinatsiyalanish innovatsiyalarni tashkil qilishda lKlardagi allaqachon olingan
natijalar yoki xomashyo, encrgiya va materiallardan ikkilamchi foydalanishga asoslangan ishlab
chiqarish va innovatsion jarayonlarni tashkil etishda va amalga oshirishda namoyon bo’ladi.
Qo’shimcha samarali 608ffect olish uchun firmalar bazaviy bilimlar doirasida qo’shimcha
tadqiqotlar o’tkazib, ularni yangi sohalarga joriy etadi. Yuqorida sanab o’tilgan innovatsion
jarayonlar tashkil etishning shakllari tashkiliy qarorlarni tayyorlashda asosiy qurol bo’lib xizmat
3
Райзберг Б.А. Государственное управление инновационними процессами. Економист. -М, 2008. 35 стр.
konsentratsiyalashgan
k ooperatsiyalashgan
kombinatsiyalashgan
In
novatsion jarayonlarni tashkil qilish
shakllari
tashkil qilish
vazifalari
t ashkil etish shakllari
t ashkil etish usullari
m akonda
vaq tda
ixtisoslashgan
formal
noformal
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
609
qiladi. Ular rasmiy hamda norasmiy ko’rinishga ega boiishi mumkin.
Korxonalarda innovatsion
faoliyatning
rivojlanishi
nafaqat
yaratilayotgan
innovatsion
mahsulotning
texnik
ko’rsatkichlariga, balki ushbu innovatsion loyiha xarajatlarini to’g’ri boshqarishga ham bog’liq.
Hozirgi kunda yangi mahsulotlarni o’zgaruvchan tashqi va ichki bozorlarga
moslashtirishda xamda korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion loyihalar
xarajatlari hisobi uchun usulni to’g’ri va mos qilib tanlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion loyihalar haqiqatan innovatsiyani amalga oshirishga olib keladigan yoki
maqsad bilan ko’zlab qilingan barcha ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat, marketing
harakatlaridir. Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayoni korxonining butun
xo’jalik faoliyatini qamrab oladigan bir nechta birbiriga bog’liq bosqichlarda amalga oshiriladi.
Ushbu jarayonning har bir bosqichini ma’lum bir mablag’larsiz va xarajatlarsiz amalga
oshirib bo’lmaydi. Ushbu xarajatlar hisobi yetarli darajada murakkab va ko’pqirrali, chunki
xarajatlar turli hisobot davrlariga to’g’ri kelishi, shakllanish joyi va shakli har xil hamda
moliyalashtirish manbalari turlicha bo’lishi mumkin.
Innovatsion loyihalarning boshqaruv hisobi — bu korxona faoliyatida qisqa va uzoq
muddatli boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun innovatsion loyiha xarajatlarini rejalashtirish,
boshqarish, nazorat qilish hamda innovatsion faoliyat natijalari bo’yicha ma’lumotlarni tahlil
qilishning kompleks tizimidir. Bugungi kunda innovatsion loyihalarni amalga oshirmoqchi
bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlarda, bizningcha, «target-kosting» (maqsadli tannarx) tizimini
qo’llagan ma’qul. Chunki bu tizimda oldindan belgilangan qiymatda iste’molchilar talabini
hisobga olib yangi — foydali funksiyalar qo’shilgan mahsulotlar yaratiladi. «Target-kosting»
tizimi — bu shunday boshqarish tizimiki, uning yordamida bozor munosabatlariga mos holda
xarajatlarni kamaytirish va yangi innovatsion mahsulotlarni rejalashtirish, xarajatlarni nazorat
qilish va maqsadli tannarxni kalkulyatsiya qilish amalga oshiriladi. «Targetkosting» tizimining
asosiy ko’rsatkichlari bo’lib maqsadli narx, maqsadli tannarx va maqsadli foyda hisoblanadi.
«Target-kosting» — bu xarajatlarni kamaytirishga asoslangan shunday tizimki, odatda bozordagi
talabga mos maqsadli mahsulot tannarxi kalkulyatsiya qilinadi. Ko’p yillardan buyon rivojlangan
mamlakatlarda «target-kosting» tizimi ishlab chiqarish korxonalarida, asosan mahsulotning yangi
turi va modeli ishlab chiqarilayotgan innovatsion loyihalarda qo’llanilib kelinyapti. Bundan
tashqari, «target-kosting» tizimi xizmat ko’rsatish sohalarida, shuningdek, zararga ishlayotgan
korxonalar faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yishda ham qo’llaniladi.
Oddiy an’anaviy tizimlarda narx quyidagicha aniqlanadi:
Tannarx + Foyda = Narx
«Target-kosting» tizimida esa, teskari yo’nalishda quyidagiga aylanadi:
Maqsadli Narx — Maqsadli Foyda = Maqsadli Tannarx
«Target-kosting» tizimida boshqa tizimlardan farqli o’laroq, tannarxni aniqlash sotish
narxini belgilashdan boshlanadi. Bu sotish narxi kuchli marketing tadqiqotlari orqali aniqlanadi.
Maqsadli tannarxni aniqlash uchun kutilayotgan foyda sotuv narxidan ayriladi. Keyin esa
ishlab chiqarish jarayonining barcha ishtirokchilari — menejerdan tortib oddiy ishchigacha —
maqsadli tannarxga erishilishi ko’zlanayotgan mahsulotni loyihalashtirish bilan shug’ullanadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
610
Demak, «target-kosting» tizimining boshqa tizimlardan farqi va ijobiy tomonlari
quyidagicha:
-
loyihalashtirilayotgan mahsulot tannarxi har bir elementining ikirchikirigacha inobatta
oladi;
-
loyihachi, menejerlar maqsadli tannarxga erishish uchun harakat qilish mobaynida turli
nostandart yechimlar topiladi, bu esa innovatsiyaga sabab bo’ladi;
-
doimiy maqsadli tannarxga erishish fikri bilan ishlash ortiqcha xarajatlar qilish va ishga
nisbatan mas’uliyatsizlikning oldini oladi.
Shuning bilan birga «target-kosting» tizimining salbiy tomonlari ham mavjud:
-
yangi mahsulotni yaratish jarayoni ko’p va qayta-qayta loyihalashtirish natijasida
cho’zilib ketishi mumkin;
-
«target-kosting» tizimini qo’llashda xatoliklarga yo’l qo’yish, ya’ni haddan ortiq
ishchilarga bosim o’tkazish salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin;
-
loyihalashtiruvchilar va marketing xizmati xodimlari o’rtasida maqsadli tannarxga
erishish uchun narx belgilashda turlicha kelishmovchiklar kelib chiqishi mumkin.
Yangi mahsulotning maqsadli sotish narxini belgilashda quyidagilarni amalga oshirish
lozim:
-
sotish mo’ljallanayotgan bozor segmentlarini tahlil qilish;
-
yangi mahsulotga bo’lgan bozor talabini tahlil qilish;
-
- yangi mahsulotning hayotiylik davrini tahlil qilish.
Innovatsion mahsulotning maqsadli tannarxini asoslashda, fikrimizcha, quyidagilarni
amalga oshirish lozim:
-
xarajatlarni shakllantirish bo’yicha qarorlar asosliligini tahlil qilish;
-
innovatsion mahsulotning maqsadli tannarx kalkulyatsiyasini tahlil
qilish;
-
tadbirkorlik tavakkalchiligini tahlil qilish.
REFERENCES
1.
Alimova, S. (2024). THE ROLE OF UZBEK PEDAGOGY IN DEVELOPING THE
SPIRITUALITY OF FUTURE TEACHERS. Modern Science and Research, 3(5), 386-
392.
2.
Alimova, S. (2024). THE MAJOR FACTORS INFLUENCING ON CAREER
DEVELOPMENT AND ON ADVANCE OF A CAREER LADDER. Modern Science and
Research, 3(5), 417-425.
3.
Alimova, S. (2024). THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN THE
PERSONNEL MANAGEMENT SYSTEM. Modern Science and Research, 3(2), 385-390.
4.
Shamsiya, A. (2023). HR MANAGEMENT AND COACHING IN THE INNOVATIVE
ECONOMY AS A METHOD OF BUSINESS MANAGEMENT. Modern Science and
Research, 2(10), 712-717.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
611
5.
Alimova, S. O. FEATURES OF THE STRATEGIC MANAGEMENT SYSTEM OF
INDUSTRIAL ENTERPRISES.
6.
Shadiyev, A. K. (2023). FUNCTIONS, METHODS, MANAGEMENT DECISIONS AND
SOCIAL FACTORS OF EDUCATIONAL MANAGEMENT. American Journal of Public
Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(9), 87-93.
7.
Шадиев, А. Х. (2020). Факторы, влияющие на развитие экотуризма. Достижения
науки и образования, (5 (59)), 31-32.
8.
Shadiyev, A. (2022). O ‘QUV EKSKURSIYASI-TURIZMNI O ‘QITISHNING
INNOVATSION USULI SIFATIDA. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz),
13(13).
9.
Davronov, I. O., & Shadiyev, A. K. (2020). The cost-effectiveness of improving the quality
of hotel services. Academy, (4), 40-42.
10.
Khalilov, B. B. (2024). ROLE OF INTERNAL AUDITING IN INTERNATIONAL
COMPANIES. Gospodarka i Innowacje., 47, 413-419.
11.
Bahromjon, X., & Nargiza, N. (2023). THE PROCEDURE FOR DRAWING UP
FINANCIAL STATEMENTS IN JOINT-STOCK COMPANIES ON THE BASIS OF
INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS. Modern Science and
Research, 2(10), 805-811.
12.
Bahodirovich, K. B. (2024). RISK-BASED FINANCIAL INSTRUMENTS: THEORIES
AND CONCEPTS. Gospodarka i Innowacje., 46, 373-378.
13.
Supiyevna, B. M. (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT
IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS. Gospodarka i Innowacje., 47, 134-
139.
14.
Базарова, М. С., Шарипова, М., & Нуруллоев, О. (2021). “РАҚАМЛИ
ИҚТИСОДИЁТ” ДА АҲОЛИНИНГ ИШ БИЛАН БАНДЛИГИ ХУСУСИЯТЛАРИ.
САМАРҚАНД ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ, 482.
15.
Бобоев, А. Ч., & Базарова, М. С. (2019). Хорижий инвестицияларнинг
жозибадорлигини ошириш. Интернаука, (22-3), 88-90.
16.
Supiyevna, B. M. (2022). Innovatsion iqtisodiyotda inson kapitalini boshqarish tizimini
takomillashtirish.
17.
Bazarova, M. S., & Shahboz, K. (2022). Ways to increase the efficiency of available tourist
facilities in Uzbekistan. Scientific approach to the modern education system, 1(10), 16-18.
18.
Bazarova, M. (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT IN
THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research, 3(1),
563-567.
19.
Жумаева, З. К. (2023). ПУТИ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ
РЕГИОНОВ УЗБЕКИСТАНА. Gospodarka i Innowacje., 42, 530-533.
20.
Jumayeva, Z. (2024). DEVELOPMENT OF CREATIVE INDUSTRIES AS A FACTOR
OF GROWTH OF NATIONAL ECONOMY: REVIEW OF FOREIGN EXPERIENCE
AND PROSPECTS FOR THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Modern Science and
Research, 3(2), 241-246.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
612
21.
Jumayeva, Z. Q. (2017). THEORIES OF ENSURE STABILITY IN LABOUR MARKETS
OF DEVELOPED COUNTRIES. Инновационное развитие, (4), 64-66.
22.
Nafisa, R. (2024). Organization of Management in Small Business and Private
Entrepreneurship. Miasto Przyszłości, 48, 503-509.
23.
Junaydulloevich, A. A., Bakhriddinovna, A. N., & Olimovna, R. N. Business and Product
Delivery in the Context of Covid-19. JournalNX, 1305-1307.
24.
қизи Рахмонқулова, Н. О. (2023). КИЧИК САНОАТ ЗОНАЛАРИНИНГ ҲУДУДЛАР
ИҚТИСОДИЁТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДАГИ ЎРНИ. " Экономика и туризм"
международный научно-инновационной журнал, 6(14).
25.
Таирова, М. М., Аминова, Н. Б., & Рахманкулова, Н. О. (2020). Стратегия развития
управления цепями поставок в обрабатывающей промышленности. International
scientific review, (LXXI), 56-58.
26.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). XIZMAT KO ‘RSATISH KORXONALARINING O ‘ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI VA AFZALLIKLARI.
27.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). XIZMAT KO'RSATISH KORXONALARI FAOLIYATI
SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.
28.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). ZAMONAVIY MENEJMENT VA UNING USULLARINI
RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY YONDASHUVLARI.
29.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). XIZMAT KO ‘RSATISH KORXONALARI
FAOLIYATLARINING
SAMARADORLIGINI
OSHIRISHNING
TASHKILIY
MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 46, 608-615.
30.
Ikromov, E. (2024). A METHODICAL APPROACH TO EVALUATING THE
EFFICIENCY OF SERVICE ENTERPRISES. Modern Science and Research, 3(5), 180-
188.
31.
Ikromov, E. (2024). THE IMPORTANCE OF ETHICS AND CULTURE IN THE
INTRODUCTION OF MODERN METHODS OF MANAGEMENT. Modern Science and
Research, 3(5), 171-179.
32.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). MENEJMENTNING ZAMONAVIY USLUBLARINI
JORIY ETISHDA ETIKA VA MADANIYATNING AHAMIYATI.
33.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). XIZMAT KO ‘RSATISH KORXONALARI FAOLIYATI
SAMARADORLIGINI BAHOLASHGA USLUBIY YONDASHUV.
34.
Zamira, J. (2024). ENSURING ECONOMIC SECURITY IN THE BANKING SECTOR.
Gospodarka i Innowacje., 47, 343-348.
35.
Jumayeva, Z. (2024). IQTISODIYOT RIVOJIDA INNOVATSIYANING AHAMIYATI.
Modern Science and Research, 3(5), 504-511.
36.
Jumayeva, Z. (2024). MOLIYAVIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH
ORQALI MILLIY IQTISODIYOT BARQARORLIGINI TAʼMINLASHNING
USTUVOR YO ‘NALISHLARI. Modern Science and Research, 3(5), 512-518.
37.
Bustonovna, D. Z. (2024). CREATIVE THINKING AND ITS APPLICATION IN
ECONOMICS.[Data set]. Zenodo.
38.
To’rayevna, S. N. (2024). KORXONANING MOLIYAVIY BAQARORLIGI:
OMILLARI VA KO ‘RSATKICHALARI. Gospodarka i Innowacje., 47, 140-146.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
613
39.
To’rayevna, S. N. (2023). YETAKCHILIK USLUBI SIFATIDA MURABIYOTDAN
FOYDALANISH MENEJERLARNI TAYYORLASH. Gospodarka i Innowacje., 42, 399-
408.
40.
To’rayevna, S. N. (2023). DEMOKRATIYA VA IQTISODIYOT O'RTASIDAGI
MUNOSABAT" SIYOSIY SHAXS" NAZARIDAN. Gospodarka i Innowacje., 42, 387-
394.
41.
Sodiqova, N. (2023). A POLITICAL ECONOMY ANALYSIS OF ECONOMIC
SECURITY. Modern Science and Research, 2(12), 559-568.
42.
Sodiqova, N. (2024). TECHNOLOGY DISCOURSE AND THE POLITICAL
ECONOMY OF NEW MEDIA. Modern Science and Research, 3(2), 376-384.
43.
Akbarovna, N. N. (2024). RAQAMLI IQTISODIYOT SOHALARDA VA ELEKTRON
TIJORAT RIVOJLANISHIDA MAMLAKATNING IQTISODIY SALOHIYATI.
44.
Akbarovna, N. N. (2024). DAVLAT SOLIQ QO ‘MITASINING AXBOROT-
KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARINI
RAQAMLASHTIRISH
STRATEGIYASI.
45.
Naimova, N. (2024). STRATEGY OF MARKETING RESEARCH. Modern Science and
Research, 3(5), 306-312.
46.
Akbarovna, N. N. (2024). DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI–MA’MURIY
HUQUQ OBYEKTI SIFATIDA. Gospodarka i Innowacje., 47, 371-377.
47.
Hakimovich, T. M. (2023). HR BOSHQARMASIDA KPI TIZIMI.
48.
Toshov, M. (2024). MODERN MANAGEMENT AND DIGITALIZATION. Modern
Science and Research, 3(5), 728-734.
49.
Hakimovich, T. M. (2024). THE SYSTEM OF KEY PERFORMANCE INDICATORS AS
A TOOL IMPROVEMENTS MANAGEMENT OF THE ORGANIZATION. Gospodarka
i Innowacje., 47, 353-358.
50.
Toshov, M. (2023). HR BOSHQARMASIDA KPI TIZIMI. Modern Science and Research,
2(12), 470-476.
51.
Toshov, M. (2023). CREATIVE ECONOMY: ESSENCE AND STRUCTURE. Modern
Science and Research, 2(12), 499-505.
52.
Toshov, M. (2023). FORMATION OF PRINCIPLES HR (HUMAN RESOURCE)
BASED ON KEY INDICATORS (KPI). Modern Science and Research, 2(12), 477-482.
53.
Mahmudovna, Q. G. (2024). Oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishda
innovatsion faoliyatning ahamiyati.
54.
Mahmudovna, Q. G. (2024). Oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini tavsiflovchi
omillar. Gospodarka i Innowacje., 46, 620-627.
55.
Mahmudovna, G. G. (2024). Competitive strategies, the importance of using innovation in
their implementation. Iqtisodiyot va zamonaviy texnologiya jurnali| journal of economy
and modern technology, 3(5), 8-14.
56.
Mahmudovna, Q. G. (2024). Raqobat strategiyalari, ularni amalga oshirishda
innovatsiyalardan foydalanishning ahamiyati. Iqtisodiyot va zamonaviy texnologiya
jurnali| journal of economy and modern technology, 3(5), 15-21.
