ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
269
YANGI MEDIA MUHITDA KONVERGENT JURNALISTIKA
Jumamuratova Dilyafruz
Qoraqalpoq Davlat Universitet Jurnalistika fakulteti
2-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.8424240
Annotasiya.
Ushbu ilmiy maqolada biz jurnalistika sohasida konvergent fikrlashning
ahamiyati va yangi media olamda tutgan o'rni, konvergensiyaning OAV ga o'tkazadigan ijobiy va
salbiy taʼsirlari haqida maʼlumotga ega bo'lamiz.
Kalit soʻzlar:
konvergensiya, konvergent fikrlash, divergent, multimedia, teleformat,
kontent, jurnalistik tizim, raqamli texnologiyalar.
CONVERGENT JOURNALISM IN THE NEW MEDIA ENVIRONMENT
Abstract.
In this scientiflic article, we will learn about the importance of convergent
thinking in the world of new media,the positive and negative effects of convergence on mass media.
Key words:
convergence, convergent thinking, divergent, multimedia, teleformat, content,
journalistic system, intelligence, digital technologies.
КОНВЕРГЕНТНАЯ ЖУРНАЛИСТИКА В НОВОЙ МЕДИА-СРЕДЕ
Аннотация.
В этой научной статье мы узнаем о важности конвергентного
мышления в сфере журналистики и роли новых медиа в мире, положительных и
отрицательных последствиях конвергенции для средств массовой информации.
Ключевые слова:
конвергенция, конвергентное мышление, дивергент, мультимедиа,
телеформат, контент, журналистская система, цифровые технологии.
Jamiyat rivojining bugungi bosqichi bevosita texnologiyalarning takomillashuvi bilan
xarakterlanadi. Zamonaviy texnologik jarayonlar har qanday sohaga o'z taʼsirini oʻtkazgani kabi,
axborot uzatish tizimiga ham tabora yangi o'zgarishlar olib kelmoqda.
Bugun axborot isteʼmolini avvalgi holat bilan solishtirib boʻlmaydi. Insonlar avvallari,
Televideniye va tongi gazetalarni kutib, dunyo axborot muhitidan boxabar bo'lgan bo'lsa,hozirgi
kunda insonlar internet tarmog'i orqali 24 soat davomida axborotdan xabordar bo'lish, uni istagan
shaklda ko'rish, eshitish, o'qish imkoniyatiga egadir.
Internet imkoniyatlarining ortib borishi, multemediada yangi materiallarning yaratilishiga
asos bo'lmoqda. Bu jurnalistlardan tezkorlik, OAV tarmoqlarining barchasida ishlay olish
mahoratini talab qiladi. Xo'sh, bugungi kunda yangi media taraqqiyotida óz órnini topgan
"Konvergensiya" atamasi qanday ma'noni anglatadi ?
Konvergensiya atamasi lotincha "yaqinlashyabman, qo'shilyabman" degan maʼnolarni
anglatadi. Sodda qilib aytganda bunday faoliyatda siz ma'lum bir mavzu yuzasidan tayyorlayotgan
materialingizda audio, video, foto va grafikadan foydalanib, aniq bir formatda, ma'lum tartibda
joylashtirib chiqasiz.
Konvergent fikrlash
- Joy Pol Guilford tamonidan divergent fikrlashning aksi sifatida
ishlab chiqilgan atama.Bu odatda ijodkorlikni talab qilmaydi. Faqat intellekt uchun
standartlashtirilgan ko'p tanlovli testlardan "to'g'ri javob berish qobiliyatini anglatadi.
Konvergent fikrlash
-bu muommaga yagona aniq javob topishga qaratilgan fikrlash turi.
Bu- savolga eng yaxshi yoki to'g'ri javobni olishga qaratilgan. Konvergent fikrlash tezlik,
aniqlik va mantiqni ta'kidlaydi va tanish boʻlgan usullarni tanib olishga, qayta qo'llashga va
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
270
saqlangan ma'lumatlarni to'plashga qaratiladi. Konvergent fikrlashning muhim jihati shundaki, u
yagona eng yaxshi javobga olib keladi va noaniqlik uchun joy qoldirmaydi. Bu nuqtai nazardan
javoblar toʻgʻri yoki notoʻgʻri boʻladi. Konvergent fikrlash jarayonining oxirida olingan yechim
ko'pincha eng yaxshi javobdir. Konvergent fikrlash ham bilim bilan bogʻliq. Chunki mavjud
bilimlarni standart protseduralar yordamida manifulyatsiya qilishni o'z ichiga oladi. Konvergent
fikrlash ijodiy muomalarni hal qilishda vosita sifatida ishlatiladi. Biror kishi muommani hal qilish
uchun tanqidiy fikrlashdan foydalanganda ular hukm chiqarish uchun ongli ravishda standartlar
yoki ehtimollardan foydalanadi.
Divergent fikrlash
-odatda o'z-o'zidan erkin tarzda sodir boʻladi, unda ko'plab ijodiy
g'oyalar yaratiladi va baholanadi.Qisqa vaqt ichida bir nechta mumkin bo'lgan yechimlar
o'rganiladi.
Media tahririyatlarida Konvergensiya-jurnalistlik faoliyatning revolyutsion va bir vaqtning
oʻzida evolyutsion shaklidir. OAV hamkorligini taʼminlash orqali birlashish imkoni yaratildi.
Jurnalistikada konvergensiya bevosita turli xil axborot uzatish shakllarining yagona bir
tizimga o'tishida yaqqol koʻrinadi. Masalan televideniye yaqin yillargacha ko'rinishni uzatish
uchun tiniq tasvir va ovozdan foydalangan bo'lsa, hozirgi kunda insonlarga informatsiya yetkazish
uchun shu soniyalarda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xabordar qilish uchun jonli tarzda
tomosha qilish imkonini yaratmoqda. Radioda ham avvallari oldindan yozib olingan audio
yozuvlardan foydalanilsa, bugungi kunda jonli muloqot amalga oshirilmoqda.
Turli OAV kanallarining global makonda faoliyatini yoʻlga qoʻyishi, ularga
konvergensiyalashish imkonini bermoqda. Natijada ularning faoliyatida sezilarli darajada
o'zgarishlar kuzatilmoqda. Yangi turdagi OAV yangi ko'rinishdagi janrlarni ham yuzaga keltirdi.
Jumladan bugungi kunda televideniye rasmiylikdan uzoqlashib, ijtimoiy -madaniy xabarlarni,
ko'pincha ko'ngil - ochar dasturlarni tashkillashtirib, tomoshabinlar eʼtiboriga havola etmoqda.
Internet
jurnalistikasi
taraqqiyoti
bilan
yanada
ommalashgan,
infoteyment
(information+entertainment), edyutynment (education+entertainment), turli xususiy axborot
uzatish kanallarida yo'lga qo'yilgan infortorial (information+editorial) janrlari ham shular
jumlasidandir. Mazkur janrlar ham o'zida konvergensiya elementlarini shakllantirgani bilan
e'tiborlidir.
Xalqaro axborot va kommunikatsiya bozorida kechayotgan globallashuv va konvergensiya
jarayonlari O'zbekiston media muhitiga ham bevosita taʼsir ko'rsatmoqda.Bugungi kunda mazkur
usuldan O'zbekistonning davlat va nodavlat onlayn nashrlari, xususan, press-uz.info, kun.uz,
daryo.uz, gov.uz, mtrk.uz lar samarali foydalanib kelmoqda.
Bugun biz yashayotgan dunyoda axborot va g'oyalarning erkin oqimi tezlashgani tufayli
OAV mamlakat taraqqiyotining muhim,hal qiluvchi kuchga aylandi.Elektron OAV nafaqat
yangilik va fikrlar manbasi,shu bilan birgalikda, jamiyatda adolat mezonlarini tezkor o'rnatish,
aholini haq -huquqlaridan boxabar qilish, fuqarolar munosabatin o'rganishning muhim
ishtirokchisiga aylandi.
Amerikalik professor Fill Bruksninig takidlashicha: "Har qanday yangilik va o'zgarishning
ikki tomoni bo'lgani kabi konvergensiyaning ijobiy va salbiy taraflari mavjud.Axborot
studiyasining konvergensiyalashishi ijobiy holat sifatida ko'rinadi. Buni yangiliklar studiyasida
raqamli texnologiyalarning qo'llanilishi misolida kuzatish mumkin. Bunda matbuot, radio,
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
271
televideniye taqdim etayotgan mahsulotlarning birinchidan sifati ko'tariladi, ikkinchidan
operativlilik darajasi ortadi.
Tarixning guvohlik berishicha radio ommaviy auditoriyani o'ziga jalb qilish uchun 40 yil
kerak boʻldi, televideniye esa bunga 14 yilda erishdi.Internet tizimining dunyoni jalb qilishida 4
yil kifoya qildi.Ammo butun jurnalistik dunyoning yagona tizimga, axborot uzatishga o'tishi,ya'ni
internetga bog'lanib qolishi qanday natijaga olib kelishi bizga nomaʼlum.
Har xil veb-saytlar, internet nashrlari ananaviy OAV ittifoqida radio, televideniye, matbuot
bilan aloqalarni o'rnatib, teleformatga ko'chib bormoqda.Bu o'z navbatida oddiy internet
mazmunidan informatsion yoritishning multimediaviy formatiga o'tish yo'lidagi qadamdir-ki ,
bunda turfa kontent (foto, video,audio ,grafika) imkoniyatlaridan samarali foydalanadi.Keng
maʼnoda texnologiyalarning tez rivojlanishi va o'zaro aloqadorlikda ishlash natijasida yagona
tizimga birlashish,qo'shilish jarayonini anglatadi.
Zamonaviy jurnalistikada texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi internet
tarmogʻining kengayishiga, axborot uzatish shakllarining xilma-xilliliga va konvergensiyaning
media muhitda rivojlanishiga zamin yaratmoqda.
REFERENCES
1.
Qudratxo'jayev Sh.Internet tarixi, tuzilishi,texnik-xavsizlik o'quv-uslubiy qo'llanma 2011.
2.
F.Mo'minov A.Nurmatov Jahon jurnalistikasi tarixi.Toshkent.2008.
3.
Onlayn jurnalistika va mediada yangi trendlar.Toshkent.2019.
4.
Nargiz Qosimova.Onlayn jurnalistika o'quv qo'llanma.Toshkent.2019.
5.
uz.m.wikipedia.konvergensiya.
6.
Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal
of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.
7.
Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ
ТАЛАБАЛАРНИНГ
МУСТАҚИЛ
ИШЛАШ
КЎНИКМАЛАРИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.
8.
Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 196-203.
9.
Асаматдинова Ж., Турсынбекова К. САМОВОСПИТАНИЕ И САМОРЕАЛИЗАЦИЯ
ЛИЧНОСТИ СТУДЕНТОВ //Евразийский журнал социальных наук, философии и
культуры. – 2022. – Т. 2. – №. 12. – С. 255-260.
10.
Zholdasbekovna T. K. FORMING A RESPONSIBLE ATTITUDE TO NATURAL
RESOURCES AND WASTE IN FUTURE BACHELORS BY MEANS OF
KARAKALPAK PEDAGOGY //EPRA International Journal of Multidisciplinary Research
(IJMR). – 2022. – Т. 8. – №. 12. – С. 173-175.
11.
Orınbaevich A. J., Muratbaevich I. A., Alimovich T. M. THE MEANING OF THE COLOR
COMPOSITION IN THE VISUAL ARTS //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and
Development. – 2022. – Т. 3. – С. 67-69.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
272
12.
Альджанова,
Г.
А.
(2017).
ЭФФЕКТИВНЫЕ
ВОЗМОЖНОСТИ
ПСИХОДИАГНОСТИКИ В ПОДГОТОВКЕ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ. Путь науки, (4),
66-67.
13.
АЛЬДЖАНОВА, Г. (2017). Рефлексивная компетентность в процессе подготовки
будущих педагогов к профессиональной компетентности. In Психология и педагогика
образования будущего (pp. 25-28).
14.
Альджанова, Г. А. (2018). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ЗНАКОВО-КОНТЕКСТНОЙ
ТЕХНОЛОГИИ В ПОДГОТОВКЕ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ В ВЫСШИХ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ. Актуальные проблемы гуманитарных и
естественных наук, (11), 89-92.
