“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
271
SURXONDARYO VILOYATIDA TARQALGAN PAPAVERACEAE JUSS.
OILASINING TURKUMLARINING BIOLOGIYASI VA TARQALISHI
Ibragimov Akram Javliyevich.
¹,
Boymamatov Bobur Isroilovich
.²
Qulto
ʻ
rayeva
Yulduz Eshpo
ʻ
latovna³
Termiz davlat universiteti Botanika kafedrasi dotsenti
1
.
Surxon davlat qo
ʻ
riqxonasi katta ilmiy xodimi
2
.
Termiz davlat universiteti talabasi
3
.
akram_i@bk.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15597107
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati florasi tarkibidagi
Papaveraceae
Juss.
oilasiga mansub turkum va turlarining taksonomiyasi haqida ma
ʼ
lumotlar keltirilgan. Surxondaryo
viloyati florasida
Papaveraceae
Juss. oilasi o‘ziga xos o‘simliklar dunyosiga ega ekanligi bilan ajralib
turadi. Ularning botanik-geografik rayonlar kesimidagi tarqalishi va taksonomik holati haqida
so‘nggi ilmiy ishlarga oid ma
ʼ
lumotlar yoritilgan. Hozirgi kunda ushbu oilaning yer yuzida 48 ta
turkumga mansub 1036 turi ma
ʼ
lum [12], O
ʻ
rta Osiyoda esa 10 ta turkumga mansub 53 turi tarqalgan
[1]. O
ʻ
zbekistonda 9 ta turkumga mansub 32 ta turi aniqlangan bo
ʻ
lib [8], shundan 6 ta turkumga
mansub 22 ta turi Surxondaryo viloyati hududida o‘sishi qayd etilgan.
Kalit so‘zlar: Papaveraceae
areal, oila, flora, tog’, turkum, tur, Surxondaryo, adir
Аннотация
:
В
данной
статье
приведены
сведения
о
таксономии
родов
и
видов
,
относящихся
к
семейству
Papaveraceae
Juss.,
входящих
во
флору
Сурхандарьинской
области
.
Флора
Сурхандарьинской
области
отличается
своеобразием
представителей
семейства
Papaveraceae
Juss.
Освещены
последние
научные
данные
о
распространении
и
таксономическом
положении
представителей
этого
семейства
в
ботанико
-
географических
районах
.
На
сегодняшний
день
в
мировой
флоре
известно
1036
видов
,
относящихся
к
48
родам
[12],
в
Средней
Азии
распространены
53
вида
из
10
родов
[1],
в
Узбекистане
— 32
вида
из
9
родов
[8],
из
которых
22
вида
,
относящиеся
к
6
родам
,
зарегистрированы
на
территории
Сурхандарьинской
области
.
Ключевые
слова
: Papaveraceae
,
ареал
,
семейство
,
флора
,
горы
,
род
,
вид
,
Сурхандарья
,
предгорья
Annotation:
This article provides information on the taxonomy of genera and species
belonging to the family
Papaveraceae
Juss. within the flora of Surkhandarya region. The flora of
Surkhandarya is distinguished by its unique representation of the
Papaveraceae
family. Recent
scientific data regarding their distribution across botanical-geographical regions and their taxonomic
status are presented. Currently, 1,036 species belonging to 48 genera of this family are known
worldwide [12], 53 species from 10 genera are found in Central Asia [1], and 32 species from 9 genera
have been identified in Uzbekistan [8], of which 22 species belonging to 6 genera have been recorded
in the territory of Surkhandarya region.
Keywords: Papaveraceae
, range, family, flora, mountains, genus, species, Surkhandarya,
foothills
Kirish.
Surxondaryo viloyati - O‘zbekiston Respublikasining eng janubiy hududida joylashgan,
noyob tabiiy-geografik xususiyatlari va betakror relyef tuzilmasi bilan ajralib turuvchi mintaqalardan
biridir. Mazkur viloyat Surxon-Sherobod vodiysi hamda uni o‘rab turgan yirik tog‘ tizmalari -
Bobotog‘, Hisor, Ko‘hitang, Chaqchar va Boysun tog‘lari bilan chegaralangan bo‘lib, o‘zining
geostrategik joylashuvi va tabiatning xilma-xilligini mujassam etgan landshaftlari bilan alohida ilmiy
qiziqish uyg‘otadi. Sharq va shimoli-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan Bobotog‘ va Hisor
tizmalari orqali, shimoli-g‘arbda Qashqadaryo viloyati bilan Chaqchar va Boysun tog‘lari orqali,
g‘arbda esa Ko‘hitang tog‘ tizmasining suvayirg‘ich sohasi orqali chegaradosh bo‘lgan. Viloyat
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
272
hududi Boysun, Bobotog’, Ko‘hitang, Sangardak-To‘palang hamda Surxon-Sherobod kabi muhim
botanik-geografik rayonlarni qamrab olgan [3].
Surxondaryo viloyati florasi bo‘yicha turli yillarda bir qator botanik olimlar, jumladan, S.A.
Nevskiy [2], K.Sh. Tojibaev [3], F.O. Xasanov [4], A.J. Ibragimov [5] va O.T. Turginov [6]
tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan hamda gerbariy namunalari yig‘ilgan. Mavjud gerbariy
ma’lumotlar mazkur hudud florasining boyligini ochib berishga muhim hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, ular
asosan tarqoq va fragmentar xarakterga ega. Bu esa hududning floristik tarkibini chuqur va kompleks
o‘rganish zaruratini yana-da yaqqolroq namoyon etadi. Shu boisdan, ushbu mintaqada tizimli,
maqsadli va zamonaviy yondashuvlarga asoslangan tadqiqot ishlarini olib borish ilmiy va amaliy
jihatdan dolzarb hisoblanadi. Bu esa ushbu mavzuning dolzarbligini ta’kidlaydi.
Papaveraceae
Juss Oila vakillari hayotiy shakliga ko‘ra bir yillik, ikki yillik yoki ko‘p yillik
bo‘ladi. Ular sersuv bo‘lib, barglari va poyalaridan sutsimon sharbat ajraladi. Barglarining shakli
odatda patsimon yoki uch bo
ʻ
lakli ajralgan bo‘lib, poyada navbatma-navbat yoki qarama-qarshi
tartibda joylashgan bo‘ladi. oilasi vakillarining gullari to‘g‘ri yoki biroz qiyshiq barglarga ega bo‘lishi
mumkin. Gullar ostki qismida o‘smasimon qo‘shimcha bargchalari bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi
mumkin. Gultojbarg ostida joylashgan gultugunlar soni odatda 2 ta bo‘lib, gul ochilishi bilan tezda
to‘kilib ketadi. Gultojbarglar soni odatda 4 tadan 8 tagacha bo‘ladi. Changchilari ko‘plab bo‘lishi
mumkin yoki 4 ta gultojbargga qarama-qarshi joylashgan 4 ta changchidan iborat bo‘ladi. Ba’zi
hollarda esa tashqi ikki gultojbarga mos keluvchi 3 tadan birikkan 6 ta changchidan tashkil topgan
murakkab tizim kuzatiladi. Ushbu tizimda o‘rtada joylashgan changchilar ikki uyali changdonga ega,
yon tarafdagilar esa bir uyali changdondan iborat bo‘ladi. Urug
ʻ
kurtagi ikki yoki to‘rt bo‘lakli,
yaproqchali, disk shaklida yoki boshchaga o‘xshash tuzilishga ega bo‘ladi.
Mevasi ko‘pchilik hollarda, ko‘p urug‘li to
ʻ
rtburchak shaklida bo‘lib, 2–4 ta qopqoqchali
qopqoq orqali ochiladi. Ayrim hollarda esa mevasi ostki qismida joylashgan teshikchalar orqali
ochiladi yoki umuman ochilmaydigan, novdachaga o‘xshagan meva shaklida bo‘ladi va ichida
bittadan urug‘ bo‘ladi. Urug‘lari kulrang yoki qora rangda bo‘lib, silliq, to‘r-simon yoki g‘adir-budur
sirt tuzilishiga ega. Ba’zan urug‘lar maxsus qo‘shimcha tukchalar bilan qoplangan bo‘ladi, ayrim
hollarda esa bunday tukchalar mavjud emas.
Ushbu oila vakillari uchun quyidagi gul formulasi:
Ca
₂
Co
₄
A
₂
–
₄
G(2) ~
Yuqorida takidlaganimizday
Papaveraceae
Juss. oilasining Surxondaryoda 6 ta turkumga oid
21 ta tur tarqalgan bo`lib, bu turlarning barchasi tabiiy sharoitda Surxondaryo viloyati hududida
o`sishini aniqlagan. Ushbu turkum va turlarning tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan
1-jadval.
№
Turkum nomi
Tur nomi
1
Corydali
s DC.
Corydalis aitchisonii
Kriptofit.,
Corydalis gortschakovii
Schrenk.,
Corydalis
ledebouriana
Kar.,
Corydalis nudicaulls
Regel.,
Corydalis popovii
Popov.,
Corydalis pseudostricta
Popov.,
Corydalis sangardanica
Mikhailova.,
Corydalis schelesnowiana
Regel.,
Corydalis sewerzowii
Regel.,
Corydalis
stricta
Stephen.
2
Fumaria
Tourn. ex L.
Fumaria parviflora
Lam.,
Fumaria vaillantii
Loisel.
3
Hypecoum
Tourn. ex
L.
Hypecoum trilobum
Trautv.,
Hypecoum fimbrilligerum
Boiss.,
4
Papaver
L.
Papaver laevigatum
M.Bieb.
5
Roemeria
Moench.
Roemeria refrecta
Syst.,
Roemeria hybridaa
Syst.,
Roemeria pavonina
(Schrenk ex Fisch. & C.A.Mey.) Banfi, Bartolucci, J.-M.Tison & Galasso
6
Glaucium
Mill.
Glaucium squamigerum
Kar.,
Glaucium fimbrilligerum
Boiss.,
Glaucium
elegans
Fisch.,
Glaucium insigne
Popov.
Quyidagi diagrammada
Papaveraceae
Juss oilasini Surxondaryo viloyati botanik-geografik
rayonlari kesimida tarqalgan keltirilgan.
Surxondaryo viloyati hududida Papaveraceae Juss. oilasining floristik tarkibida ajralib turuvchi
muhim turkumlardan biri
Corydalis
DC. hisoblanadi. Mazkur turkumning 10 ta turi mintaqa hududida
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
273
tabiiy ravishda tarqalgan bo‘lib, bu holat uning taksonomik xilma-xilligi, ekologik moslashuvchanligi
hamda fitogeografik ahamiyatini yaqqol namoyon etadi.
1-rasm. Papaveraceae
Juss oilasi vakillarining Surxondaryo viloyati botanik-geografik
rayonlari kesimida tarqalishi
Xulosa:
Surxondaryo viloyatining o‘ziga xos tabiiy-geografik sharoitlari
Papaveraceae
Juss.
oilasiga mansub o‘simliklarning xilma-xil turkum va turlarining shakllanishi va tarqalishida muhim
omil bo‘lib xizmat qilgan. Ayniqsa,
Corydalis
DC. turkumi vakillarining ko‘pligi hududning floristik
boyligi va ekologik barqarorligini ko‘rsatadi. Oilaning turkum va turlarni chuqur o‘rganish, ularning
ekologik moslashuvchanligi va taksonomik o‘ziga xosliklarini aniqlash bilan birga, Surxondaryo
florasining boy va rang-barang tarkibini ilmiy jihatdan to‘liq yoritishga xizmat qiladi. Shu bois,
mazkur oila vakillarini tizimli o‘rganish bugungi kundagi floristik tadqiqotlar uchun dolzarb ilmiy
yo‘nalish hisoblanadi.
Mazkur tadqiqot Botanika institutining “O‘zbekiston florasining polimorf o‘simliklar oilalarini
taksonomik reviziyasi” (FZ- 20200929321) loyihasi va Janubi-G‘arbiy Hisor, Hisor-Darvoz va
Panjoldi okruglari florasining t
о
‘r tizimli xaritalash (Surxondaryo viloyati qismi) davlat dasturi
doirasida bajarildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Определитель
растений
Средней
Азии
. T.4.
Ташкент
Фан
, 1974.
2.
Невиский
.
К
.
Ш
.,
Бешко
Н
.
Ю
.,
Попов
В
.A.
Бот
a
ник
геогр
a
фиче
c
кое
невский
С
.
А
.
Материалы
к
флоре
Кугитангтау
и
его
предгорий
.
В
кн
.
Флора
и
систематика
высших
растений
–
М
.,
Л
.:
Изд
.
АН
СССР
, 1937–
С
.
3.
Тожиб
a
ев
К
.
Ш
.,
Бешко
Н
.
Ю
.,
Попов
В
.A.
Бот
a
нико
-
геогр
a
фиче
c
кое
р
a
йониров
a
ние
Узбеки
c
т
a
н
a //
Бот
a
ниче
c
кий
журн
a
л
,
т
. 101,
вып
. 10, 2016. – C. 1105-1132.
4.
Хасанов
Ф
.
О
.
Краткий
очерк
растительности
Кугитанга
//
Тез
.
докл
.
юбил
.
науч
.
конф
.
молодых
ученых
и
спец
-
тов
посев
60-
летию
ЛКСМ
Узб
-
на
, 1985. –
С
. 167-168.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
274
5.
Ибрагимов
Акрам
Жавлиевич
.
Сурхон
Давлат
Қўриқхонасининг
Флораси
(
Кўҳитанг
Тизмаси
),
Дис
канд
.
биол
.
наук
.,
Тошкент
-2010.
6.
Тургинов
O.
Т
.
Бойсун
ботаник
-
географик
районининг
флораси
:
Автореф
.
Дис
канд
.
биол
.
наук
. –
Ташкент
, 2016. (25
с
)
7.
Флора
Узбекистана
том
3.
Издательство
"
Маьнавият
"
Ташкент
1955.
8.
Ачилова
Наргиза
Тухтаназаровна
.
Сурхон
-
Шеробод
ботаник
-
географик
раиони
флораси
.
Дис
канд
.
биол
.
Наук
. 03.00.05-
Ботаника
,
Карши
-2021.
9. Inom Juramurodov, Rustam et all. Assessment of plant diversity in the Surkhan-Sherabad
Region, Uzbekistan by grid mapping.
1. Foydalangan internet saytlari
10. https://powo.science.kew.org/
11. https://wfoplantlist.org/taxon/wfo-7000000514-2024-06?page=1
