BEMORLAR PSIXOLOGIYASI VA MULOQOT KO’NIKMALARI

Аннотация

Ushbu maqolada shifokorlarning bemorlar bilan muloqot qilish sirlar haqida yoritilgan. Bemor bilan muomalaga kirishishning o 'ziga yarasha shartlari bor, albatta. Shifokor bemor xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, kasbini, ijtimoiy sharoitini, saviyasini, dunyoqarashini, bilim darajasini, lashqi psixik belgilarini o'rganganidan so’ng o'zini ham bu muloqotga ruhan tayyorlaganidan keyingina u bilan muloqot qilish uchun ma'naviy haqqi paydo bo'ladi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
151-156
209

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ergashev, B. (2025). BEMORLAR PSIXOLOGIYASI VA MULOQOT KO’NIKMALARI. Современная наука и исследования, 4(2), 151–156. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/70995
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Ключевые слова:

Аннотация

Ushbu maqolada shifokorlarning bemorlar bilan muloqot qilish sirlar haqida yoritilgan. Bemor bilan muomalaga kirishishning o 'ziga yarasha shartlari bor, albatta. Shifokor bemor xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, kasbini, ijtimoiy sharoitini, saviyasini, dunyoqarashini, bilim darajasini, lashqi psixik belgilarini o'rganganidan so’ng o'zini ham bu muloqotga ruhan tayyorlaganidan keyingina u bilan muloqot qilish uchun ma'naviy haqqi paydo bo'ladi.


background image

151

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

UDK:159.9, 616.89

BEMORLAR PSIXOLOGIYASI VA MULOQOT KO’NIKMALARI

Ergashev Bekzod Jaloliddin oʻgʻli

Central Asian Medical University, Stomatologiya fakulteti, 3 - bosqich talabasi.

ORCID:

https://orcid.org/0009-0000-0382-0811

Email:

bekzodergashev0401@gmail.com

Tel: + 998 (94)-832-55-22

https://doi.org/10.5281/zenodo.14976262

Annotatsiya.

Ushbu maqolada shifokorlarning bemorlar bilan muloqot qilish sirlar

haqida yoritilgan. Bemor bilan muomalaga kirishishning o 'ziga yarasha shartlari bor, albatta.

Shifokor bemor xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, kasbini, ijtimoiy sharoitini,

saviyasini, dunyoqarashini, bilim darajasini, lashqi psixik belgilarini o'rganganidan so’ng o'zini

ham bu muloqotga ruhan tayyorlaganidan keyingina u bilan muloqot qilish uchun ma'naviy

haqqi paydo bo'ladi.

Kalit so’zlar:

Bemor, shifokor, tibbiyot.

PATIENT PSYCHOLOGY AND COMMUNICATION SKILLS

Abstract.

This article highlights the secrets of doctors' communication with patients.

There are certain conditions for interacting with a patient, of course. A doctor gains the

moral right to communicate with a patient only after studying the patient's presumed diagnosis,

personality, profession, social conditions, intellectual level, worldview, knowledge level, and

external psychological characteristics, and after mentally preparing themselves for this

interaction.

Keywords:

Patient, doctor, medicine.

ПСИХОЛОГИЯ ПАЦИЕНТА И НАВЫКИ КОММУНИКАЦИИ

Аннотация.

В данной статье освещаются секреты общения врачей с

пациентами. Безусловно, существуют определённые условия для взаимодействия с

пациентом. Врач приобретает моральное право на общение с пациентом только после

изучения предполагаемого диагноза, личности, профессии, социальных условий, уровня

интеллекта, мировоззрения, уровня знаний и внешних психологических характеристик

пациента, а также после психологической подготовки к этому взаимодействию.

Ключевые слова:

Пациент, врач, медицина.

Kirish:

Bemor va shifokor muloqoti (shartli ravishda) ikki doirada kechadi. Birinchi,

tashqi doira zanjirida yuqorida aytilgandek, shifokorning bemor bilan muloqotga tayyorlanish

bosqichidagi amallar kiradi. Ikkinchi, ichki doirani esa bemor shaxsini, uning kasallik

sabablarini begilovchi dalillar zanjiri tashkil etadi.


background image

152

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Birinchi doira sohibining mahorat darajasi qay darajada yuksakligi uning ikkinchi doiraga

«ko'prik» sola olish san'ati Man belgilanadi. Aynan shu «ko'prik» solinganidan so'ng bemor

shifokorga ishonch va umid ko'zi bilan qaray boshlaydi.

Shifokor bemor bilan muloqotning avvalidayoq uning saviyasiga mos ravishda

suhbatlashishi muhim. Bemor hunarmand bo'lsa, shunga mos maqomda, akademik bo'lsa,

albatta, uning yuqori saviyasiga yarasha muomala qila olishi asosiy talablardandir. Shifokor

beixtiyor bu holatning aksini qilsa, u holda o'zining tuzatib bo'lmas xato qilganini bir umr afsus

bilan eslab yurishiga to'g'ri keladi. Shifokor bemorni o'rab turgan atrof-muhitga katta e'tibor

bermog'i lozim.

Uning botiniy va zohiriy ko'rinishi bemor bilan kechadigan muloqotiga bevosita ta'sir

o'tkazishi mumkin. Xususan, bemor yotgan xona shinam, ozoda, havosi toza bo'lishi, albatta,

uning ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu - botiniy ta'sirdir. Zohiriy ta'sir esa bemor atrofida

kechadigan ijtimoiy hayot: boshqa bemorlarning, kichik tibbiy xodimlarning yoki tashrif

buyuruvchilarning salbiy xatti-harakatida ko'rinadi. Bu ta'sirga, atrofdagi shovqin-suronlar,

qo'shni bemorlarning muloqoti, hatto, shifokorning yoqimli bo'Iib tuyulgan tovushi, mimikasi,

jestlari ham kiradi.

Shifokor, bemor bilan muloqotga kirishar ekan, uning ko 'z o 'ngida ma 'lum ma'noda

kamchiliklardan holi, yuksak axloqli inson sifatida gavdalanishi zarur. O'z axloq normalarini

to'g'ri belgilay olmagan shifokor bemor ko'z o'ngida obro'sizlanadi. Obro'sini yo'qotgan

shifokorning esa, tabiiyki, o'z bemori bilan talab qilingan saviyada muloqot qilishga ma'naviy

haqqi bo'Imaydi.

Shifokor ma'naviyati deganda, ma'nili fikrlashi, so'zlashi, shuningdek shaxsiyatidagi,

tarbiya va odobidagi hamda amaliyotidagi barcha ijobiy xatti-harakatlar majmuasi tushuniladi.

Allomalar aytadilar-ku, yer yuzida uzoq muddat qamal qo'yishga eng muhtoj narsa tildir,

deb. Shifokor aynan shu qoidadan holi sub'ekt bo'lmog'i kerak. Shuningdek, bemor bilan

muloqotda uning diqqati va ixtiyorini shifokor suiste'mol qilmasligi, ya'ni so'zda me'yorni saqlay

bilishi muhim. Aytar so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt, deydilar. Shifokor bemor bilan muloqotda

unga baayni zarur gaplardan so'zlamog'i uning amaliyoti uchun juda foydalidir. Ibn Burayda

aytadi:«... Yaxshi so'zlarni so'zlagin, foyda topgaysan, yomon so'zni aytishdan o'zingni tiygin,

salomat bo'lgaysan...» Zero, «Inson a'zolari ichida eng harakatchan va juda yengil harakat

qiladigani til bo'Iib, shu bilan birga insonga eng zararlisi ham udir».

Material va metodlar:

Bemor shifokor bilan muloqotdan so'ng o'zini ruhan tetik va

yengil his etishi kerak, dedik. Mohir shifokor haqida aytish mumkinki, yaxshi suhbatdosh

atirfurushga o'xshaydi, garchi u senga atridan bermasa ham xushbo'y hidi yetib turadi.


background image

153

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Shifokor bemor ko'nglini ko'tarib agar u yosh bo'Isa, «hali to'yingizda osh yeymiz, xizmat

qilamiz», yoshi ulug'roq bo'Isa - «hali nevara-yu chevaralaringizni boqib yurasiz», qabilida

gaplar aytishi kerakki, bemor beixtiyor bunday ko'ngilga yoquvchi muloqotni mamnuniyat bilan

eslasin. Har bir shifokor Mahmud Qoshg'ariyning: «Bilag'on odamlarning nasihatlaridan

foydalan. Chunki yaxshi so'z ta'sir qilgach, dilga joylashadi», degan purhikmatlarini yodda olib

qolishi foydadan holi emas.

Zero, I.V. Gyote aytgandek, «so'zni ishonch bilan gapir, eshituvchilarga ta'sir etish esa o'z

o'zidan kelib qoladi».

Nutq og'zaki so'zlashuvga xos bo'lgani bois, u ayrim nuqsondan holi bo'lmaydi.

O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning «Nutq» nomli hazil she'rida bugungi kun

shifokori nutqining qanday nuqsonlardan holi bo'lishi kerakligiga ishora qilingandek:

Har so'zida «bu», «anu»,

«Haligi», «so'ng», «qanaqa»,

«Bu bu» deydi - nima bu?

«Shunaqa»si - qanaqa?

Tiliga kelib qolgan

So'zdan qayta olmasa.

«Bu» qo'shmasdan savolga

Javob ayta olmasa!

O'zingiz o'ylab ko'ring

Nima, bu? Qanaqasi?

Qachon qolar O'tkirning

«Nima», «bu», «qanaqasi»?

To'g'ri, aniq gap tuzib,

Javob bering so`roqqa.

Xizmat qilsin har so'zing

Fikringni to'latmoqqa.

Mazmun nomli mo'ljalga

So'z aytilgan o'q bo'lsin.

Nishonga tegmay qolgan.

Bitta o'q ham yo'q bo'lsin!

Natijalar:

Shifokor bemor bilan ma'lum mantiqiy ketma-ketlikda savol-javob qilishi

kerak. Bu suhbat (dialog)da fikrning tushunarli bo'lishi uchun marom, urg'u va takror to'g'ri

belgilanishi, mazmun va ohangdorlikning uyg'unlashuvi, so'zlaraniq hamda to'g'ri talaffuz

qilinishi muhimdir.


background image

154

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Zero, xalqimiz - kishining jamoli tilidir, deydi. Biz esa shifokorning mahorati va malhami

tilidir, degimiz keladi. Darhaqiqat, xalq ertaklarida podshoning «Eng shirin narsa nima?» va

«Eng achchiq narsa nima?» degan savoliga tilning olib kelib ko'rsatilishida buyuk hikmat bor.

Bemorga: «Rangingiz oqaribroq ko'rinyapti, bugun tobingiz chatoqroqmi?» deb aytilsa,

bir oz o'tib, uning rangi endi rostdan ham oqarinqirab qolganini sezish mumkin. Yoki aksincha,

zarxil yuzli bemorga: «Bugun rangingiz naqshin olmadek», deyilsa, shifokoniing buyurgan

barcha muolajalari em bo'ladi, bemorning hayotga ishtiyoqi yana ham kuchayadi. Zero, qadimgi

yunon faylasufi Aristotel: «Nutqning bosh fazilati aniq va ravshanlikdir», degan edi. Donolar

nasihat qilganlaridek, o'ziga boqma, so'ziga boq. Shunday ekan, shifo istab kelgan bemorga eng

tez la sir etuvchi «eleksir - ilk sir bu so 'z, degan hayotiy haqiqat anglanadi.

Demak, aytish mumkinki, shifokor bemorni nechog'lik o'rganib kirsa, muloqotga jiddiy

tadorik (tayyorgarlik) ko'rsa, amaliyot natijasi shunga ko'ra yuqori bo'ladi. Shifokorning so'zlash

odobi uning madaniyatini ko'rsatuvchi asosiy omil ekan, bu narsadan u qurol kabi samarali

foydalanmog'i zarurdir. Shu o'rinda «Foydalanilmagan mehnat ta'tili» nomli badiiy filmdagi bir

lavhani eslaylik. Yosh shifokor kasal qizcha bilan suhbatlashish uchun bemorxonaga kiradi.

Qizchaning yuragi xasta, uni operatsiya qilishlari aniq. Bemor ham bundan xabardor.

Shifokor o'zini quvnoq tutishga harakat qiladi va bemor bilan quyidagi tarzda suhbat qiiadi:

- Qizcha, ayt-chi, dadangni ko'proq yaxshi ko'rasanmi, oyingnimi?

Qo'g'irchoq o'ynab yotgan qizcha devor tlarafga keskin burulib yotib oladi. Bir ozdan so'ng

qizcha javob beradi:

- Hech qaysisini...

Hayron qolgan shifokorga xonada ularning suhbatini kuzatib turgan ikkinchi shifokor:

- Qizchanuig otasi ham, onasi ham yo'q. U bolalar uyidan...

Kutilmagan axborotni eshitgan yosh shifokor bemor qizcha ko'z o'ngida juda mulzam

bo'lib qoladi.

Diskussiya:

Badiiy filmdagi bunday o'ta noxush holat shifokor amaliyotida ro'y berishi

mumkin bo'lgan hayotiy holatdir. Bu lavha, tabiiyki yuqorida kuyunib yozganimiz - bemorning

shaxsi, ijtimoiy holati va boshqalarni o'rganib kirish naqadar muhim ekanini yana bir bor

tasdiqlaydi.

Shifokor, barcha zaruriy deontologik amallarni ado etar ekan, eng avvalo, o'z vazifasiga

ma'naviy kamolot nuqtai nazaridan yondoshmog'I bugungi davr talabi bo 'lib qolaveradi.

Necha asrlardan buyon ko'pni ko'rgan otaxon-onaxonlarimiz har gal fotihaga qo'l

ochilganda, eng avvalo, tanisihatlik, xotirjamlik, tilaydilar. Hayotda tanisihatlik katta ahamiyatga

molik ekanligi shundan ayon. Lekin hayot-hayotda. Insonning dunyoga kelishi va ketishi hayot

qonuniyatiga asoslangan bo'lsa, uning turli kasalliklarga moyilligi, qisqagina hayot davomida


background image

155

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

necha turli dardga duchor bo’lishi tevarak-atrofini qurshagan muhitga, uning o’ziga, ahvol-

ruhiyatiga juda-juda bog'liq.

Inson boshiga tashvish tushib, tanisihatlikdan ayrilib qolganda, najot izlab, tibbiyot

xodimlari huzuriga bosh urib keladi. Shu ondan boshlab, uning taqdiri, hatto hayoti shifokorlar

va hamshiralar qo'lida, deyish mumkin. Yengilmi, og'irmi dard bilan shifoxonaga tushib, shu

darddan xalos bo'lib, uyiga qaytgunga qadar bemor bir necha shifokor nazarida bo'ladi. Bu

soatlar, haftalar va ba'zida oylarni imtihonga qiyos qilish mumkin. Bu bemor uchun ham,

shifokor uchun ham haqiqiy sinov. Hamdardlik, xushmuomalalik sinovi. Shu qisqa vaqt ichida

ular orasida iliq munosabat paydo bo'lsa, ular bir-birini tushunsa, nur ustiga a'lo nur. Demak,

shifokor hamda hamshiraning ishi muvaffaqiyatli yakunlanadi, ya'ni bemor shifo topadi.

Xulosa:

Tibbiyot xodimlarining kasbga munosabati, axloq-odobi, shuningdek,

shifokorlar va bemorlar orasidagi turli huquqiy munosabatlar zamonamiz tilida bioetika va

deontologiya deyiladi. Buni sodda shaklda ona tilimizga ko'chirsak, tibbiyot xodimi bilan bemor

o'rtasidagi burchga sodiqlik, muomala qoidalariga rioya qilishi va yaxshi, to'g'ri muloqot,

munosabat ham desa bo'ladi. Tibbiyotimizning necha ming yillik tajribasi ham, uning kazo-

kazolari - Buqrot, Jolinusdan tortib Abu Ali ibn Sinogacha buni tasdiqlaganlar. Ularning

ta'biricha, bemorning ruhiy holati davolovchi shifokor, hamshira uchun qanchalik ahamiyatga

molik bo'lsa, bemorning o'zi uchun ham shunchalik qimmatlidir. O'zaro muloqotdan so'ng

tibbiyot xodimiga - uning bilimi, tajribasi, samimiyatiga bemorda ishonch hosil bo’lmog'i,

insoniy fazilatlariga hurmat va muhabbat uyg'onmog'i kerak.

Avvalo hech kimni dard chekib, yotib qolgudek qilmasin. Lekin dardga chalingan har

kimsaning undan forig' bo'lishi tibbiyotimizning yutug'iga, shifokor, hamshiraning bilim,

tajribasiga, insoniy fazilatlariga va shu bilan bir qatorda, bemorning tabiati, o'z dardiga

munosabatiga bog'liq.

Tibbiyot ilmiy allomalaridan bo'lmish Buqrot: «San'atlar ichida tabobat eng olijanob

san'atdir», - deb ta'kidlagan. Yana Buqrot: «Bemorni dori bilan emas, balki so 'z bilan davolash

afzal» desa, Abu Ali ibn Sino uning bu fikrini quvvatlarkan: «Bemor borki, uni so'z bilan

davolasa bo 'ladi», - deb aytgan.

REFERENCES

1.

Нарметова, Ю. (2016). Тиббиёт муассасаларида психологик диагностика ишларини

ташкил этишга тизимли ёндашув.

Scienceweb academic papers collection

.

2.

Ergashev Bekzod.(2024). GINGIVITNING BAKTERIOLOGIK ETIOLOGIYASI VA

PROFILAKTIKASI. International Scientific Conference "Innovative Trends in Science,

Practise and Education", 1 (1), 122 - 128.


background image

156

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

3.

Karimovna, N. Y. (2022). YOSHLARDA INTERNETGA TOBELIK MUAMMOLARI.

TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY

4.

JURNALI

,

2

(12), 96-99.

5.

Нарметова, Ю. (2014). Депрессия-психосоматик касалликларнинг предиктори

сифатида.

Scienceweb academic papers collection

.

6.

Ergashev Bekzod. (2024). SIRKON DIOKSID QOPLAMALARI VA MATERIALINING

KLINIK LABORATOR AHAMIYATI. Journal of Uzbekistan’s Development and

Research (JUDR). 1(1). 627- 632.

7.

Xudoynazarovich, E. A., & Ulug’bekovich, X. O. (2023). BEMORLARDAGI

8.

JARROHLIK OPERATSIYASIDAN OLDINGI VA KEYINGI PSIXOEMOTSIONAL

HOLATLAR.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И

9.

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

,

18

(1), 89-92.

10.

Rustamovna, A. S. (2023). XOTIRA BILAN BOG'LIQ KASALLIKLARNI

DAVOLASHDA PSIXOLOGIYANING O'RNI.

Journal of new century innovations

,

26

(2), 17-19.

11.

Ergashev Bekzod. (2023). TISH TOSHLARI. TISHDA TOSH TO'PLANISHINING

SABABLARI VA ULARNI OLDINI OLISH USULLARI AHOLI O'RTASIDA

OMMALASHGAN SAVOLLARGA TO'LIQ JAVOB BERISH VA OMMAGA TADBIQ

ETISH. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF

INNOVATIVE RESEARCH. 1(2). 67 - 75.

12.

Baxtiyor o’g’li, M. R. (2023). TIBBIYOT SOHASIDA KONFLIKTLARNI OLDINI

OLISHGA QARATILGAN STRATEGIYALAR.

Journal of new century innovations

,

26

(2), 20-21.

13.

Ravshanovna, R. Z. (2023). PSIXOLOGIK KASALLIKLAR.

Journal of new century

innovations

,

26

(2), 22-24.

Библиографические ссылки

Нарметова, Ю. (2016). Тиббиёт муассасаларида психологик диагностика ишларини ташкил этишга тизимли ёндашув. Scienceweb academic papers collection.

Ergashev Bekzod.(2024). GINGIVITNING BAKTERIOLOGIK ETIOLOGIYASI VA PROFILAKTIKASI. International Scientific Conference "Innovative Trends in Science, Practise and Education", 1 (1), 122 - 128.

Karimovna, N. Y. (2022). YOSHLARDA INTERNETGA TOBELIK MUAMMOLARI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY

JURNALI, 2(12), 96-99.

Нарметова, Ю. (2014). Депрессия-психосоматик касалликларнинг предиктори сифатида. Scienceweb academic papers collection.

Ergashev Bekzod. (2024). SIRKON DIOKSID QOPLAMALARI VA MATERIALINING KLINIK LABORATOR AHAMIYATI. Journal of Uzbekistan’s Development and Research (JUDR). 1(1). 627- 632.

Xudoynazarovich, E. A., & Ulug’bekovich, X. O. (2023). BEMORLARDAGI

JARROHLIK OPERATSIYASIDAN OLDINGI VA KEYINGI PSIXOEMOTSIONAL HOLATLAR. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 18(1), 89-92.

Rustamovna, A. S. (2023). XOTIRA BILAN BOG'LIQ KASALLIKLARNI DAVOLASHDA PSIXOLOGIYANING O'RNI. Journal of new century innovations, 26(2), 17-19.

Ergashev Bekzod. (2023). TISH TOSHLARI. TISHDA TOSH TO'PLANISHINING SABABLARI VA ULARNI OLDINI OLISH USULLARI AHOLI O'RTASIDA OMMALASHGAN SAVOLLARGA TO'LIQ JAVOB BERISH VA OMMAGA TADBIQ ETISH. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH. 1(2). 67 - 75.

Baxtiyor o’g’li, M. R. (2023). TIBBIYOT SOHASIDA KONFLIKTLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN STRATEGIYALAR. Journal of new century innovations, 26(2), 20-21.

Ravshanovna, R. Z. (2023). PSIXOLOGIK KASALLIKLAR. Journal of new century innovations, 26(2), 22-24.