Mart, 2025-Yil
100
JADIDLARNING 1916 YILDAGI XALQ QO’ZG’OLONIDA TUTGAN O’RNI.
MILLIY HUKUMAT - TURKISTON MUXTORIYATI VA UNING FAOLIYATI.
Mehriddin Yunusovich Haqqulov
Gulyamov Alisher Azizovich
Srojeva Gulbahor Vahobovna
Osiyo Xalqaro Universiteti
“Tarix va filiologiya” kafedrasi o‘qituvchilari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14984504
Annotatsiya.
Mazkur maqolada I jahon urushi davrida Rossiya imperiyasi tomonidan
urushga kirish uchun O‘rta Osiyo aholisining mardikorlikka olish bo‘yicha Rus podshosining
chiqargan qarorlariga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon hamda ma’rifatparvarlar o‘zlarining
orzularidagi ozod davlat qurishlari bilan bog‘liq ma’lumotlar keltirilgan.
Tayanch so’zlar:
Birinchi jahon urushi
,
Kuropatkin, Nikolay II, «Turon» uyushmasi,
«Sho‘roi Islomiya», «Turon» uyushmasi, yosh buxoroliklar, yosh xivaliklar, Moskva, Rossiya,
«Sho’roi ulamo», Ittifoqi muslimin, Oktyabr inqilobi, Turkiston jadidlari.
Abstract.
This article presents information about the uprising against the Russian Tsar's
decrees on the conscription of Central Asians to the war effort by the Russian Empire during
World War I, and the establishment of a free state by enlightened people in their dreams.
Keywords:
World War I, Kuropatkin, Nicholas II, "Turan" Association, "Shuroi Islamiya",
"Turan" Association, young Bukhara people, young Khiva people, Moscow, Russia, "Shuroi
Ulema", Muslim Union, October Revolution, Jadids of Turkestan.
Аннотация.
В статье представлены сведения о восстании против решений
русского царя о вербовке среднеазиатских народов на войну со стороны Российской
империи в годы Первой мировой войны и мечты просвещенных людей о построении
свободного государства.
Ключевые слова:
Первая мировая война, Куропаткин, Николай II, объединение
«Турон», «Шурай Исламия», объединение «Туран», молодые бухарцы, молодые хивинцы,
Москва, Россия, «Шурай улама», Мусульманский союз, Октябрьская революция,
Туркестанские джадиды.
Mart, 2025-Yil
101
Mardikorlikka olish — Birinchi jahon urushi ketayotgan joylardagi ishlarga
turkistonliklarni jalb qilish oq podshoning 1916 yil 25 iyun farmoniga muvofiq amalga oshirildi.
Bu kutilmagan tadbir, birinchidan, 1865 y. shartnomasiga zid edi. Ikkinchidan, general
Kuropatkin (1848— 1925) ning xulosasiga karaganda, «aholi va ma’muriyat turar joydan
tashqaridagi ishlarga mutlaqo tayyorlanmagan va bunday shoshilinch amalga oshirilgan tadbir
og’ir tartibsizliklarni keltirib chiqargan». Aholi uchun ana shunday musibatli paytda jadidlarning
ko’zga ko’ringan namoyandalaridan U. Xo’jayev («Turkiston mardikorlikka olish qo’mitasi»
raisi) va millatparvar boy Mirkomilboy Mirmo’minboyev Rossiya jamoatchiligining e’tiborini bu
masalaga jalb etish, farmonni bekor qildirish uchun Peterburgga yo’l oldilar. Davlat dumasining
1916 yil 13 va 15 dekabr kunlari o’tgan majlisida Nikolay II ning 25 iyun farmoni Rossiya
imperiyasining qonunchiligida ko’rsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilingani tan olindi.
Farmon Dumada muhokama qilingunga qadar iyun—avgust oyida jadidlar harakati orqali
bir necha eshelon to’xtatib qolindi. Jadidlarning mardikorlarni qaytarishga urinishlari 1917 yil
Fevral inqilobi boshlanishi bilan to’la amalga oshdi. Bu hodisa el orasida ularning obro’sini
ko’tardi. Mazkur holat jadidlar ma’rifatparvarlikdan siyosiy kurashga allaqachon o’tganliklarini
bildirar edi. 1917 yil Jadidchilik harakati o’zining yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Fevral
inqilobidan so’ng o’zbek, tatar va qozoqlar birlashishga axd qiladilar va «Turon» uyushmasi
zaminida « Sho’roi Islomiya» jamiyati tuzildi (asoschilari Munavvarqori, Abduvohidqori
Abduraufqoriev, U. Xo’jayev). 1917 yil 14 martda ish boshlagan bu jamiyat qishloq va shaharlarga
targ’ibotchilar yuborib, ozodlik, tenglik haqida tushuntirish olib borish, saylov to’g’risida
ma’lumot berish bilan shug’ullandi. Uning dasturini Munavvarqori yozgan edi. Jadidlar joylarda
«Sho’roi Islomiya» tizimi yaratilishining tashabbuskori bo’ldilar. Turkistonga muxtoriyat
maqomini berish harakati Turkiston mustaqilligi uchun kurashga aylandi. Turkiy xalqlarni
birlashtirish g’oyasi kun tartibidan mustaxkam o’rin oldi. O’zbek, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq,
boshqird, tatar, turkman kabi negizi bitta xalqlarni birlashtirish va shu asosda Federativ yoki
muxtoriyatli davlat qurish masalasi bo’y ko’rsata bordi. Ammo, Munavvarqori so’zi bilan
aytganda, ko’pgina kishilar jumhuriyat bilan muxtoriyat o’rtasidagi farqni tushunmagan edi.
Xususan, Turkiston namoyandalari chin ma’nodagi respublikani barpo etish va uning
davlat tarkibini tashkil etishga to’liq tayyor bo’lishmagan.
Qozoq va boshqird namoyandalari — Mustafo Cho’qay, Zakiy Validiy va b. Peterburg
ularga hech qachon mustaqillik ham, muxtoriyat ham bermasligini sezgach, Turkistonga kelib,
mahalliy jadidlar bilan birga ish boshladilar. Toshkentda «Sho’roi Islomiya», «Turon», «Sho’roi
ulamo», «Ittifoqi muslimin», Qo’qonda «G’ayrat», Buxoroda yosh buxoroliklar, Xivada yosh
Mart, 2025-Yil
102
xivaliklardan tashqari, Samarqandda «Ittifoq», «Mirvaj ul-Islom», «Miftah ul-maorif» kabi
tashkilotlar faoliyat ko’rsata boshladi. Bularning ijtimoiy-siyosiy yo’nalishini belgilashda
Munavvarqori, U. Xo’jayev, M. Behbudiy, A. Zohiriy, A.Z.Validiy, Mustafo Cho’qay, Fitrat, F.
Xo’jayev, U. Po’latxo’jayev, Sherali Lapin, M. Mirmo’minboyev, O. Mahmudov, Polvonniyoz
hoji Yusupov, T. Norbo’tabekov va boshqalar faollik ko’rsatdilar. «Sho’roi Islomiya»ning
tashabbusi bilan 1917 yil 16-22 aprel kunlari butun Turkiston musulmonlarining 1-qurultoyi
chaqirildi. Qurultoy ishtirokchilari bir qancha masalalar qatorida Turkiston o’lkasining davlat
maqomi masalasini ham muhokama qildilar. 1-qurultoyda Turkiston o’lka musulmonlari Sho’rosi
(Kraymussovet) — Milliy markazni tashkil etishga qaror qilindi. Milliy markazga rais bo’lib
Mustafo Cho’qay, unga o’rinbosarlar qilib Validiy va U. Xo’jayev saylanadi. Bu esa tashkilotlarni
birlashtirish bilan birga milliy ozodlik harakatini izga solib, tashkiliy jihatdan markazlashtirar edi.
Milliy markazning 1917 yil 12 iyunda bo’lib o’tgan yig’ilishida barcha jamiyat va
uyushmalarning Markaziy musulmon deputatlari sho’rosiga bo’ysunishi haqida Nizom qabul
qilinadi.
Markazning maqsadi xalqning eng quyi qatlamlari — mardikor va dehqonlarga to’liq
huquq berish va Turkiston musulmonlarini madaniy, ilmiy, iqtisodiy va g’oyaviy tarbiyalash edi.
1917-yil aprel-iyun oylari orasida jadidlar ko’pgina siyosiy masalalarni va ularga o’z
munosabatlarini belgilab oldilar. Pirovardida hududiy muxtoriyat uchun siyosiy vaziyat pishib
yetilganini anglab yetdilar. 1917 yil 1 — 11 mayda Moskvada bo’lgan butun Rossiya
musulmonlarining 1-qurultoyi bergan turtki natijasida muxtoriyat masalasi yanada jiddiylashdi.
1917 yil 12-14 iyulda Farg’onada bo’lib o’tgan musulmon tashkilotlarining qurultoyida dasturiy
masalalar ko’rib chiqildi. Unda «Turk Adami Markaziyat (Federalistlar)» firqasining dasturi
(maromnomasi) va 22 moddadan iborat Nizomi qabul qilindi. 1917 yil 17-20 sentabrda
Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston va Qozog’iston musulmonlarining qurultoyida «Shuroy
Islomiya» va «Sho’roi ulamo», «Turon» va boshqa siyosiy tashkilotlarni birlashtirish yo’li bilan
«Ittifoqi muslimin» siyosiy partiyasini tuzishga kelishildi. Turkistonni boshqarish shakli
to’g’risidagi masala 1917 yil 26-28 noyabrda Qo’qonda bo’lgan Turkiston o’lka
musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyining diqqat markazida turdi. Muxtoriyat va
mustaqillikni e’lon qilish fikrini hamma qo’llab- quvvatladi. Turkiston Muxtoriyati hukumati
(raisi — Muhammadjon Tinishboyev, so’ngra Mustafo Cho’qay) tashkil qilindi. Fitrat, Cho’lpon,
Hamza singari Otashqalb jadid shoirlari Turkiston Muxtoriyatini alqab, o’tli satrlar bitishdi. 1918
yil Fevralda Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan qonga botirilgach, Jadidchilik harakati
kuchli o’zgarishga uchradi.
Mart, 2025-Yil
103
Sovet rejimi bilan murosa qilishni xohlamagan Turkiston jadidlarining katta qismi
istiqlolchilik harakati saflarida va yashirin milliy tashkilotlarda faoliyat ko’rsatgan bo’lsa,
ayrimlari sovet hukumati idoralarida ish boshlashga majbur bo’ldilar. Buxoro amirligi va Xiva
xonligida ahvol sal boshqacharoq kechdi. 1920 yilda qizil armiya har ikki davlat hududiga bostirib
kirdi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilib, jadidlar
hokimiyat tepasiga kelishdi. Demak, 1920 yildan Jadidchilik harakati o’z taraqqiyotining yangi
bosqichiga, ya’ni sovetlar bilan murosa yo’liga qadam qo’ydi. 1920 yil 1-7 sentabrda Bokuda
Sharq xalqdari qurultoyi chaqirildi. Qurultoyda qabul qilingan qarorlar Turkiston xalqlarining
keyingi taqdirida muayyan rol o’ynadi. Unda Munavvarqori, Turor Risqulov, Cho’lpon, Sapimxon
Tillaxonov, Rajab Muhamedov, Qudratilla Yunusov, Toshpo’latbek Norbo’tabekov, Obidjon
Mahmudov, To’raqul Jonuzoqov, Zayniddin qori Nasriddinov, Hoji Safo Jo’raboev, G’ozi Yunus
kabi turkistonlik millat fidoyilaridan jami 90 kishi ishtirok etdi. Qurultoy ishida Turkiyadan kelgan
va shaxsan Leninning o’zi yuborgan Anvar Posho ham qatnashdi. Birok, mazkur qurultoy
bolsheviklarning Angliyaga qarshi qaratilgan do’q-po’pisasi ekanligi majlislarda ayon bo’ldi.
Shu bois turkistonlik 40 nafar delegat qurultoy tugagach, o’zaro kengash o’tkazib, unda
«Turkistondagi sovet hokimiyatiga qarshi tashviqot ishlari»ni avj oldirishga va «Oktyabr
inqilobining uch yilligi kunida umumxalq qo’zg’oloni ko’tarish»ga axd qildilar. Biroq, ularning
bu rejasi to’liq amalga oshmadi.
Xulosa
Turkiston jadidlari faoliyati butun o’lkani qamraydigan, inglizlarning skauting maktab
dasturiga yaqin dastur asosida ishlaydigan «Turon kuchi», «Turk kuchi», «Temur», «Izchilar»,
«Lochin» kabi guruhlarni tuzdilar. Bu guruhlar o’rta maktab ta’limi, hunar, san’atdan tashqari,
harbiy mashqlar bilan shug’ullanib, sho’rolarga asosiy zarba beruvchi kuch sifatida ko’rina
boshladi.
Jadidchilarning poydevori, tamal toshi – “usuli jadid” maktabi edi. Bu tabiiy, hamonki
maqsad jamiyatni yangilamoq ekan, uni yangi avlodgina qilishi mumkin edi. Yangi avlodni esa,
yetishtirmoq lozim. Eski an’anaviy usulda bu ishni amalga oshirish qiyin. Chunki zamon
o’zgargan. U tezkorlikni talab qiladi. Ikkinchidan, bugungi o’quvchi tarix, jug’rofiya, iqtisod,
fizika, kimyo, matematika kabi zamonaviy fanlarni bilishi kerak. Ilmiy fanlar, fan-texnika
yutuqlari so’nggi uch-to’rt asr dunyo taqdirini boshqa o’zanga solib yubordi va Yevropani oldinga
olib chiqdi.
Mart, 2025-Yil
104
Endi Yevropa ilm-fanini egallamasdan dunyo bilan barobar yashab bo’lmaydi. Bu ilm-
fanni o’zlashtirmoq uchun Yevropa tillarini bilmoq kerak. Ayni paytda o’zlikni ham saqlamoq
lozim. Din-diyonat ham zarur. Xullas, yashamoq uchun uchchala jihatni ham ushlamoq kerak
bo’ladi
REFERENCES
1.
Haqqulov, M. Y. O. G. L. (2022). Markaziy Osiyoda ilk diplomatik munosabatlar tarixi. Science and
Education, 3(10), 385-389.
2.
Yunusovich, H. M. (2024). Experiences Related to the Fine Fiber Cotton of Uzbekistan during the
Years of Soviet Authority. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL
EDUCATION, 4(9), 129-132.
3.
Yunusovich, H. M. (2024). The Formation, Development and Role of the High Seljuk Empire
Founded by the Turkic Peoples in the Islamic World. Miasto Przyszłości, 53, 956-959.
4.
Haqqulov, M. (2024). O ‘RTA OSIYO XALQLARINING OZODLIK ORZUSI BO ‘LGAN
“TURKISTON MUXTORIYATI”. Modern Science and Research, 3(12), 609-613.
5.
Haqqulov, M. (2025). USMONIYLAR IMPERIYASINING TASHKIL TOPISH TARIXI. Modern
Science and Research, 4(1), 663-672.
6.
Haqqulov, M. (2024). TURKISTON OZODLIGINING JARCHILARI. Medicine, pedagogy and
technology: theory and practice, 2(11), 154-159.
7.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). O ‘RTA OSIYO OLIMLARINING
KARTOGRAFIK MEROSI. Modern Science and Research, 4(1), 221-227.
8.
Xakkulov, M., & Kosimov, U. (2025). HISTORY OF MILITARY WORK IN THE EMIRATE OF
BUKHARA.
Journal of universal science research
,
3
(1 (Special issue)), 319-325.
9.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). BUXORO OCHILGAN MUZEYLARNING
TASHKIL TOPISH TARIXI. Modern Science and Research, 4(1), 248-256.
10.
Srojeva, G., Gulyamov, A., & Haqqulov, M. (2025). XVII ASRDA BUXORODA
ABDULAZIZXON MADRASASINING QURILISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.
Modern Science and Research, 4(1), 471-478.
11.
Haqqulov, M., & Sadulloyeva, M. (2025). IMOM BUXORIYNING “AL-JOME’AS SAHIH”
ILMIY AHAMIYATI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 472-476.
12.
Haqqulov, M. (2025). YANGI DAVRDA AVSTRIYA (GABSBURGLAR) IMPERIYASINING
IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI (XVI-XVIII ASRLAR).
Modern Science and Research
,
4
(2), 834-
842.
13.
Xakkulov, M., & Kosimov, U. (2025). HISTORY OF MILITARY WORK IN THE EMIRATE OF
BUKHARA.
Journal of universal science research
,
3
(1 (Special issue)), 319-325.
Mart, 2025-Yil
105
14.
Gulyamov, A. A. (2024). JАMIYАTIMIZNING IJTIMОIY-IQTISОDIY, MА’NАVIY-MАDАNIY
SОHАLАRIDА ОILАNING RОLI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ
,
36
(2), 149-153.
15.
Azizovich, G. A. (2024). Trade Relations of Population in Bukhara Emirate, Shariah Rules and
Regulations in Commercial Affairs, Partnership Relations.
EUROPEAN JOURNAL OF
INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
4
(9), 189-194.
16.
Azizovich, G. A. (2024). Family-Marriage and Inheritance Relations of the Population in the Bukhara
Emirate.
Miasto Przyszłości
,
53
, 964-969.
17.
Gulyamov, A. (2024). BUXORO MUZEYNING TASHKIL TOPISHI TARIXI.
Modern Science and
Research
,
3
(12), 659-667.
18.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). BUXORO OCHILGAN MUZEYLARNING
TASHKIL TOPISH TARIXI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 248-256.
19.
Shodiyeva, S. S., & Qamariddinova, G. A. Q. (2022). Buxoroda islomgacha bo’lgan diniy
e’tiqodlar.
Science and Education
,
3
(12), 219-225.
20.
Akmalovna, Q. G., & Asror, A. A. (2023). Formation of Religious Ceremonies.
Central Asian
Journal of Social Sciences and History
,
4
(3), 167-172.
21.
Saloxov, A., & Qamariddinova, G. A. (2023). BUXORO JADIDLARINING TA’LIM-TARBIYAGA
OID G‘OYALARINING NAZARIY-AMALIY ASOSLARI.
SCHOLAR
,
1
(28), 55-69.
22.
Salokhov, A. K. (2024). THE YOUNG PEOPLE ARE FORMED, THE ENLIGHTENED-
INFORMATORS OF BUKHO USE YOUR IMAGINATION STYLE BASICS.
JOURNAL OF
SCIENCE, RESEARCH AND TEACHING
,
3
(4), 16-19.
23.
Salokhov, A., & Qamariddinova, G. A. (2023). SOCIO-PHILOSOPHICAL AND PEDAGOGICAL
BASIS OF THE CONCEPT OF TOLERANCE.
Educational Research in Universal Sciences
,
2
(8),
200-213.
24.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). O ‘RTA OSIYO OLIMLARINING
KARTOGRAFIK MEROSI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 221-227.
25.
Srojeva, G., Gulyamov, A., & Haqqulov, M. (2025). XVII ASRDA BUXORODA
ABDULAZIZXON
MADRASASINING
QURILISHI
VA
UNING
TARIXIY
AHAMIYATI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 471-478.
26.
Gulyamov, A., & Ashurov, D. (2025). CHANGES IN THE LIFE OF THE WORLD'S COUNTRIES
AFTER WORLD WAR II.
Journal of universal science research
,
3
(1 (Special issue)), 333-341.
27.
Gulyamov, A. (2025). MANG ‘ITLAR SULOLASI DAVRIDA DAVLAT BOSHQARUVI,
TUZUMI VA ICHKI SIYOSATI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 790-798.
28.
Gulyamov, A., & Xamidova, R. (2025). ABU RAYHON BERUNIY BUYUK QOMUSIY
OLIM.
Modern Science and Research
,
4
(2), 758-766.
Mart, 2025-Yil
106
29.
Gulyamov, A. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA ISTIQOMAT QILGAN MILLIY-ETNIK
GURUHLAR.
Modern Science and Research
,
4
(2), 1020-1028.
30.
Srojeva, G. (2025). MIRZO MUHAMMAD HAYDARNING “TARIXI RASHIDIY”
ASARIDA O’RTA OSIYO TARIXINI O’RGANISHDA MUHIM MANBA
SIFATIDA.
Modern Science and Research
,
4
(1), 531-539.
31.
Srojeva, G., & Ormonova, M. (2025). BUXORO SHAHRIDAGI ARK QO’RG’ONI,
SITORAI MOHI XOSA, XO’JA SAROY ME’MORIY YODGORLIKLARI.
Modern
Science and Research
,
4
(1), 533-544.
32.
Srojeva, G. (2024). Solutions, Results And Problems Of Reforms In The Field Of
Education.
Modern Science and Research
,
3
(1), 782-788.
33.
Srojeva, G. (2023). Lower Zarafshan Oasis Tourism Opportunities.
Modern Science and
Research
,
2
(10), 199-204.
34.
Srojeva, G. (2024). EFFECTIVE FORMS OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION
AND
EDUCATIONAL
WORK
IN
A
PRESCHOOL
EDUCATIONAL
INSTITUTION.
Modern Science and Research
,
3
(2), 247-253.
35.
Srojeva, G. (2024). Strengthening The Material And Technical Base Of Preschool
Education And Training Institutions.
Modern Science and Research
,
3
(2), 673-681.
36.
Srojeva, G. (2024). The Canadian Economy During The Global Economic Crisis.
Modern
Science and Research
,
3
(2), 57-63.
37.
Srojeva, G. (2024). International Cooperation In The Field Of Education.
Modern Science
and Research
,
3
(2), 1041-1050.
38.
Vahobovna, S. G. (2023). Quyi Zarafshon Vohasi Turizm Imkoniyatlari.
39.
Srojeva, G. (2024). Attention Paid To Preschool Educational Institutions In New
Uzbekistan.
Modern Science and Research
,
3
(2), 258-266.
40.
Srojeva, G. (2023). Continuity In Education-Chief Mezon.
Modern Science and
Research
,
2
(12), 834-839.
41.
Gulbahor, S. (2023). Continuity In Education-Chief Mezon.
Modern Science and
Research
,
2
, 834-839.
42.
Vahobovna, S. G. (2024). Canada during the world economic crisis of 1929-1933.
Ta'Lim
Va Rivojlanish Tahlili Onlayn Ilmiy Jurnali
,
4
(4), 48-54.
43.
Vahobovna, S. G. (2024). Role of Preschool Educational Institutions in Education of a
Perfect Person.
European Journal Of Innovation In Nonformal Education
,
4
(3), 208-214.
Mart, 2025-Yil
107
44.
Srojeva, G. (2024). 1929-1932-YILLАRDАGI JAHON IQTISODIY INQIROZI
DAVRIDA YAPONIYA.
Nrj
,
1
(2), 118-128.
45.
Vahobovna, S. G. (2024). XX ASR BOSHLARIDA XITOYNING YAPON
AGRESSIYASIGA QARSHI KURASHI.
TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN
ILMIY JURNALI
,
4
(5), 264-273.
46.
Vahobovna, S. G. (2024). XX ASR BOSHLARIDA XITOYNING YAPON
AGRESSIYASIGA QARSHI KURASHI.
International journal of scientific researchers
(IJSR) INDEXING
,
5
(2), 723-728.
47.
Vahobovna, S. G. (2024). YANGI O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA’LIM–
TARBIYA MUASSASALARIGA QARATILAYATGAN E’TIBOR.
48.
Vahobovna, S. G. (2024). JAHON IQTISODIY INQIROZI DAVRIDA KANADA
IQTISODIYOTI.
49.
Srojeva, G. (2024). TA’LIM SOHASIDA XALQARO HAMKORLIK.
50.
Vahobovna, S. G. (2024). MAKTABGACHA TA'LIM–TARBIYA MUASSASALARI
MODDIY TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASH.
51.
Vahobovna, S. G. (2024). MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASIDA MA'NAVIY-
AXLOQIY TARBIYA VA MA'RIFIY ISHLARNING SAMARALI SHAKLLARI.
52.
Vahobovna, S. G. (2023). TA'LIMDA UZVIYLIK-BOSH ME'ZON.
53.
Srojeva, G. (2024). SHAYBONIYLAR SULOLASI DAVRIDA BUXORO XONLIGIDA
IQTISODIY
O’ZGARISHLAR
VA
IQTISODIYOTDA
XALQARO
MUNOSABATLAR.
Modern Science and Research
,
3
(12), 895-903.
54.
Vahobovna, S. G. (2024). Formation of the Uzbek Nation and Shaibani State in
Abulkhairkhan's Dashti Kipchak.
Miasto Przyszłości
,
53
, 1218-1219.
55.
Srojeva, G. (2024). XX-ASRNING 30-YILLARIDA OSIYO MAMLAKATLARI.
Modern
Science and Research
,
3
(6).
56.
Vahobovna, S. G. (2024). XX-ASRNING 30-YILLARIDA OSIYO MAMLAKATLARI.
57.
Vahobovna, S. G. (2024). TALIM SOHASIDAGI ISLOHATLAR ECHIMI, NATIJALARI
VA MUAMMOLARI.
58.
Vahobovna, S. G. (2024). O’zbekiston Olimlaring Inson Falsafasi Haqidagi
Qarashlari.
Journal of Innovation in Volume
,
2
(8).
59.
Vahobovna, S. G. (2024). O’zbekiston Olimlaring Inson Falsafasi Haqidagi
Qarashlari.
Journal of Innovation in Volume
,
2
(8).
Mart, 2025-Yil
108
60.
Srojeva, G. (2025). BO'RIBOY AHMEDOVNING “TARIXDAN SABOQLAR”
ASARIDA SHAYBONIYLAR DAVRI TARIXINING O'RGANILISHI. Modern Science
and Research, 4(2), 1227-1236.
61.
Srojeva, G., & Idiyeva, S. (2025). MANG’ITLAR SULOLASINING BUXORO
AMIRLIGIDA HOKIMIYATNI EGALLASHI VA MANG’ITLAR DAVRIDA
AMIRLIKDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY MADANIY HAYOT. Modern Science and
Research, 4(2), 830-836.
