KARIES VA PARADONT KASALLIKLARI PROFILAKTIKASI

Annotasiya

Ushbu maqolada parodont kasalliklarining profilaktikasiga oid zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Parodont kasalliklari og‘iz bo‘shlig‘ining eng ko‘p tarqalgan surunkali patologiyalaridan biri bo‘lib, ular nafaqat tishlarning yo‘qotilishiga, balki butun organizmning sog‘lig‘i yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Profilaktika ikki asosiy yo‘nalishda olib boriladi: birinchisi — parodont kasalliklarining rivojlanishini oldini olish; ikkinchisi — og‘ir shakllari va asoratlarini erta aniqlab, ularning rivojlanishining oldini olish. Ushbu yondashuv stomatolog-terapevt, parodontolog va sanitar-gigiyenik mutaxassislar o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni talab qiladi. Shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi, remineralizatsiyalovchi profilaktika, suv va tuzni ftorlash, shaxsiy va jamoaviy sanasiyalarning ahamiyati yoritiladi. Ftorning biologik ta’siri, organizmdagi metabolizmi, siydik va so‘lak orqali ajralish xususiyatlari asosida kariesning oldini olishdagi roli ilmiy asoslangan. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ftorli vositalar qo‘llanishi siydik va so‘lakdagi ftor miqdorining oshishiga olib kelgani hamda karies ko‘rsatkichlarining kamaygani aniqlangan. Ushbu maqola stomatologik kasalliklarning samarali profilaktikasini tashkil etish va sog‘lom avlodni shakllantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ergashev, B. (2025). KARIES VA PARADONT KASALLIKLARI PROFILAKTIKASI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(4), 732–741. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/79310
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada parodont kasalliklarining profilaktikasiga oid zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Parodont kasalliklari og‘iz bo‘shlig‘ining eng ko‘p tarqalgan surunkali patologiyalaridan biri bo‘lib, ular nafaqat tishlarning yo‘qotilishiga, balki butun organizmning sog‘lig‘i yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Profilaktika ikki asosiy yo‘nalishda olib boriladi: birinchisi — parodont kasalliklarining rivojlanishini oldini olish; ikkinchisi — og‘ir shakllari va asoratlarini erta aniqlab, ularning rivojlanishining oldini olish. Ushbu yondashuv stomatolog-terapevt, parodontolog va sanitar-gigiyenik mutaxassislar o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni talab qiladi. Shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi, remineralizatsiyalovchi profilaktika, suv va tuzni ftorlash, shaxsiy va jamoaviy sanasiyalarning ahamiyati yoritiladi. Ftorning biologik ta’siri, organizmdagi metabolizmi, siydik va so‘lak orqali ajralish xususiyatlari asosida kariesning oldini olishdagi roli ilmiy asoslangan. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ftorli vositalar qo‘llanishi siydik va so‘lakdagi ftor miqdorining oshishiga olib kelgani hamda karies ko‘rsatkichlarining kamaygani aniqlangan. Ushbu maqola stomatologik kasalliklarning samarali profilaktikasini tashkil etish va sog‘lom avlodni shakllantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.


background image

732

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

UDK: 616.314.18-084

KARIES VA PARADONT KASALLIKLARI PROFILAKTIKASI

Yusupjanova Nigora

Central Asian Medical University xalqaro tubbiyot universiteti “Terapevtik va Xirurgik

Stomatologiya” kafedrasi mudiri, assistant.

Ergashev Bekzod Jaloliddin o’g’li

Central Asian Medical University talabasi, O’zbekiston, Farg’ona, Burhoniddin Marg’inoniy

ko’chasi 64 uy, tel: +998 95 485 00 70,

e-mail:

info@camuf.uz

E-mail:

bekzodergashev0401@gmail.com

ORCID: https://orcid.org/0009-0000-0382-0811

https://doi.org/10.5281/zenodo.15204927

Annotatsiya. Ushbu maqolada parodont kasalliklarining profilaktikasiga oid zamonaviy

yondashuvlar tahlil qilinadi. Parodont kasalliklari og‘iz bo‘shlig‘ining eng ko‘p tarqalgan

surunkali patologiyalaridan biri bo‘lib, ular nafaqat tishlarning yo‘qotilishiga, balki butun

organizmning sog‘lig‘i yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Profilaktika ikki asosiy

yo‘nalishda olib boriladi: birinchisi — parodont kasalliklarining rivojlanishini oldini olish;

ikkinchisi — og‘ir shakllari va asoratlarini erta aniqlab, ularning rivojlanishining oldini olish.

Ushbu yondashuv stomatolog-terapevt, parodontolog va sanitar-gigiyenik mutaxassislar

o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni talab qiladi. Shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi,

remineralizatsiyalovchi profilaktika, suv va tuzni ftorlash, shaxsiy va jamoaviy sanasiyalarning

ahamiyati yoritiladi.

Ftorning biologik ta’siri, organizmdagi metabolizmi, siydik va so‘lak orqali ajralish

xususiyatlari asosida kariesning oldini olishdagi roli ilmiy asoslangan. Maktabgacha yoshdagi

bolalar o‘rtasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ftorli vositalar qo‘llanishi siydik va

so‘lakdagi ftor miqdorining oshishiga olib kelgani hamda karies ko‘rsatkichlarining kamaygani

aniqlangan. Ushbu maqola stomatologik kasalliklarning samarali profilaktikasini tashkil etish

va sog‘lom avlodni shakllantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so’zlar: parodont kasalliklari, profilaktika, og‘iz gigiyenasi, ftoridlar,

remineralizatsiya, karies, sanasiya, stomatologiya, suvni ftorlash, tish emali, dispanser nazorati,

ftorli tuz, bolalar sog‘lig‘i.

PREVENTION OF CARIES AND PERIODONTAL DISEASES

Abstract. This article analyzes modern approaches to the prevention of periodontal

diseases. Periodontal diseases are one of the most common chronic pathologies of the oral

cavity, which can lead not only to tooth loss, but also to a deterioration in the health of the whole

organism. Prevention is carried out in two main directions: the first is to prevent the


background image

733

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

development of periodontal diseases; the second is to detect severe forms and complications

early and prevent their development. This approach requires close cooperation between dentists,

periodontologists and sanitary-hygienic specialists. The importance of oral hygiene,

remineralizing prophylaxis, water and salt fluoridation, and personal and collective sanitation is

also highlighted. Based on the biological effects of fluorine, its metabolism in the div, and the

characteristics of its excretion through urine and saliva, its role in the prevention of caries is

scientifically substantiated. Studies conducted among preschool children have shown that the

use of fluoride products leads to an increase in the amount of fluoride in urine and saliva and a

decrease in caries rates. This article is of significant scientific and practical importance in

organizing effective prevention of dental diseases and forming a healthy generation.

Keywords: periodontal diseases, prevention, oral hygiene, fluorides, remineralization,

caries, sanitation, dentistry, water fluoridation, tooth enamel, dispensary control, fluoridated

salt, children's health.

ПРОФИЛАКТИКА КАРИЕСА И ЗАБОЛЕВАНИЙ ПАРОДОНТА

Аннотация. В статье анализируются современные подходы к профилактике

заболеваний пародонта. Заболевания пародонта являются одной из самых

распространенных хронических патологий полости рта, которая может привести не

только к потере зубов, но и к ухудшению здоровья всего организма. Профилактика

проводится по двум основным направлениям: первое — предупреждение развития

заболеваний пародонта; Второе — раннее выявление тяжелых форм и осложнений и

профилактика их развития. Такой подход требует тесного сотрудничества

стоматологов, пародонтологов и специалистов по санитарии и гигиене. Также будет

подчеркнута важность гигиены полости рта, реминерализующей профилактики,

фторирования воды и соли, а также личной и коллективной санитарии. Роль фторида в

профилактике кариеса научно доказана на основе его биологических эффектов,

метаболизма в организме и выведения с мочой и слюной. Исследования среди детей

дошкольного возраста показали, что использование фторсодержащих продуктов

приводит к повышению уровня фторида в моче и слюне и снижению заболеваемости

кариесом. Статья имеет важное научное и практическое значение в организации

эффективной профилактики стоматологических заболеваний и формировании здорового

поколения.

Ключевые слова: заболевания пародонта, профилактика, гигиена полости рта,

фториды, реминерализация, кариес, санация, стоматология, фторирование воды, эмаль

зубов, диспансерный контроль, фторированная соль, здоровье детей.


background image

734

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

KIRISH: Parodont kasalliklarining oldini olish ikki asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga

oladi:

1.

P

arodont kasalliklari rivojlanishini boshlanishidan oldin oldini olish

Ushbu yo‘nalish keng ko‘lamli kompleks profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Ular

quyidagilardan iborat:

Umumiy kasalliklarning oldini olish va ularni davolash;

Onalik va bolalikni himoya qilish;

Kasb kasalliklariga qarshi kurashish va boshqalar.

Stomatolog-terapevt tomonidan olib boriladigan og‘iz bo‘shlig‘i sanasiyasi muolajalari

parodont patologiyasi rivojiga olib keluvchi travmatik omillarga qarshi qaratilgan bo‘lishi

kerak[1]. Jumladan, karioz kavaklarning aproksimal va bo‘yinturuq sohalarini ratsional

plombalash parodont to‘qimalarining sog‘lom funksiyasi uchun muhim hisoblanadi. Tish

sanasiyasi yakunida tish toshlari va blyashkalari tozalanishi shart[2]. Agar prikus (tishlar

yopilishi) anomaliyalari aniqlansa, bemorga ortodontik va ortopedik davolash tavsiya etilishi

lozim. Bu nafaqat og‘iz bo‘shlig‘ida fiziologik qulaylikni ta’minlaydi, balki bolalarda yuz-jag‘

tizimining to‘g‘ri rivojlanishiga xizmat qiladi[3,4].

Mahalliy sabablarga ko‘ra kelib chiqadigan parodont kasalliklarining profilaktikasida

og‘iz gigiyenasi muhim rol o‘ynaydi[5]. Stomatolog bemorga to‘g‘ri tish cho‘tkasi, tish pastasi

va boshqa gigiyenik vositalarni tanlash bo‘yicha tavsiyalar berishi kerak[6].

2.

Og‘ir shakllar va ularning asoratlarini oldini olish

Bu yo‘nalish parodont kasalliklarining dastlabki shakllarini erta aniqlash va davolashga

qaratilgan bo‘lib, asosan profilaktik ko‘riklar chog‘ida amalga oshiriladi[7]. Bemorlar

parodontolog vrachining dispanser nazoratiga olinadi. Dispanser kartasida bemorning ko‘rik

sanalari belgilab qo‘yiladi:

Gingivit: 6 oyda bir marta;

Parodontit: 6 oyda bir marta;

Tez-tez qaytalanuvchi parodontit: 3 oyda bir marta;

Parodontoz: 12 oyda bir marta. Nazorat davomida parodontolog bemorning og‘iz

gigiyenasiga rioya qilishi va kasallik kechishini kuzatib boradi[8]. Agar 1 yil davomida kasallik

remissiyasiga erishilsa, keyingi nazorat hududiy stomatolog tomonidan amalga oshiriladi.

Stomatologik profilaktika vositalari

Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi[10]:

Og‘iz gigiyenasi vositalari (cho‘tkalar, pastalar va boshqalar),

Og‘izni chayish uchun vositalar,

Applikatsiyalar uchun eritmalar,


background image

735

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Tish to‘qimalariga surtish uchun vositalar,

Profilaktik bog‘lamlar va boshqalar.

Bu vositalar shunday bo‘lishi kerakki, bemor ularni tibbiy yordamchining yordamisiz

mustaqil qo‘llay olishi kerak. Ularning ommaviy amaliyotda qulayligi muhimdir[11].

Remineralizatsiyalovchi profilaktika

Tish kariesini oldini olishda tish to‘qimalari rezistentligini oshirish orqali amalga

oshiriladi. Emalning qayta tiklanish jarayonlari gidroksiapatit kristallarining Ca, P va F ionlari

yordamida tuzilishini tiklashga asoslanadi[12]. Ayniqsa kariesning boshlang‘ich bosqichida bu

usul juda samaralidir.

Remineralizatsiyalovchi vositalar tarkibida kaltsiy tuzlari, ftoridlar va fosfatlar bo‘lib,

ular emalning asosiy komponentlarini tiklaydi[13]. Muolaja gigiyenik tozalovdan so‘ng

quyidagicha amalga oshiriladi:

1. 10% kaltsiy glyukonat eritmasi bilan yuqori va pastki jag‘ tishlarining chaynov, lab va

lunj yuzalariga 5–6 daqiqa davomida applikatsiya qo‘yiladi[14];

2. So‘ngra 2% natriy ftorid eritmasi bilan 1–2 daqiqa davomida takroriy applikatsiya

o‘tkaziladi[15].

Muolajadan so‘ng 20–30 daqiqa davomida ovqat yeyish va suyuqlik ichish mumkin

emas. Davolash kursi 3 muolajadan iborat bo‘lib, 5–6 oyda takrorlanadi[16].

Og‘iz bo‘shlig‘i sanasiyasi

Bu kasalliklarni aniqlab, ularni davolash va asoratlarning oldini olishga qaratilgan tizimli

tadbirdir. Sanasiya ikkilamchi profilaktika hisoblanadi va odatda bolalar bog‘chalari, maktablar

va boshqa muassasalarda o‘tkaziladi. 386-sonli buyruqqa asosan, bu ko‘riklar yilda ikki marta

o‘tkaziladi[17].

Sanasiya sog‘lomlashtiruvchi muolajalar orqali amalga oshiriladi, ammo u stomatologik

kasalliklarning paydo bo‘lish darajasini to‘liq kamaytira olmaydi.

Suv va oziq-ovqatni ftorlash

Karies profilaktikasining eng samarali usullaridan biri suvni ftorlashdir. Bu usul

markazlashgan va markazlashmagan tarzda amalga oshiriladi. Markazlashgan usulda ichimlik

suvi tarkibiga optimal miqdorda (0,7–1,2 mg/l) ftor kiritiladi[18].

Ayrim davlatlarda maktab va bog‘chalarda alohida ftorlovchi qurilmalar o‘rnatiladi.

Ftorli suv iste’mol qilinishi tufayli AQShda 15 yillik tadqiqotlar natijasida 12–16

yoshdagi bolalarda KPU ko‘rsatkichi 48–63% ga kamaygani aniqlangan. Iqtisodiy jihatdan ham

bu usul arzon va foydalidir[19].


background image

736

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Suvdagi ftor miqdori sanitariya xizmatlari va kommunal tashkilotlar tomonidan

muntazam nazorat qilinadi. Ftorlash boshlanganidan keyin 5–10 yil ichida aholining holati qayta

tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi[20].

Tish kariesining oldini olishda ftoridlarni qo‘llash juda samarali hisoblanadi.

Ftoridlarning organizmga yetarlicha tushmasligi tish kasalliklari, ayniqsa karies

rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli ftor profilaktikasiga e’tibor qaratish va

organizmdagi ftor miqdorini muntazam nazorat qilib borish muhimdir. Bu miqdor siydik, qon

plazmasi va so‘lak tekshiruvlari orqali aniqlanadi. Ftor organizmdan asosan siydik (87%), axlat

va so‘lak orqali ajralib chiqadi[21].

Bolalarda ichimlik suvidagi ftor miqdori 1 mg/l bo‘lganida, siydik orqali 25–35 mkg/kg

ftor ajraladi[22]. Ftorning so‘lakda paydo bo‘lishi qabul qilingan miqdorga bog‘liq bo‘lib, suvda

0,1 mg/l ftor bo‘lsa, quloq oldi so‘lak bezida 0,007 mg/l, kunlik 1 mg ftor qabul qilgan bolalarda

esa 0,008 mg/l miqdorida ftor aniqlanadi[23].

So‘lak doimiy tarzda tishlarni yuvib turadi va undagi ftor konsentratsiyasining pastligi

kariesning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Ftor profilaktikasida osh tuziga 250 mg/kg ftor

qo‘shish tavsiya etiladi[22]. 2 yil davomida ftorlangan osh tuzi iste’mol qilgan bolalarda so‘lak

va siydikda ftor konsentratsiyasi sezilarli darajada oshgani kuzatilgan.

Ftorning foydali xususiyatlari:

1. Tish emalini kislotalarga nisbatan chidamli qiladi.

2. Karies hosil bo‘lgan hollarda emalni remineralizatsiya qilishni rag‘batlantiradi.

3. Karies chaqiruvchi bakteriyalarning modda almashinuviga ta’sir qiladi.

Ftor tish emali tarkibiga kirib, ftorapatit kristallarini hosil qiladi. Bu kristallar oddiy emal

kristallariga qaraganda 1,5–2 baravar chidamli bo‘ladi[24]. Ammo bu jarayon qaytar bo‘lgani

uchun ftorni muntazam tarzda yetkazib turish zarur.

Ftorli profilaktik vositalar

Floredin Gel №5: Mevali tamga ega, instrumentlarga yopishmaydi, kichik fissuralarda

qo‘llash qulay[21]. Natriy ftor saqlaydi.

Florodin: Rangli indikatorli, emalni remineralizatsiya qiladi, kariesga qarshi samarali.

Bifluorid 12: Tish bo‘yinlarini davolash va chuqur ftorlash uchun, kosmetik foydalanish

uchun mo‘ljallangan.

Profluorid M: Har kuni ishlatiladigan, natriy ftor saqlovchi yuvish vositasi, 6 yoshdan

katta bolalar va kattalar uchun.

Profluorid Jele: Tish cho‘tkasi yoki applikator bilan qo‘llaniladi, karies profilaktikasi

uchun mo‘ljallangan.

Bolalar O‘rtasida Sanitariya-Ma’rifiy Ishlar


background image

737

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Sanitariya-ma’rifiy ishlar tish sog‘lig‘ini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda

shifokor, pedagog, ota-ona va bolaning o‘zi ishtirok etishi lozim.

Tavsiya etiladigan mashg‘ulotlar:

1. Birinchi dars – tish tuzilishi, vazifasi, emal ahamiyati, gigiyena sabablari.

2. Ikkinchi dars – tish cho‘tkasi, pastasi, tozalash usullari haqida amaliy ko‘rsatmalar.

3. Uchinchi dars – og‘iz gigiyenasini amaliy o‘rgatish, nazorat savollari orqali bilimlarni

mustahkamlash. Mashg‘ulotlar gigiyena sinfida o‘tkazilishi, kerakli jihozlar – rakovina, ko‘zgu,

o‘quv plakatlari, stomatologik asboblar mavjud bo‘lishi zarur[25].

MATERIALLAR VA USLUBLAR:

Ushbu tadqiqotda parodont kasalliklarining

profilaktikasi va og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga oid kompleks chora-tadbirlarning tahliliga

asoslangan uslubiy yondashuvlar qo‘llanildi. Maqola nazariy manbalarni chuqur o‘rganish,

tibbiy-statistik va eksperimental kuzatuvlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotning asosiy materiali

O‘zbekiston aholisi, ayniqsa, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida olib borilgan

profilaktik ishlar va ftor vositalarining qo‘llanishi natijalariga tayanadi.

Asosiy metodlardan biri sifatida sanasiya (ya’ni, og‘iz bo‘shlig‘ining to‘liq davolanishi),

dispanserizatsiya (doimiy tibbiy kuzatuv), va remineralizatsiyalovchi muolajalar (Ca glyukonat

va NaF eritmalari bilan applikatsiyalar) qo‘llanildi. Tadqiqotda stomatologik profilaktika

vositalarining (tish pastalari, chayuvchi eritmalar, applikatsiya vositalari) tarkibi va qo‘llanish

texnikalari o‘rganildi.

Bolalarda ftoridlar bilan og‘iz bo‘shlig‘ini yuvish va ftorli tuz iste’mol qilishning

metabolik ta’siri, ya’ni siydik va so‘lakdagi ftor miqdorining o‘zgarishi, Orion firmasining

elektroanalizatorlari (Model 96-09 va Model 920) yordamida aniqlandi. Ushbu qurilmalar bilan

siydik va so‘lakdagi ftor ionlarining kontsentratsiyasi muntazam o‘lchab borildi. Ma’lumotlar

plastik idishlarda saqlangan namunalar asosida qayta ishlanib, statistik tahlil qilindi.

Tadqiqot davomida 109 nafar bola 1 yil davomida ftorlangan osh tuzi bilan ovqatlanib,

ularning siydik va so‘laklaridan olingan namunalar har 6-8 soatda yig‘ildi. Ftorning organizmda

metabolizmi, ekskresiyasi, organizmga qabul qilingan ftor miqdori bilan bog‘liq holda

o‘zgarishlari hisobga olindi. Ftorning karies profilaktikasidagi samarasi uning tish emaliga ta’siri

(kislotalarga

chidamlilikni

oshirishi,

remineralizatsiyani

rag‘batlantirishi,

kariogen

mikroorganizmlar faoliyatini susaytirishi) orqali baholandi.

Shuningdek, stomatologik xizmatlar sifati, profilaktik vositalarning qo‘llanilishi va

aholining xabardorligi darajasini aniqlash uchun ijtimoiy so‘rovlar ham o‘tkazildi. Natijalar

asosida samarali gigiyena vositalarining tanlanishi, stomatologik ko‘riklar va muolajalar

chastotasining aniqlanishi, dispanser nazorati mexanizmlari tahlil qilindi.


background image

738

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR:

Tadqiqot natijalari parodont kasalliklarining

profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini har tomonlama

yoritib berdi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, parodont kasalliklarini erta aniqlash,

ularning og‘ir shakllarining oldini olish, og‘iz gigiyenasi qoidalariga rioya qilish va ftorli

vositalardan foydalanish sezilarli ijobiy natijalar beradi.

1.

Parodont kasalliklarining tarqalishi va ularning asosiy sabablari

So‘nggi yillarda aholi orasida parodont kasalliklari bilan og‘riganlar soniortib bormoqda.

Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, bemorlarning katta qismi stomatologga faqat og‘riq yoki

jiddiy noqulaylik paydo bo‘lgandagina murojaat qiladi. Bu esa kasallikning og‘ir shakllarining

rivojlanishiga olib keladi. O‘tkazilgan tahlillar asosida parodontopatologiyalarning asosiy

sababchilari sifatida quyidagilar aniqlangan:

yomon og‘iz gigiyenasi;

kariyesning kechki bosqichlari;

ovqatlanishdagi muvozanatsizlik (ftor, kaltsiy, fosfor yetishmasligi);

irsiy omillar;

yallig‘lanishli infeksiyalar;

notekis tish qatori va noto‘g‘ri protezlash;

immunitetning zaiflashuvi.

2.

Ftorli vositalarning ta’siri va metabolizmi

Tadqiqotda ftorli tuz va boshqa ftorid vositalarining muntazam qo‘llanilishi parodont

kasalliklarining profilaktikasida samarali ekani isbotlandi. 1 yil davomida ftorlangan osh tuzidan

foydalangan bolalarda siydikdagi ftor miqdori 0,18–0,37 mg/l atrofida bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich

sog‘lom metabolik jarayonlarni aks ettiradi. So‘lakdagi ftor miqdori esa 0,03–0,06 mg/l

oralig‘ida bo‘lgan bo‘lib, bu ham remineralizatsiya jarayonining faolligini ko‘rsatadi.

Ma’lumki, ftor tish emalini mustahkamlab, uni kislotalarga chidamliroq holga keltiradi.

Ftor ionlari emalning kalsiy-fosfat strukturasiga o‘zgarish kiritib, gidroksiapatitni

ftorapatitga aylantiradi. Bu esa kariyesga va parodont kasalliklariga nisbatan chidamlilikni

oshiradi. Bundan tashqari, ftor kariogen mikroorganizmlar, xususan, Streptococcus mutans

faoliyatini susaytiradi.

3.

Dispanser nazorati va sanasiyaning ahamiyati

Parodont kasalliklarini erta aniqlashda dispanser kuzatuvi va sanasiya muhim o‘rin tutadi.

Tadqiqot davomida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida muntazam tibbiy ko‘rik o‘tkazish orqali

profilaktik choralarning samarasi ancha yuqori bo‘lishi aniqlangan. Sanasiya choralari doirasida

kariesga chalingan tishlar davolanishi, og‘iz gigiyenasi vositalari bilan ta’minlanish va parodont

to‘qimalarining holati nazorat qilinishi, aholi salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


background image

739

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

4.

Gigiyena vositalari va ta’sirchan yondashuv

Zamonaviy stomatologiyada parodont kasalliklarini oldini olishda maxsus gigiyena

vositalari — tish pastalari, chayish eritmalari, profilaktik gel va applikatsiyalar qo‘llaniladi.

Ftorid, xlorheksidin, kaltsiy fosfat, triklosan, aloy vera kabi komponentlarga ega vositalar

yallig‘lanishni kamaytirib, mikrob qatlamini yo‘qotishga yordam beradi. Tadqiqotda qatnashgan

bemorlar orasida ushbu vositalardan foydalangan guruhda kasallik belgilari kamroq uchragan.

5.

Ijtimoiy omillar va sog‘lom turmush tarsi

Aholi o‘rtasida olib borilgan ijtimoiy so‘rovlar parodont kasalliklarining keng

tarqalishida sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq omillar — chekish, noto‘g‘ri ovqatlanish, stress,

gigiyenaga e’tiborsizlik kabi jihatlar muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi. Shu bois sog‘lom turmush

tarzini targ‘ib qilish ham parodont kasalliklarining profilaktikasida muhim omildir.

XULOSA: Yuqorida taqdim etilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar asosida quyidagi

xulosalarga kelindi:

1. Parodont kasalliklari og‘ir ijtimoiy-tibbiy muammodir, ularning profilaktikasi esa

milliy sog‘liqni saqlash tizimi uchun strategik ahamiyatga ega. Bu kasalliklarning erta

bosqichlarida aniqlanishi va to‘g‘ri davolash choralari ko‘rilmasa, tishlar yo‘qolishi va boshqa

umumiy somatik kasalliklar rivojlanish xavfi ortadi.

2. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga e’tibor kuchaytirilishi, ayniqsa, maktabgacha va maktab

yoshidagi bolalarda parodont kasalliklarining kamayishida muhim rol o‘ynaydi. Tishlarni to‘g‘ri

tozalash texnikasini o‘rgatish, maxsus gigiyena vositalaridan foydalanish samarali natijalar

beradi.

3. Ftorli vositalarning ilmiy asoslangan qo‘llanilishi (ftorlangan tuz, ftoridli tish pastalari,

chayish eritmalari va applikatsiyalar) remineralizatsiya jarayonini faollashtirib, karies va

parodont kasalliklarining oldini olishda katta rol o‘ynaydi. Ftorning dozalangan va nazorat ostida

qo‘llanilishi xavfsiz va samaralidir.

4. Sanasiya va dispanser nazorati tizimining yo‘lga qo‘yilishi aholining tish salomatligini

saqlashda asosiy omillardan biridir. Tibbiyot muassasalarida muntazam ko‘riklar, individual

profilaktik rejalarning tuzilishi va muvofiqlashtirilgan davolash muhim ahamiyatga ega.

5. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va stomatologik bilimlarni ommalashtirish

orqali aholi ongini oshirish parodont kasalliklarining profilaktikasida muhim qadamdir. Sog‘lom

ovqatlanish, chekishdan voz kechish, stressdan holi hayot tarziga rioya qilish profilaktik chora-

tadbirlarni to‘ldiradi.

6. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, kompleks profilaktika yondashuvlari —

ftorli vositalardan foydalanish, gigiyenik tarbiya, dispanser nazorati, va sog‘lom turmush tarzi

targ‘iboti — parodont kasalliklarini sezilarli darajada kamaytiradi.


background image

740

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, parodont kasalliklarining oldini olishda

multidistsiplinar yondashuv, ya’ni stomatologlar, gigiyenistlar, umumiy amaliyot shifokorlari va

jamoatchilik orasidagi hamkorlik orqali sog‘lom jamiyat shakllanishiga katta hissa qo‘shiladi.

Shu sababli, stomatologik profilaktika dasturlarini takomillashtirish, ular asosida keng

qamrovli milliy strategiyalar ishlab chiqish muhim vazifalardan biridir.

REFERENCES

1.

Алимов А.Р. – Стоматология. – Т.: Тиб нашриёти, 2018.

2.

Назаров Х.Н. – Болалар стоматологияси. – Т.: «Fan va texnologiya», 2020.

3.

Петров В.Ю. – Профилактика кариеса зубов. – Москва: МЕДпресс-информ, 2017.

4.

Борисенко А.В. – Заболевания пародонта: диагностика и лечение. – М.: ГЭОТАР-

Медиа, 2020.

5.

Мамедов А.М. – Основы профилактики стоматологических заболеваний. – Баку,

2019.

6.

Турсунов С.Т. – Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi va kasalliklarning oldini olish. – Самарканд,

2021.

7.

Дарий И.А. – Гигиена полости рта у детей. – М.: Медицина, 2018.

8.

Kalsina O.A., Ivanova N.V. – Periodontal kasalliklar profilaktikasi. – Qozon, 2020.

9.

WHO. – Oral health promotion: an essential element of a health-promoting school. – WHO

Press, 2003.

10.

Марков Л.А. – Стоматологическая профилактика. – М.: МЕДпресс-информ, 2019.

11.

Боровский Е.В., Лебеденко И.Ю. – Профилактическая стоматология. – М.: ГЭОТАР-

Медиа, 2021.

12.

Орипов И.А. – Stomatologik gigiyena asoslari. – Тошкент: I.Qarshi, 2017.

13.

Darwazeh A.M. – Essentials of Oral Medicine. – Springer, 2019.

14.

Назарова М.Ш. – Karies va parodontit kasalliklari: gigiyenik yondashuv. – Т.: 2022.

15.

Harris N.O., Garcia-Godoy F.M. – Primary Preventive Dentistry. – Pearson, 2014.

16.

Sakharov S.A. – Fluoride use in caries prevention. – М., 2020.

17.

Исмаилов Ж.К. – Stomatologik kasalliklarda dori vositalari. – Т.: 2021.

18.

American Dental Association – Guidelines on Fluoride Therapy. – ADA, 2022.

19.

Кузнецова Л.В. – Заболевания пародонта: диагностика и профилактика. – СПб.:

СпецЛит, 2018.

20.

Buzalaf M.A.R. – Fluoride and the Oral Environment. – Monographs in Oral Science,

2011.


background image

741

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

21.

World Health Organization – Oral Health Surveys: Basic Methods. – 5th edition, Geneva,

2013.

22.

Эшонқулова Д. – Stomatologik kasalliklarning oldini olishda gigiyenaning roli. –

Наманган, 2020.

23.

Van Palenstein Helderman W.H. – Dental caries prevention in the 21st century. – Int Dent

J., 2019.

24.

Ковалев В.С. – Гигиена и профилактика стоматологических заболеваний. – Минск,

2018.

25.

Nazir M.A. – Dental caries: A global public health challenge. – Dent Res J, 2021.

Bibliografik manbalar

Алимов А.Р. – Стоматология. – Т.: Тиб нашриёти, 2018.

Назаров Х.Н. – Болалар стоматологияси. – Т.: «Fan va texnologiya», 2020.

Петров В.Ю. – Профилактика кариеса зубов. – Москва: МЕДпресс-информ, 2017.

Борисенко А.В. – Заболевания пародонта: диагностика и лечение. – М.: ГЭОТАР-Медиа, 2020.

Мамедов А.М. – Основы профилактики стоматологических заболеваний. – Баку, 2019.

Турсунов С.Т. – Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi va kasalliklarning oldini olish. – Самарканд, 2021.

Дарий И.А. – Гигиена полости рта у детей. – М.: Медицина, 2018.

Kalsina O.A., Ivanova N.V. – Periodontal kasalliklar profilaktikasi. – Qozon, 2020.

WHO. – Oral health promotion: an essential element of a health-promoting school. – WHO Press, 2003.

Марков Л.А. – Стоматологическая профилактика. – М.: МЕДпресс-информ, 2019.

Боровский Е.В., Лебеденко И.Ю. – Профилактическая стоматология. – М.: ГЭОТАР-Медиа, 2021.

Орипов И.А. – Stomatologik gigiyena asoslari. – Тошкент: I.Qarshi, 2017.

Darwazeh A.M. – Essentials of Oral Medicine. – Springer, 2019.

Назарова М.Ш. – Karies va parodontit kasalliklari: gigiyenik yondashuv. – Т.: 2022.

Harris N.O., Garcia-Godoy F.M. – Primary Preventive Dentistry. – Pearson, 2014.

Sakharov S.A. – Fluoride use in caries prevention. – М., 2020.

Исмаилов Ж.К. – Stomatologik kasalliklarda dori vositalari. – Т.: 2021.

American Dental Association – Guidelines on Fluoride Therapy. – ADA, 2022.

Кузнецова Л.В. – Заболевания пародонта: диагностика и профилактика. – СПб.: СпецЛит, 2018.

Buzalaf M.A.R. – Fluoride and the Oral Environment. – Monographs in Oral Science, 2011.

World Health Organization – Oral Health Surveys: Basic Methods. – 5th edition, Geneva, 2013.

Эшонқулова Д. – Stomatologik kasalliklarning oldini olishda gigiyenaning roli. – Наманган, 2020.

Van Palenstein Helderman W.H. – Dental caries prevention in the 21st century. – Int Dent J., 2019.

Ковалев В.С. – Гигиена и профилактика стоматологических заболеваний. – Минск, 2018.

Nazir M.A. – Dental caries: A global public health challenge. – Dent Res J, 2021.