160
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
UDK: 616-006.6
KOʻKRAK BEZI SARATONI KELIB CHIQISH SABABLARI, ETIOLOGIYA VA
DIAGNOSTIKASI
Xabibullayev Ne‘matillo
1
Ergashev Bekzod Jaloliddin o‘g‘li
2
Nazarova Diyoraxon Sherzod qizi
3
1,2,3
Email:
ematilloxabibullayev7@gmail.com
Email:
Orcid: https://orcid.org/0009-0000-0382-0811
Email:
Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti talabalari, Oʻzbekiston Fargʻona
shahri, Burhoniddin Margʻinoniy ko‘chasi, 64-uy, +998 95 485 00 70.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17553729
Annotatsiya.
Koʻkrak bezi saratoni dunyo boʻylab ayollar orasida eng keng tarqalgan
xavfli oʻsmalardan biri hisoblanadi. Har yili millionlab ayollar bu kasallik bilan aziyat chekadi.
Koʻkrak bezi saratoni nafaqat jismoniy, balki psixologik va ijtimoiy taʼsirlarni ham oʻz
ichiga oladi. Biroq, zamonaviy tibbiyotning rivojlanishi va davolash usullarining takomillashishi
koʻkrak saratoniga qarshi kurashda umid baxsh etadi. Ushbu maqolada koʻkrak bezi saratoni
sabablari, belgilari, tashxislash usullari va davolash usullari haqida batafsil maʼlumot beramiz.
Bugungi kunda ko‘krak bezi saratonini rivojlanishi jadallashmoqda. Bunda etiologik
omilning ta’siri va uning ko’lami ortishidir. 2022 yilda taxminan 2,3 million ayolda ko‘krak bezi
saratoni mavjudligi holatlari aniqlangan. Shu yil davomida bu kasallik tufayli taxminan 670,000
ayol vafot etgan. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST)ga ko‘ra, ko‘krak bezi saratoni 157
davlatda ayollarda eng koʻp uchraydigan saraton turi hisoblangan. 2040 yilda yangi kasallanish
holatlari 3 milliondan ortiq bo‘lishi, o‘lim holatlari esa 1 milliondan oshishi prognoz
qilinmoqda. 2022 yilda O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha 4,164 yangi holatlar
aniqlangan. Shuningdek, ushbu yil ichida servikal saraton (bachadon bo‘yni saratoni) bilan
birga, bular ayollarda o‘limga olib keluvchi asosiy sabablar sirasiga kiradi.
Kalit so‘zlar
: ko‘krak bezi saratoni, saraton.
CAUSES, ETIOLOGY AND DIAGNOSIS OF BREAST CANCER
Annotation.
Breast cancer is one of the most common malignant tumors among women
worldwide. Millions of women suffer from this disease every year. Breast cancer involves not
only physical, but also psychological and social consequences. However, the development of
modern medicine and the improvement of treatment methods give hope in the fight against breast
cancer. In this article, we will provide detailed information about the causes, symptoms,
diagnostic methods and treatment methods of breast cancer. Today, the development of breast
cancer is accelerating. This is due to the influence of the etiological factor and its increasing
scope. In 2022, approximately 2.3 million women were diagnosed with breast cancer. During
this year, approximately 670,000 women died from this disease. According to the World Health
Organization (WHO), breast cancer is the most common cancer in women in 157 countries. In
2040, new cases are expected to exceed 3 million, and deaths are expected to exceed 1 million.
In 2022, 4,164 new cases of breast cancer were identified in Uzbekistan. Also, along with
cervical cancer, they are among the leading causes of death in women this year.
Keywords:
breast cancer, cancer
161
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
ПРИЧИНЫ, ЭТИОЛОГИЯ И ДИАГНОСТИКА РАКА МОЛОЧНОЙ ЖЕЛЕЗЫ
Аннотация.
Рак молочной железы — одно из самых распространенных
злокачественных новообразований среди женщин во всем мире. Ежегодно миллионы
женщин страдают от этого заболевания. Рак молочной железы имеет не только
физические, но и психологические и социальные последствия. Однако развитие
современной медицины и совершенствование методов лечения вселяют надежду в борьбу
с раком молочной железы. В этой статье мы предоставим подробную информацию о
причинах, симптомах, методах диагностики и лечения рака молочной железы. Сегодня
развитие рака молочной железы ускоряется. Это связано с влиянием этиологического
фактора и его растущими масштабами. В 2022 году рак молочной железы был
диагностирован примерно у 2,3 миллиона женщин. В течение этого года от этого
заболевания умерло около 670 000 женщин. По данным Всемирной организации
здравоохранения (ВОЗ), рак молочной железы является наиболее распространенным
видом рака у женщин в 157 странах. Ожидается, что к 2040 году число новых случаев
превысит 3 миллиона, а число смертей — 1 миллион. В 2022 году в Узбекистане было
выявлено 4164 новых случая рака молочной железы. Наряду с раком шейки матки, рак
молочной железы является одной из основных причин смерти женщин в этом году.
Ключевые слова:
рак молочной железы, рак.
Kirish:
Koʻkrak bezi saratoni oʻpka saratonidan keyin ikkinchi eng keng tarqalgan
saraton turi boʻlib, ayollar orasida birinchi oʻrinda turadi. JSST ma’lumotlariga koʻra, har yili 1,5
million ayolga koʻkrak bezi saratoni tashxisi qoʻyiladi[1]. Ushbu kasallik 13 yoshdan 90
yoshgacha boʻlgan ayollarning taxminan 10 foizida uchraydi. Erkaklar ushbu kasallikka kamroq
chalinadilar (1%)[2]. Kasallikdan oʻlim holatlari taxminan 50% ni tashkil qiladi. Koʻkrak bezi
saratonida yashovchanlik 55 % ni tashkil etadi. Adekvat davo choralari koʻrilmasa, bu
koʻrsatkich 10 %ni tashkil qiladi. Yashovchanlik darajasiga koʻplab faktorlar ta’sir qiladi. Agar
oʻsma darajalariga qarab yashovchanlik aniqlansa, oʻsmaning boshlangʻich darajalarida 95 %ni
tashkil qiladi[1]. Ikkinchi bosqichda, oʻsmaning 5 sm gacha paydo boʻlishida, oʻsma
hujayralarining bir ikki tugunlariga metastazlarida yashovchanlik 55-80 %ni tashkil qiladi.
Aksariyat hollarda kasallik kech aniqlanadi, chunki uning belgilariga yetarlicha ahamiyat
berilmaydi, aynan bilan ham u xavfli hisoblanadi[3].
Asosiy qism:
Angliya va Amerika Qoʻshma Shtatlarda besh yillik omon qolish
(aniqlangandan soʻng besh yil yashash) darajasi 80 dan 90% gacha boʻlib, rivojlanayotgan
mamlakatlarda besh yillik omon qolish darajasi esa juda past qiymatnitashkil etadi. Koʻkrak bezi
saratoni ayollarda saratonning yetakchi turi hisoblanib, dunyo boʻylab kasallangan ayollarning
25% ni tashkil qiladi, 2018-yilda bu kasallik 2 million ayolda aniqlangan va 627 000 oʻlimga
sabab boʻlgan. Koʻkrak saratoni paydo boʻlishiga olib keluvchi aniq sabablar hali toʻliq
oʻrganilmagan, lekin bir qator xavf omillari kasallik rivojlanishi xavfini oshiradi[4].
Ulardan baʼzilari bilan tanishib chiqamiz:
1. Genetik omillar:
Koʻkrak saratonining kelib chiqishida genetik omillar muhim rol
oʻynaydi. Ayrim ayollarda BRCA1 va BRCA2 genlarida boʻlgan mutatsiyalar kasallikka
moyillikni oshiradi. Ushbu genlar hujayralarni oʻsma jarayonlaridan himoya qilishga xizmat
qiladi, lekin ular buzilganda koʻkrak va tuxumdon saratoni xavfi sezilarli darajada oshadi. Agar
oila aʼzolari orasida koʻkrak saratoni boʻlsa, kasallikka chalinish xavfi yuqori boʻladi[5].
162
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
2. Gormonal omillar:
Estrogen va progesteron gormonlari koʻkrak hujayralarining
oʻsishi va boʻlinishida muhim rol oʻynaydi. Gormonal disbalanslar yoki uzoq muddatli gormonal
davolanish koʻkrak saratoni xavfini oshirishi mumkin. Shuningdek, reproduktiv omillar ham
gormonal taʼsir orqali kasallik rivojlanishiga hissa qoʻshadi: Hayz koʻrishning erta boshlanishi
(12 yoshdan oldin) va kech tugashi (55 yoshdan keyin) koʻkrak saratoni xavfini oshiradi[5].
Homiladorlikning kechikishi yoki umuman homilador boʻlmaslik ham kasallikka
moyillikni oshiradi, chunki homiladorlik vaqtida estrogen darajasi vaqtincha pasayadi.
3. Yosh omili:
Yosh oʻtishi bilan koʻkrak saratoni xavfi ortib boradi. 50 yoshdan katta
ayollarda ushbu xavf sezilarli darajada yuqori boʻlib, menopauza davridan keyin kasallikka
chalinish ehtimoli oshadi. Buning sababi koʻpincha hujayralarning qarishi va turli genetik
oʻzgarishlar bilan bogʻliqdir[7].
4. Hayot tarzi bilan bogʻliq omillar ham koʻkrak saratoni xavfini oshirishi mumkin:
Semizlik:
Semizlik, ayniqsa menopauzadan keyingi ayollarda, koʻkrak saratoni xavfini
oshiradi. Yogʻ toʻqimalari estrogenga aylangan gormonlarni ishlab chiqaradi va bu gormonning
yuqori darajasi koʻkrak saratonini rivojlantirishi mumkin [8].
Alkogol isteʼmoli:
Har qanday miqdorda alkogol isteʼmol qilish koʻkrak saratoni xavfini
oshirishi isbotlangan. Alkogol gormonlar muvozanatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi va mutatsiyalar
xavfini oshirishi mumkin [7].
Jismoniy harakatsizlik:
Kam harakat qilish, ortiqcha vazn ortishi va qondagi estrogen
darajasining oshishiga olib kelishi mumkin, bu esa koʻkrak saratoni xavfini kuchaytiradi.
5. Radiatsiya taʼsiri:
Yuqori dozalarda radiatsiyaga duch kelish, ayniqsa bolalik davrida
yoki yoshlikda koʻkrak qafasi nurlanishi, koʻkrak saratoni xavfini oshiradi. Radiatsiya
hujayralarning DNKsiga zarar yetkazadi va oʻsma rivojlanishiga olib kelishi mumkin [8].
6. Oziq-ovqat va kimyoviy moddalarga bogʻliq omillar:
Ayrim oziq-ovqat
mahsulotlaridagi zararli moddalar va kimyoviy birikmalar ham koʻkrak saratoni rivojlanishiga
olib kelishi mumkin. Masalan, sogʻlom boʻlmagan ovqatlanish odatlari (yuqori yogʻli ovqatlar,
qizdirilgan va qovurilgan mahsulotlar) tanadagi yogʻ miqdorini oshirib, estrogen darajasini
koʻtaradi. Shuningdek, ayrim kimyoviy moddalar (masalan, pestitsidlar va endokrin tizimga
taʼsir qiluvchi moddalar) hujayra oʻsishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin [4].
7. Stress va psixologik omillar:
Ba’zi tadqiqotlar psixologik stress va uzoq muddatli
ruhiy holatning koʻkrak saratoni rivojlanishiga taʼsiri borligini taʼkidlaydi. Stress gormonlari
immun tizimga taʼsir qilib, organizmning saraton hujayralarini tanib, yoʻq qilish qobiliyatini
pasaytirishi mumkin[10].
Koʻkrak bezi saratoni koʻpincha boʻlak hujayralar (sut ishlab chiqaradigan bezlar) yoki
kanallarida (boʻlaklarda hosil boʻlgan sut koʻkrak uchiga keladigan yoʻllar) da boshlanadi.
Kasallika chalinganlarning 80% dan yuqorisi barmoq uchlari bilan bunday boʻlakni
aniqlay oladi. Biroq, koʻkrak saratoni eng erta aniqlash mamogramma orqali amalga oshiriladi
[9]. Shuningdek, qoʻltiq ostidagi limfa tugunlarida paydo boʻlgan boʻlaklar ham koʻkrak bezi
saratonining belgisi boʻlishi mumkin. Koʻkrak bezi saratonining belgilari boshqa koʻkrak
toʻqimalaridan farqli ravishda qalinlashishi, bir koʻkrakning kattalashishi yoki pastroq boʻlishi,
koʻkrak shaklini oʻzgarishi, koʻkrak uchining ichkariga tortilishi, terining burishishi, koʻkrak
ustida yoki atrofida toshmalar boʻlishi, koʻkrak yoki qoʻltiqning bir qismida doimiy ogʻriq va
shish kuzatilishi mumkin. Bunday ogʻriqlar ("mastodiniya") koʻkrak bezi saratoni mavjudligini
yoki yoʻqligini aniqlashda ishonchsiz vositadir, ammo koʻkrak sogʻligʻi bilan bogʻliq boshqa
muammolarni koʻrsatishi mumkin[11].
163
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
1.
Rasm: Sut bezlarining anatomiyasi va saratondagi holatlari
Yalligʻlanishli koʻkrak bezi saratoni kamdan-kam uchraydigan (faqat koʻkrak bezi
saratoni tashxisining 5% dan kamrogʻida kuzatiladi), ammo koʻkrakning yuqori qismida
shishgan, qizarib ketgan joylar bilan tavsiflangan koʻkrak bezi saratonining xavfli turidir.
Yalligʻlanishli koʻkrak bezi saratoni saraton hujayralari tomonidan limfa tomirlarining
tiqilib qolishi natijasida yuzaga keladi.
Koʻkrak bezi saratonining bu turi koʻproq yosh ayollarda yoki semiz ayollarda
uchraydi[12]. Yalligʻlanishli koʻkrak saratoni shish shaklida boʻlmagani uchun baʻzida tashxis
qoʻyishda kechikish boʻlishi mumkin.
Xatarli oʻsmalar metastatik oʻsmalarga olib kelishi mumkin - ikkilamchi oʻsmalar
(birlamchi oʻsimtadan kelib chiqadi), ular kelib chiqish joyidan tashqariga tarqaladi. Koʻkrak
bezi saratonining metastatik belgilari metastazning joylashishiga bogʻliq boʻlib, umumiy joylari
suyak, jigar, oʻpka va miyani oʻz ichiga oladi.
Saraton bunday holatga yetganida, u saratonning 4-bosqichi sifatida tasniflanadi, bu
bosqich saratoni koʻpincha oʻlimga olib keladi[13]. Saraton 4-bosqichining umumiy alomatlariga
sababsiz vazn yoʻqotish, suyak va boʻgʻimlardagi ogʻriqlar, sariqlik va nevrologik alomatlar
kiradi.
Ushbu belgilar oʻziga xos boʻlmagan belgilar deb ataladi, chunki ular saratondan boshqa
koʻplab kasalliklarda ham namoyon boʻlishi mumkin[14].
Koʻkrak bezi saratoni skriningi, erta tashxis qoʻyish maqsadida sogʻlom ayollarni
tekshirish uchun yaratilgan.
Skrining tekshiruvi testining koʻkrakni klinik tekshirish, mammografiya, genetik
skrining, ultratovush va magnit-rezonans tomografiya kabi bir qator turlari mavjud.
164
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
2 Rasm:
Sut bezlari saratonining rengenologik holatlari
Koʻkrakni klinik yoki oʻz-oʻzidan tekshirish koʻkrakda boʻlaklar yoki boshqa
anormalliklarni his qilishni oʻz ichiga oladi. Koʻkrakni klinik tekshiruvlar tibbiy yordam
koʻrsatuvchi provayderlar tomonidan amalga oshiriladi, oʻz-oʻzidan koʻkrak tekshiruvi esa
odamning oʻzi tomonidan amalga oshiriladi. Koʻkrak saratonini davolash bemorning kasallik
bosqichi, oʻsmaning hajmi va turi, shuningdek bemorning umumiy sogʻliq holatiga qarab
belgilanadi.
Davolash usullari quyidagilardan iborat:
1. Jarrohlik:
Saratonli oʻsmani olib tashlash uchun qoʻllaniladi. Bu operatsiya
koʻkrakning bir qismini (lumpektomiya) yoki butun koʻkrakni (mastektomiya) olib tashlashni
oʻz ichiga olishi mumkin[15].
2. Radioterapiya:
Koʻkrakda qolgan saraton hujayralarini yoʻq qilish uchun nurlanish
yordamida qoʻllaniladigan usul.
3. Kimyoterapiya:
Saraton hujayralarini yoʻq qilish yoki ularning oʻsishini toʻxtatish
uchun dorilar qoʻllaniladi. Kimyoterapiya koʻpincha jarrohlik yoki radioterapiyadan oldin yoki
keyin qoʻllaniladi[12].
4. Gormonal terapiya:
Agar oʻsma gormonlarga sezgir boʻlsa, bu terapiya orqali
gormonlar taʼsirini bloklash yoki kamaytirish orqali oʻsimta oʻsishini oldini olish mumkin.
5. Maqsadli terapiya:
Ushbu usulda saraton hujayralarining oʻziga xos molekulyar
xususiyatlariga taʼsir koʻrsatadigan dori-darmonlar qoʻllaniladi, masalan, HER2 musbat
oʻsmalarni davolashda maxsus preparatlar ishlatiladi.
Xulosa:
Ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida eng keng tarqalgan va dunyo miqyosida
jiddiy sog‘liq muammosini keltirib chiqaruvchi onkologik kasalliklardan biridir. So‘nggi yillarda
uning kasallanish ko‘rsatkichlari ortib bormoqda, O‘zbekistonda esa oxirgi 30 yil ichida
taxminan olti baravar ko‘paygan. Kasallikning rivojlanishida bir nechta omillar ishtirok etadi.
Eng muhim sabablardan biri genetik moyillik bo‘lib, BRCA1 va BRCA2 genlaridagi
mutatsiyalar saraton xavfini sezilarli darajada oshiradi. Bundan tashqari, gormonal omillar, ya’ni
estrogen va progesteron darajalarining disbalansi ham muhim etiologik omillardan hisoblanadi.
Yoshning ortishi, semizlik, jismoniy harakatsizlik, alkogol iste’moli, zararli ovqatlanish,
radiatsiya ta’siri ham xavfni kuchaytiruvchi hayot tarzi bilan bog‘liq omillar sifatida
165
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
ta’kidlanadi. Shuningdek, psixologik stress va ekologik omillar ham saraton rivojlanishiga
ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash davolash
samaradorligini oshiradi. Klinik tekshiruvlar, mammografiya, ultratovush, MRT va genetik
skrining kasallikni dastlabki bosqichda aniqlashda muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini tekshirish
ham oddiy, ammo samarali usullardan biridir. Davolashda jarrohlik, radioterapiya,
kimyoterapiya, gormonal va maqsadli terapiya qo‘llaniladi. Erta tashxis va zamonaviy davolash
usullari rivojlangan mamlakatlarda besh yillik omon qolish darajasini 80–90% gacha ko‘taradi.
Ko‘krak bezi saratonini xalq tabobati usullari bilan davolash samarasizdir va
davolanishni kechiktirishi mumkin. Shu bois kasallikning etiologiyasi va diagnostikasini chuqur
o‘rganish, aholi o‘rtasida skrining va profilaktik choralarning keng qo‘llanishi, sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib qilish va ilmiy asoslangan tibbiy yordamni ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Bray, F., Ferlay, J., Soerjomataram, I., Siegel, R. L., Torre, L. A., & Jemal, A. (2018).
Global cancer statistics 2018: GLOBOCAN estimates of incidence and mortality
worldwide for 36 cancers in 185 countries. CA: A Cancer Journal for Clinicians, 68(6),
394–424.
2.
World Health Organization. (2023). Breast cancer fact sheet. WHO.
3.
Ergashev, B. (2025). Tish emal prizmalariga yopishib olgan tish blyashka matrixning
mikrobiologiyasi va tarkibi. Modern Science and Research, 4(3), 815–820.
4.
McPherson, K., Steel, C. M., & Dixon, J. M. (2000). Breast cancer—epidemiology, risk
factors, and genetics. BMJ, 321(7261), 624–628.
5.
Yager, J. D., & Davidson, N. E. (2006). Estrogen carcinogenesis in breast cancer. New
England Journal of Medicine, 354(3), 270–282.
6.
Ergashev, B. (2025). Stomatologiyada tish kariesi: Etiologiyasi, diagnostika va davolash
usullari. Modern Science and Research, 4(3), 821–828.
7.
Collaborative Group on Hormonal Factors in Breast Cancer. (2012). Menarche,
menopause, and breast cancer risk: individual participant meta-analysis. The Lancet
Oncology, 13(11), 1141–1151.
8.
Ergashev, B. (2025). Bemorlar psixologiyasi va muloqot ko‘nikmalari. Modern Science
and Research, 4(2), 151–156.
9.
Chen, W. Y., & Colditz, G. A. (2007). Risk factors and hormone-receptor status:
epidemiology, prevention, and therapy. Journal of the National Cancer Institute, 99(14),
1000–1002.
10.
Ergashev, B. (2025). Sirkon dioksid qoplamalari va materialining klinik laborator
ahamiyati. Journal of Uzbekistan’s Development and Research (JUDR), 1(1), 627–632.
11.
Early Breast Cancer Trialists’ Collaborative Group (EBCTCG). (2005). Effects of
chemotherapy and hormonal therapy for early breast cancer on recurrence and 15-year
survival. The Lancet, 365(9472), 1687–1717.
12.
Ergashev, B., & Raxmonov, Sh. (2025). Transmission dynamics of tuberculosis: An
epidemiological and biological perspective. Kazakh Journal of Ecosystem Restoration
and Biodiversity, 1(1), 28–35.
13.
Ergashev, B. J. O‘g‘li. (2025). Uch shoxli nervning yallig‘lanishi: Klinikasi, etiologiyasi
va davolash usullari. Research Focus, 4(3), 162–169.
166
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
14.
Ergashev, B. J. (2025). Tish kariesi tarqalishining ijtimoiy va biologik omillari: Tahliliy
yondashuv. Журнал научных исследований и их решений, 4(2), 427–430.
15.
Raxmanov, Sh., Baxadirov, M., & Ergashev, B. (2025). Skin diseases laboratory
diagnosis. Международный мультидисциплинарный журнал исследований и
разработок, 1(3), 130–132.
16.
Ergashev, B. J. (2025). Tish olish operatsiyasidan keyin yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan
asoratlar. Журнал научных исследований и их решений, 4(2), 421–426.
17.
Ergashev, B. J. (2025). Tish og‘rig‘ining etiologiyasi, klinik belgilari va zamonaviy
davolash usullari. Ta’lim Taraqqiyoti, 1(1), 57–63.
18.
Ergashev, B. J. (2025). To‘liq va qisman adentiya etiologiyasi va patogenezidagi muhim
faktorlar. Is’hoqxon Ibrat Followers Journal, 1(1), 9–17.
19.
Ergashev, B. J. (2025). Yuz nervining yallig‘lanishi: Klinikasi, etiologiyasi, davolash
usullari. Research Focus, 4(3), 155–161.
20.
Ergashev, B. J. (2025). Energetik ichimliklarning tish emal qavatiga ta’siri va oldini olish
usullari (adabiyotlar sharhi). Журнал научных исследований и их решений, 4(2), 416–
420.
21.
Ergashev, B. J. Oglu. (2025). Kennedy classification: Its significance. Tabib, 1(1), 1–7.
22.
Ergashev, B. (2023). Tish toshlari. Models and Methods for Increasing the Efficiency of
Innovative Research, 1(2), 67–75.
23.
Ergashev, B. (2025). Etiology and pathogenesis of acute periodontitis. Modern Science
and Research, 4(5), 596–601.
24.
Ergashev, B. (2025). The impact of energy drink consumption on the development and
mineralization of teeth in adolescents. Академические исследования в современной
науке, 4(31), 52–55.
25.
Ergashev, B. (2025). Optimizing non-removable orthodontic treatment through
individualized therapeutic programs for irreversible malocclusions. Естественные науки
в современном мире, 4(7), 60–62.
