ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
654
TIL O‘RGATISHDA E’TIBOR QARATISH ZARUR BO‘LGAN JIHATLAR
Xusainova Dilrabo Ibragimjanovna
Farg‘ona viloyati yuridik tehnikumi yuristlar uchun ingliz tili fani o'qituvchisi
3- darajali yurist.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14003605
Annotatsiya. Ushbu maqolada til o‘rganish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, til
o‘rganishning nozik nuqtalari, til o‘rganish samaralari, har qanday tilni o‘rganishda diqqat etish
lozim bo‘lgan masalalar haqida bir qancha shaxsiy qarashlar kelitirib o‘tilgan
Kalit so`zlar: til o‘rganishning samarali usullari, til o‘rganish foydalari, lug‘at
yodlashning oson usuli, tez va samarali til o‘rganish.
ASPECTS THAT NEED TO BE CONSIDERED IN LANGUAGE TEACHING
Abstract. In this article, some personal views on what to pay attention to when learning a
language, the finer points of language learning, the benefits of language learning, and the issues
that should be paid attention to in learning any language are given.
Keywords: effective methods of language learning, benefits of language learning, easy way
to memorize vocabulary, fast and effective language learning.
АСПЕКТЫ, КОТОРЫЕ НЕОБХОДИМО УЧИТЫВАТЬ ПРИ ОБУЧЕНИИ ЯЗЫКУ
Аннотация. В этой статье изложены некоторые личные взгляды на то, на что
следует обращать внимание при изучении языка, тонкости изучения языка, преимущества
изучения языка и вопросы, на которые следует обращать внимание при изучении любого
языка.
Ключевые слова: эффективные методы изучения языка, преимущества изучения
языка, простой способ запоминания словарного запаса, быстрое и эффективное изучение
языка.
KIRISH
Bugungi kunda til o‘rganishga juda katta e’tibor berilmoqda. Til o'rganish kishilik
jamiyatida bag'oyat muhim sohalardan biri hisoblanadi. Muloqot vositasi bo'lmish tilni tabiiy
muhitda ya'ni oilada, jamoatchilik orasida yoki uyushgan holda amaliy egallash mumkin. Til
hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o'rgatiladi. Xalqaro munosabatlar avj olgan
zamonamizda tillarni bilish, ayniqsa ko'p tillilik ulkan ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda tahsil oladigan o'quvchi va talabalar odatda uch tilni o'rganadilar. Ushbu
tillar maxsus nomlar bilan yuritiladi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
655
Bular quyidagilar: ona tili, ikkinchi til, va chet til. Ona tili tafakkur shakllanishida alohida
xizmat o'taydigan birinchi til hisoblanadi. Ikkinchi til haqida so'z yuritilganda, unga boshqa millat
vakillaridan iborat qardoshlar, qo'shnilar tili sifatida qaraladi.
Chet til - bu xorijiy mamlakat tilidir. Respublikamizda G'arbiy Yevropa (ingliz, ispan,
nemis, faransuz) tillari va Sharq (arab, turk, fors, xitoy, hind) tillari o'qitilib kelinmoqda. Bu tillar
ta'lim muassalarining o'quv rejalaridan o'rin olgan. Uchala tilni o'qitish jarayoni turlicha kechadi.
Ona tili va ikkinchi til tabiiy vaziyatda, chet til esa sun'iy muhitda o'rganiladi. Chet tildagi
muloqot, asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Uchala til orasida chet tilni o'rganish va
o'rgatish muayyan jihatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa, o'z navbatida, tegishli chet til o'qitish
texnologiyasini qo'llashni taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta
o'zlashtirish orqali o'quvchi-talabaning to'plagan til tajribasi me'yorini aniq bilishga va uni yanada
takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni samarali o'rgatish uning metodikasini bilishni taqozo
etadi. Chet tillarni o'rganish va o'rgatish ko'p jihatdan chet til o'qitsih metodikasi masalalarini
nazariy tomondan ishlab chiqilishiga va nazariyaning amalda ijodiy qo'llanilishiga bog'liqdir.
Har qanday tilni o‘rganishdagi eng muhim omil, bu o‘sha tilni borib o‘z mamlakatida
o‘rganishdir. Bu usul juda samarali bo‘lib hech qanday gramatiklarsiz, hech qanday so‘z
yodlashlarsiz juda qisqa fursatda o‘rganishni ta’minlaydi. Ammo bu shaklda til o‘rganish
nihoyatda qimmat va 90 % insonlar bu usldan foydalana olmaydilar.
Shunday holatlarda tilni turli xil kurs markazlarida yoki bo‘lmasa internet tarmoqlaridan,
mustaqil o‘rganish ham mumkin. Til o‘rganishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib
o‘tamiz.
-
Lug‘at yodlashga e’tibor qarating
. Avval kuniga 50-60 ta so‘z yodlang, keyin esa
lug‘atlar sonini ko‘paytirib boring. Lug‘at yodlayatganda yodlamoqchi bo‘lgan so‘zga aloqador
gap tuzing, agar shu shaklda yodlasangiz so‘zlar yaxshiroq esingizda qoladi va tez fursatda sedan
chiqarib yubormaysiz.
-
Gramatikani yaxshilab tushinib oling,
mavzuni yodlamang shunchaki yaxshi anglab shu
mavzuga doir 10-20 ta so‘z tuzing. Shuning bilan bir qatorda yozgan matnlaringizda shu mavzuga
doir gaplarni qo‘llash ham esingizdan chimasin.
-
Har kuni matn tuzing
. Hayotingizda uchratishingiz mumkin bo‘lgan barcha olatlar va
hodisalar bo‘yicha yozishga odatlaning, har qanday hodisani yoza oladigan darajaga chiqing.
Avvaliga soda gaplar va soda so‘zlardan foydalaning, keyin esa qo‘shma, ko‘chirma
gaplardan va akademik so‘zlardan foydalanishga o‘ting.
-
Gapirish ko‘nikmasini yaxshilang.
Atrofingizdagi insonlarga imkon qadar o‘rganmoqchi
bo‘lgan tilingizda gapirishga harakat qiling. Barcha hatti- harakatlarni bajarganda uning o‘sha tilde
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
656
qanday aytilishini mashq qilib ko'ring. Balan ovozda gapirish esingizdan chiqmasin. Chunki agar
past ovozda yoki ichingizdan gapiradigan bo‘lsangiz qilgan xatolaringizni va aksentingizdagi
xatolarni bilmaysiz va ularni tuzatolmaysiz ham. Biror kishini oldida gapirishga qiynalasiz.
-
O‘sha tilda kitob o‘qing.
Qancha ko‘p kitob o‘qisangiz va kitoblarni tarjima qilsangiz
akademik so‘zlarni shunchalik ko‘p o‘rganasiz va gapirganda akademik gapiea olasiz.
-
Musiqa eshiting va film tomosha qiling.
Bo‘sh vaqtlaringizda, ko`chada ketayotib,
taksida, avtobusda musiqa eshitib, film tomoshqa qilsangiz bu ham sizga juda yaxshi til
o‘rganishingizga yordam beradi. Ko‘p filim tomosha qilish aksentsiz gapirishingizga yordam
beradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarga ilk yoshidanoq til qobiliyatining rivojlanishi asosan doimiy
taqlid orqali shakllantiriladi va ko‘pgina ro‘llar ko‘pincha multfilmlarda taqlid orqali paydo
bo‘ladi, Shuning uchun, multfilmni tomosha qilayotganda, bolalarning harakatlardagi
o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. Shu sababli, multfilmni samarali ta’lim vositasi sifatida
qo‘llashimiz mumkin, bu esa bolalarning ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradi. Hozirgi
kunda ba’zi ota-onalar bolalarning multfilmga bo‘lgan qiziqishidan juda tashvishga tushishadi,
ammo aslida, yosh bolalarning rivojlanishidagi
ularning
fantaziya dunyoqarashini
shakllanishining asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi.
Shuning uchun, o‘qitishda biz Amerika Qo‘shma Shtatlarining masofadan boshqarish usuli,
ya’ni multfilmlarni bolalarning til taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatish usuliga aylantirishimiz mumkin.
Barchamiz bilamizki, bu bosqichda yosh bolalar o‘zlarining fikrlash qobiliyatlari va tilni
qo‘llash qobiliyatini haqiqiy hayot tajribasidan o‘rganib boradilar, ayniqsa, bu bosqichdagi yosh
bolalar uchun multfilmlar bilan muloqot qilish, masofadagi masovaviy hissiy jihatini kengaytirib,
bolalarning til bilimi darajasini oshirish uchun xizmat qiladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunning talabi sifatida bolalarni ilk yoshidanoq ikkinchi
tilga o‘rgatish ko‘nikmalarini hosil qilib borsak, bolalar uchun ancha samaraliroq bo‘ladi. Ular
kelajakda ikkinchi tilni o‘rganishlari osonroq bo‘ladi. Bolalarga til o‘rgatayotgan til o‘qituvchisi,
avvalo, bolalar o‘qitish metodikasini bilishlari talab etiladi.
Til o‘rganish bugungi kunning eng muhim talablaridan biridir. Qaysi til bo‘lishidan qat’i
nazar avvalo o‘z ona tilimizni mukammal o‘rganib, keyin esa boshqa tillarni o‘rganishimiz va til
o‘rganishdan hech qachon to‘xtamasligimiz lozim.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
657
REFERENCES
1.
Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi.-T.:O‘qituvchi,2016 y.
2.
Yo‘ldosheva D.A. Kichik yoshdagi bolalarga ingiliz tilini o‘rgatishning innovatsion usullari.
2022
3.
Toxirjon, U. (2024). XALQARO O ‘QISH SAVODXONLIGINI O ‘RGANISH (PIRLS).
4.
Integration of Economy and Education in the 21st century, 2(2), 14-17 Ариян М.А.
Социально развивающая методическая система обучения иностранным языкам в
средней школе: проектирование и реализация// Диссертация на соискание учёной
степени доктора педагогических наук, 2009. Стр.25-40
5.
Бим, И. Л. Компетентностный подход к образованию и обучению иностранным
языкам / И. Л. Бим // Компетенции в образовании: опыт проектирования; ред А. В.
Хуторской. - М.: Научно-внедренческое предприятие «ИНЭК», 2007. - С. 156-163.
6.
Кузнецова, Н.Г. Общекультурная компетенция: подходы к определению
7.
сущностииструктуры//https:yberieшnka.m/artide/n/obschekultumaykompetentsiya-
podhody-k-opredeleniyu-suschnosti-i-struktury
